|
Korxona – iqtisodiyotning asosiy bo’g’ini
|
bet | 5/12 | Sana | 27.01.2024 | Hajmi | 214,5 Kb. | | #146897 |
Bog'liq 1-Mavzu. SANOAT KORXONASI BOZOR IQTISODIYOTI SUB’EKTI 1.2. Korxona – iqtisodiyotning asosiy bo’g’ini
Korxonada tovarlarni ishlab chiqarish va sotish, ishchilarni ish bilan ta’minlash, yangi ish joylarni barpo qilish, ish haqi to‘lash, davlat apparatini va ijtimoiy dasturlarni moliyalash uchun mablag‘ to‘lash amalga oshiriladi. Korxona to‘laydigan soliqlar va turli to‘lovlar mamlakat manfaatiga xizmat qiladi, fan va texnikani rivojlantirishga, mudofaani mustahkamlashga poydevor bo‘ladi.
Korxona – iqtisodiyot tarmoqlarining muhim bo‘g‘ini hisoblanadi. Korxonada ishlab chiqarishni va mahsulot sotishni, mol beruvchilar va xaridorlar bilan yaxshi ishlashni, debitorlar va kreditorlar bilan hisob-kitobni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, davlat budjetiga to‘lanadigan soliqlar va to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lash, xalqning va mamlakatning rivojiga katta hissa qo‘shadi. Shu sababdan korxonani o‘rganish va uni samarali ishlashini ta’minlash moddiy farovonlikni oshirishning va mamlakat qudratini mustahkamlashning asosiy zaminidir.
Jamiyatda va tabiatda son-sanoqsiz muammolar mavjud. Barcha muammolar-siyosiy, biologik, ijtimoiy, madaniy va boshqalar hukmron mavqega ega bulishi bilan bir qatorda muammolar iqtisodiy ahamiyat ham kasb etadi. Aniq sharoitlarga qarab ayrim muammolar birinchi o‘ringa chiqadi.
Jamiyatning ehtiyojlarini qondirish eng asosiy muammo hisoblanadi. Kishilarning ehtiyoji chegara bilmaydi va yildan-yilga ortib boradi. Kishilarning ortib boruvchi ehtiyojlarini qondirish muammolarning muammosi hisoblanadi.
Kishilar o‘z ehtiyojlarini kengaytiradilar, kishilarning ehtiyojlari chegara bilmay ortib borish xususiyatiga ega. Jamiyatning ehtiyojlari, bu ehtiyojlarni qondirish imkoniyatlariga qaraganda tezroq ortib boradi. Shuningdek, jamiyatda yashovchi kishilarning ehtiyoji ortib borish va ishlab chiqarish resurslari amayib borish va chegaralanganlik xususiyatiga ega.
XX asr oxiriga kelib jamiyatning ehtiyojini qondirish uchun jahon sanoati ishlab chiqarishini 1,5-2,0 marta ko‘paytirishi zarur bo‘lib qoldi, bu o‘z navbatida yangi resurslarni talab qilgan edi.
Iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha asosiy iqtisodiy muammoni hal qilish xalqning moddiy farovonligini oshirish bilan belgilanadi. Bu muammoni hal qilish uchun ishlab chiqarishda tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, asosiy tarmoqlarning rivojlanishini belgilash va iqtisodiyotning barcha sohalarini birbiriga muvofiq rivojlanishi uchun barcha sharoitlarni yaratish hamda resurslarni qayta taqsimlash zarur bo‘ladi.
Korxona bo‘yicha asosiy iqtisodiy muammoni hal qilish ma’lum bir
tovarlarni ishlab chiqarish, bozordagi talab va taklifga muvofiq ish yuritish, yetarli daromad va foyda olish, korxonaning iqtisodiy rivojlanishini va ishlovchilarning moddiy sharoitlarini yaxshilash bilan belgilanadi. Korxona asosiy bo‘g‘in sifatida o‘z xodimlariga oylik ish haqi to‘laydi, davlat budjetiga soliqlar va to‘lovlar to‘laydi, jamiyatning ijtimoiy muammolarini hal qilishda ishtirok etadi. Korxonada yangi texnikani va texnologiyani joriy qilish, ishlab chiqarish uchun qurollar, asbob-uskunalar, xom-ashyo va materiallarni sotib olish, xodimlarni ishlatish va ularning malakasini oshirish, mehnat taqsimoti va mehnat kooperatsiyasi amalga oshiriladi.
Korxonadagi ishlab chiqarishda qatnashuvchilar o‘rtasida iqtisodiy munosabatlar paydo bo‘ladi. Bu munosabatlar ishlab chiqarilgan mahsulotlarni va daromadlarni taqsimlashga asoslanadi. Ishlab chiqarishning natijalarini taqsimlash korxonada ishlaganlarning mehnatiga va mulkka egalik qilishiga asosan amalga oshiriladi. Tomonlar o‘z ulushini – haqini oladilar. Korxonadagi daromad va foyda qancha ko‘p bo‘lsa to‘lanadigan ish haqi, mukofot, soliq, divident va boshqalar shuncha ko‘p bo‘ladi. Shu sababdan korxonada sotishni ko‘paytirishdan, foyda olishdan barcha qatnashuvchilar – mulkdor, menejer, korxona mehnat jamoasi va davlat moddiy manfaatdordirlar. Korxona oladigan foyda hisobidan davlatga soliq, rahbarlarga mukofot, xodimlarga qo‘shimcha ish haqi, mulkdorlarga divident to‘lanadi. Korxona zarar ko‘rsa, korxona tugatiladi, hech kim hech narsani olmaydi. Shu sababdan korxonada tomonlarning iqtisodiy manfaatlari uyg‘unlashadi.
Kishilar ehtiyojini ortib borishi, resurslarning kamyobligi va yetishmasligi sharoitida, “qanday qilib kishilarning ortib borayotgan ehtiyojini qondirish mumkin?" degan asosiy muammo paydo bo‘ladi. Bunday holda korxona imkoniyati doirasidagi ishlab chiqarish resurslari asosiy manbaga aylanadi. Ishlab chiqarish resurslari tarkibiga quyidagilar kiradi:
Yer resurslari, ular cheklangan va ularni takror ishlab chiqarish mumkin emas. Masalan, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan ya’ni, haydaladigan, sug‘oriladigan, ekin ekiladigan yerlarning cheklanganligi yoki suv muammosi.
Ishchi kuchi. Aqliy mehnat jismoniy mehnatni siqib chiqaradi. Yuqori malakali ishchilar yetishmaydi, ularni takror hosil qilish juda qiyin.
Mehnat qurollari ham yetishmaydi. Serunum va arzon mashinalar yaratish muammosi bor. Jamiyatning boyligi takomillashgan mehnat qurollariga bog‘liq. Masalan, universal paxta terish mashinasini yaratish, donning sarfini yo‘qotadigan va somonni to‘dalab beradigan takomillashgan kombayn yaratilishi.
Tadbirkor kishilar yetishmaydi. Noyob qobiliyatli tashkilotchilarning juda kamligi ishlab chiqarishning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Kapital – bu moliyaviy mablag‘lar, ularning hajmi cheklangan. O‘zbekistonda kapital yetishmaydi. Chetdan investitsiya kiritish ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, qayta ishlash va xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish lozim.
Korxonada resurslarning yetishmasligi bir qator muammolarni hosil qilmoqda. Masalan, nimani va qancha ishlab chiqarish kerak, ishlab chiqarilgan tovarlarni qanday taqsimlash kerak va hokazo. Yuqoridagi muammolarni hal qilish uchun korxona iqtisodiyotini samarali tashkil qilish va to‘g‘ri boshqarish zarur.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ma’muriy buyruqbozlik xo‘jaligidan farqli o‘laroq bozor iqtisodiyoti tizimida iqtisodiyotning asosiy bo‘g‘ini bo‘lmish – korxonalar muhim o‘rin tutadi.
Iqtisodiyotda korxonalar mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish natijasida muhum muammolardan biri bo‘lgan ijtimoiy muammolarni jumladan, ish bilan bandlik, ishsizlik va barcha ehtiyojlarni qodirshiga xizmat qiladi.
Korxonalarda mahsulotlar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish muhim iqtisodiy jarayon bo‘lib, bir va bir nechta turli faoliyat yurituvchi korxonalarning bir-biri bilan o‘zaro aloqalari natijasida amalga oshiriladi. Mahsulotlar yaratish va xizmatlar ko‘rsatish muayyan texnologik jarayonlar, mehnat qurollari materiallari, odamlarning bilimi va ko‘nikmalari ijtimoiy mehnat taqsimoti va kooperatsiyalashga asoslangan holda mustaqil amalga oshiriladigan tizimga aytiladi.
Korxona ish o‘rinlarini yaratadi va mehnat resurslariga ish haqi, soliqlar to‘lash yo‘li bilan davlat va ijtimoiy dasturlarni amalga oshirishda ham qatnashadi.
Bundan tashqari korxonada jonli va buyumlashgan mehnat munosabatlarini shakillanishi va bir biriga moslashuvchanlik jarayonlarida xam xizmat qiladi. Ya’ni korxonada mahsulot ishlab chiqarish jarayonlari va ishchini ishlab chiqarish vositalari bilan o‘zaro aloqasi amalga oshiriladi.
Korxona o‘z faoliyatini o‘zi boshqaradi, ishlab chiqarilgan mahsulotni olingan sof foydani soliq va boshqa to‘lovlarni to‘lagandan so‘ng qolgan qismini tasarruf etadi.
Korxonalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hajmi va assortimenti, xilma-xilligi, xom ashyo yetkazib beruvchilar va haridorlarning resurslar baholarning shakllanishi, resurslardan tejamli foydalanish, kadrlarni jaylashtirish va bandligini ta’minlash, yuqori unumli texnika va texnologiyadan foydalanish masalalari hal etiladi.
Korxona ishlab chiqarish va texnik birlikka, tashkiliy, ma’muriy, moliyaviy va iqtisodiy mustaqillikka ega. Ya’ni korxonada moddiy ne’mat yaratish bu turli xil turdagi faoliyatlarni amalga oshiradigan texnologik jarayonlarga bog‘liq. Bu esa ma’lum bir maqsadni amalga oshirish uchun korxonada ishlab chiqarish va texnik birlashishni talab etadi.
Ishlab chiqarish va texnik birlashish - bu ishlab chiqarish jarayonining individual bosqichlarining o‘zaro bog‘liqligini anglatadi, natijada xom ashyo tayyor mahsulotga aylanadi. U texnik hujjatlarning yagona tizimini, umumiy texnik siyosatni, mashinalarning yagona tizimini, umumiy yordamchi va xizmat ko‘rsatish bo‘linmalarining mavjudligini oldindan belgilaydi.
Tashkiliy va ma’muriy mustaqillik korxonaning yagona jamoaga, yagona boshqaruvga va yuridik shaxs huquqiga ega ekanligini anglatadi.
Moliyaviy va iqtisodiy mustaqillik shundaki, kompaniya o‘z faoliyatini o‘zini-o‘zi ta’minlash asosida tashkil etadi va buxgalteriya hisobi va hisobotining yagona to‘liq shakliga ega.
Korxonalarni ko‘plab mezonlarga ko‘ra tasniflash mumkin, eng muhimi korxonalarni tasniflashda quyidagi omillar mavjud:
faoliyatning maqsadi va mohiyati;
ishlatilgan manbalari;
sohaga qarashliligi;
manzil;
korxona hajmi;
mulkchilik shakli;
tashkiliy-huquqiy shakli kabilar.
Korxona tovar ishlab chiqarish va sotish jarayonida muhim bo‘g‘in hisoblanadi. Jamiyatning asosiy muammosini hal qilishda korxonaning roli nihoyatda kattadir. Korxonalar resurslar yetishmayotgan bir sharoitda muntazam ravishda ortib borayotgan ehtiyojlarni qondiruvchi eng asosiy bo‘g‘in hisoblanadi.
Korxonada ishlab chiqarish resurslari mavjud bo‘ladi, ishlab chiqarish fondlari miqdori ortib boradi, ishchilar jamoasi tashkil topadi, xodimlarning malakasi ortib boradi, ishchi sinfi voyaga yetadi. Korxonada mavjud bo‘lgan barcha resurslardan samarali foydalanish, tovar sotishni ko‘paytirish, foyda miqdorini va hissasini muntazam ravishda orttirib borish, korxonaning mahsulotini, daromadini va foydasini to‘g‘ri taqsimlash masalalari korxona iqtisodini bildiradi.
Korxona iqtisodi – bu korxonada mavjud bo‘lgan ishlab chiqarish va noishlab chiqarish fondlari, pul mablag‘lari, daromadlar va foydadan foydalanish bo‘yicha sodir bo‘ladigan iqtisodiy munosabatlarni o‘rganuvchi fandir.
Korxonaning faoliyatiga ichki va tashqi omillar ta’sir qiladi. Ichki omillarni ishga solish korxonaga bog‘liq bo‘ladi. Tashqi omillar bozor munosabatlariga bog‘liq bo‘ladi. Korxonalar tashqi muhitga qarab o‘z faoliyatini yaxshilaydi va moslashtiradi.
Korxona faoliyatiga ta’sir etuvchi omillar uch guruhga ajratiladi.
Ishlab chiqarishni zarur resurslar bilan ta’minlash. Ular jumlasiga asosiy vositalarni, aylanma mablag‘larni, ishchi kuchini, yer va boshqa resurslarni sotib olish kiradi.
Korxonaning iqtisodiy va texnikaviy rivojlanishini ta’minlovchi resurslar. Ular jumlasiga fan-texnika taraqqiyoti, mehnatni va ishlab chiqarishni tashkil qilish, xodimlarning malakasini oshirish, innovatsiya va investitsiya tadbirlari kiradi.
Korxonaning mahsulotini sotish va moddiy-texnika ta’minotini yaxshilash bilan bog‘liq bo‘lgan omillari. Bu omillarni e’tiborga olish korxonani bir maromda ishlashini ta’minlaydi.
Bozor sharoitlarini hisobga olish tannarxni kamaytirishga, foyda olishni ko‘paytirishga, rentabelli ishlashni yo‘lga qo‘yishga va baho belgilashni yaxshilashga korxonani majbur qiladi.
Soliqlar miqdori ham korxonani samarali ishlashga da’vat etishi zarur. Bu borada davlat baholarni tartibga solishi maqsadga muvofiqdir.
Korxonaning faoliyati uni boshqarishga ham bog‘liq bo‘ladi. Bunda ishni biladigan, ishni bajaradigan, ish qilishni xohlaydigan va ishni bajarib ulguradigan xodimlarni tanlab olish lozim bo‘ladi.
Korxonaning faoliyatiga to‘g‘ri, yaxshi aloqalar ham o‘zining ta’sirini ko‘rsatadi. Mol beruvchilar, mol oluvchilar, pul beruvchilar, xizmat ko‘rsatuvchilar bilan yaxshi iqtisodiy aloqalar o‘rnatilishi korxonaning faoliyatiga ijobiy ta’sir etadi.
Korxonada xo‘jalik yuritish shakllari va usullari vaziyatga qarab o‘zgarib turadi, ayrim muammolar hal qilinadi, boshqalari paydo bo‘ladi.
|
| |