|
-bob. O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarni aniqlash
|
bet | 3/25 | Sana | 14.06.2024 | Hajmi | 1,37 Mb. | | #263644 |
2-bob. O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarni aniqlash
7. O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslar quyidagi tartibda aniqlanadi:
mahalladagi ijtimoiy xodim, patronaj hamshira va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi raisi tomonidan xizmat vazifalarini amalga oshirish, jumladan, uyma-uy yurish natijasida shakllantirilgan so‘rovnomaga asosan;
yozma, og‘zaki yoki elektron shaklda “Ijtimoiy himoya” ATga yuborilgan keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar yoki ularning qonuniy vakillarining yoki boshqa jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga asosan.
8. “Inson” markaziga mazkur Reglamentning 7-bandiga muvofiq so‘rovnoma yoki murojaat kelib tushganda u “Ijtimoiy himoya” AT orqali ro‘yxatga olinadi va “Inson” markazi direktori tomonidan bir ish kunida uni ko‘rib chiquvchi mahalladagi ijtimoiy xodim belgilanadi.
Shu kunning o‘zida “Inson” markazi direktori ishchi guruh tomonidan o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxsning yashash sharoitlarini baholash uchun uch ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatni belgilaydi va ishchi guruh a’zolarini ular mehnat faoliyatini olib boradigan tashkilotlarga “Ijtimoiy himoya” AT orqali o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarning yashash sharoitlarini baholash bo‘yicha ishchi guruhga jalb qilish haqida ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq rasmiylashtirilgan talabnomani yuboradi.
9. Mahalladagi ijtimoiy xodim so‘rovnoma yoki murojaatda ko‘rsatilgan shaxslarni 24 soat ichida borib ko‘radi, ularga shoshilinch yordam ko‘rsatish zaruratini aniqlaydi va “Inson” markazi direktori tomonidan imzolangan shaxslarni o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar reyestriga kiritish uchun yashash sharoitlarini baholash to‘g‘risidagi shartnoma (keyingi o‘rinlarda — Oferta) bilan tanishtiradi.
Oferta namunasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan tasdiqlanadi.
O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxs Oferta shartlariga rozi bo‘lgan taqdirda, shaxsiy imzosini qo‘yish orqali uni tasdiqlaydi va ijtimoiy xodim tomonidan tasdiqlangan Oferta “Ijtimoiy himoya” ATga yuklanadi.
O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxs “Inson” markaziga kelib murojaat qilgan taqdirda, tegishli so‘rovnoma rasmiylashtirilganidan so‘ng unga Oferta shartlari tushuntiriladi va u o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxs tomonidan tasdiqlanadi.
O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxs elektron shaklda murojaat qilgan taqdirda, murojaat qilingan axborot tizimi orqali Oferta bilan tanishib chiqib, uni tasdiqlaydi.
10. O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxs tomonidan oferta shartlarini tasdiqlanishi shaxsning yashash sharoitlarini baholash uchun asos hisoblanadi.
11. Murojaat o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxsning qonuniy vakillari hisoblanmaydigan shaxslar tomonidan berilgan taqdirda, murojaat qilingan kundan boshlab besh ish kuni ichida “Inson” markazi ko‘rilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida ushbu shaxslarga xabar qiladi.
|
| |