|
O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘G‘risida
|
bet | 6/25 | Sana | 14.06.2024 | Hajmi | 1,37 Mb. | | #263644 |
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
47. O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxs individual ijtimoiy xizmatlar rejasida belgilangan xizmatlardan foydalanishni rad etish huquqiga ega.
48. O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxs tomonidan individual ijtimoiy xizmatlar rejasining yoki uning biror qismining bajarilishi rad etilgan taqdirda, “Inson” markazi, shuningdek individual ijtimoiy xizmatlar rejasida ijtimoiy xizmatlar va yordam ko‘rsatishga mas’ul bo‘lgan boshqa barcha shaxslar uning bajarilmaganligi yuzasidan javobgar bo‘lmaydi.
49. Ishchi guruh va multidissiplinar guruh a’zolari hamda “Inson” markazlari xodimlari o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarning shaxsga doir ma’lumotlarini sir saqlanishini ta’minlashi shart.
50. Ijtimoiy inspeksiya hamda uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari ushbu Reglament talablari ijrosi bo‘yicha “Inson” markazlari, davlat organlari va boshqa tashkilotlarining faoliyati ustidan doimiy nazoratni va monitoringni amalga oshiradi.
51. “Inson” markazlari tomonidan tasdiqlangan individual ijtimoiy xizmatlar rejalari davlat organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan o‘z vakolatlari doirasida bajarilishi majburiy hisoblanadi.
52. Ishchi guruh, multidissiplinar guruh va “Inson” markazlarining shaxsni o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxs deb e’tirof etish bo‘yicha xatti-harakatlari yoki harakatsizligi yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
53. Mazkur Reglament talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarni e’tirof etish, individual tartibda ijtimoiy xizmatlar va yordamlar ko‘rsatish rejasini tasdiqlash va monitoring qilishning ma’muriy reglamentiga
1-ILOVA
O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarni aniqlash, ularning yashash sharoitlarini baholash, Reyestrga kiritish, individual ijtimoiy xizmatlar rejasini shakllantirish, ijtimoiy xizmatlar va yordam ko‘rsatilishini belgilash hamda uning samaradorligini baholash
SXEMASI
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘G‘risida
|