|
Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash
|
bet | 4/12 | Sana | 27.01.2024 | Hajmi | 214,5 Kb. | | #146897 |
Bog'liq 1-Mavzu. SANOAT KORXONASI BOZOR IQTISODIYOTI SUB’EKTI Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritishga yo‘naltirilgan davlatimiz mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, O’zbekistonning yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo‘shnichilik muhitini shakllantirish, mamlakatimizning xalqaro nufuzini mustahkamlash1 kabi vazifalar belgilab olindi. Bu bevosita barcha sohalarda aniq vazifalarni amalga oshirish dastur bo‘lib xizmat qilmoqda.
O‘zbekistonda keyingi besh yillikda amalga oshiriladigan islohotlarning zarur siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-ma’rifiy asoslarini yaratib berishga qaratilgan Yangi O‘zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi 2022 yil 28 yanvardagi PF-60 sonli Farmoniga asosan qabul qilindi.
“Harakatlar strategiyasidan - taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyili asosida ishlab chiqilgan ushbu taraqqiyot strategiyasining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
Inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish;
Mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish;
Milliy iqtisodiyotni rivojlantirish, uning o‘sish sur’atlarini zamon talablari darajasida ta’minlash;
Adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish;
Ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash, ushbu sohani tubdan isloh etish va yangi bosqichga olib chiqish;
Umumbashariy muammolarga milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda yechim topish;
Mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq
va pragmatik, faol tashqi siyosat olib borishga qaratilgan 7 ta ustuvor yo‘nalishdagi masalalarni qamrab oladi va mana shu yo‘nalishlarda 100 ta maqsad belgilandi.
Yangi - 2023 yil mamlakatimizda “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili“ deb e’lon qilindi. Yilning nomidan kelib chiqqan holda mos ravishda quyidagi farmonning qabul qilinishi mamlakatimizda aholi farovonligini oshirish va turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlardan hisoblanadi.
Iqtisodiyotning rivojlanishida ushbu islohotlarni amalga oshirilishida korxonalar oldida muhim vazifalar qo‘yildi, ular iqtisodiyotning asosiy ishlab chiqarish bo‘g‘ini bo‘lish bilan birga mahsulot ishlab chiqarish, aholiga xizmat ko‘rsatish orqali iste’molchilarning talablarini ham qondiradilar.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ma’muriy buyruqbozlik xo‘jaligidan farqli o‘laroq bozor iqtisodiyoti tizimida iqtisodiyotning asosiy bo‘g‘ini bo‘lmish – korxonalar muhim o‘rin tutadi.
Iqtisodiyotda korxonalar mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish natijasida muhum muammolardan biri bo‘lgan ijtimoiy muammolarni jumladan, ish bilan bandlik, ishsizlik va barcha extiyojlarni qodirshiga xizmat qiladi.
Korxonalarda mahsulotlar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish muhim iqtisodiy jarayon bo‘lib, bir va bir nechta turli faoliyat yurituvchi korxonalarning bir-biri bilan o‘zaro aloqalari natijasida amalga oshiriladi. Mahsulotlar yaratish va xizmatlar ko‘rsatish muayyan texnologik jarayonlar, mehnat qurollari materiallari, odamlarning bilimi va ko‘nikmalari ijtimoiy mehnat taqsimoti va kooperatsiyalashga asoslangan hoda mustaqil amalga oshiriladigan tizimga aytiladi.
Korxona ish o‘rinlarini yaratadi va mehnat resurslariga ish haqi, soliqlar to‘lash yo‘li bilan davlat va ijtimoiy dasturlarni amalga oshirishda ham qatnashadi.
Bundan tashqari korxonada jonli va buyumlashgan mehnat munosabatlarini shakillanishi va bir biriga moslashuvchanlik jarayonlarida ham xizmat qiladi.
Ya’ni korxonada mahsulot ishlab chiqarish jarayonlari va ishchini ishlab chiqarish vositalari bilan o‘zaro aloqasi amalga oshiriladi.
Korxona o‘z faoliyatini o‘zi boshqaradi, ishlab chiqarilgan mahsulotni, olingan sof foydani, soliq va boshqa to‘lovlarni to‘lagandan so‘ng qolgan qismini tasarruf etadi.
Korxonalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hajmi va assortimenti, xilma-xilligi, xom ashyo yetkazib beruvchilar va xaridorlarning resurslar baholarining shakllanishi, resurslardan tejamli foydalanish, kadrlarni joylashtirish va bandligini ta’minlash, yuqori unumli texnika va texnologiyadan foydalanish masalalari hal etiladi.
|
| |