• Savol va topshiriqlar 1. Turkistonda jadidchilik harakati qachon vujudga keldi 2.
  • 26-§. JADIDlARNING DASTURIy mAQSAD VA VAZIFAlARI
  • O‘zbekiston tarixi (XIX asrning ikkinchI yARmI – XX asr boshlari)




    Download 6,21 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet82/142
    Sana16.02.2024
    Hajmi6,21 Mb.
    #157847
    1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   142
    Bog'liq
    ozbekiston tarixi 9 uzb (1)

    1884-yilda …
     1893-yilda ...
    Yodda tuting!
    1893-yil Buxoroda birinchi, 1898-yil Qo‘qon shahrida ikkinchi 
    jadid maktabi ochildi. 1899-yili Andijonda Shamsiddin domla 
    va Toshkentda Mannon qori jadid maktablarini ochadilar. 
    Atamalar izohi
    Maorif (arabcha) – insonlarning bilimi va tafakkurini oshirishga 
    qaratilgan ta’lim-tarbiya. 
    Jadid (arabcha) – «yangi» degan ma’noni bildiradi.
    !
    !
    !
    http://eduportal.uz


    91
    Savol va topshiriqlar
    1.
    Turkistonda jadidchilik harakati qachon vujudga keldi?
    2.
    Jadidchilik harakatining vujudga kelishiga qanday omillar turtki bo‘ldi?
    3.
    Ismoil G‘aspirali va uning faoliyati to‘g‘risida nimalarni bilib oldingiz?
    4.
    Jadid maktablarini kimlar tashkil qilgan?
    26-§. JADIDlARNING DASTURIy mAQSAD VA VAZIFAlARI
    O‘rta Osiyoda taraqqiyparvarlar rivojlangan jami-
    yat yara tishdek o‘z g‘oyalarini amalga oshirishda 
    mutaassiblik, loqaydlik, qoloqlikka qarshi kurash 
    olib borishga alohida ahamiyat berganlar. Ular bu vazifalarni amalga 
    oshi rishda quyidagi yo‘nalishlarni ustuvor deb hisoblaganlar: o‘lkada 
    yangi usul maktablari tarmog‘ini kengaytirish, qobiliyatli yoshlarni chet 
    elga o‘qishga yuborish, turli ma’rifiy jamiyatlar va teatr truppalari tuzish, 
    gazeta va jurnallar chop etish, xalqning ijtimoiy-siyosiy va madaniy ongini 
    yuksaltirish yo‘li bilan Turkistonda milliy demokratik davlat qurish edi.
    Ilg‘or milliy ziyolilar faoliyatining muhim yo‘nalishi yangi usul 
    maktab lari tarmog‘ini kengaytirish edi. Bu maktablar bolalarning tez va 
    oson savodxon bo‘lishlarini ta’minlabgina qolmay, balki ularda fanatizm 
    va konservatizmdan xoli bo‘lgan yangi dunyoqarashning shakllanishiga 
    ham xizmat qilar edi.
    Ular ham Sharq, ham G‘arb madaniyati yutuqlarini egallashga intil-
    dilar, o‘qidilar va o‘zgalarni ham shunga da’vat etdilar. Ma’rifatparvarlar 
    xorijga chiqib, turli mamlakatlardagi madaniyat va ta’lim taraqqiyoti da-
    rajasini ko‘ra oldilar, ularni solishtirdilar va bu zehnli yoshlarda jahon 
    taraqqiyoti yutuqlarini Turkistonga keltirish istagi paydo bo‘ldi. Natijada 
    jadidlarning diqqat markaziga birinchi bosqichda ta’limni isloh etish va-
    zifasi qo‘yildi.
    Yangi usul maktablarida ta’lim jarayonida Yevropa standartlari me-
    zon qilib olingan edi. Arifmetika, tarix, geografiya, tabiatshunoslik asos-
    lari si nga ri fanlar bilan bir qatorda islom ta’limoti asoslarini o‘rganishga 
    ham katta e’tibor berilgan.
    Yangi darsliklar yaratish masalasi juda dolzarb bo‘lib turar edi. 
    Dastlabki paytlarda Turkistondagi yangi usul maktablarining ko‘pchili-
    gida Qozon va Orenburgda nashr etilgan darslik va o‘quv qo‘llanmalaridan 
    foydalanildi.
    Toshkent, Buxoro, Samarqand, Andijon, Qo‘qon, Xiva shaharlari 
    jadid chilik harakati markaziga aylandi. Bu shaharlarda ochilgan madaniy-
    ?


    Download 6,21 Mb.
    1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   142




    Download 6,21 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston tarixi (XIX asrning ikkinchI yARmI – XX asr boshlari)

    Download 6,21 Mb.
    Pdf ko'rish