101
Birinchi
jahon urushining
Turkistonga ta’siri
VII B O‘ l I m
TURKISTON VA BIRINchI JAhON URUShI
Bo‘limni o‘rganish natijasida:
►
Birinchi jahon urushining boshlanishi va unda Rossiyaning ishtirok
etishi, urushning Rossiya va Turkiston o‘lkasi ijtimoiy-iqtisodiy
ha yotiga, aholisining turmush tarziga ko‘rsatgan salbiy ta’siri;
►
Birinchi jahon urushiga Turkiston aholisining mardikorlikka safar-
bar qilinishi va unga mahalliy aholining bildirgan munosabati;
►
1916-yilgi qo‘zg‘olonning boshlanishi, sabablari va oqibatlari;
►
Jizzax qo‘zg‘oloni, Turkiston ayollarining qo‘zg‘olonda ishtiroki;
►
1916-yilgi qo‘zg‘olonning mustamlakachi
hukumat tomonidan
ayovsiz ravishda bostirilishi;
►
Turkistondagi 1916-yilgi qo‘zg‘olonlarning ahamiyati haqida bilib
olasiz.
29-§. BIRINchI JAhON URUShINING BOShlANIShI VA
UNING TURKISTONGA TA’SIRI
XX asrning boshlarida jahondagi yirik davlatlar-
ning mustamlakalarga ega bo‘lish
masalasida
o‘zaro munosabatlari keskin ko‘rinish oldi. Birin-
chi jahon urushida Rossiya,
Angliya va Fransiya
davlatlaridan iborat ittifoq – Antanta tomonida turib urushda qatnashdi.
Rossiya imperiya sining Birinchi jahon urushida ishtirok etishi uni iqti-
sodiy jihatdan yomon ahvolga solib qo‘ydi. Busiz ham G‘arbiy Yevropa
davlatlaridan taraqqiyoti ancha orqada qolib ketgan Rossiya urush tufayli
yanada nochor ahvolga tushib qoldi. Natijada podsho hukumati o‘z mus-
tamlakalaridan,
jumladan, Turkiston o‘lkasidan ham yanada ko‘proq foy-
da olish uchun ularning tabiiy boyliklarini ko‘proq o‘zlashtirishga jon-
jahdi bilan kirishdi. Mahalliy aholidan esa
arzon mehnat kuchi sifatida
foydalanishga harakat qildi.
Bu urush tufayli Rossiyada ommaviy safarbarlik e’lon qilindi. Safar-
barlik Rossiyaning mustamlakalariga ham, jumladan, Turkistonga ham
tegishli edi. Unga ko‘ra Turkiston o‘lkasidan urushga 19 yoshdan 43
yoshgacha bo‘lgan aholining yevropalik qismi vakillari chaqirildi. Ay-
nan hosillarni yig‘ib olis h vaqtiga to‘g‘ri kelgan bu chaqiruv Turkiston
http://eduportal.uz