Elektr to‘ki bilan jaroxatlanish xavfsizligi




Download 1,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/16
Sana10.07.2024
Hajmi1,69 Mb.
#267278
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Paket texnologiyasidan foydalangan holda axborotni uzatish usullarini

4.2. Elektr to‘ki bilan jaroxatlanish xavfsizligi
Elektr to‘kni insonga ta’sirini XVII asrni oxirgi choragida aniqlangan. Yuqori 
voltli elektrkimyo kuchlanishlarini manbaini xatarliligini birinchi bo‘lib V.V.Petrov 
aniqlagan. Ishlab chiqarishdagi elektr jarohatlarini ancha keyin: o‘zgarmas
o‘zgaruvchan to‘kni ta’siri yozilgan. 
Sanoatda elektr energiyasidan keng qo‘lamda foydalanish yo‘lga 
qo‘yilganligi sababli elektr to‘ki ta’sirida ro‘y berishi mumkin bo‘lgan baxtsiz 
xodisalar va ulardan saqlanish muhim masalalar qatoriga kirib bormoqda. Elektr 
to‘ki ta’sirining eng xavfli tomoni shundaki, bu xavfni oldinroq sezish imkoniyati 
yoq. Shuning uchun ham elektr to‘ki xavfiga qarshi tashkiliy va texnik chora-
tadbirlar belgilash, to‘siq vositalari bilan taminlash, shaxsiy va jamoa muhofaza 
tizimlarini o‘rnatish nihoyatda muhim. 
Umuman elektr to‘ki ta’siri faqat birgina biologik ta’sir bilan chegaralanib 
qolmasdan, balki elektr to‘ki ta’siri, magnit maydoni ta’siri va statik elektr 
ta’sirlariga bo‘linadiki, bularni bilish har bir kishi uchun kerakli va zaruriy 
malumotlar jumlasiga kiradi. 
Inson tanasiga elektr to‘kini ta’siri.
 
Umumiy baxtsiz xodisalar ichida, elektr 
to‘kidan jarohatlanish taxminan 5% tashkil qiladi. Lekin, elektr jarohatlanish ichida 
og‘ir turli, ayniqsa o‘lim bilan tugaydigan xodisalar 70-75% tashkil qiladi. Elektr 
xodisalarni asosiy soni, kuchlanishi 1000V gacha bo‘lgan elektr uskunalarga to‘g‘ri 
keladi. Buni sababi kuchlanishi 1000V gacha bo‘lgan elektr uskunalar keng 
tarqalgan bo‘lib, ularni ishlatadigan xodimlarni elektr texnikaviy tayyorlanishi past 
darajada. Kuchlanish 1000 V dan ortiq bo‘lgan elektr jarohatlarni soni ancha kam, 
va ularga xizmat qiladigan xodimlar mahsus o‘rgatilgan va tayyorlangan, sababli 
baxtsiz xodisalar ham deyarli kam sodir bo‘ladi. 


51 
Elektr jarohat
 
- elektr to‘k ta’siri natijasida inson tanasini shikastlanishiga 
ataladi. Elektr to‘kning xatarligi shuki, inson o‘z sezguvchi organlari bilan
kuchlanishni bor-yo‘qligini aniqlamaydi. Odam faqat elektr kuchlanish ostida 
qolgandan keyin himoyalovchi reaksiyasi kechikib ishga tushadi. 
Insonni elektr to‘kidan jarohatlanishi sabablari quyidagicha: izolyasiya 
qilinmagan to‘k o‘tkazuvchi qismlarga tasodifan tegib ketishi; izolyasiyasi lat yegan 
sababi metal qismlarga to‘kni o‘tib ketishi; kuchlanish ostida qolgan metalmas 
buyumlardan, qadamli kuchlanishdan va elektr yoyi orqali. Inson tanasidan 
o‘tayotgan to‘k: termik, elektrolitik, biologik ta’sirini va mehanik jarohatlanish 
olishi mumkin. 
Termik ta’siri - teri to‘qimasining hujayrasini qizishidan kuydirishigacha olib 
kelishi mumkin. 
Elektrolitik ta’siri - organizmning suyuqliklari parchalanishi natijasida 
qonning va hujayralarning kimyoviy va fizik hususiyatlari o‘zgarilishi kuzatiladi. 
Biologik ta’siri - tanani bioenergetik jarayonini buzilishi, ya’ni tirik 
hujayralarni to‘lqinlanishi va mushaklarni keskin qisqarishiga olib keladigan holat. 
Elektr to‘k bilan shikastlanishni ikki turini ko‘rsatish mumkin: elektr jarohat 
va elektr zarb. 
Elektr jarohatlanishi - insonni tanasini ayrim joylarini shikastlanishi, elektr 
kuyishi, elektr belgilari va terini metallanishini ko‘rinishlariga ega. Inson tanasidan 
to‘k o‘tishi natijasida tanani qizishi - elektr kuyishi deb ataladi. Tanani ichki va 
tashqi qismi kuyishi mumkin. Jarohat olish sharoitlariga ko‘ra kontakt, yoyli va 
aralash kuyishlarga ajratiladi. 
Teri yuzasidagi kul yoki oq-sariq rangli dog‘lar elektr belgilar deb ataladi. 
Shu dog‘lar tanani elektr o‘tkazgich qismlar bilan tutashgan joylarda hosil bo‘ladi. 
Ular ko‘pincha og‘riqsiz bo‘ladi, vaqt o‘tishi bilan o‘tib ketadi. 
To‘k ta’sirida metallarni zarrachalari bo‘g‘lanib, teri yuzasini qoplab oladi. 
Lat yegan qismini yuzasi g‘adir-budir bo‘lib qoladi. Shu holat elektr metallanish deb 
ataladi. Bu holat inson tanasi uchun xatarli emas, lekin ko‘zni metallanishi xavfli 
bo‘ladi. 


52 
Yuqorida aytilgandan tashqari mehanik shikastlanishlar va elektroftalmiya 
ham elektr jarohatlanishiga kiradi. To‘k o‘tishi vaqtida mushaklarni keskin 
qisqarishi natijasida terini, qon tomirlarini va nervlarini yorilishiga, suyaklarni 
sinishiga va topiqlarni chiqishiga sabab bo‘ladi. Yoydan chiqayotgan ultra-binafsha 
nurlari natijasida ko‘zni shamollashi еlektroftalmiya deb aytiladi. 
Elektr zarb
 
- elektr to‘kni ta’siri natijasida tirik to‘qimalarni to‘lqinlatib 
mushaklarni keskin qisqartirishiga olib keladigan holat. Odamni to‘k urish xolati 
to‘rt darajada baholanadi: 
I - darajada odam hushidan ketmagan holda yeqilib tushish, mushaklarni 
qisqartirishiga olib keladi; 
II - darajada odamning nafas olishi va yurak faoliyatiga ta’sir etilmagan holda 
hushdan ketish; 
III - darajada nafas va yurak faoliyatiga ta’sir etilgan holda hushdan ketish; 
IV - darajada elektr shok, qon aylanishi va nafas olish to‘xtab, klinik o‘lim 
yuz beradi. 
Klinik o‘lim - bu odamni tirik va o‘lim orasidagi holat, shu holatida yurakni 
faoliyati va nafas olishi to‘xtaydi, insonda hech qanday hayot alomatlari sezilmaydi. 
Klinik holati 6-8 minut davom etadi. Shu davrda hech qanday yordam bermagan 
taqdirda miyani hujayralari parchalanib qaytarilmas - biologik o‘limiga o‘tib ketadi. 
Elektr shok elektr to‘k ta’siriga ko‘rsatgan tanani og‘ir nervreflektor 
reaksiyasi. Shu holatida qon aylanishi, nafas olishi, asab tizimi va boshqa tizimlarni 
buzilishiga olib keladi. Shu daqiqadan so‘ng tanani to‘lqinlanishi fazasi boshlanadi: 
arteriya bosimi ko‘payadi, o‘g‘rig‘iga reaksiya hosil bo‘ladi, va hakazo. Shundan 
keyin esa tormoz fazasi boshlanadi: nerv tizimi bo‘shashadi, arterial bosimi 
kamayadi, nafas olishi susayadi va depressiya holati boshlanadi. Shok holati bir 
necha minutdan bir sutkagacha davom etishi mumkin. Shundan keyin odam asta-
sekin sog‘ayib ketadi, yoki biologok o‘limi holatiga o‘tib ketadi. 
Insonni elektr to‘kidan shikastlanishining asosiy omillariga:
- inson tanasini elektr to‘kiga ko‘rsatayotgan qarshiligi;


53 
- to‘kning turi, inson tanasidan o‘tayotgan to‘kni davom etish muddati, to‘kni 
o‘tgan yo‘li, to‘kni chastotasiga, insonni shaxsiy hususiyatlarga bog‘liq. 
a) Inson tanasidan o‘tayotgan to‘k turi. eng kichik qarshilik ko‘rsatadigan 
yo‘lidan boradi. Shu holatida tanani qismlari har xil solishtirma qarshiligiga ega 
bo‘lgani bilan tushuntiriladi. 
4.5.
 
Inson terisining ko‘rinishi (kesmada)а) epidermis – terning tashqi qatlami; 
b) Inson tanasidan o‘tayotgan to‘kning turi. To‘kni kuchini insonga turli ta’sir 
ko‘rsatadi. Ko‘rsatgan ta’siriga qarab quyidagi to‘k qiymatlariga ajratiladi: 

Download 1,69 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Download 1,69 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Elektr to‘ki bilan jaroxatlanish xavfsizligi

Download 1,69 Mb.
Pdf ko'rish