92
ma’rifiy yo‘nalishdagi jamiyat va uyushmalar Turkistonda jadidchilikning
keng yoyilishiga olib keldi.
Jadidchilikning asosiy g‘oya va maqsadlari
Turkistonni o‘rta asrchilik,
feodal qoloqlik, xurofotlardan ozod qilish
«Usuli qadim»ni inkor etgan holda o‘lkani, xalqni, millatni taraqqiyot yo‘liga
olib
chiqish
Milliy davlat bunyod etish
Konstitutsion, parlament idora usulidagi ozod
va farovon jamiyat qurish
Turkiy tillarga davlat tili maqomini berish
Milliy pul birligi va milliy qo‘shin
tuzish
Jadidlar o‘z nashrlarida jahonda va Turkiston hududida ro‘y berayot-
gan voqealar haqida ma’lumotlar berib borishdi. Ular bu orqali o‘z
g‘oyalari mazmunini va ularni keng yoyish zarur ekanligini ko‘rsatdilar.
Ma’rifatparvarlar yangi usul maktablarining Turkistonda milliy kadr-
lar tayyorlash, yosh avlodni o‘qitishdagi ahamiyatini ko‘rsatib berdilar.
XIX asr oxirida O‘rta Osiyoda yangi usuldagi maktablar sanoqli bo‘lgan
bo‘lsa, 1911-yilga kelib ularning soni 63 taga, o‘quvchilarning soni 4106
nafarga yetdi. 1910-yilda Toshkentning o‘zida 24 ta jadid maktabi fao-
liyat ko‘rsatib, ularda 1740 nafar bola o‘qigan. 1917-yilga kelib o‘lkada
100 ga yaqin yangi usuldagi maktablar mavjud edi.
Taraqqiyparvarlarning qarashlarida xotin-qizlar ta’limi masalasi
alohi da o‘rin tutgan. Jadidlar, islom ma’rifatli bo‘lishni istagan ayollar-
ga to‘sqinlik
qilmaydi, deb ta’kidladilar. Islom ilm o‘rganishni erkak-
larga ham,
ayollarga ham farz deb
hisoblashidan kelib chiqqan holda
jadidlar o‘g‘il
va qiz bolalarni bir-
ga o‘qitishda tashabbuskor bo‘ldilar.
Jadidchilik harakati namoyan-
dalarining aso siy faoliyat la ri ma’-
rifatpar varlikdan boshlan gan bo‘l -
sa-da, ular
ning ta’siri
Turkiston-
dagi mil liy-ozodlik harakatlarida
g‘oyaviy
rah namolari sifatida mu-
him o‘rin tutdi.