O‘zbekiston tarixi (XIX asrning ikkinchI yARmI – XX asr boshlari)




Download 6,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/142
Sana16.02.2024
Hajmi6,21 Mb.
#157847
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   142
Bog'liq
ozbekiston tarixi 9 uzb (1)

mardikorlikka
safarbarlikning 
e’lon qilinishi
o‘lkasidagi Rossiya gubernalaridan ko‘chirib keltirilganlarning oilalari 
uchun qiyinchilik tug‘dirdi. asosiy ishchi kuchi bo‘lgan erkaklarning 
urushga olinishi oilaning asosiy boquvchisidan ajralishiga va ularning 
yomon ahvolga tushishiga sabab bo‘ldi. 
1914-yilda Turkistonda «favqulodda muhofaza holati» deb e’lon qili-
nishi natijasida mustamlaka hukumatning mahalliy aholi ustidan nazorat 
va jazo choralari kuchaydi. Turkiston aholisi urushga safarbarlik e’lon 
qilinishiga qarshi chiqib, «favqulodda holat» tartiblariga rioya etmay 
qo‘ydilar. Bunday tartiblarni buzganlar 50 so‘mgacha jarima to‘laydigan 
yoki 3 oygacha qamoqqa olinadigan bo‘ldi. Busiz ham aholi turmush 
sharoitining yomonligi, oziq-ovqat va boshqa mahsulotlarning yetish-
masligi, narx-navoning oshib ketganligi o‘lkada norozilik kayfiyatining 
yanada oshishiga hamda ommaviy ko‘rinishdagi qo‘zg‘olonlarning ku-
chayishiga sabab bo‘ldi. 
Urush davomida qishloq xo‘jaligi vayron bo‘ldi, ekin maydonlari qis-
qarib ketdi, qishloqda ishchi kuchlar yetishmas edi. Temiryo‘lda bosh-
boshdoqlik hukmron bo‘lib, amalda esa u harbiy davr yuklarini tashir 
edi. Butun xo‘jalik aloqalari izdan chiqqan. Rossiya iqtisodiyoti urush 
va bunday ko‘lamdagi harbiy harakatlar uchun zaif ekanligi ayon bo‘ldi. 
Davlat moliyasi inqirozga yuz tutdi. Maorifga, madaniyatni rivojlanti-
rishga xarajatlar kamayib ketdi va mayda kredit deyarli qolmadi. Faqat 
urushning bir yili davomida soliqlar miqdori 50 foizga ko‘paydi.
Talafotlar o‘rnini to‘ldirish va harbiy xarajatlar o‘sishini qoplash maq-
sadida qo‘shimcha mablag‘lar izlar ekan, chor hukumati o‘zi uchun ancha 
odatiy va eng oson bo‘lgan yo‘ldan, ya’ni o‘z mustamlaka o‘lkalarini 
talashdan, urush olib borish uchun sarf-xarajatlarning katta qismini o‘z 
mustamlakalari, jumladan, Turkiston o‘lkasi gardaniga yuklash yo‘lidan 
bordi.
1915-yildan boshlab, Turkistonda paxtaga o‘zgarmas davlat narxlari 
joriy etildi, narxlar umumiy o‘sishi sharoitida bu narx paxtakorlarning 
hosil yetishtirishdagi xarajatlarini qoplay olmas edi.
Urush ketayotgan joylardagi vayronagarchiliklar-
ni tugatish, mudofaa inshootlarini qurish, urush-
ga oziq-ovqat va qurol-yarog‘larni tayyorlash va 
ularni joylarga yetkazish ishlari katta muammoga 
aylandi. Bu ishlarni amaliy boshqarish va tashkil qilish umuman izdan 
chiqib ketdi. Muammoni hal qilish uchun qo‘shimcha ishchi kuchi va 
front ortida ishlash uchun ko‘plab odamlar zarur bo‘ldi. Shu vaziyatdan 
http://eduportal.uz


103
!
!
!
?
?
kelib chiqib amaldagi hukumat tomonidan imperiya mustamlakalaridagi 
tub aholi vakillari va urushga safarbar qilinmagan kishilardan front or-
qasidagi ishlarda foydalanishga qaror qilindi. 1916-yil 25-iyunda Rossi-
ya imperatori Nikolay II (1894–1917) Oliy Bosh qo‘mondon va harbiy 
vazir taklifi bilan chiqargan farmoni bo‘yicha «front ortidagi xizmatlar 
uchun Turkiston, Sibir va Kavkaz dan 19 yoshdan 43 yoshgacha bo‘lgan 
erkaklar safarbarligi» boshlandi.

Download 6,21 Mb.
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   142




Download 6,21 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston tarixi (XIX asrning ikkinchI yARmI – XX asr boshlari)

Download 6,21 Mb.
Pdf ko'rish