• 1-bob. Umumiy qoidalar
  • O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV




    Download 1,37 Mb.
    bet2/25
    Sana14.06.2024
    Hajmi1,37 Mb.
    #263644
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
    O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
    Toshkent sh.,
    2024-yil 11-mart,
    123-son
    Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-martdagi 123-son qaroriga
    1-ILOVA
    O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarni e’tirof etish, individual tartibda ijtimoiy xizmatlar va yordamlar ko‘rsatish rejasini tasdiqlash va monitoring qilishning
    MA’MURIY REGLAMENTI
    1-bob. Umumiy qoidalar
    1. Ushbu Reglament o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarni aniqlash, ularning yashash sharoitlarini baholash, o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar reyestriga (keyingi o‘rinlarda — Reyestr) kiritish, individual tartibdagi ijtimoiy xizmatlar va yordam ko‘rsatish rejasini (keyingi o‘rinlarda — individual ijtimoiy xizmatlar rejasi) shakllantirish hamda ko‘rsatilgan ijtimoiy xizmatlar va yordamning samaradorligini monitoring qilish tartibini belgilaydi.
    2. Ushbu Reglament maqsadlarida quyidagi toifadagi shaxslar o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslar deb e’tirof etiladi:
    o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan yolg‘iz shaxslar (keyingi o‘rinlarda — nogironligi bo‘lgan yolg‘iz shaxslar) — farzandlari (shu jumladan, farzandlikka olinganlar), eri (xotini), ota-onasi, homiylari va sud tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxsni parvarish qilish majburiyati yuklangan shaxslar (voyaga yetmagan yoki I guruh nogironligi bo‘lgan farzandlar, o‘zgalar parvarishiga muhtoj I va II guruh nogironligi bo‘lgan yoki yoshga doir pensiya yoshidagi eri (xotini) va ota-onasi bundan mustasno) bo‘lmagan o‘zgalar parvarishiga muhtoj I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar;
    o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz yashovchi nogironligi bo‘lgan shaxslar (keyingi o‘rinlarda — yolg‘iz yashovchi nogironligi bo‘lgan shaxslar) — yolg‘iz yashovchi yoki jazoni ijro etish muassasalarida yoxud uzoq muddat davolanishda bo‘lgan shaxslar bilan birga yashovchi o‘zgalar parvarishiga muhtoj I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar;
    o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz keksalar (keyingi o‘rinlarda — yolg‘iz keksalar) — farzandlari (shu jumladan farzandlikka olinganlar), eri (xotini), ota-onasi, homiylari va sud tomonidan keksani parvarish qilish majburiyati yuklatilgan shaxslar (voyaga yetmagan yoki I guruh nogironligi bo‘lgan farzandlari, o‘zgalar parvarishiga muhtoj I va II guruh nogironligi bo‘lgan yoki yoshga doir pensiya yoshidagi eri (xotini) va ota-onasi bundan mustasno) bo‘lmagan o‘zgalar parvarishiga muhtoj yoshga doir pensiya yoshidagi shaxslar;
    o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz yashovchi keksalar (keyingi o‘rinlarda — yolg‘iz yashovchi keksalar) — yolg‘iz yashovchi yoki jazoni ijro etish muassasalarida yoxud uzoq muddat davolanishda bo‘lgan shaxslar bilan birga yashovchi o‘zgalar parvarishiga muhtoj yoshga doir pensiya yoshidagi shaxslar.
    3. O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarni aniqlash, ularning yashash sharoitlarini baholash, Reyestrga kiritish va chiqarish, individual ijtimoiy xizmatlar rejasini shakllantirish, ijtimoiy xizmatlar va yordam ko‘rsatilishini belgilash hamda uning samaradorligini baholash ushbu Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda — “Ijtimoiy himoya” AT) orqali amalga oshiriladi.
    4. “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarining (keyingi o‘rinlarda — “Inson” markazi) mahallalardagi ijtimoiy xodimi, patronaj hamshira va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi raisi o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarni doimiy aniqlash ishlarini amalga oshiradi va bunday shaxslarni Reyestrga kiritish bo‘yicha “Inson” markaziga ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi so‘rovnomani kiritadi.
    5. “Inson” markazi xodimi, oilaviy shifokor va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi raisidan iborat ishchi guruh (keyingi o‘rinlarda — ishchi guruh) o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarning o‘zgalar parvarishiga muhtojlik darajasi va yashash sharoitlarini (keyingi o‘rinlarda — yashash sharoitlari) baholaydi hamda uning natijalari to‘g‘risida xulosa tayyorlaydi.
    6. O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxs toifasini belgilash, Reyestrga kiritish va chiqarish, yashash sharoitlarini baholash bo‘yicha xulosa va individual ijtimoiy xizmatlar rejasini tasdiqlash “Inson” markazi tomonidan amalga oshiriladi.

    Download 1,37 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




    Download 1,37 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV

    Download 1,37 Mb.