|
-bob. O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxsni Reyestrdan chiqarish
|
bet | 5/25 | Sana | 14.06.2024 | Hajmi | 1,37 Mb. | | #263644 |
4-bob. O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxsni Reyestrdan chiqarish
30. O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxsni Reyestrdan chiqarish “Inson” markazi direktori tomonidan “Ijtimoiy himoya” AT orqali ishchi guruh xulosasiga muvofiq tegishli qaror qabul qilish orqali amalga oshiriladi.
31. O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslar quyidagi holatlarda “Inson” markazi direktorining qarori bilan Reyestrdan chiqariladi:
a) o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz keksa yoki nogironligi bo‘lgan yolg‘iz shaxs:
ijtimoiy xizmatlar va yordam ko‘rsatilishini rad etish to‘g‘risida “Inson” markaziga murojaat qilganda;
Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazi yoki “Muruvvat” internat-uyiga joylashtirilganda;
vafot etganda;
homiylik belgilanganda, shuningdek, sud tomonidan shaxsni parvarish qilish vazifalari uning qarindoshlariga yoki boshqa shaxslarga yuklanganda;
I va II guruh nogironligi olib tashlanganda;
farzandlari voyaga yetganda (I guruh nogironligi bo‘lgan farzandlari bundan mustasno);
eri yoki xotini, ota-onasi va balog‘at yoshiga yetgan bolalaridan I va II guruh nogironligi olib tashlanganda;
1 oydan ortiq muddatga chet elga chiqqanda;
vasiy yoki homiy tayinlangan taqdirda;
b) o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz yashovchi keksa yoki yolg‘iz yashovchi nogironligi bo‘lgan shaxs:
u bilan birga yashovchi farzandlari voyaga yetganda;
u bilan birga yashovchi shaxslardan I va II guruh nogironligi olib tashlanganda;
u bilan birga yashovchi ilgari jazoni ijro etish muassasalarida bo‘lgan shaxslar ozod qilinganda;
u bilan birga yashovchi ilgari uzoq muddat davolanishda bo‘lgan shaxslar davolanishdan chiqqanda;
ilgari taqdim etgan hujjatlarda ko‘rsatilgan ma’lumotlarga muvofiq bo‘lmagan faktlar aniqlanganda;
vafot etganda;
3 oydan ko‘proq vaqtga chet elga yoxud boshqa viloyatga ishlashga yoki o‘qishga ketgan, harbiy xizmatga safarbar etilgan shaxslar ishlashdan yoki o‘qishdan, harbiy xizmatdan qaytganda;
turmushga chiqqan qiz farzand o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxs bilan birga yashash uchun qaytganda.
32. Mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan ushbu Reglamentning 31-bandida nazarda tutilgan holatlar aniqlanganda, bir ish kuni ichida mazkur shaxslarni Reyestrdan chiqarish masalasini ko‘rib chiqish uchun “Ijtimoiy himoya” AT orqali “Inson” markaziga xabar beradi.
33. “Inson” markazi direktori xabar kelib tushgandan so‘ng ushbu Reglamentning 37 — 40-bandlarida nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish chorasini ko‘radi.
Bunda ushbu Reglamentning 31-bandida nazarda tutilgan holatlar ishchi guruhning xulosasiga muvofiq o‘z tasdig‘ini topganda, “Inson” markazi direktori tomonidan o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxsni mazkur Reglamentning 2-bandida belgilangan tegishli toifa hamda Reyestrdan chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.
Har bir o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxsni reyestrdan chiqarish bo‘yicha alohida qaror qabul qilinadi.
34. “Inson” markazi direktorining o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxsni mazkur Reglamentning 2-bandida belgilangan tegishli toifa hamda Reyestrdan chiqarish to‘g‘risidagi qarori bir ish kuni ichida va ko‘rsatayotgan tashkilotlarga yuboriladi.
35. O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxs boshqa yashash joyiga o‘tganda, ushbu shaxsning hujjatlarini u ko‘chib o‘tgan yangi yashash joyidagi “Inson” markaziga yuboriladi.
5-bob. O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxsning yashash sharoitlarini qayta baholash, ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar samaradorligini monitoring qilish, individual ijtimoiy xizmatlar rejasini qayta ko‘rib chiqish va tugatish
36. Ishchi guruh tomonidan o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxs Reyestrga kiritilgan paytdan boshlab har chorakda bir marotaba uning yashash sharoitlari qayta baholab boriladi hamda multidissiplinar guruh tomonidan har olti oyda bir marotaba ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar samaradorligi monitoring qilinadi.
37. “Inson” markazi direktori tomonidan qayta baholash va monitoring o‘tkazish kuni belgilanadi hamda qayta baholash va monitoring o‘tkazish kunidan uch ish kuni oldin ishchi guruh a’zolariga ushbu Reglamentning 8-bandida belgilangan tartibda talabnoma yuboriladi.
38. Qayta baholash o‘tkaziladigan o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxs SMS-xabarnoma yuborish yoki mobil aloqa vositasiga qo‘ng‘iroq qilgan holda yoxud mahalladagi ijtimoiy xodim orqali xabardor qilinadi.
39. “Ijtimoiy himoya” ATda yashash sharoitlarini qayta baholash natijalari bo‘yicha quyidagilardan birini nazarda tutuvchi xulosa shakllantiriladi:
ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar va yordamni individual ijtimoiy xizmatlar rejasiga muvofiq davom ettirish;
ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmat va yordamni yoki belgilangan toifani o‘zgartirish;
Reyestrdan chiqarish hamda ijtimoiy xizmatlar va yordam ko‘rsatishni tugatish.
40. Yashash sharoitlarini qayta baholash bo‘yicha xulosa “Ijtimoiy himoya” AT orqali ishchi guruh a’zolari tomonidan tasdiqlangan holda “Inson” markazi direktoriga kiritiladi.
“Inson” markazi direktori yashash sharoitlarini qayta baholash bo‘yicha xulosaga asosan tegishli qaror qabul qiladi va imzolangan qaror nusxasi “Ijtimoiy himoya” AT orqali ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatuvchi tashkilotlarga yuboriladi hamda uning chop etilgan nusxasi bir ish kuni ichida yashash sharoitlari qayta baholashdan o‘tkazilgan o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxsga taqdim etiladi.
41. Yashash sharoitlarini qayta baholash bo‘yicha xulosa va individual ijtimoiy xizmatlar rejasining tuzilishi hamda amalga oshirilishini monitoring qilish multidissiplinar guruh tomonidan o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxs Reyestrga kiritilgan paytdan boshlab har olti oyda bir marta amalga oshiriladi.
Multidissiplinar guruh “Inson” markazi xodimi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi raisi va tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi vakilidan iborat tarkibda tuziladi.
Bunda multidissiplinar guruh tarkibiga mazkur Reglamentning 5-bandida nazarda tutilgan ishchi guruh tarkibiga kiritilgan “Inson” markazi xodimi hamda oilaviy shifokor kiritilmaydi.
Multidissiplinar guruh a’zolariga ushbu Reglamentning 8-bandida belgilangan tartibda talabnoma yuboriladi.
42. Multidissiplinar guruh a’zolaridan biri ayrim sabablarga ko‘ra (mehnat ta’tilida ekanligi, davolanishda bo‘lganligi va boshqalar) monitoringda ishtirok eta olmasligi ma’lum bo‘lsa, ushbu shaxslar mehnat faoliyatini olib boradigan tashkilot ularni o‘rniga boshqa mas’ul xodimning monitoringda ishtirok etishini ta’minlaydi.
43. Individual ijtimoiy xizmatlar rejasida belgilangan tadbirlarni monitoring qilish quyidagicha amalga oshiriladi:
individual ijtimoiy xizmatlar rejasining tuzilishi bo‘yicha ishchi guruh tomonidan “Ijtimoiy himoya” ATga kiritilgan ma’lumotlarni o‘rganish;
individual ijtimoiy xizmatlar rejasida belgilangan xizmatlarning mas’ul xodim tomonidan ko‘rsatilgan muddati, natijasi, sifati, samaradorligi, bexatarligini hamda ijtimoiy xizmatdan foydalanuvchi tomonidan xizmatdan qoniqish hosil qilganligi darajasini o‘rganish;
ishchi guruh tomonidan o‘tkazilgan qayta baholash bo‘yicha xulosani o‘rganish;
o‘ziga nisbatan individual ijtimoiy xizmatlar rejasi ishlab chiqilgan o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxsning uyiga borib ko‘rish va “Ijtimoiy himoya” AT orqali qayta baholash.
44. Ushbu Reglamentning 41 va 43-bandida ko‘rsatilgan monitoring amalga oshirilganidan so‘ng uning natijalari bo‘yicha “Ijtimoiy himoya” AT orqali ushbu Reglamentga 9-ilovaga muvofiq xulosa shakllantiriladi va multidissiplinar guruh a’zolari tomonidan tasdiqlangan holda “Inson” markazi direktoriga kiritiladi.
Multidissiplinar guruh xulosasi ishchi guruh faoliyatiga baho berish uchun asos hisoblanadi.
“Inson” markazi direktori monitoring yakuni bo‘yicha multidissiplinar guruhning xulosasiga asosan ijtimoiy xizmatlar sifati hamda individual ijtimoiy xizmatlar rejasi natijalari va ishchi guruh faoliyatiga baho berish hamda o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxsning individual ijtimoiy xizmatlar rejasini qayta ko‘rib chiqish, shu jumladan, unga tuzatishlarni yoki yangi tadbirlarni kiritish bo‘yicha tegishli qaror qabul qiladi.
45. Individual ijtimoiy xizmatlar rejasini qayta ko‘rib chiqish, shu jumladan, unga tuzatishlarni yoki yangi tadbirlarni kiritish “Ijtimoiy himoya” AT orqali muqaddam tasdiqlangan individual ijtimoiy xizmatlar rejasida aks ettiriladi.
46. “Inson” markazi direktori monitoring yakuni bo‘yicha qabul qilgan qarori va (yoki) qayta ko‘rib chiqilgan individual ijtimoiy xizmatlar rejasi “Ijtimoiy himoya” AT orqali ijtimoiy xizmat va yordamlar ko‘rsatuvchi tashkilotlarga yuboriladi hamda uning chop etilgan nusxasi bir ish kuni ichida baholashdan o‘tkazilgan o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxsga taqdim etiladi.
|
| |