95
Turkiston jadidchilik
harakatining namoyandalari
ma’rifatparvar kishilar edi. Ma’rifatparvarlar keng
ma’noda bilim tarqatuvchi kishilar hisoblanadi. Si-
yosiy ma’noda ma’rifatparvarlik xalqni ozodlikka
olib chiqish va milliy davlatchilik g‘oyalarini ilgari surish bilan ifodalana-
di. Turkiston ma’rifatparvarlari jaholat, bilimsizlik, madaniyatsizlik, mu-
taassiblik, diniy aqidaparastlikni inson azob-uqubatlarining
asl sabablari
deya talqin etdilar. Ular podsho yakkahukmronligi (absolyutizm)ga qarshi
kurashdilar, siyosiy erkinlik va inson huquqlarini yoqlab chiqdilar.
Turli mamlakatlarda ma’rifatchilik harakatlari o‘ziga xos, milliy xu-
susiyatlarga ega bo‘lgan, ammo ularning mushtarak jihatlari ham mav-
jud edi. Bu jihatlar Turkiston jadidlari faoliyatida ham namoyon bo‘ldi.
Jumladan,
ular mavjud tuzum, uning iqtisodiy,
ijtimoiy va huquqiy so-
halardagi barcha salbiy ko‘rinishlariga va kamchiliklariga qarshi kura-
shish; maorif,
erkinlik, hayotning insoniy-madaniy jihatlarini shakllan-
tirish, ularni qo‘llab-quvvatlash
va himoya qilish, ma’naviy va axloqiy
me’yorlarni tako millashtirish; xalq manfaatlarini himoya qilish, farovon-
ligini oshirishga sidqidildan intilish yo‘lidan bordilar.
Jadidlar Turkistonda azaldan mavjud bo‘lgan, ya’ni Alisher Navoiy,
Mirzo Bedil va Boborahim Mashrabdan
qolgan merosdan foydalangan
holda Turkistonda demokratik va taraqqiyparvar g‘oyalarni davom ettir-
dilar. Turkiston ilg‘or ziyolilari erishgan yutuqlari orasida eng salmoqlisi
hukmron mafkuradan mustaqil bo‘lgan xalq ta’limi tizimining yaratilishi