• Topshiriq
  • O`zbekstan respublikasi joqari ha`m orta arnawli bilimlendiriw ministrligi




    Download 3,07 Mb.
    bet161/179
    Sana27.06.2024
    Hajmi3,07 Mb.
    #265905
    1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   179
    Bog'liq
    O`zbekstan respublikasi joqari ha`m orta arnawli bilimlendiriw m

    TARQATMA MATERIALLAR
    Blum savollari. Talabalarning fikrlash qobiliyatini rivojlantirishning muhim omili – o’qituvchining ularga va talabalarning o’zaro bir – biriga beradigan savollari ekan. Ta’kidlanishicha, o’qituvchilarni talabalarga berishgan savollarining 80 – 85 foizi, faqat daliliy bilimlarnigina talab qilib, ular javob berishda xotirada qolganlarini takroran so’zlash (bashorat) bilangina cheklanar ekanlar.
    To’g’ri javobi o’quv adabiyotlarida yaqqol bayon etilmagan yoki o’qituvchi tomonidan aytib berilmagan savolgina talabani fikrlashga majbur qiladi. Bunday savollarga jahon pedagogikasida “Blumb savollari” nomi bilan mashhur va o’zlashtirishning oltita; bilish, tushinish, qo’llash, tahlil, sintez va baholash darajalariga muvofiq bo’lgan savollar misol bo’lishi mumkin. Masalan: “nima uchun?”, “taqqoslang?”, “tarkibiy qismlarga ajrating?”, “eng muxim xususiyatlari nima?”, “buni siz qanday hal qilgan bo’lardingiz?”, “bunga munosobatingiz qanday?”, kabi savollar talabalarga yuqori intellektual amallar (tahlil, sintez, baholash) darajasida fikrlashga undaydi. Yoki, matndan parcha o’qib bo’lgandan so’ng, talabalarni fikrlashga undovchi quyidagi savollarni berish ham maqsadga muvofiqdir: “bu parchaga qanday savolar qo’yish mumkin?”, “siz muallifga qanday savol bergan bo’lardingiz?”.
    Talabaning talabalarga beradgan savollari to’g’risida fikr yuritilar ekan, uning aniq, lo’nda,, tushunarli va ixcham bo’lishi hamda bir savol faqat bitta o’quv elementi (tushuncha, qonun, qoida va h.q.) so’ralishi zarurligini alohida ta’kidlash lozim. Berilgan savollar mazmunida mavzuga yoki matnga oid tayanch so’z va iboralardan foydalanish ham muhimdir.
    Topshiriq: Talabalar mavzuga oid bir-birlariga savol berishadi.
    Savollar: “Tarbiya metodlari nima uchun qo’llaniladi?”, “Tarbiya metodlarini taqqoslang?”, “Tarbiya metodlarini tarkibiy qismlarga ajrating?”, “Shaxs ongini shakllantiruvchi metodlarning eng muxim xususiyatlari nima?”, “Ijtimoiy xulqni shakllantirish metodlarning eng muxim xususiyatlari nima?”, “Xulq va faoliyatni rag’batlantirish metodlarning eng muxim xususiyatlari nima?”, “O’z-o’zini tarbiyalash metodlarining eng muxim xususiyatlari nima?”, “Pedagogik vaziyatlarda rag’batlantirish va jazolash metodlarini siz qanday hal qilgan bo’lardingiz?”, “Ta’lim jarayonida o’z-o’zini tarbiyalash metodlari munosobatingiz qanday?”

    Download 3,07 Mb.
    1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   179




    Download 3,07 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O`zbekstan respublikasi joqari ha`m orta arnawli bilimlendiriw ministrligi

    Download 3,07 Mb.