47
IV-BOB. HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI
4.1.Yong‘in darakchilari va aloqa tizimlari
Tеxnоlоgik jаrаyondа pоrtlаydigаn, оsоn yonib kеtаdigаn hamda bоshqа
yong‘in uchun xаvfli mоddаlаr vа mаteriаllаr ishlаtilаdigаn
yoki sаqlаnаdigаn
оb’еktlаrdаgi, оdаmlаrning mеxаnik vа termik shikаstlаnishigа, zаharlаnishigа vа
o‘limigа, аsоsiy ishlаb chiqаrish fоndlаrining nоbud bo‘lishigа,
fаvqulоddа
vаziyatlаr hududlаridа ishlаb chiqаrish muhitining vа оdаmlаr hаyotining
buzilishigа оlib kеlаdigаn аvаriyalаr, yong‘inlаr vа pоrtlаshlаr.
Yong‘inning kеlib chiqish sаbаblаri
4.1-jadval
ijtimоiy
Insоn оlоv vа еngil yonuvchi buyumlаrdаn fоydаlаn-
gаndа
tехnоlоgik
Mаshinа vа uskunаlаrni nоsоzligi, ishdаn chiqishi,
mаtеriаl vа mоddаlаrning qаytа ishlаsh tехnоlоgiyalаr
tаkоmillаshtirilmаgаnidа
tаbiiy
Tаbiiy tusdаgi fаvqulоtdа vаziyatlаrdа
bоshqаlаr
Tа’lim, tаrbiya vа turli sinоv ishlаrini оlib bоrish
kаbilаrdа
Hozirgi vaqtda yong‘inlar inson uchun eng xavfli tabiiy ofatlar qatoriga kirib
bormoqda, chunki yong‘indan keladigan zarar juda katta miqdorni tashkil qilishi
bilan birga inson hayotiga ham tahdid soluvchi omillardan biriga aylanib qolmoqda.
Yong‘in - bu maxsus manbadan tashqarida sodir bo‘ladigan va katta material
zarar hamda talofatlar keltirib chiqaradigan nazoratsiz yonish jarаyonidir.
Ob’ektning yong‘in
xavfliligi deganda, ob’ektning yong‘in sodir bo‘lishi mumkin
bo‘lgan holati va yong‘inning oqibatlari tushuniladi.
Quyidagi rasmda yong‘in sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan оb’еkdаgi аvаriyalаr
keltirilgan.
48
Ob’ektning yong‘in xavfsizligi deganda, belgilangan me’yorlar
va talablar
asosida ob’ektda yong‘in sodir bo‘lish xavfi hamda uning xavfli va zararli
faktorlarini inson hayotiga ta’siri cheklangan, ob’ektdagi materiallar to‘liq
himoyalangan holati tushuniladi.
Yong‘in vaqtida sodir bo‘ladigan turli xil xavfli va zararli omillar ta’sirida
material boyliklar nobud bo‘lishi va baxtsiz hodisalar ro‘y berishi mumkin.
Yong‘inning xavfli va zararli omillariga asosan qo‘yidagilarni kiritishimiz mumkin:
ochiq alanga, atrof-muhitning va yong‘inda qolgan
buyumlarning yuqori harorati,
yonish vaqtida hosil bo‘ladigan turli xil zaharli gaz va bug‘lar, tutunlar, kislorodning
kam konsentrasiyada bo‘lishi, qurilish konstruktsiyalari va materiallarining qulab
tushayotgan qismlari, yong‘in vaqtida sodir bo‘ladigan portlash, portlashdagi to‘lqin
zarbasi, portlash ta’sirida uchib ketgan materiallar va zararli moddalar va b.
Yonishda asosan uch omil muhim rol o‘ynaydi: yonuvchi modda, yondiruvchi
muhit va qizdirish jarаyoni.Yonish hususiyatiga qarab – gomogen va geterogen
bo‘lishi mumkin.
Gomogen yonishda yonuvchi moddalar bir xil agregat xolatida bo‘ladi.
Geterogen yonish qattiq va suyuq moddalarning yonishi.
Yonish alanganing tarqalish tezligi va uning parametriga bog‘langan
holda
deflagrasion (10 m/s gacha), portlovchi (100m/s) va detonasion (1000m/s) bo‘ladi.
Yong‘in asosan deflagrasion xolatda o‘tadi.
Yonish jarаyonini shartli ravishda quyidagi turlarga bo‘lish mumkin:
- chaqnash-yonuvchi aralashmaning bir lahzada yonib-o‘chishi. bunda
yonishning davom etishi uchun aralashma tayyor-lanishining imkoniyati yo‘q;
- qizdirish natijasida yonishning vujudga kelishi;
- alangalanish-yonishning alanga olib davom etishi;
- o‘z-o‘zidan yonish-moddalar ichida asosan organik mod-dalarda ro‘y
beradigan ekzotermik reaksiyalar natijasida, tashqaridan
qizdirishsiz yonuvchi
aralashmaning o‘z-o‘zidan yonib ketishi;
- o‘z-o‘zidan alangalanish o‘z-o‘zidan yonishning alanga bi-lan davom etishi;
49
- portlash o‘ta tez yonish kimyoviy jarаyonining bosim va energiya hosil
qilish bilan o‘tishi.
Republikamiz hududida 200 dan ortiq portlashga va yong‘inga xavfli
inshootlar mavjud. Demak, Respublikamiz hududida yong‘inga qarshi kurash chora-
tadbirlarini belgilash eng muhim omillardan biri hisoblanadi.