-
to‘kni sezish chegarasi. O‘zgaruvchan to‘kni 50 Gs va miqdori 0.1-1.5 mA,
o‘zgarmas to‘kni miqdori 5-7 mA. Shu holatda inson qo‘l panjalari titraydi va
issiqlikni sezadi;
- qo‘yib yuboradigan to‘k
.
O‘zgaruvchan to‘kni miqdori 8-10 mA, o‘zgarmas
to‘k uchun 20-25 mA. Shu holatda inson og‘riq sezadi badani qiziydi;
- ushlab qoladigan to‘k
.
O‘zgaruvchan to‘kni miqdori 10-15 mA, o‘zgarmas
to‘k uchun 50-80 mA. Shu holatida qo‘l mushaklari keskin qisqariladi, shok holati
kuzatiladi, nafas olish qiyinlashadi, va inson o‘zini tanasini boshqarib ololmaydi;
- fibrilyasion to‘k. O‘zgaruvchan to‘k miqdori 100 mA, o‘zgarmas to‘k uchun
300 mA. Shu holatda insonni yurak mushaklari tartibsiz qisqariladi, ishlash tartibi
buziladi, natijada qon aylanish tizimi ishdan chiqadi.
v) Inson tanasidan to‘kni o‘tgan yo‘li.
Inson tanasidan to‘kni o‘tgan yo‘li ham
katta ahamiyatga ega. Agar elektr to‘k muhim organlaridan yurak, o‘pka,
miyalaridan o‘tgan bo‘lsa o‘ta xavfli, boshqa yo‘llardan o‘tgan bo‘lsa, hatari kamroq
bo‘ladi. Inson tanasidan o‘tayotgan to‘k eng ko‘p uchraydigan yo‘llari aniqlangan.
54
Tez uchrab turadigan yo‘l o‘n qo‘l-oyoqlar, undan keyin, “qo‘l-qo‘l” va “chap qo‘l-
oyoqlar”.
g) Inson tanasidan o‘tayotgan to‘kni davom etish muddati. Inson tanasidan
o‘tayotgan to‘kni davom etish muddati ham katta ta’sir ko‘rsatadi, qanchali to‘k
vaqti ko‘p bo‘lsa, shunchalik havfi oshaveradi. Shu holatda insonni yurak
mushaklari tartibsiz qisqariladi, ishlash tartibi buziladi, natijada qon aylanish tizimi
ishdan chiqadi. T fazasi yurakning eng xavfli fazasi hisoblanadi.
d) Inson tanasidan o‘tgan to‘kning chastotasi . O‘zgaruvchan to‘k xatarligi
to‘kni chastotasiga bog‘liq. Tadqiqotlar bilan aniqlanganki, to‘kni chastotasi 10Gs
dan- 500 Gs gacha birdek xavfli. 500Gs dan oshgan sari fibrilyasion to‘k miqdori
oshib boradi, va chastotasi 1000Gs dan oshgandan keyin yahshigina havsizligi
kamayadi.
O‘zgarmas to‘k xatarligi kamroq va fibrilyasion to‘k miqdori 3-4 barobar
yuqoriroq, chastotasi 50 Gs li o‘zgaruvchan to‘kga nisbatan. Lekin o‘zgarmas to‘k
ta’sirida inson o‘tkir o‘g‘riqlarni sezadi. O‘zgarmas to‘kni xatarligini, o‘zgaruvchan
to‘kga nisbatan, faqat to‘k kuchlanishi 400V gacha haqiqat desa bo‘ladi. O‘zgarmas
to‘k kuchlanishi 400-600V oralig‘ida va 50Gs li o‘zgaruvchan tikni xatarligi
tahminan bir xil. O‘zgarmas to‘kni kuchlanishi 600 V dan oshgan sari inson uchun
xatarliroq bo‘lib boradi. Buni fiziologik jarayonlari ta’siri bilan tushuntiriladi.
Demak, insonga elektr to‘kni ta’siri turli va har xil faktlar bilan chambarchas bog‘liq.
Inson tanasidan to‘kni o‘tkazuvchanligi fizikaviy biokimyoviy va biofizikaviy
jarayonlariga bog‘liq, shuning uchun elektr to‘kiga inson tanasini qarshiligi bir tekis
emas.
e) Elektr jarohatni insonni shaxsiy hususiyatiga bo‘g‘liqligi. Elektr jarohatni
og‘irliligi insonni shaxsiy hususiyatlarga ham bo‘g‘liq. Misol uchun “ushlab
qoladigan” to‘kni miqdori ayrim tanaga “sezish chegarasi” ayrimlarga “qo‘yib
yuboradigan” chegarasi bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari inson tanasini
o‘g‘irligiga va uning baqvatligiga ham bo‘g‘liq. Shuni aytish kerakki ayollar uchun
to‘kni miqdori tahminan 1,5 barobar pastroq, erkaklarga nisbatan. To‘kni ta’sirini
darajasi insonni asab tizimi va organizmning holatiga ham bog‘liq. Agar inson
55
asablangan, dipressiya yoki kasal (ayniqsa teri kasalligi, yurak tomir tizimi, asab
tizimi va hakazo) yoki mast holatida bo‘lsa to‘kni havfi yanada oshadi.
j) “Diqqat faktori” ham, katta ahamiyatga ega. Agar inson elektr to‘kni
«urishiga», “tayyor” bo‘lsa, ta’siri kamayadi, agar «to‘k urishi» kutilmagan bo‘lsa
havfi keskin oshadi.
Elektr to‘kidan muhofazalanish usullari
Elektr to‘kidan sikastlanishning asosiy sabablari. Elektr qurilmalarini
ishlatish xavfligini taxlili inson tanasidan o‘tayotgan to‘kni meyorida, turli holatida
kuchlanish ostida qolishi va turli tarmoqdagi turli faktor va parametrlarini ulanib
qolishi ta’sirini baholashiga keltiradi.
Elektr tarmoqlar o‘zgaruvchan va o‘zgarmas to‘kli bo‘ladi. O‘zgaruvchan
to‘k bir fazali va ko‘p fazalilarga ajratiladi. O‘zgaruvchan to‘kni uch fazali tarmoqlar
turi eng ko‘p qo‘llaniladi. Transformator yoki generator neytral rejimi bo‘yicha, uch
fazali tarmoqlar izolyasiyalangan yoki mustahkam yerga ulangan bo‘lishi mumkin.
Agar generator yoki transformator yerdan izolyatsiyalangan bo‘lsa, yoki katta
qarshilik orqali yerga ulanilgan bo‘lsa, izolyatsiyalangan neytral (kuchlanish
transformatorlar, kompensasiyalovchi g‘altaklar va boshqalar) deb ataladi. Agar
yerga ulash qurilmalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri, yoki kichik qarshilik apparatlar orqali
yerga ulangan bo‘lsa mustahkam yerga ulangan neytral (to‘k transformatorlari va
boshqalar) deb ataladi.
Izolyatsiyalangan nеytralli uch fazali tarmoqlarni xavfi. Elеktr tarmoqlarni
o‘tkazgichlari yеrga nisbatan, o‘ziga xos hajmiga va faol qarshiligi-siljish to‘k
qarshiligiga ega. Siljish to‘k qarshiligi esa o‘tkazgichlarni izolyatsiyasi qarshiligi
bilan to‘kni yеrga o‘tish yo‘lini qarshiligi yig‘indisiga tеng.
4.6-rasm. Izolyatsiyalangan nеytralli uch fazali tarmoq sxemasi
56
Mustahkam yеrga ulangan nеytralli uch fazali elеktr tarmoqni havfi.
Mustahkam yеrga ulangan nеytralli uch fazali elеktr tarmoqlarni nеytral va yеr
orasidagi qarshiligi juda oz (transformator yoki gеnеratorni nol nuqtasini yеrga
ulangan qarshiligiga tеng.
4.7-rasm.Mustahkam yеrga ulangan nеytralli uch fazali elеktr tarmoq sxemasi
Uch fazali tarmoqlarga turli xil ulanib qolishni tahlil natijalari quyidagicha:
izolyatsiyalangan nеytralli fazalaridan biriga tеgib kеtishi inson uchun eng havfsiz
dеb hisoblanadi; istalgan nеytral rеjimida fazalaridan biri o‘zilib, yеrga ulanib
qolgan holatida ikkinchi fazaga ulanib qolishi xavfliroq, me’yoriy holatida ishlab
turgan tarmoqni fazalarini biriga ulanib qolishiga nisbatan; inson uchun eng xavfli,
istalgan nеytral rеjimida, bir vaqtda ikki fazaga ulanib qolishi.
Uch fazali tarmoqlarda nеytral holatni tеxnologik va havfsizlik sharoitiga
qarab tanlab olinadi. Elеktr uskunalarini o‘rnatish qoidalari (ПЭУ) talablariga ko‘ra
1000 V dan ortiq kuchlanishida ikkita sxеma qo‘llaniladi: izolyatsiyalangan nеytralli
uch o‘tkazgichli tarmoqlar va mustahkam yerga ulangan uch o‘tkazgichli tarmoqlar
agar, kuchlanish 1000 V gacha bo‘lsa, izolyatsiyalangan nеytralli uch o‘tkazgichli
tarmoqlar va mustahkam yеrga ulangan nеytralli to‘rt o‘tkazgichli tarmoqlar.
Kuchlanishi 1000 V dan 35 kV gacha bo‘lgan tarmoqlarda asosan
izolyatsiyalangan yoki o‘chirgich galtaklar orqali yеrga ulangan nеytral qo‘llaniladi.
110 kV va undan ko‘p bo‘lgan kuchlanishida mustahkam yеrga ulangan nеytral
qo‘llaniladi. Elektr - uskunalar bilan ishlaydigan ishchilarni elektr jarohatlanishdan,
elektr yoyi va elektrmagnit maydonlaridan himoyalash uchun elektr himoya
vositalari (EHV) qo‘llaniladi.
57
EHV qo‘lda va avtomobilda eltib yuruvchi buyumlar mavjud. Himoyalovchi
vositalar shartli ravishda uch turga bo‘linadi: izolyatsiyalovchi, to‘suvchi va
yordamchi.
Insonni elektr kuchlanish ostida bo‘lgan elektr uskunalarini qismlaridan va
yerdan izolyatsiyalash uchun xizmat qiladigan vositalar-izolyatsiyalovchi vositalar
deb ataladi. Unga quyidagi buyumlar kiradi: izolyatsiyalovchi va o‘lchovchi
shtangalar; vaqtincha yerga ulash qurilmalari; izolyatsiyalovchi va elektr o‘lchov
qisqichlar; kuchlanish ko‘rsatkichlari; monter asboblarini izolyatsiyalangan
dastalar; dielektrik qo‘lqoplar; etiklar va kalishlar; rezinali gilamchalar va
poyandozlar; izolyatsiyalangan narvonlar.
Izolyatsiyalovchi EHV ikki xilga bo‘linadi: asosiy va yordamchi.
Kuchlanishga ishonchli bardosh beradigan va ular yordamida tok o‘tkazuvchi
qismlarga tegishiga ruhsat beradigan vositalar asosiy vositalar deb ataladi.
Ishchilarni havfsizligini ta’minlab bera olmaydigan va qo‘shimcha bo‘lib
asosiy EHV bilan birgalikda qo‘llaniladigan vositalar-qo‘shimcha vositalar deb
ataladi.
To‘siqli himoya vositalar deb, vaqtincha to‘k o‘tkazuvchi qismlarni to‘sish
uchun qo‘llaniladigan vositalarga aytiladi. Bunga olib yuruvchi to‘siqlar (sharmalar,
qo‘lqoplar, qafaslar) hamda vaqtinchalik yerga ulash qurilmalariga aytiladi. Ularga
shartli ravishda ogohlantiruvchi plakatlar ham kiradi. Insonni yeqilib tushishini
oldini olish uchun (himoyalovchi belbog’lar, ogohlantiruvchi arqonlar) va tepaga
ko‘tarilish uchun (narvonlar, tirnoqchalar) hamda yorug’lik, issiqlik, mehanika va
kimyoviy ta’sirlaridan himoyalanish uchun shahsiy himoya vositalari (ko‘zoynak,
protivogaz, mahsus kiyimlar va shunga o‘xshash turli buyumlar) qo‘llanib kelinadi.
Kuchlanish 1000 V gacha bo‘lgan elektr uskunalariga xizmat vaqtida
qo‘llaniladigan himoya vositalari. Kuchlanish 1000 V gacha bo‘lgan EHV quyidagi
buyumlar kiradi: dielektrik qo‘lqoplari, tezkor shtangalar, izolyatsiyalovchi va elektr
o‘lchov qisqichlar, izolyatsiyalangan monter asboblari va kuchlanish
ko‘rsatkichlari.
|