108
Qo‘zg‘olonning
yengilish sabablari
va oqibatlari
?
?
kishi hibsga olindi. Ular ning boshliqlari o‘lim jazosiga,
qolganlari qa-
moq va surgunga hukm qilindi. Mahalliy aholining qo‘zg‘olonda ishti-
rok etganligi, qo‘zg‘olonchilarga xayrixoh bo‘lganligi va ularni tutishda
podsho hukumatiga yordam bermaganligi uchun o‘z uylaridan cho‘lga
haydab yuborildi.
Atamalar izohi
Jevachi
(jeva – qurolaslaha) – qurol-aslahaxona boshlig‘i.
Pulemyot
(ruscha – o‘q va metall otmoq) – o‘qni tez otadigan avtomatik
qurol.
Savol va topshiriqlar
1.
Jizzax qo‘zg‘oloni qay holatda boshlandi?
2.
Qo‘zg‘olon rahbarlari kimlar edi va ular qanday yo‘l tutishdi?
3.
Jizzax qo‘zg‘oloni qanday bostirildi?
4.
Qo‘zg‘olonchilarning yengilishiga nimalar sabab bo‘lgan?
32-§. TURKISTONDA 1916-yIlGI VOQEAlARNING
OQIBATlARI VA AhAmIyATI
Qo‘zg‘olon xarakteriga ko‘ra milliy-ozodlik ko‘ri-
nishida
yuz berdi, chunki bu qo‘zg‘olonning
asosiy harakatlantiruvchi kuchi xalq omma-
si edi. Ular mustamlakachilik tartiblariga qar-
shi qo‘lga qurol
olib toptalgan haq-huquqlari, din-u diyonatlari uchun
tengsiz kurash olib bordilar. Qo‘zg‘olonchilar
Vatanning haqiqiy fi-
doyi farzandlari ekanliklarini amalda isbotladilar. Mislsiz jasoratla-
ri bilan Vatan tarixi sahifalaridan munosib o‘rin egalladilar.
Mazkur
qo‘zg‘olonlarga rus amaldorlaridan biri: «Urush frontlariga yangi bir
Turkiston fronti qo‘shildi», – deb o‘lkadagi vaziyatga baho bergan edi.
Qo‘zg‘olonchilar mustamlakachi hukumatga
qarshi oddiy ish qurol-
lari bilan jang olib bordi. Bundan tashqari ularning aksariyati dehqonlar,
hunarmandlar bo‘lganligi va harbiy sohadan mutlaqo bexabar ekanligi
qo‘zg‘o lonning mag‘lubiyatga uchrashiga sabab bo‘ldi. Ular Turkiston-
ning turli mintaqalarida mustamlakachilarga qarshilik ko‘rsatdilar. Shun-
http://eduportal.uz