MAKTAB YOSHIDAGI BOLALARNING BELDAN




Download 14.08 Mb.
bet27/62
Sana04.04.2017
Hajmi14.08 Mb.
#2884
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   62
3.2. MAKTAB YOSHIDAGI BOLALARNING BELDAN

KIYILADIGAN KIYIMLARINI MODELLASHTIRISH.
Shim. Erkaklar shimi. Shimlar turli gazlamalardan: jun gazlama, tabiiy va sun'iy ipak gazlama, zig`ir toladan to`qilgan gazlama, trikotaj, sun'iy (kimyoviy) tolalardan to`qilgan gazlamalardan tikiladi. Shim belbog`ining astariga astarbop ip gazlama va ipak gazlama ishlatiladi, oddiy tipdagi shim oldingi yarmining astari uchun satin, sarja, dubl satin va shu kabi materiallar tanlanadi. Shimning belbog`i g`ijim bo`lmasligi uchun orasiga qotirma material qo`yiladi. Shimning oldndagi o`lchanadigan qismiga maxsus shimbop tugmalar qadaladi, ba'zan «molniya» ilgaklari tikiladi.

Shim fasoni modaga bog`liq bo`lib, pochasi, tizza qismi va son qismining kengliklari modaga qarab o`zgarib turadi. Modaga muvofiq tanlangan fasonga ko`ra, shim pochasining pasti qaytarmali, ya'ni manjetli (tayyor holdagi kengligi 3,5— 4 sm va bundan ham kengrog`) yoki manjeqiz bo`lishi mumkin. Golf tipidagi sport shimlari oddiy shimdan 8—10 sm qisqarog` va son hamda tizza qismlari kengrog` (erkinrok) bo`ladi, oddiy shim singari bichib tikiladi. Ular oddiy fasondagi shimdan faqat pochasining pastki cheti boshqachaligi hamda oldingi yarmining o`lchamlari kengligi bilan farq qiladi. Manjetni qo`shib tikishda pocha (pasti) buriladi yoki vitachkalar qilinadi. Golf tipidagi shim kostyumbop ip va jun gazlamadan tikiladi.

Etik bilan kiyiladigan shimning tizza qismi tizzani siqib turadi, son qismi esa salgina kengrog`, qilinadi.

Bridja tipidagi shimning boldirdan tizzagacha bo`lgan .qismi oyog`qa yopishib turganligidan bunday shim getr (botinka ustidan boldirga kiyiladigan qo`nj) bilan kiyish uchun juda qulay.

Shimning andazasini yasash uchun quyidagi o`lchovlar bo`lishi kerak:

Belning yarim aylanasi—40 sm

Sonning yarim aylanasi —50 sm

Shimning yon tomondan uzunligi—140 sm

Og` chokining uzunligi—78 sm

Pocha kengligi — 24 sm





Download 14.08 Mb.
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   62




Download 14.08 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



MAKTAB YOSHIDAGI BOLALARNING BELDAN

Download 14.08 Mb.