O‘zbekiston tarixi (XIX asrning ikkinchI yARmI – XX asr boshlari)




Download 6,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/142
Sana16.02.2024
Hajmi6,21 Mb.
#157847
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   142
Bog'liq
ozbekiston tarixi 9 uzb (1)

yosh
buxoroliklar
Amir Olimxon
islohotlari
Amir Olimxonning yoshligi
http://eduportal.uz


118
islohotlar o‘tkazish ha qi da va’da berdi. U amirning 
mavjud tuzum asos lariga daxl qilmaydigan va xalq-
ning ahvolini ko‘p ham o‘nglamaydigan farmonini 
o‘qib eshittirdi.
Farmonda odil sudlov, xiroj, zakot va boshqa so-
liqlarni undirishning barqaror asoslarini yaratish ha-
qida so‘z borardi. Sanoat va savdoni rivojlanti rishga 
ham e’tibor qaratilgandi. Amaldorlarga xizmat yu-
zasidan vazifalarni ijro etish chog‘ida qo‘shimcha 
ustama haq olish taqiqlandi. Buning o‘rniga davlat 
tomonidan qat’iy belgilab qo‘yilgan maosh ta’sis 
etildi. «So‘ngra biz tomonimizdan, – deyiladi farmonda, – xususan, 
shariat amri bilan mamlakatda foydali bilimlarni rivojlantirish va rag‘ - 
batlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘riladi».
Shuningdek, amir o‘z xazinasidan tashqari alohida davlat xazinasini 
ta’sis etishga, davlat ehtiyojlaridagi kirimlar va chiqimlarni aniq hisob-
lab boruvchi budjet belgilashga ham va’da bergandi. Farmonda bosma-
xona ochish, mahbuslarni zindonlardan ozod qilish haqida ham va’dalar 
berildi. Ana shu maqsadda poytaxtda istiqomat qiluvchi «tiniq fikrli va 
oqil» odamlardan «assambleya» (majlis) tuzuvchi «millat»ni saylash ham 
mo‘ljallangan edi.
Farmon katta va’dalar asosida tuzilgan bo‘lsa-da, jadidlarda u shub-
ha uyg‘otdi. Yosh buxoroliklar rahnamolari (farmonni amalga oshirish 
maqsadida tuzilgan qo‘mita Yosh buxoroliklar qo‘mitasi deb atalgan) 
o‘zlarining islohotlar borasidagi fikr-mulohazalarda yakdillikka eri sha 
olmadilar. Mahmudxo‘ja Behbudiy, Mullaxon o‘g‘li, Mirzo G‘ulom vaz-
min, bosiq harakatlar bilan farmonni qo‘llab-quvvatlagan bo‘lsa, radikal 
harakat tarafdorlari Fayzulla Xo‘jayev, Abdurauf Fitrat va Usmon Xo‘ja 
kabilar yanada chuqur islohotlar o‘tkazishni talab qilib, o‘z tarafdorlarini 
zudlik bilan namoyish o‘tkazishga da’vat etdilar.
1917-yil 8-aprelda jadidlar Karki va Buxoroda namoyishlar o‘tkazish-
di. Buxoroda namoyishga to‘plangan 150 kishiga Fayzulla Xo‘jayev va 
Abdu rauf Fitrat rahnamolik qilishgan. Shiorlarda «Yashasin Amir!» qa-
torida «Hurriyat, Adolat, Musavvat!» kabi boshqa mazmundagi da’vatlar 
ham bor edi. Namoyishga chiqqanlar Arkkacha yetib kelishganida amir 
sarbozlari ularni to‘xtatishga buyruq oldi. 200 ta piyoda va 300 ta otliq 
sarbozdan iborat amir qo‘shini namoyishga chiqqanlarni tarqatib, hibsga 
ola boshladi. Bundan tashqari Ark ostonasini islohotlarga qarshi chiqqan 

Download 6,21 Mb.
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   142




Download 6,21 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston tarixi (XIX asrning ikkinchI yARmI – XX asr boshlari)

Download 6,21 Mb.
Pdf ko'rish