AMALIY MASHG‘ULOTLAR:
I – MAVZU. Detallarni bir qatlamli qilib biriktirish
Mashg`ulotning maqsadi: Yupqa metall listni bir qatlam qilib birlashtirish usullarini o`rganish.
Mashg`ulotning borishi: Yupqa metall listlar ikki usulda biriktiriladi. Ularni bir qatlamli qilib payvandlash biriktirish deyiladi. Listlarni bir qatlamli qilib biriktirishda ikki bo`lak yupqa metall listning qirralari bir-biriga nisbatan teskari tomonga bukiladi. Bukish (egish) usuli va qulf-kalit qilib biriktirishda listlarning bukilgan qismlaridan biri ikkinchisiga kiritiladi (102-rasm).
Ikkalasini birgalikda uzunligi bo`yicha bukib, yog`och to`qmoq bilan urib chiqiladi. O`qituvchi ana shularni tushuntirgach, o`quvchilarga doska oldiga qo`yiladigan tunuka quticha yasashni tavsiya etadi. Buning uchun o`quvchilar avval qutichaning texnik chizmasini chizib, o`lchamlarini qo`yib chiqadilar, ishga oid asbob va moslamalarni tayyorlab oladilar. Tunuka qutining yoyilmasi 103-rasmda ko`rsatilgan.
II – MAVZU. Yupqa metall listdan yasalgan buyumlarni pardozlash
Mashg`ulotning maqsadi: 1. O`quvchilarga egov bilan metall chiqindilarini tozalashni, yupqa metall listlarni silliqlash va moyli bo`yoq bilan bo`yashni o`rgatish. 2. Yupqa metall listlarni kesish, teshish, bukish detallar yig`ish bo`yicha o`tilgan hamma mashg`ulotlarni yakunlash, o`quvchilarning bilim va malakalarini baholash.
Mashg`ulotning borishi. Metall materiallarni oksidlanishdan saqlash uchun bo`yaladi yoki loklanadi. Buning uchun avval buyumning sirti tozalanadi. Agar buyum detallari tekis bo`lmasa, egov bilan tozalanadi. So`ng jilvir bilan ishqalanadi.
Buyumlar sirti gruntovka bilan tekislanadi. Bo`yoqni kamroq sarflash uchun buyum sirtiga olif surtiladi.
Yupqa metall listdan yasalgan buyumlar vazifasiga qarab bo`yaladi.
O`quv ustaxonalarida metall buyumlar asosan qo`l bilan pardozlanadi. Bu esa o`quvchilar mehnatiga qo`yiladigan talablariga aynan muvofiqdir.
O`qituvchi yuqoridagi ishlar qanday bajarilishini hisobga olib, o`quvchilarning mehnatini baholaydi. So`ng ularga yuqori sinflarda ham metall materiallarga ishlov berish bo`yicha mashg`ulotlar o`tkazilishini aytadi.
O`quvchilar yasagan buyumlarning yaxshi, sifatli chiqqanlaridan sinf, maktab ko`rgazmasiga ajratib qo`yiladi.
III – MAVZU. Simlardan yasaladigan buyumlarning texnik rasmi va eskizini chizish
Mashg`ulotning maqsadi: 1.O`quvchilarga simlardan tayyorlanadigan buyumlarning eskizi va texnik rasmi haqida ma'lumot berish. 2. Eskizda diametr va radiusning belgilanishini tushuntirish. 3. Buyum eskizini bajarish usullarini, simni kesish va to`g`rilash ishlarini o`rganish.
Mashg`ulotning borishi. O`quvchilarga simlar po`latdan, misdan, alyuminiydan tayyorlanishi aytilib; ularning namunasi ko`rsatiladi, so`ng Buyumning texnik rasmi va eskizi nima degan savol beriladi. Bu savolga o`qituvchining o`zi javob qaytaradi.O`quvchilarga simlardan tayyorlangan bir necha buyum va uning texnik rasmlari ko`rsatilib, simlar bilan ishlash texnologiyasi foydalaniladigan asbob va moslamalarning tuzilishi tushuntiriladi.O`quvchilarga knopkani chiqarib oladigan asbob yasashni tavsiya etib, buning uchun simning bir uchini doyra shaklida bukish (104-rasm, a) ikkinchi uchini sandon ustida pachoqlab, ikki qirrali egov bilan ajratish (104-rasm, b) keyin uning ajratilgan uchini biroz egish (104-rasm,v) kerakligi tushuntiriladi.
IV – MAVZU. Buyumlar yasashda ratsional ketma-ketlikni aniqlash
Mashg`ulotning maqsadi: 1. O`quvchilarga simlarni to`g`rilash, kesish va tejab ishlatishni o`rgatish. 2. Ularni batartib ishlashga odatlantirish.
Mashg`ulotning borishi: O`quvchilarga turli yo`g`onlikdagi simlardan buyumlar yasash uchun buyumning har bir detaliga qanchadan sim ketishini aniqlash kerakligi aytiladi. Buning uchun buyumning texnik rasmini chizish, unda detallarning o`lchamini ko`rsatish zarurligi, ishlashda simlarni tejash, ratsional usullardan foydalanish, asosan ijtimoiy, foydali buyumlar yasash lozimligi tushuntiriladi. Buyum detallarini yasashda avval simlarni to`g`rilab olish, buning uchun o`quv ustaxonasida 105-rasmdagi moslamalardan foydalanish kerak. Yumshoq simlar yog`och to`qmoq bilan ham to`g`rilanadi.
Mashg`ulotda o`qituvchi simdan bitta buyum namunasini, masalan, samolyot yasashni tavsiya etadi. Buning uchun ikkita 1,6 metrli sim olib (106-rasm), ularning o`rtasidan buklanadi (a), buklangan joyidan ingichka sim bilan mahkam bog`lanadi (b), buklangandan keyingi birinchi sim samolyotning asosini, ikkinchi va uchinchi simlar uning qanotlarini, to`rtinchi sim kabinasini yasashga xizmat qiladi (v).
V – MAVZU. Simlarni kesish, to`g`rilash va egish
Mashg`ulotning maqsadi: 1. Buyum yasash uchun simlarni kesish, to`g`rilash va egish operatsiyalarini bajarish. 2. Simdan turli buyumlar yasashni o`rganish.
Mashg`ulotning borishi: Simdan qanday buyum yoki uning detali yasalmasin, albatta oldin simni to`g`rilash, kerakligini kesib olish va rejalab chiqish lozim. Simlarni kerakli o`rinlaridan, to`g`ri burchakli, o`tkir burchakli, o`tmas burchakli, aylana, yarim aylana va boshqa shakllarda bukish mumkin. O`qituvchi ana shularni ko`rgazmali yo`sinda tushuntirgach, simlarni to`g`rilash, kesish va bukish bo`yicha bitta ish ajarishni,qo`g`irchoq uchun mebel yasashni tavsiya etadi. Qo`g`irchoq mebeliga diametri 2 mm li sim ishlatiladi. Uning oyoqlari sim, o`tirg`ich va suyanchig`i faner yoki kartondan qilinishi mumkin. Masalan, stul yasashda avval simlar kesib olinadi va undan stul qismlari buklanadi (107 - rasm), uchlari bir - biriga payvandlanadi. Stulning o`tirg`ich va suyanchig`i faner yoki kartondan tayyorlanadi, ularing ichki sim yoki mix parchin bilan mustahkamlanadi. Mebel stoli ham ana shu yo`sinda, rasmda ko`rsatilgandek yasaladi. 107-rasm.
VI – MAVZU. Svetofor modelini yasash
Mashg`ulotning maqsadi. O`quvchilarga svetoforning elektr sxemasini chizishni o`rgatish.
Bu mashg`ulotni svetofor modeli yog`och yoki metall materialdan yasalishini hisobga olib tegishli o`quv ustaxonasida o`tkazish mumkin.
O`qituvchi o`quvchilarga svetofor modeli (108-rasm) ni ko`rsatib, uni yasash boshqa mehnat obektlaridan farq qilishini, 108-rasm. Svetofor modeli:
u uchta qismdan iboratligini, 1uning uchun uni yasashda yog’och va metall materiallar bilan ishlash, elektr sxemasini tuzish operasiyalari bajarilishini aytadi. So’ng svetoforning vazifasini qisqacha tushuntirib, uning modelini doskaga chizadi. O`quvchilar diqqatini svetoforning elektr zanjiri sxemasiga qaratadi. Svetoforning oldingi va ketingi qopqog’ini yasash tartibni ko’rsatadi.
Svetofor modeli ko’p detaldan iborat. Uni to’liq yasab ulgurish uchun har uch o’quvchiga bittadan model yasashni topshirish maqsadga muvofiqdir. O`quvchilar model detallarini taqsimlab olib yasaydilar va hamma detallarni biriktirib svetofor modelini yig`adilar.
O`quvchilar hamma ishni o’qituvchining bevosita ko’rsatmasi bo’yicha bajaradilar. Bunda simlarni ulash, lentalar bilan o’rash, o’tkazgichlarning uchlarini kavsharlash, jilvir bilan tozalash, simlarni metall plastinka ustiga qo’yib, erigan qo’rg`oshin bilan birlashtirish va boshqa ishlarni bajaradilar.
I – ilova
6-sinflar uchun mehnat ta’limining metallarga ishlov berish texnologiyasi yo‘nalishi bo‘yicha yozgi amaliyot tashkil qilish va o‘tkazishning taxminiy namunaviy ishlanmasi.
O‘quvchilar o‘quv yili davomida mehnat ta’limining metallarga ishlov berish texnologiyasi yo‘nalishi bo‘yicha olgan bilim, ko‘nikma, malakalarini o‘quv yili oxirida o‘tkaziladigan amaliyot davrida bevosita ko‘rib va jarayonda qatnashib mustahkamlash bo‘ladi.
O‘quvchilar mashg‘ulotlar davomida metallar haqida bilim olib tanishgan bo‘lsa, amaliyot davomida metallar turlari va ularni olinishi bilan yaqindan tanishishi mumkin. O‘quvchilarga o‘quv yili oxirida amaliyot o‘tkazishdan maqsad ular olgan bilimlar, ko‘nikmalar va malakalarini bevosita amaliyot mobaynida ko‘rib ta’ssurotlari orqali mustahkamlashdan iboratdir.
O‘quvchilarga amaliyotni tashkil qilish va o‘tkazishda quyidagi ishlar bajariladi.
I. O‘quvchilarni amaliyot o‘tashga tayyorlash ishlari bajariladi. Amaliyotni o‘tkazishdan maqsad va amaliyot davrida bajariladigan vazifalar o‘quvchilarga batafsil tushuntiriladi. O‘quvchilarni o‘zlashtirish qobiliyatiga va amaliyot o‘tayotgan joyni sharoitiga qarab, ularni amaliyot joylarini bir-biriga almashtirish jadvallari va gurhlari tuziladi.
Amaliyot jarayonida o‘quvchilarga o‘rganish uchun bajariladigan ishlar bo‘yicha tavsiya va ko‘rsatmalar beriladi. Amaliyot mobaynida o‘quvchilar rioya qilinadigan mehnat xavfsizlik qoidalari bo‘yicha tushuncha beriladi.
Metallarga ishlov berish bo‘yicha maktab atrofida faoliyat ko‘rsatayotgan milliy xalq hunarmandchilik soxalari haqida o‘quvchilarga tushuncha va ko‘rsatmalar berish.
II. O‘quvchilarni amaliyotga normativ xujjatlar asosida olib chiqish amalga oshiriladi. Umum o‘rta ta’lim maktablari atrofida joylashgan va 6-sinf o‘quvchilarini o‘quv yili mobaynida olgan bilim, ko‘nikmalariga mos holda o‘zida mujassamlashtirilgan ishlab chiqarish jamoalari hamda hunarmandchilik korxonalari bilan o‘zaro huquq va majburiyatlari ifolangan kelishuv shartnomasi asosida amaliyotiga olib chiqiladi.
O‘quvchilarni kunlik vaqt davomiyligi, amaliyot muddatlari va o‘tkazish joylari aniqlanadi. O‘quvchilarni mehnat va harakat xavfsizlik qoidalari bilan tanishtirilib tegishli jurnallarga imzo qo‘ydiriladi. O‘quvchilarni amaliyot davrida o‘rganishi uchun tegishli topshiriq, vazifalari tanishtiriladi va amaliyot boshlanadi.
III. Amaliyot davrida o‘quvchilar o‘qituvchi yordamida o‘quv yili mobaynida olgan metallar haqidagi bilimlari, metallarga o`quv dastgohlarida ishlov berish texnologiyasi haqidagi tassavur ko‘nikmalari, bevosita metallarga o`quv dastgohlarida ishlov berishni bajarish bo‘yicha o‘quv maxoratiga oid malakalarini mustahkamlash uchun mustaqil amaliy o‘rganish ishlarini amalga oshiradilar.
Mustaqil amaliy o‘rganish ishlarini bajarish uchun o‘quvchilar psixofizologik qobiliyatini hisobga olgan holda o‘qituvchi tomonidan ishlab chiqilgan xar xil variantdagi amaliy mehnat topshiriqlarini o‘quvchilarga mustaqil bajartirish amalga oshiriladi. Usta hunarmandlar huzurida o‘quvchilarni mustaqil o‘rganish mashg‘ulotlari tashkil qilinadi.
IV. Amaliyotni yakunida o‘quvchilar hisobot tayyorlaydilar. Hisobotda o‘quvchilar korxona tarixi, faoliyati, kundalik ishlari, o‘qituvchi yordamida ko‘rgan va bilgan ta’ssurotlari bo‘yicha o‘zlashtirish hamda mustahkamlashga oid umum natijaviy xulosalar yoritilishi kerak.
Shuningdek, o‘quvchilar qatnashgan milliy xalq hunarmandchilik korxonalarida o‘quvchilar usta hunarmandlar huzurida bajargan ishlaridan olgan ta’ssurotlari bo‘yicha umum xulosalarini ham qayd etishlari kerak bo‘ladi.
O‘qituvchi amaliyot yakunida o‘quvchilarni tayyorlagan hisobotlari asosida og‘zaki so‘roq orqali metallar va ularga qo‘lda ishlov berish texnologiyalari bo‘yicha bilim, ko‘nikma, malakalarini mustahkamlanganlik saviyasini baxolaydilar.
Quyida 6-sinf o‘quvchilariga mehnat ta’limining metallarga ishlov berish texnologiyasi yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv amaliyotini tashkil qilish va o‘tkazish bo‘yicha taxminiy namunaviy ishlanma jadvali keltirilgan.
№
|
Mustahkamlashga qaratilgan bo‘limlar va mavzular.
|
O‘quvchilarni amaliyotda bajarishi kerak bo‘lgan o‘rganish ishlari.
|
O‘quvchilarni bajargan o‘rganish ishlari.
|
Izoh
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
1.
|
Metallarni tuzilishi, turlari, tashqi ko‘rinishi bo‘yicha belgilari, ishlatilish soxalari haqida.
|
Metallarni tashqi ko‘rinishi, tuzilishi, turlari, shakllari, o‘lchamlari bo‘yicha amaliy tanishish.
|
Qora metal qotishmalari tashqi ko‘rinishi va tuzilishi bilan amaliy tanishildi.
|
|
2.
|
Metallarga o`quv dastgohlarida ishlov berishda ishlatiladigan moslamalar haqida.
|
Metallarga o`quv dastgohlarida ishlov berishda ishlatiladigan moslamalar bilan amaliy tanishish.
|
Har xil shakldagi ishlov berish keskichlari va moslamalari bilan amaliy tanishildi.
|
|
3.
|
Metallarga ishlov beradigan o`quv dastgohlari haqida.
|
Metallarga ishlov beradigan o`quv dastgohlari bilan amaliy tanishish.
|
Metalga ishlov beruvchi tokorlik stanoklari bilan amaliy tanishildi.
|
|
4.
|
O`quv dastgohlarida metal buyumlar tayyorlash haqida.
|
Metal buyumlarni konstruktsiyalash, texnologik xaritalar tayyorlash va ularni tayyorlash jarayoni bilan amaliy tanishish
|
O`lchov asboblarini tayyorlash texnologiyasi bilan amaliy tanishuv ishlari bajarildi.
|
|
5.
|
Metalga ishlov berishda xalq hunarmandchilik elementlari haqida.
|
Hunarmandchilikda ishlatiladigan asboblari va moslamalari materiallar bilan amaliy tanishish.
|
Pichoqchilikda ishlatiladigan asboblari bilan amaliy tanishildi.
|
|
6.
|
Metalga ishlov berishga asoslangan milliy xalq hunarmandchilik texnologiyasi haqida.
|
Pichoqchilik milliy xalq hunarmandchilik texnologik usullari bilan amaliy tanishish.
|
Pichoq tayyorlash bilan amaliy ishlash orqali tanishildi.
|
|
Izoh: umumlashtirilishi shart bo‘lsa, metallar va yog`ochlarga ishlov berish texnologiyalari bo‘yicha ham birgalikda ishlanma tuzilishi mumkin.
II – ilova
Keyingi II-ilovada o`quvchilarga mustaqil holda buyumlar tayyorlash bo`yicha ayrim texnologik xaritalar keltiriladi.
1-texnalogik xarita
Kurakcha
T/r
|
Ish ketma-ketligi
|
Operasiya eskizi
|
Asboblar
|
Jihozlar, moslamalar
|
Ish
|
O‘lchov va rejalash
|
1
|
Kurakchabop material tanlash va 285 x 215 mm o`lchamda zagatovka qiyib olish
|
|
qaychi
|
lineyka, chizg`ich
|
Stol
|
2
|
Chizma asosida rejalash
|
|
|
lineyka, go`niya, chizg`ich
|
Stol
|
3
|
Reja bo`yich qiyib yon devorlarni, orqa devorlardan ajratish
|
|
qaychi
|
|
Tiski
|
4
4
|
Orqa devorni bukish
|
|
qaychi, to`qmoq
|
|
tiski
|
5
|
Yon devorlarni bukish
|
|
bolg`a
|
|
tiski moslama
|
6
|
Orqa devorni bukib choklash
|
|
zubila, bolg`a
|
|
plita yoki sandon
|
7
|
Dastaga mos material tanlash va 252 mm o`lchamda zagatovka tayyorlash
|
|
zubila, bolg`a
|
lineyka chizg`ich, chekich
|
stol yoki plita
|
8
|
Dastada parchin mix o`rinlarini rejalash
|
|
zubila bolg`a parma
|
chekich, lineyka, chizg`ich
|
tiski yoki sandon
|
9
|
Dastani parmalab teshiklar hosil qilish
|
|
parma,bolg`a va parchinlash asboblari
|
lineyka chizgich chekich
|
drel yoki parmalsh stanogi
|
10
|
Dastaga moslab orqa devrda teshik o`rnilarini belgilash va parmalash, dastani kurakchaga o`rnatish, kurakchani pardozlash,bo`yash
|
|
mayin egov,jilvir, bo`yoq va cho`tka
|
|
bo`yoqchilik stoli
|
2-texnalogik xarita
Kronsirkul
T/r
|
Ish ketma-ketligi
|
Operasiya eskizi
|
Asboblar
|
Jihozlar, moslamalar
|
Ish
|
O‘lchov va rejalash
|
1.
|
Kronsirkulbop material tanlash va zagotovka tayyorlash
|
|
zubilo, bolg’a
|
lineyka, chizg’ich
|
plita (sandon)
|
2.
|
Chizma asosida yoki andoza bo’yicha rejalash
|
|
bolg’a
|
lineyka, chizg’ich
|
stol yoki rejalash plitasi
|
3.
|
Parmalab qirqish
|
|
04 parma, zubilo, bolg`a
|
chekich, sirkul lineyka
|
dastaki tiski,parmalash stanogi, sandon
|
4.
|
Zagotovkaning chetlarini aylantirib egovlab o’lchamga keltirish
|
|
yassi va yarim yumaloq egovlar
|
lineyka
|
tiski, qo’shimcha jag’
|
5.
|
Parchin mix o’rnini parmalab teshish
|
|
06 parma
|
-
|
parmalash stanogi, tiski, moslama
|
6.
|
Oyoqlarni pardozlash
|
mayin egov, jilvir
|
-
|
tiski
|
7.
|
Oyoqlarni bir-biriga parchinlab, birik-tirish (tayyor parchin mix va shaybalardan foydalaniladi)
|
parchinlash asboblari
|
-
|
alangali yoki mufel pechi
|
8.
|
Birikmani pardozlash
|
mayin egov, jilvir
|
-
|
|
9.
|
Oyoq uchlarini toblash
|
|
-
|
|
10.
|
Sirtlarni kuyindilardan tozalash
|
jilvir
|
-
|
|
|