• Texnologik umumiyligiga ko‘ra
  • Foydalaniluvchi xom ashyo turiga ko‘ra
  • Qaysi tarmoqqa qarashliligiga ko‘ra




    Download 214,5 Kb.
    bet8/12
    Sana27.01.2024
    Hajmi214,5 Kb.
    #146897
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
    Bog'liq
    1-Mavzu. SANOAT KORXONASI BOZOR IQTISODIYOTI SUB’EKTI

    Qaysi tarmoqqa qarashliligiga ko‘ra korxonalar ishlab chiqarish va noishlab chiqarish (mashinasozlik, ko‘mir qazib chiqarish, sug‘urta va hokazo) sohalariga mansub bo‘lishi mumkin.
    Ishlab chiqarilayotgan mahsulot turi va ko‘rinishiga ko‘ra, korxonalar sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport, moliya-kredit va boshqalarga bo‘linadi.
    Texnologik umumiyligiga ko‘ra, korxonalar ishlab chiqarish jarayonini uzluksiz va diskret ravishda, kimyoviy yoki mexanik jarayonlarning ustunligi asosida yurituvchilarga bo‘linadi.
    Tayyor mahsulotning maqsadlariga ko‘ra, barcha korxonalar ikkita katta guruhga bo‘linadi: ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqaruvchilar va iste’mol mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar.
    Foydalaniluvchi xom ashyo turiga ko‘ra, sanoat korxonalari qazib chiqaruvchi va qayta ishlovchi korxonalarga taqsimlanadi.
    Yil davomida ishlash muddatiga ko‘ra, korxonalar mavsumiy va yil bo‘yi faoliyat yurituvchilarga bo‘linadi.
    Hajmiga ko‘ra korxonalar yirik, mikrofirma va kichik korxonalarga taqsimlanadi.
    O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 30 avgustdagi “O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 9 apreldagi “Xususiy tadbirkorlik, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishni yanada rag‘batlantirish choratadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Farmoniga asosan:

    • ishlab chiqarish tarmog‘ining o‘rtacha yillik xodimlari soni 20 kishigacha bo‘lgan;

    • xizmat ko‘rsatish va boshqa noishlab chiqarish sohasidagi o‘rtacha yillik xodimlari soni 10 kishigacha bo‘lgan;

    • ulgurji, chakana savdo va umumiy ovqatlanish sohasida 5 kishidan oshmagan korxonalar mikrofirmalar qatoriga kiritiladi. Kichik korxona hisoblanadi:

    • engil va oziq-ovqat sanoati, metalga ishlov berish va asbobsozlik, yog‘ochni qayta ishlash, mebel sanoati va qurilish materiallari sanoatida 100 nafar ishchi ishlaydigan korxonalar;

    • mashinasozlik, metallurgiya, yoqilg‘i-energetika va kimyo sanoati, qurilish, qishloq xo‘jaligi va boshqa ishlab chiqarish tarmoqlarida 50 nafar ishchi ishlaydigan korxonalar;

    • fan-ta’lim, ilmiy-tadqoqot, xizmat ko‘rsatish, transport, aloqa sohasi (sug‘urta kompaniyalaridan tashqari), savdo va umumiy ovqatlanish xamda boshqa noishlab chiqarish sohalarida 25 nafar kishi ishlaydigan korxonalardan iborat.

    Ixtisoslashuv darajasiga ko‘ra, korxonalar ixtisoslashgan, universal va aralash korxonalarga bo‘linadi. Ixtisoslashgan korxonalar qatoriga nomenklaturasi cheklangan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalar, universal korxonalar qatoriga turli xil mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar, aralash korxonalar tarkibiga esa ixtisoslashgan va universal korxonalar o‘rtasidagi oraliq guruhni tashkil qiluvchi korxonalar kiritiladi.
    Ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish usullariga ko‘ra, korxonalar ishlab chiqarishning oqim, partiyali va donalab ishlab chiqarish usullari ustuvor turuvchi korxonalarga bo‘linishi mumkin.
    Ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish darajasiga ko‘ra, korxonalar to‘liq va qisman avtomatlashtirilgan yoki mexanizatsiyalashtirilgan, qo‘l-mashina va faqat qo‘l mehnatiga asoslangan korxonalarga bo‘linadi.
    Xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish jarayonlarini kengaytirish va chuqurlashtirish mamlakatimizda yangi tashkiliy-huquqiy turdagi - qo‘shma, ijara, hissadorlik, xususiy, oilaviy, kooperativ va boshqa korxonalarning paydo bo‘lishiga olib keldi.
    O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida xususiy mulkchilik shaklining boshqa ko‘rinishlari bilan bir qatorda daxlsizligi va davlat tomonidan muhofaza qilinishi belgilab qo‘yilgan. Yangi qonunchilik hujjatlarida yangi iqtisodiy tushuncha - korxonaning tashkiliy-huquqiy shakli tushunchasi kiritilgan.
    Korxonalarning qonun hujjatlari va boshqa xo‘jalik huquqi normalarida ko‘zda tutilgan mulkchilik shakli, ishlab chiqarilayotgan mahsulot turi va hajmi, kapitalning shakllanishi, turli xil firmalararo uyushmalarga a’zo bo‘lish usullari va olib boruvchi raqobatchilik kurashlari bilan farq qiluvchi faoliyat tavsifi va mazmuniga bog‘liq bo‘lgan strukturaviy tuzilishining usul va ko‘rinishlari xo‘jalik yuritishning tashkiliy-huquqiy shaklini ifodalaydi.
    Korxonaning tashkil etilishi va faoliyatining asosiy maqsadi ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni (bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlar) iste’molchilarga sotish orqali maksimal foyda olish asosida mehnat jamoasi va ishlab chiqarish vositalari egalarining ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlari qondirishdan ibortatdir.
    Korxonaning umumiy vazifasi asosida korporativ maqsadlar shakllantiriladi va o‘rnatiladi, ular mulkdorning manfaati, kapital hajmi, korxona ichidagi vaziyat, tashqi muhit bilan belgilanadi va quyidagi talablarga javob berishi kerak: aniq va o‘lchovli, vaqtga yo‘naltirilgan, erishish mumkin va o‘zaro qo‘llabquvvatlanadigan talablardan iborat.
    Iqtisodiyotning jadal rivojlanishi va ishlab chiqarish kuchlarining o‘sishi faoliyat yuritayotgan korxonalardan tashqari, yangi korxonalarni tashkil qilish va ishga tushirishga tayanadi. Bunday qadam iqtisodiy jihatdan maqbullikka, resurslar imkoniyati va korxona mahsulotlariga bo‘lgan talabga asoslanadi. Biron-bir mahsulotning taqchilligi yoki umuman yo‘q bo‘lishi ham, yangi korxona yoki ishlab chiqarishni tashkil qilishga sabab bo‘lishi mumkin.
    Yangi korxonani tashkil qilish quyidagi tashkiliy tamoyillar asosida amalga oshiriladi:

    • korxonani tashkil qilish fikrining paydo bo‘lishi;

    • korxona muassislarini tanlash;

    • taklif qilinayotgan mahsulotga bozordagi talabni o‘rganish;

    • korxona Nizom jamg‘armasini tuzish uchun moliya manbalarini aniqlash;

    • korxonaning ta’sis hujjatlari va biznes-rejasini tayyorlash;

    • davlat ro‘yxatidan o‘tish;

    • muhr, shtamp va boshqa rekvizitlarni tayyorlash;

    • soliq idoralarida ro‘yxatdan o‘tish.

    O’zbekiston Respublikasining “Korxonalar to‘g‘risida”gi qonuniga asosan, korxonalar mulk egasi (egalari) yoki u (ular) tayinlagan vakillik organi, mehnat jamoasi yoki muassislar guruhining qarori bo‘yicha belgilangan qonun-qoidalarga asosan tashkil qilinishi mumkin.
    Shuningdek, korxonalar agar korxona mulki egasi yoki u tayinlagan vakillik organining roziligi bo‘lsa, faoliyat yuritayotgan korxona tarkibidan bir yoki bir nechta tarkibiy bo‘linmalarni, ushbu bo‘linmalarning mehnat jamoalari tashabbusiga ko‘ra, ajratib chiqarish natijasida ham tashkil topishi mumkin.
    Korxona joriy va hisob-kitob raqamlari ochish va ular to‘g‘risidagi holatlarni tasdiqlash huquqiga ega bo‘lgan, mustaqil huquqiy shaxs maqomidagi sho‘‘ba korxonalari, filiallar, vakolatxonalar, bo‘lim va boshqa tashkiliy bo‘linmalarni tashkil qilishi mumkin.
    Korxona qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan tartibda maxsus davlat organlarida ro‘yxatga olingan kundan boshlab tashkil qilingan hisoblanadi va huquqiy shaxs maqomiga ega bo‘ladi.
    Korxonani tashkil qilishdan tashqari, uning moliyaviy barqarorligi va samarali faoliyatini ta’minlash, bozor munosabatlari va raqobatchilik sharoitlarida juda muhimdir. Amaliyotdan ko‘rinib turibdiki, bu qoidalarga rioya qilmaslik natijasida korxonani tashkil qilishga ketgan barcha sa’y-harakatlar o‘zini oqlamaydi hamda ijtimoiy ishlab chiqarish rivojlanishining mikro va makroiqtisodiy ko‘rsatkichlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ya’ni moliyaviy jihatdan barqaror bo‘lmagan korxonalar endi tashkil qilingan yoki faoliyat yuritayotganligidan qat’i nazar, bankrot korxonalar hisoblanadi.
    Yangi korxona tashkil qilishdan asosan quyidagi maqsadlar ko‘zlanadi:

    1. Iste’molchilar talab qilayotgan mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirish va uni sotishdan foyda (daromad) olish;

    2. Ishlab chiqarishga ish bilan band bo‘lmagan aholini jalb qilish va shu orqali ish bilan ta’minlashdagi ijtimoiy muammolarni hal qilish;

    3. Ishlab chiqarishga mavjud qushimcha resurslarni jalb qilish;

    4. Fan-texnika yutuqlaridan foydalangan holda yangi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish;

    5. Yakka tarzda yoki hamkorlikda faoliyat yuritish uchun kichik korxona

    (o‘rtoqchilik kabi) tashkil qiluvchi alohida fuqarolar yoki shaxslar guruhi a’zolarining shahsiy ehtiyojlarini qondirish;

    1. Ishlab chiqarishni mustahkamlash va rivojlantirish hamda bozor muhitini kengaytirish.

    Ta’sis hujjatlarini tayyorlash korxonani tashkil etish va keyingi faoliyat yuritish jarayonidagi muhim bosqichlaridan biri hisoblanadi. Ta’sis hujjatlari faoliyat yurituvchi korxonalarning huquq va majburiyatlarini hamda sharoitlarini ifodalaydi.
    Korxonalar faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlarida ikki xil ta’sis hujjatlari belgilab berilgan: korxona Nizomi; Ta’sis shartnomasi.
    Amaliyotda korxona faqat Nizom yoki faqat ta’sis shartnomasi asosida, shuningdek, bir vaqtning o‘zida Nizom va ta’sis shartnomasiga asosan faoliyat yuritish hollari mavjud.
    Shuni qayd qilib o‘tish kerakki, korxonaning (huquqiy shaxsning) ta’sis shartnomasi kelishuv asosida tuziladi, Nizom esa muassis (muassislar) tomonidan tasdiqlanadi. Bitta ta’sischi tomonidan tuzilgan huquqiy shaxs shu ta’sischi tomonidan tasdiqlangan Nizom asosida faoliyat yuritadi.

    Download 214,5 Kb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




    Download 214,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qaysi tarmoqqa qarashliligiga ko‘ra

    Download 214,5 Kb.