• Engil metall qotishmalari.
  • Asl metall qotishmalari.
  • Nodir metall qotishmalari.
  • 1.4. ALYUMINIY QOTISHMALAR
  • 1.5. MIS QOTISHMALARI
  • Og’ir metall qotishmalari




    Download 13,29 Mb.
    bet3/64
    Sana25.03.2017
    Hajmi13,29 Mb.
    #2250
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64

    Og’ir metall qotishmalari.

    Qo`rg’oshin qotishmalari (svinsovie splavi)— qalay, surma, mis va boshqa elementlar qo’shilgan qo`rg’oshin asosidagi qotishmalar. Uncha qattiq emas, suyuqlanish temperaturasi past, zichligi katta, yaxshi texnologik va antifriksion xususiyatga ega, korroziyabardoshligi yuqori. Podshipnik materiallari, bosmaxonada va boshqa oson eruvchi qotishmalar sifatida, pitra kabel qoplamalari uchun ishlatiladi.

    Kadmiylash (kadmirovanie)— atm. korroziyasidan, dengiz suvi ta’siridan himoya qilish, shuningdek bezash uchun metall buyumlar sirtini yupqa (odatda, 10—25 mkm) kadmiy qatlami bilan qoplash.

    Suv, vodorod oksid, H2O - vodorod (11,19%) va kislorod (88,81%)dan iborat eng sodda kimyoviy birikma. S. rangsiz, hidsiz suyuqlik (qalin qatlamda zangori rangli). Mol. m. 18,0160. Yerning geologik tuzilishi tarixi va unda xayotning paydo boʻlishi, fizik va kimyoviy muhit, iqlim va obxavoning shakllanishida S.
    Elektroximiyaviy va vakuum (murakkab shaklli buyumlar uchun) usullarda amalga oshiriladi. Samolyotlar, kemalarning eng muhim detallari, shuningdek tropik iqlim sharoitida ishlatiladigan buyumlarning sirti kadmiylanadi

    Kobalt qotishmalari (ko­baltovie splavi)— tarkibida xrom, nikel va uglerod, molibden, vol­fram, niobiy, kremniy, marganes va boshqa elementlar bo’lgan kobalt asosidagi qotishmalar. Olovbardosh, eyilishga chidamli (k. Stellit) va magnit jihatdan qattiq xillari bor. Kobalt kamyob bo’lgani uchun Q.q. ni ishlatish cheklangan.

    So’rma qo’yish (lityo vsasiva­niem)— metalldan yupqa devorli qilib ishlangan, suv bilan sovitiladigan quyma qoliplar (kristalliza­torlar )da quyma olish usuli; kristallizatorda vakuum hosil qilish natijasida surilishda qolip suyuq metall bilan to’ladi. Suyuq metall esa qolipda ma’lum balandlikka ko’tariladi. Metall qolip ichida qotadi va kristallizatorning ichki shaklini oladi. Yupqa devorli quymalar tayyorlashda qolip metall bilan ohista va me’yorida to’lishi; quyish sistemasida metallning isrof bo’lmasligi so’rma qo’yishning afzalligidir. Unumdorligi past, shuning uchun bu usuldan kam foydalaniladi.



    Engil metall qotishmalari.

    Engil metall ruda koni alyuminiy konlaridan iborat temir alyuminiy rudalari asosan boksitdan olinadi. Paleozoy erasida hosil bo’lgan boksit konlari Uralda va Sharqiy Evropa platformasida topilgan. Mis-porfir rudalari misning yirik manbalaridan biridir (masalan Qozog’istondagi Qo’ng’irot, O’zbekistondagi Olmaliq, Armanistondagi Kajaran konlari, Vulkanogen kolchedan va gidrotermal tomirli konlardan ham mis qazib olinadi.
    Yevropa (yun. Yeigore, osuriy tilida „ereb“ - gʻarb) - qitʼa, Yevrosiyo materigining gʻarbiy qismi. Maydoni 10507 ming km2; 730 ming km2 ni orollar tashkil etadi. Qitʼa Shimoliy yarim sharda joylashgan, Osiyo bilan chegarasi shartli ravishda Ural togʻlarining sharqiy etagi, Emba daryosi, Kaspiy dengizi, Kumamanich botigʻi orqali va Don daryosining quyilish joyidan oʻtkazilgan.
    Armaniston Respublikasi (Hayastani Hanrapetutyun) - Zakavkazyening jan. qismida joylashgan mamlakat. Shimolda Gurjiston, sharqda Ozarbayjon, janubda Eron, gʻarbda Turkiya bilan chegarador. 37 ta tuman, 27 ta shahar, 31 ta shaharcha bor .
    Bu metall, Norilsk ruda r-ni va Pechenga, Kanadada Sadberi magmatik sulfidli misni konlaridan ham ajratib olinadi.

    Tabiatda qo’rg’oshin va rux, odatda, poli­metall rudalar tarkibida uchraydi. Ular ora­sida karbonatli jinslar orasida joylashgan stratiformli qatlamsimon konlar katta rol o’ynaydi. Qozog’istondagi Jayrem, Achisoy va Mirg’alimsoy, Qirg’izistondagi Jirg’alan, O’zbekistondagi Qalqon-ota, Uchquloch konlari va boshqa shunday konlar jumlasidandir. Bundan tashqari, vulkanogen polimetall-kol­chedan, karbonat jinslar orasidagi gidroter­mal metasomatik, gidrotermal tomirli kon­lardan ham qo’rg’oshin-rux rudasi olinadi. Kobalt va nikeliing asosiy miqdori magmatik sulfidli mis-nikel konlari, shuningdek silikat tarkibli nurash konlarndan qazib olinadi. Gurma rudalari konlarining hammasi gidrotermal qatlamli va tomirli kon­larga mansubdir.

    Berilliyli qotishmalar (berillievie splavi) — berilliy asosidagi qotishmalar. Asosiy afzalliklari — 600—800°S t-ragacha solishtirma mustahkamligi va solishtirma bikrligining yuqoriligi hamda neytronlarni qamrash kundalang kesimining kichikligi; asosiy kamchiliklari — xona va kriogen (120°K dan past) t-ralarda plastikligining pastligi, zadarliligi. Berilliyli qotishmalaridan tayyorlanadigan buyumlar va yarim fabrikatlar, asosan, kukun metallurgiyasi metodlari bilan, kamdan-kam hollarda quyish usuli bilan olinadi. Berilliyli qotishmalardan yadro energetikasi, kosmonavtika, aviasiya, kemasozlik va boshqa sohalarda foydalaniladi.

    Asl metall qotishmalari.

    Asl metall ruda konlariga oltin, platina va kumush konlari kiradi. Asl metall ruda konining eng katta zapasi kamdan-kam hollardagina o’n minglab t ga etadi va, odatda, o’nlarcha-yuzlarcha t bo’ladi, (masalan, 1 t rudada juda kam hollardagina 10 g dan ortiq oltin (0,001 %) bo’ladi). Oltin rudalari oltinli kvars va boshqa tar­kibli gidrotermal tomirlar va shtokverklarda uchraydi (masalan — Shnmoli-Sharq, G’arbiy va Sharqiy Sibir, Ural, Qozog’iston, O’rta Osiyo, Kavkaz va boshqalarda). Uran (radiy) va toriy konlari radio­aktiv metall ruda konini tashkil etadi. Uran rudalari konlari ichida gidrotermal va cho’kindi konlar muhim rol o’ynaydi. Toriy ru­dalari granitoidlar va ishqorli jinslar bilan uzviy bog’liq; metallning asosiy qismi aksessor minerallar (monasit, sirkon, kseno-tim, ortit) tarkibida. Toriyning bir qismi pegmatitlarda, qolgan qismi esa, Sn, Pb, Zn, Ag, Co, Ni, U va boshqa rudalari bilan to’planadi.

    Oltin yugurtirish (zolochenie)— buyumlar sirtiga yupqa (mkm ning ulushlaridan bir necha mkm gacha) oltin qoplash; bunda buyum bezaladi, himoyalanadi yoki himoyalanib, ham bezaladi.

    Kumushlash (serebrenie)— buyumlarni korroziyadan saqlash, yaltiroq qilish va bezash maqsadida ular sirtiga galvanik usulda kumush qatlami qoplash.

    Palladiylash (palladirovanie)— metall buyumlarni korroziyadan saqlash yoki ular sirtlari nurni yaxshi qaytara oladigan qilish uchun ularni galvanik usulda pal­ladiy bilan qoplash.

    Platinalash (platinirovanie) — 1) metall buyumlarning korroziya bardoshligini, nur qaytarish xossalarini, eyilishga chidamliligini oshirish, shuningdek kontakt elektr o’tkazuvchanligining doimiyligini saqlash uchun ularning sirtiga elektrokimyoviy usulda yupqa (1—5 mkm) platina qatlamini qoplash. Platinalash mahsus laboratoriya va kimyo apparaturasi, elektrotexnika priborlarining detallari (mis va uning qotishmalaridan ishlangan kontakt-lar),elektron razryad trubkalari uchun molibdenli simlar tayyorlashda, zargarlik, soatsozlik sanoatida qo’llaniladi.

    Zargarlik - badiiy hunarmandlik soxasi; oltin, kumush, mis, qalay kabi rangli metallardan zebziynat buyumlari (taqinchoqlar), bezak buyumlari yasash kasbi. Zargarlar bezak buyumlari tayyorlashda quyish, bolgʻalab (zarb berib) yasash, hallash (oltin va kumush suvi yuritish), oʻyib yoki boʻrttirib naqsh yasash, bosma, zigʻirak, sovotkori, qolipaki, shabaka kabi usullardan keng foydalanadi.
    2) Katalizatorlar ishlab chiqarishda moddalar (asbest, glinozem) ning sirtiga kimyoviy usulda yupqa platina qatlami qoplash.

    Platinali qotishmalar (platinovie splavi) — platina (asos) ning boshqa asl metallar, ko’­pincha rodiy (40% gacha), palladiy (50%gacha), iridiy, shuningdek ni­kel, kobalt, xrom, volfram va mo­libdenli qotishmalari. Ko’pchilik emiruvchi muhitlarda korroziyabardoshlik, mexanik xossalarining yuqoriligi, ko’p hollarda esa katali­zator kabi ta’siri bilan harakterlanadi. Qarshilik pechlarining qizdirgichlari, elektr kontaktlar, termoparalar uchun, kimyo va boshqa sanoat sohalarida olovbardosh va korroziya-bardosh materiallar sifatida ishla­tiladi.

    Nodir metall qotishmalari.

    Nodir metall ruda konilariga qalay, volfram, molibden, simob, berilliy, tantal, niobiylar kiradi.

    Kolima, Pri­more o’lkasi, Zabaykaledagi gidrotermal sulfit-kassiterit va kvars-kassiterit kon­larndan qalay rudasi olinadi. Volfram rudalari gidrotermal tomir va volframitli shtokverk, shuningdek skarnlardagi sheelit konlarida uchraydi. Molibden rudalari shtok­verk va tomirli gidrotermal konlardan, skarn konlardan qazib olinadi. Barcha simob rudasi gidrotermal konlardan ajratib olinadi. Be­rilliy rudalarining turli manbalari ichida pegmatit va gidrotermal kvars va berilliy (flyuorit bilan), greyzen va skarn (gelvin va fenakit bilan), vulkanogen flyuorit-bertrandit va gelbertranditli konlar muhim ahamiyatga ega. Tantal rudalari va niobiy rudalari magmatik konlardan nefelinli sienitlar, karbonatitlar, albitlar va pegmatitlar orasidan qazib olinadi.



    Tarqoq elementlar ruda koni sedimentogen, magmatogen va metamorfogen oltingugurtli kolchedan konlarida uchraydi va shu konlardagi rudalarni qayta ishlash jarayonida qo’shimcha mahsulot sifatida ajratib olinadi.

    Seriy va ittriy guruhlariga mansub siyrak er elementlarning ruda koni magmatik, pegmatit, karbomatit, albitit, gidrotermal konlar va rangli, nodir, radioaktiv metallar konlarida uchraydi.



    Volfram qotishmalari (volframovie splavi) — volfram-ning metallar (molibden, reniy, mis, nikel, kumush), oksidlar (TNO2), kar-bidlar va boshqa birikmalar bilan qotishmasi. Asosiy afzalliklari — suyuqlanish t-rasining yuqoriligi, elastiklik modulining kattaligi, issiqlikdan kengayish koeffsentining pastligi; kamchiliklari — uy t-rasida plastikligi va oksidlanishga qarshiligi pastligi. Volfram qotishmalari buyumlari va yarim fabrikatlari, asosan, kukun metallurgiyasi metodida, kamdan-kam vakuum-yoy va elektron-nur pechlarida eritib, keyin deformasiyalab olinadi. Yadro energetikasi, kosmonavtika, elektrotexnika, elektronika va boshqalarda ishlatiladi.

    Molibden qotishmalari (mo­libdenovie splavi)— volfram, reniy, sirkoniy, titan, niobiy, ug­lerod va boshqa elementlar qo’shilgan molibden asosidagi qotishmalar. Konst­ruksiey, issiqbardosh molibden qotishmalari ichida molibdenning titan (0,5%), sirkoniy (0,08%) va uglerod (0,02%) qo’shilgan qotishmasi mashhur. Molibden qotishmalaridan tayyorlangan detallar vakuumda 1800°S gacha t-rada uzoq vaqt, himoya qoplama bilan havoda 1200—2000°Sda ma’lum vaqt ishlashi mumkin. Molibden qotishmalari raketa va boshqa uchish apparatlarining muhim detallarini ishlab chiqarishda, yadro energetikasi, elektronika va texnikaning boshqa sohalarida ishlatiladi.
    Raketa (ital. rocchetta - pirpirak) - maxsus raketa yonilgʻisi (ish jismi) yonganda paydo boʻladigan kuch taʼsirida sarakatlanadigan uchuvchi apparat. Raketa yonilgʻisi turiga koʻra, qattiq yoqilgili va suyuq yonilgʻili xillarga boʻlinadi.
    Molibden qotishmalarining asosiy afzalligi — issiqbardoshligi yuqori, kamchiligi — olovbardoshligi va plastikligi past bo’ladi.

    Molibdenlash (molibdenirovanie)— po’lat, titan, niobiy va boshqa me­tall materiallaridan tayyorlangan buyumlar sirtida molibden qoplamasi hosil qilish. Molibdenlash buyumlar qattiqligi, sirt mu stavkamligi, azot k-tasiga korroziyabardoshligini oshiradi, qo’shimcha silisiylanganda esa yuqori t-ralarda olovbardoshligi oshadi. Molibdenlash diffuznoy metallash usuli bilan bajariladi.

    Tantal qotishmalari (tantalovie splavi)— niobiy, volfram, sirkoniy, gafniy va boshqa elementlar qo’shilgan tantal asosidagi qotishmalar. Agressiv va suyuq metall muhitlarida olovbardoshligi va korroziyabardoshligi yuqori bo’lgan materiallar. Raketa soplolari, reaktiv dvigatel detallari, elektr vakuum asboblar va boshqa tayyorlashda ishlatiladi.

    Sirkoniy qotishmalari (sirkonievie splavi)— sirkoniy asosidagi qurg’oshin. temir. xrom, nikel va boshqa elementlar qotishmalari. Issiqlik neytron-larini kam ushlab qolishi, 500—600°S da etarli mustahkamlikka egaligi, yuqori t-ralarda suv, ishqoriy va ba’zi k-tali muhitlarda korroziyaga ancha chidamliligi bilan farq qiladi. Sirkoniy qotishmalari xususan, yadro energetikasida ishlatiladi.

    Niobiy qotishmalar (niobievie splavi)— niobiyga molibden, volfram, sirkoniy, titan, vanadiy va boshqa elementlar qo’shib olingan qotishmalar. Issiq-bardoshligi yuqori, etarlicha texnologik ishlanadi, agressiv muhitlar va suyuq metallar korroziyalari ta’siriga chidamli. Ba’zi niobiy qotishmalari o’ta elektr o’tkazuvchan. Niobiy qotishmalari olovbardoshligi past bo’lib yuqori t-ralarda uzoq muddat ishlashi uchun unga ximoya qoplamasi kerak. Yadro energetikasi, kimyo sa­noatida, raketa va KA lar detallarini tayyorlashda ishlatiladi.

    Uran qotishmalari (uranovie splavi)— tarkibida molibden, sirkoniy, alyuminiy, niobiy, xrom, tetan, kremniy bo’lgan uran asosidagi qotishmalar. Uran qotishmalari sof uranga nisbatan (yadro reaktori ish sharoitida) mustahkam, korroziya bardoshligi yuqori va o’lchamlarining o’zgarmasligi bilan farq qiladi; yadro reaktorlar uran qotishmalaridan issiqlik ajratish elementlarining o’zaklari tayyorlanadi.


    1.4. ALYUMINIY QOTISHMALAR
    Mashinasozlik sanoatida sof alyuminiydan foydalanilmaydi, chunki uning mexanik xossalari past bo’ladi, lekin alyu­miniy qotishmalaridan keng foydalaniladi.

    Alyuminiy qotishmalarining ancha puxtaligi, quyma xossalarining yaxshiligi, yaxshi qirsib ishlanishi, korroziyaga chidamliligi kabi o’ziga hos xususiyatlariga ko’ra, ulardan turli quyma detallar, jumladan, dvigatel golovkalari, shatunlar, porshenlar olinadi. Alyuminiy qotishmalarining mexanik xossalari uning xi­miyaviy tarkibiga va strukturasiga bog’liqdir.



    Alyuminiy zichligi kam, yaxshi presslanadigan, cho’kichlanadigan, shtampovkalanadigan, qirqiladigan va elsktr toki hamda issiqlikni yaxshi o’tkazadigan metalldir. Undan mashinasozlikda, xususan samolstsozlikda, priborsozlik va elektr sanoatida (sof va qotishmalar holida) ksng foydalaniladi. Quymalar olishda foydalaniladigan alyuminiy qotishmalari tarkibiga, fizik va mexanik xossalariga ko’ra tubandagi besh guruhga bo’linadi:
    Alyuminiy bilan kremniy qotishmalari. Bu qotishmalar tarkibida kremniy miqdori 6—13% ga etadi, ularda kremniydan boshqa qo’shimchalar ham bo’ladi. Bu qotishmalarda quyilish xossalari yuqori bo’lishi bilan birga, mexanik xossalari ham yaxshidir. Alyuminiy bilan krem­niy qotishmalarining AL2, AL4, AL4V, AL9 va AL9V markalari bo’lib, ular siluminlar deb ataladi. Bu qotishmalardan turli shakldagi murakkab quymalar olishda keng foydalaniladi.

    1. Alyuminiy bilan magniy qotishmalari. Bu qotishmalarning tarkibida magniyning miqdori 4% dan ortiqdir, ular­da qisman boshqa qo’shimchalar ham bo’ladi. Al — Mg qotishmalari korroziyaga yaxshi qarshilik ko’rsatuvchi, puxta va engil qotishmalardir, lekin ularning suyuq holatda oquvchanligi pastroq, hajmiy qisqaruvchanligi yuqoriroq bo’lib, darzlar hosil qilishi mumkin. A1 — Mg qotishmalarining AL 8, AL 13 kabi markalari bor.

    2. Alyuminiy bilan mis qotishmalari tarkibida misning miqdori 4% dan ortiqdir, ularda qisman boshsa qo’shimchalar ham bo’ladi. Bu qotishmalar eyilishga yax­shi qarshilik ko’rsatish xususiyatiga ega, lekin qotishmalarning quyilish xossalari va korroziyaga qarshilik ko’rsatish xususiyati yuqorida ko’rib o’tilgan qotishmalarnikiga qaraganda ancha past.Bu gruppa qotishmalariga AL7, AL7V va AL12 markalar kiradi.

    3. Alyuminiyning mis va kremniyli qotishmalari. Bu qotishmalar tarkibida misning miqdori 1—8% gacha, kremniyning miqdori 3—6% gacha bo’lib, ularning suyuq holatda oquvchanligi, korroziyaga chidamliligi yusori bo’lish bilan birga yaxshi payvandlanadi. Bu gruppa qotishmalariga ALZ, ALZV, AL5, AL6, ALYuV va AL15V markalari kiradi.

    4. Alyuminiyning murakkab tarkibli qotishmalari. Bu qotishmalarga AL1 markali qotishma kiradi, uning tarkibi­ da 3,75-4,5% Si, 1,25-1,75% Mg va 1,75—2,25% № bo’ladi. Bu qotishmalar yuqorida ko’rib o’tilgan boshqa qotishmalardai o’zinnng o’tga chidamliligi, puxtaligi, suyuq holatda oquvchanligining pastligi va hajmiy qisqarishining yuqoriligi bilan farqlanadi.

    Alyuminiy - eng egiluvchan va yumshoq oq-kumush rangdagi metall, u nisbatan engil zichligi 2699 kg/m3 va erish temperaturasi past (660 °C). Alyuminiy erda eng ko'p tarqalgan metall (er qobig'i massasidan 7,45 %). Kimiyoviy aktiv bo'lgani uchun bu metall asosan oksid ko'rinishda uchraydi (glinozyom AL203), uni ishlab chiqarish uch esa juda ko'p elektr energiya talab qilinadi. Aluminiy ishlab chiqarish uch etabdan iborat: aluminiy rudasidan glinozyom chiqarish; glinozyomni elekrolizlash; birlamchi aluminiyni rafmasiya qilish. Aluminiyni yuqori elektr va issiq o'tqazuvchanlik xususiyatiga ega, hamda korroziyaga bardoshlik bilan farqlanadi. Undan elektr simlari va uy uchun har xil jihozlar tayyorlanadi. Nisbatan mexanik ko'rsatkichlari past bo'lgani uchun aluminiyni mashinasozlikda uning o'zidan ko'ra uning qotishmalari ishlatiladi. Aluminiy eng ko’p tarqalgan legirlovchi qo’shilmalardan biri. Texnikadagi ko’pchilik metallar alyuminotermiya usulida olinadi. Aluminiyning turli birikmalari ham keng ishlatiladi; masalan, alyuminiyli achchiq tosh qadimdan gazmollarni bo’yashda, teri oshlashda, bo’yoqni mustahkamlashda foydalanilgan.
    Teri - odam va hayvonlar tanasining tashqi qoplami. Organizmni tashqi taʼsirotlardan himoya qiladi, sezish, moddalar almashinuvi, organizmdan keraksiz moddalarni chiqarish, termoregulyatsiya va boshqalarda qatnashadi.


    Alyuminiy konstruksiyalar (alyuminievie konstruksi), qurilishda asosiy materiali alyuminiy qotishmalari yoki texnik alyuminiydan iborat bo’lgan kon­struksiya va buyumlar. Afzalligi: engil, mustaxkam, ko’pga chidamli, bezak uchun mosligi; kamchiligi: bir xil mustahkamlikdagi birikmalar (ayniqsa, payvand birikmalar) olishning murakkabligi, alyuminiy qotishmalar elastiklik modulining pastligini (po’latga nisbatan taxminan 3 marta) hisobga olish zarurligi. Alyuminiy qonstruksiyalari tayyorlashda yupqa (1 mm dan kam) metall list va presslangan yupqa devorli profillar ishlatiladi.

    Alyuminiy qotishmalari (alyuminievie splavi)— alyuminiy asosidagi mis, magniy, rux, kremniy, marganes, litiy, kadmiy, sirkoniy, xrom va boshqaqo’shilmali qotishmalar. Mexanik xossalari yuqori, zichligi kichik, elektr va issiqlik o’tkazuvchanligi yuqori, korroziyabardosh. Mashinasozlikning ko’p sohalarida, qurilishda, ro’zg’or buyumlari ishlab chiqarishda ishlatiladi. Ishlab chiqarish usullariga qarab, alyuminiy qotishmalarini deformasiyalanadigan, quyma va termik ishlanadigan xillarga ajratish mumkin. Ishlab chiqarilish va ishlatilish hajyicha qora metallardan keyin ikkinchi o’rinda turadi. — ko’p qismi alyuminiydan iborat qrtishmalar. Alyuminiy qotishmalari alyuminiyga Si, Si, Mg, Zn, Mn, Ni, Fe, Ti va boshka elementlarni alohida-alohida yoki ma’lum kombinasiyada so’shib suyuqlantirish yo’li bilan tayyorlanadi. A. s.ga legirlovchi ele­mentlar sifatida Ni, Cr, Sa va boshqalar, qotishma xossalarini yaxshilaydigan element­lar sifatida esa oz miqdorda Na, Be, Ti, Ce, Nb ham qo’shiladi. Bu elementlar fizik, knmyoviy va mexanik xossalari xilma-xil alyuminiy qotishmalari hosil qilishga imkon beradi. Aviasiya sanoatida alyuminiy qotishmalari ayniqsa, keng ishlatiladi, chunki alyuminiy qotishmalari engil bo’lishi bilan birga ancha puxta hamdir. Alyuminiy qotishmalari deformasiyalanadigan va quyiladigan qotishmalar gruppasiga bo’linadi. Deformasiyalanadigan alyuminiy qotishmalari har xil yarim fabrikatlar va buyumlar tayyorlash uchun, quyiladigan alyuminiy qotishmalari esa, xilma-xil detallar quyish uchun ishlatiladi.

    Alyuminiylash (alyuminirovanie)— metall buyumlarni korroziyadan saqlash, tashqi ko’rinishini yaxshilash, ularga mahsus fizik-kimyoviy xossa berish maqsadida ular sirtiga alyuminiy yoki ular asosidagi qotishmalarni yugurtirish. Diffuznoy usul (k,. Alitirlash), gazlanganli va plaz­mali purkash, plakirovkalash, metallni vakuum ostida bug’latish, eritmaga botirish bilan amalga oshiriladi. Samolyot, raketa, avtomobil detallari, k. x. inventarlari, ro’zg’or buyumlari va boshqa alyuminiylanadi.
    1.5. MIS QOTISHMALARI
    Mis (med)— kimyoviy element, 29, at. m. 63,546. Mis — pushti qizil rangli metell; zichliki 8960 kg/m3, T suyuq = 1083°S. Tabiatda sof metall holda kam va oltingugurt (sulfidlar) hamda kislorod bilan birikma holda uchraydi. Asosiy minerallari — xalkopirit (mis kolchedani) va xa­lkozin (mis yaltirog’i). Mis odatda, boyitilgan sulfid rudalardan olinadi. Mis elektr va issiq o’tkazuvchanligining yuqoriligi, plastikligi va korroziyabardoshligi uning qaysi sohalarda ishlatilishini belgilab beradi. Qazib olinadigan misning taxm. 50% i elektrotexnika sanoati ehtiyojlariga ketadi. Misdan kimyoviy apparaturalar (issiqlik almashgichlar, xolodilniklar, plazmatron de­tallari va boshqa) tayyorlanadi.
    Mis (lot. Cuprum - Kipr o. nomidan olingan), Si - Mendeleyev davriy sistemasining 1 guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 29,atom massasi 63,546. Tabiiy Mis ikkita barkaror izotop 63Si(69,1%) va 65Si(30,9%)dan iborat.
    30% dan ortiq mis sanoatda mis qotishmalari sifatida ishlatiladi.

    Mis qotishmalari-asosini mis tash kil qiladigan ikki yoki undan ortik, komponentli qotishmalar. Mis qotishmalari inson yaratgan birinchi metall qotishmadir. Taxminan 20-asrlar o’rtalarigacha butun dunyoda rangli metall qotishmalari orasida birinchi o’rinda turgan. Mis qotishmalari hosil qilish uchun misga legirlovchi elementlar yoki tarkibida le­girlovchi elementlar bo’lgan oraliq qotishmalar — ligaturalar qo’shiladi. Legirlovchi elementlar sifatida rux, qalay, qo’rg’oshin, alyuminiy, nikel, marganes, temir, kumush, oltin, fosfor, kremniy va boshqa ishlatiladi. Mis qotishmalarining issiqlik va elektr o’tkazuvchanligi, korroziyabardoshligi, eyilishga chidamliligi yuqori, ishqalanish koeffisienti esa past bo’ladi. Deformasiyalanadigan va quymabop mis qotishmalari bor. Deformasiyalanadigan mis qotishmalariga qizdirib yoki sovuqlayin bosim ostida ishlov berilib, taxta, lenta, truba, sim­larcha boshqa tayyorlanadi. Quymabop mis qotishmalari shakldor detallar tayyorlashda va haykaltaroshlikda ishlatiladi. Mis qotishmalarini sovuqlayin bosim ostida ishlaganda va bo’shatilganda ularnnng mexanik xususiyatlari o’zgaradi. Sovuqlayin deformasiyalab, mis qotishmalarining qattiqligini va mustahkamlik chegarasini 1,5—3 marta oshirish mumkin. Mis qotishmalarining mustahkamligini oshirish uchun ularga inter metall birikmalar (masalan, Si, Be, NiBe, Ni3Al) hosil qiladigan legirlovchi elementlar qo’shiladi.

    Mis-qizg`ich rangdagi cho'ziluvchan va yuqori zichlik (8960 kg /m3) metall, uning erish temperaturasi 1083 °C. U yuqori elektr va issiqlik o'tkazuvchanlik, karroziyaga bardoshlik xususiyatlariga ega. Havoda mis yuqa mis oksid qobig'i bilan qoplanadi va bu uni qolgai) joyini oksidlanishdan saqlaydi. Mis insoniyatga qadimdan tanish. (Bronza asri). Uzoq vaqt undan uy jihozlari va mehnat qurollari tayyorlangan. Mis yuqori elektr o'tkazuvchan bo'lgani uchun bugungi kunda uni asosan elektr sanoatida, uning asositlii bo'lgan qotishmalari esa boshqa sohalarda ishlatiladi. Rangli metallardan, mis va aluminiydan tashqari rux, qo'rg'osliin va qalay ishlatiladi. Bu metallarga yuqori zichlik va nisbatan past erish temperaturasi (-419 °C, -231 °C, -327 °C) xosdir. Erish temperaturasi past bo'lganligi uchun ular quyish ishlarida qo'llanilishi mumkin. Qalay bilan qo'rg'oshin qotishmasi kavsharlash uchun ishlatiladi. Aluminiy qotishmalari quyiladigan va bosim ishlov beriladiganlarga bo'linadi. Quyilma qotishmalarga asosan kremniy, magneziy, mis qo'shiladi. Bosim bilan ishlov beriladigan aluminiy qotishmalari yuqori mexanik va texnologik xususiyatlarga ega, bu qotishmalarning nomi duralumin deb ataladi. Dyuralyumin shtampovka va valsovkaga yaxshi beriladi. Detal bir shaklga keltirilgandan keyin u toblanish va qaritilish prosessidan o'tqaziladi. Bu dyuralyuminni qattiqligini va mustahkamligini oshiradi, lekin egiluvchanligini kamaytiradi. Duraluminlar aviasozlikda va asbobsozlikda keng qo'llaniladi.
    Download 13,29 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64




    Download 13,29 Mb.