• Mustahkamlash uchun savollar
  • Sortli prokatdan yasaladigan buyumlarning chizmalarini o’qish va tuzish.
  • Pozisiya Nomlari Soni Ashe
  • Eshik lukidonlarining spesifikasiyasi.
  • PAYVANDLASH ISHLARI TEXNOLOGIYASI.
  • METALLARGA SHABERLASH VA ISHQALASH ORQALI ISHLOV BERISH Shaberlash
  • YASALADIGAN BUYUMLARNING CHIZMALARINI O’QISH VA TUZISH




    Download 13,29 Mb.
    bet7/64
    Sana25.03.2017
    Hajmi13,29 Mb.
    #2250
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   64

    YASALADIGAN BUYUMLARNING CHIZMALARINI O’QISH VA TUZISH

    Konstruksiyalash obekti sifatida tuzatish ishlari uchun mahsus (eshik, deraza romi, stul, stol va hokazolarga kerakli) vint tavsiya etiladi. Shu vint konstruksiyasini ishlab chiqish uning vazifasini va nimalarda qo’llanishini aniklashdan boshlanishi lozim. Shuning uchun qo’yilgan maqsad asosida mahsus mahkamlovchi vintning konstruksiyasini ishlab chiqishga kirishish mumkin. Masalan, safdan chiqqan, lekin hali foydalansa bo’ladigan (metall va yog’och qismlardan iborat) stullarni tuzatishda uzunligi taxminan 35 mm, diametri 6—8 mm va diametri 16—18 mm dumaloq kallakli mahsus vintdan foydalaniladi, Bunday vint tuzatish ishlarining hamma talablariga to’la javob beradi. Shu detalni konstruksiyalashni uning geometrik shakli va o’lchamlarini belgilashdan boshlash kerak. Vintning konstruktiv elementlari sifatida uning dumaloq kallagi A ni ko’rib chiqamiz.

    Kallakning diametri rezbali sterjen V ning diametriga nisbatan uch martadan ziyod katta. Buning sababi shuki, kallak o’zining yassi sirti bilan stulning faner va yog’ochdan yasalgan o’rindig’i yoki suyanchig’iga zich yopishib turishi, ma’lum darajadagi bosim ta’sirida yog’ochga botib ketmasligi kerak. Bundan tashqari, dumaloq kallak 4—5 mm dan baland bo’lmasligi lozim. U o’rindiq yoki suyanchiqning sirtidan bo’rtib chiqib, unda o’tirgan kishiga noqulaylik tug’dirmasligi kerak. Vint kallagining dumaloq sirti stulda o’tirgan kishining kiyimiga ilashib, uni yirtib qo’ymasligi uchun silliqlanadi.

    Vintning diametri 6 mm silindrsimon sterjeni stulga tushadigan og’irlikka dosh beradi. Ana shu diametrga mos rezba ochiladi. Rezbaning uzunligi biriktiriladigan detallarning qalinligiga qarab belgilanadi. Ushbu holda sterjenning umumiy uzunligi 30 mm cha bo’lishi kerak. Uning yarmiii rezba tashkil qilishi lozim. Plashka bilan tashqi rezbani ochish oson bo’lishi uchun sterjenning uchida 1,5X45° o’lchamli faska D hosil qilish zarur. Sizlar mahsus vint konstruksiyasini ishlab chiqishda va uning hamma elementlarini asoslashda shu detalning chizmasini bajarishingiz va uni yasashning texnologik kartasini (texnologik kartani) diqqat bilan o’rganishingiz kerak.



    Texnologik xarita.
    Xarita (yun. chartes - varaq yoki xat yoziladigan papirus), karta - Yer yuzasi, boshqa osmon jismlari yoki kosmik fazoning matematik aniq belgilangan, kichraytirilgan, umumlashtirilgan tasviri. Qabul qilingan shartli belgilar sistemasida ularda joylashgan obʼyektlar koʻrsatiladi (q. Geografik xaritalar, Xaritagrafiya)


    Nutromer



    T/r

    Ish ketma-ketligi

    Ish eskizi

    Asboblar

    Jihozlar, moslamalar

    ish

    o‘lchov va rejalash

    1.

    Nutromerbop material tanlash va zago­tovka tayyorlash



    zubilo, bolg’a

    lineyka, chizg’ich

    plita (sandon)

    2.

    Chizma asosida yoki andoza bo’yicha rejalash



    bolg’a

    lineyka, chizg’ich

    stol yoki rejalash plitasi

    3.

    Parmalab qirqish



    04 parma, zubilo, bolg`a

    chekich, sirkul lineyka

    dastaki tiski,parmalash stanogi, sandon

    4.

    Zagotovkaning chetlarini aylantirib egovlab o’lchamga keltirish



    yassi va yarim yumaloq egovlar

    lineyka

    tiski, qo’shimcha jag’

    5.

    Parchin mix o’rnini parmalab teshish



    06 parma

    -

    parmalash stanogi, tiski, moslama

    6.

    Oyoqlarni pardozlash

    mayin egov, jilvir

    -

    tiski

    7.

    Oyoqlarni bir-biriga parchinlab, birik-tirish (tayyor parchin mix va shaybalardan foydalaniladi)

    parchinlash asboblari

    -

    alangali yoki mufel pechi

    8.

    Birikmani pardozlash

    mayin egov, jilvir

    -




    9.

    Oyoq uchlarini toblash




    -




    10.

    Sirtlarni kuyindilardan tozalash

    jilvir

    -




    Mustahkamlash uchun savollar:


    1. Detal (buyum) ni konstruksiyalash deganda nimani tushunasiz

    2. Tuzatish ishlariga mo’ljallangan mahsus vint qanday konstruktiv elementlardan iborat

    3. Mazkur buyumda dumaloq kallak bo’lishining sababini va unikg konstruktiv xususiyatini tushuntiring

    4. Mahsus vint sterjeni va rezba qismining uzunligini belgilashda qanday omillar hisobga olinadi

    5. Vint sterjenining uchidagi faska nima uchun kerak

    Nutromer asbobi yasashning texnologik jarayonini tushuntiring.

    Sortli prokatdan yasaladigan buyumlarning chizmalarini o’qish va tuzish.

    Ushbu mavzuni o’tishda ish obektini to’g’ri tanlash maqsadga muvofiqdir. Maktabda juda ko’p kerakli eshik lo’kidoni ana shunday obektlardan biridir. Eshik lo’kidonining o’lchamlari va konstruksiyasi lo’kidon eshikni yopiq holda mahkam tutib turishini ta’minlaydigan bo’lishi kerak. Eshik lo’kidoni konstruksiyasining umumiy ko’rinishini ishlab chiqishda yuhoridagi talabni nazarda tutish shart. 57-rasmda eshik lo’kidonining va undagi elementlarning namunaviy konstruksiyasi berilgan va ularning nomlari spesifika­siya (8-jadval)da keltirilgan.

    .


    Pozisiya

    Nomlari

    Soni

    Ashe

    Eslatma

    1

    2

    3



    4

    5

    6



    7

    Sterjen

    Parchin mix

    Yuqoridagi qoplagich

    Asos


    Ostki qoplagich

    Sterjenni qotirgich

    Ostki cheklagich


    1

    10

    1



    1

    1

    1



    1

    STZ

    STZ


    STZ

    STZ


    STZ

    STZ


    STZ

    Ǿ 10 mm

    Tayyor buyum

    S-1,5 mm

    S-2,0 mm


    S-1,5 mm

    S-1,5 mm


    S-1,5 mm

    Kon­struktiv elementlarni ishlab chiqish, hamma detallar o’rnatiladigan asosdanboshlanishi kerak. Eshik zichlab yopib qo’yilishini nazarda tutib lo’kidon sterjenining diametrini eng kamida 10—12 mm qilinadi. Uning uzunligi eshik kesakisidagi qotiruvchi o’yiqning chuqurligini va uning ikkita mahkamlovchi qoplagichini, shuningdek, bukilishini hisobga olgan holda taxminan 30 mm bo’lishi kerak.



    Bukilgan sterjenning uzunligini va qotirishda eng kami 25—30 mm tik yo’nalishda harakatlanishini, shuningdek, ostki cheklagich ro’lini bajaradigan burchakning o’lchamini hisobga olib asosning uzunli­gini 120— 125 mm qilinadi. Uning eni esa sterjenning o’lchamiga va uni tutib turadigan qoplagichlarning konstruksiyasiga qarab belgilanadi. Ko’pincha tayyor holdagi qoplagichlarning uzunligi 40 mm atrofida bo’ladi, bunda Sterjenning diametri, qoplagichning asosga mahkamlanadigan quloqlari hisobga olinadi. Shuning uchun asosning eni ham shuncha bo’lishi kerak (58 va 59- rasmlar).



    Eshik lukidonlarining spesifikasiyasi.

    Sterjenni tutib turadigan qoplagichlar shakldor bo’lishi, sterjenni zich ushlab turishi va quloqlari bilan asosga mahkam o’rnatilishi kerak. Asosiy kuch yuqoridagi qoplagichga tushishini nazarda tutib, uning enini ostki qoplagichga nisbatan kengroq va qolgan o’lchamlarini bir xil qilish lozim (60-rasm). Ostki cheklagichning konstruksiyasini tokchasining eni 15 mm, uzunligi asosining kengligiga baravar odatdagi 90° li burchaklik sifatida tasavvur qilish mumkin (61-rasm).

    Sterjenning qotirgichi ham tokchasining o’lchami taxminan 15 mm burchakdan iborat bo’lib, yuqoridagi tokcha 3 mm bukilishi lozim (62-rasm).

    Bunda qotirgichning uzunligi sterjenning surilishiga monelik qilmasligi kerak. Eshik lo’kidonidagi hamma detallarning konstruksiyalari ishlab chiqilgach, ularning asosdagi o’rinlarini hamda o’rnatilish yo’llarini topish lozim. Bunda sterjenning yuqoriga va pastga bemalol harakatlanishidan tashqari, kerakli holatlarda to’g’ri qotirilishini ham hisobga olish shart.




      1. PAYVANDLASH ISHLARI TEXNOLOGIYASI.


    Payvand birikmalar —metall qismlarni payvandlash yo’li bilan hosil qilinadigan birikmalar. Uchma-uch (63-rasm, a). tavrli (63-rasm, b), ustma-ust (63rasm, v), burchakli (63-rasm, g), tiqinli (63-rasm, d), o’nma (63-rasm,e) xillari bor. Payvand birikmalarning asosiy qismi payvand chok hisoblanadi. Chok kesimiga metall to’ldirish darajasiga qarab, normal (64- rasm,a), qabariq (64-rasm,b) va botiq (64-rasm,v) xillarga bo’linadi. Payvand birikmalar choklari uzluksiz (64-rasm,g) va uzlukli (64-rasm,d) bo’ladi. Payvand birikmalar mustahkamligi asosan panvand chokning sifati bilan aniqlanadi. Payvand birikmalar mashinasozlik, qurilish, avtomobil sanoati va texnikaning boshqa sohalarida qo’llaniladi.

    Payvand trubalar, payvand chokli trubalar — po’lat list yoki lentani truba shaklida bukib uchma-uch va ustma-ust payvandlash yo’li bilan tayyorlaiadngan trubalar.

    Elektr payvand, gaz payvand va pech payvand usullari bilan tayyorlanadi. Elektr payvandning qarshilikli va yoyli xillari bor. Gaz pay­vandda metall polosani stanokda truba shak­lida bukib, asetilen-kislorod gorelkasida qizdiriladi.

    Pech payvandda metall po­losani pechda qizdirib, truba shakliga keltiruvchi mahsus voronkadan tortib o’tkaziladi (65-rasm). payvand trubalar, asosan, gazoprovodlar uchun ishlatiladi.

    Payvandlash (texnikada)—qattiq materiallar (metallar, shisha, plastmassa va boshqa) ni ajralmas qilib biriktirish usuli. Metallarni payvaidlash qadimdai ma’lum. 1882-yilgacha bosim vaqtida payvandlashning temirchilik usulidan foydalapilgan. 1882—84 yillarda rus ixtirochisi N. N. Benardos birinchi marta metallarni ko’mir elektroddan foydalanib payvandlash (elektr yoy) usulini topgan. 1888—90 yillarda rus iijeneri N. G. Slavyanov buni takomillashtirib, ko’mir elektrod o’rniga metall elektrod ishlatgan.

    1895 yilda asetilen topilgandan keyin E. Fushe gaz payvandlashni ixtiro qildi. Ma’lumki, o’tkazgichlardan elektr toki o’tganda kontaktlar qiziydi. Shu hodisaga asoslanib, amerikalik olim E. Tomson 1877 yilda qarshilikli uchma-uch payvandlash, keyinchalik N. N. Benardos nuqtaviy kontakt payvandlash usulini ixtiro qildi. 1894—1910 yillarda termit yordamida payvand usuli rivojlangan. Bunda alyuminiy va temir oksididan iborat termit kukuni yoiib, ekzotermik reaksiya yuz berishi hisobiga Kistrod P. sodir bo’ladi. O’sha yillari Gaz-press payvandlash Uzoq Sharqdagi kemasozlik z-dida prof. V. P. sxemasi. Vologdin elektr payvandlash usulida ko’priklar, shatakchi katerlar, fermalar va boshqalarni payvandladi. 1924—25 yillarda prof. V. P. Nikitin boshchiligida birinchi payvandlash mashinasi—SM-1 yaratildi. 1940 yilda Ukraina FA Elektr payvand intida akad. E. O.

    Ukraina (ukr. Україна) - Yevropaning jan.sharqida joylashgan davlat. Maydoni 596,06 ming km². Aholisi 45 553 ming. kishi (2013.01.15). Poytaxti - Kiyev sh. Maʼmuriy jihatdan 23 viloyat - Vinnitsa, Volin, Dnepropetrovsk, Donetsk, Jitomir, Zakarpatye, Zaporojye, IvanoFrankovsk, Kiyev, Kirovograd, Lugansk, Lvov, Nikolayev, Odessa, Poltava, Rovno, Sevastopol, Simferopol, Sumi, Ternopol, Xarkov, Xerson, Xmelnitskiy, Cherkassi, Chernovsi, Chernigov viloyatlari, Kiyev sh.lariga boʻlinadi.
    Paton boshchiligida flyus ostida avtomatik elektr yoy payvandlash usuli, keyinchalik B.E.Paton boshchiligida elektr shlakli payvandlash usuli ishlab chiqildi. Bosim ostida payvandlashda metallni plastik holatga keltirib biriktiriladi; biriktiriladigan joyga tashqi kuch ta’sir ettiriladi. Bunday payvandlashning mexanik, kimyoviy-mexanik va elektro mexanik usullari bor. Mexanik (sovuqlayin) payvandlashda metallning payvandlanadigan joyi tozalanadi va mahsus shtamp yordamida bu joyga ancha katta siquvchi kuch ta’sir ettiriladi.



    Doira yoki to’g’ri to’rtburchak shaklidagi puanson bilan siqilganda metallda plastik deformasiya hosil bo’ladi; metall zichlashadi va donachalari maydalashadi. Alyuminiy va uning qotishmalari, mis, nikel, rux, alyuminiy-mis qotishmalaridan tayyorlangan buyumlar shu usulda payvandlaiadi. Kimyoviy-mexanik usul temirchilik, gaz-press va termit xillarga bo’linadi. Temirchilik usulida metallning payvandlanadigan joyi yumshaguncha qizdirilib, bolgalanadi yoki press bilan qisiladi.

    Metall sirtida to’la payvandlanishga qarshilik ko’rsatadigan oksid qatlami hosil bo’ladi. Uni yo’qotish uchun kukun yoki pasta ko’rinishi dagi flyusdan foydalaniladi. Payvandlash vaqtida flyus erib, metall sirtini oksidlanishdan saqlaydigan yupqa toshqol katlami qoplaydi. Po’lat pokovkalar va boshqa shu usulda payvandlanadi. Gaz-press usulida biriktiriladigan metall qismlar uchma-uch keltirilib, shu joy gaz gorelkasi alangasida qizdiriladi, so’ngra mahsus moslama bilan siqiladi. Odatda, yoqilg’i sifatida asetilen ishlatiladi. Bu usul bilan po’lat, latun, mis, alyuminiy qotishmalaridan tayyorlangai buyumlar payvandlanadi. Termit usulda metall termitda kimyoviy reaksiyaga kirishishi natijasida qizib birikadi. Bunday payvandlash bir necha sekundgina davom etadi. Elektromexanik (kontakt) payvandlashda metall elektr toki bilan qizdiriladi va mexa­nik kuch ta’sirida siqiladi. U nuqtaviy rolikli va impuleli xillar­ga bo’linadi. Elektromexanik payvandlashda xavodagi kislorodiing ta’sir davri juda qisqaligidan oksid qatlami hosil bo’lmaydi, shuning uchun bu usulda flyus ishlatilmaydi. Eritib payvandlashda biror issiqlik manbai ta’si­rida buyumning payvandlanadigan joylari va payvand chiviq (agar u ishlatilsa) suyuslanish holatiga keltiriladi. Bu usulning kimyoviy, elektr-kimyoviy va elektr ey usullari bor. Kimyoviy usul gaz va termit xillarga bo’linadi. Payvandlash vaqtida sodir bo’ladigan oksidlanish reaksiyasi chok metallariiing tarkibiy elementlarini kuydiradi, natijada metall­ning kimyoviy tarkibi o’zgaradi va payvand birikmaning mexanik xossalari pasayadi. Shuning uchun payvandlash texnikasida eritib yopishtiriladigan metalldagi foydali aralashmalarni kuyishdan, uiga azot va kislorod kirishidan saqlaydigan payvand birikmalar hosil qilishiing yangi metod va rejimlari izlanmokda. Masalan, gaz payvandda buyumlarning payvandlanish xususiyatini yaxshilaydigan va ularii atrofdagi muhit ta’siridan saqlaydigan turli flyuslar yoki mahsus qoplamalardan va gaz himoya usullaridan foydalaniladi. Termit usulda detallarning biriktiriladigan sirtini suyuqlantirib, termit metall bilan yaxlit quyma chok hosil qilinadi. Elektr kimyoviy usulda payvandlash zonasi (buyum bilan elektrod orasida yonadigan yoy) vo­dorod bilan, ba’zan, vodorod va uglerod oksidi aralashmasi bilan yoki azot va vodorod aralashmasi bilan o’raladi; natijada eritib yopishtiri­ladigan metall atrofdagi muhitning kimyoviy ta’siridan saqlanadi. So’nggi vaqtlarda payvandlash zonasini argon, geliy yoki karbonat angidrid gazi bilan himoya qilish usuli keng qo’llanilmoqda. Elektr ey bilan payvandlashda buyumlarning payvand­lanadigan ishlari elektr yoyi bilan eritib bi­riktiriladi. Bu usul eruvchan elektrodli va erimaydigan elektrodli xillarga bo’linadi. Bunday payvandlash qo’lda va avtomatik tarzda bajariladi. Eruvchan elektrod bilan payvandlashda buyum sirtida suyuq metall «vanna»si hosil bo’ladi. Elektrod metali elektr yoyida erib, vanna 2 ga tomchilab turadi. Bunda elektrod me­tali buyumning suyuqlangan metaliga aralashadi. Vanna qotib, chok hosil bo’ladi. Elektr ey bilanochiq yoy hosil qilib payvandlashda ishlatiladigan elektrod diametri 0,8—12 mm li dumaloq metall chiviqdan iborat. Uning sirtiga mahsus qoplama qoplangan.

    Bu qoplama chiviq bilan birga erib, suyuq metall (vanna) sirtini yupqa qatlam bilan qoplaydi. Elektr yoy bilan berk yoy hosil qilib payvandlashda yalang’och elektroddan foydalaniladi. Bunda payvandlash sochiluvchan flyus katlami ostida bajarilib yoy ko’zga ko’rinmaydi. Erimaydigan elek­trod bilan payvandlashda ko’mir elektrod ishlatiladi. Suyuq metall «vanna»si flyus, yoy zonasiga ney­tral gaz (argon, geliy) yoki aktiv gaz (karbo­nat angidrid, vodorod) yuborpsh yo’li bilan havo ta’siridan saqlanadi. Elektr yoy usuli metall va ularning qotishmalari, shisha, chinni, ba’zi plastmassalar, turli minerallar va boshqalarni biriktirishda qo’llaniladi. Bulardan tashqari, yuqori chastotali tok va elektron nur yordamida payvandlash usullari kashf qilingan. Suv ostida payvandlash (masalan, kemalarning tagini remont qilish), kosmosda payvandlash (masalan, kos­mik stansiyalarni kosmosda montaj qilish) usullari takomillashtirilmoqda. 1969 yil 11 oktyabrda uchirilgan «Soyuz-6» kosmik kemasida (kema komandiri G. S. Shonin, bortinjener V. N. Kubasov) yuqori vakuum va vazisizlik sharoitida turli metallarni payvandlash usullari tekshirib ko’rildi. Hozir lazer nurlari yordamida payvandlash usullari ishlab chiqilmoqda.




      1. METALLARGA SHABERLASH VA ISHQALASH

    ORQALI ISHLOV BERISH
    Shaberlash
    Egovlashdan so’ng shaberlash ishlari bajarilib sirtlarning tozaligi va aniqligi ta’minlanadi.

    Shaberlanadigan sirtlarda ortiqcha g’adir-budurliklar, tirnalgan dag’al egov izlari bo’lmasligi kerak.

    Shaberlash ishlarini bajarish uchun:

    Sirtlar shabsrlashga tayyorlanadi. Buning uchun sirtlar lineyka bilan tekshirilib, undagi notekisliklar mayin egov yordamida kesishtirish usuli bilan egovlanib yo’qotiladi.

    Shaberlar charxlanib, qirovi to’kilib o’tkirlanadi (66- rasm). Buning uchun:

    a) tirgakni charx toshiga nisbatan to’g’ri o’rnatib, himoya ekrani tushiriladi;

    b) shaberni 66-rasm, a da ko’rsatilganidek tutib, ikala yog’ini tig’dan 20—30 mm uzunlikda o’zaro parallel qilib charxlanadi;v) charxlangan shaberni66-rasm, b da ko’rsatilganidek qum qayroqda qayrab, qirovi to’kiladi.

    Tekshirish plitasi tozalanib, tampon bilan uning sirtiga bir tekis qilib yupqa bo’yoq surtiladi (67-rasm).

    Shaberlanadigan sirtlar tekshirish plitasi ustiga qo’yilib, turli yo’nalishda suriladi. Buning natijasida sirtda bo’yoq dog’lari hosil bo’lib, sirtning shaberlanadigan qismi aniqlanadi (68-rasm).

    Agar sirt yoppasiga bo’yoq pardasi bilan qoplansa, sirtning do’ngliklari qayta aniqlanadi. Buning uchun:

    a) sirt bo’yoqdan tozalanadi;

    b) tekshirish plitasi ustidagi ortiqcha bo’yoq artib tashlanadi;

    v) qayta tekshirish o’tkaziladi.

    5. Aniqlangan do’ngliklar quyidagicha shaberlanadi:

    a) detal tiskiga, qo’shimcha jag’lar orasiga olib o’rnatiladi;

    b) tiskiga nisbatai to’g’ri ish vaziyatini egallab, shaberni qo’lga olinadi;

    v) shaberni sirtga nisbatan 30—40° burchak ostida tutib (69-rasm, a) shaberlash davom ettiriladi. Sirtning faqat bo’yoq qoplangan qismigina shaberlanadi;

    g) har bir qatlamni qirishdan so’ng sirt artib tozalana­di va uning tekisligi takror tekshiriladi;

    d) takroriy shaberlashda shaber oldingi yo’nalishga tik tortiladi.

    6. Shaberlangan sirtning tekisligi tekshiriladi (69-rasm, b). Buning uchun sirtning har er-har eriga tekshirish ramkasini o’rnatib, uning ichidagi dog’lar soni hisoblanadi. Agar har qaysi tekshirishdagi dog’lar soni bir-biriga yaqin bo’lsa, sirtning tekisligi ta’minlangan bo’ladi.

    2. O’zaro parallel yassi sirtlar ni shaber­lash mashqi.

    1. Sirtlar shaberlashga tayyorlanadi.

    2. Birinchi sirt shaberlanib, uning tekisligi va tozaligi ga’minlangach, unga parallel bo’lgan ikkinchi sirt shaberla­nadi. Buning uchun:

    a)sirtlarning o’zaro parallelligi shtangensirkul bilan tekshiriladi;

    b)talab etilishiga qarab ikkinchi sirt shaberlashga tayyorlanadi;

    v)ikkinchi sirtning do’ngliklari aniqlanib, shaberlalanadi;

    g)birinchi sirtni tekshi­rish plitasiga qaratib joylashtiriladi;

    d)tekshirish plitasi usti­ga indikatorni o’rnatib, uning sterjenini tekshiriluvchi (ikkinchi) sirtga tekkizib, sifer blatning noli strelkaga to’g’rilanadi;

    e)detalni tekshirish pli­tasi ustida turli yo’nalishda surib, strelkaning og’ishiga qarab do’ngliklar aniqlanadi va bo’r bilan belgilanadi (70-rasm)

    j)do’ngliklar qayta shaberlanib, sirtning tekisligi plita yordamida o’zaro parallelligi indi­kator bilan tekshirilib, talab etilgan aniqlikdagi sirtlar hosil bo’lgunga qadar shaberlash davom ettiriladi.



    3. O’zaro to’g’ri burchak ostida joylashgan yassi sirtlarni shaberlash mashqi .

    1. Baza yuza talab etilishiga qarab egovlab tekislanadi, do’ngliklari aniqlanib, talab etilgan darajada shaberlanadi.

    2. Ishlanuvchi sirtning baza yuzaga nisbatan to’g’ri burchakliligi go’niya yordamida tekshirilib, ta­lab etilishiga qarab egovlanib shaberlashga tayyorlanadi.

    3. Ishlanuvchi sirtdagi do’ngliklarpi aniqlash uchuy tekshirish plitasi ustiga kontrol go’niya o’rnatiladi Baza yuzani tekshirish plitasiga joylashtirib tekshiriluvchi sirtni kontrol go’niyaga ohista tekkiziladi (kontrol go’niyaga bo’yoq surtilgan bo’ladi). Detal tekshirish plitasi ustida kontrol go’niya bo’ylab suriladi (71-rasm). Aniqlangan do’ngliklar shaberlanib, sirtning silliqligi va baza yuzaga nisbatan go’niyaliligi ta’minlanadi. Shaberlash talab etilgan darajagacha davom ettiriladi.


    Download 13,29 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   64




    Download 13,29 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    YASALADIGAN BUYUMLARNING CHIZMALARINI O’QISH VA TUZISH

    Download 13,29 Mb.