Rotorli don maydalagich D-l (6.10 va 6.11-rasmlar). Rotorli don maydalagich ichida harakatlanuvchi valni mahkamlangan rotor 3 ni, stator 2 bilan tutashadigan qabul qilish bunkeri 1 ni, yuk tushirish kamerasi 5 ni o‘z ichiga oladi. Stator va rotorning ishchi yuzalari bir-biriga qaragan bo‘lib, maydalovchi qirralarga ega. Rotor 3 qirquvchi qirralari bilan to‘g‘ri ko‘p burchak shaklida bajarilgan, stator 2 esa ichi bo‘sh slindr ko‘rinishida bajarilgan bo‘lib, uning ishchi yuzasida teskari konussimon kesimli shaklidagi o‘yiqlar 7 qirqilgan bir tekisda joylashgan. Rotor 1 stator 2 ning ichida vertikal va o‘qdosh holda joylashgan bo‘lib, stator 2 yuk tushirish diski 6 bilan ta’miniash va yuk tushirish kamerasida rezbali birikma vositasida mahkamlangan.
rasm. Rotorli don maydalagichni umumiy ko'rinishi:
1 - yig‘ilgan ishchi organ; 2 - rama; 3 - to‘kish novi; 4 - elektordvigatel; 5 -bunker;
6 - magnit ishga qo‘shgich; 7- tasmali uzatma; 8 - shkiv.
Jadvalning davomi
Ko‘rsatkichlar turlari
| | |
Miqdori
| | |
5
|
Ish unarm, kg/soat
|
100...125
|
6
|
Quvvati. kVt
|
1.0
|
7
|
Gabaril o‘lchamlari:
uzunligi, mm
kengligi, mm
balandligi, mm
|
600 1038
|
8
|
Xizmat ko'rsatuvchi xodimlar soni, kishi
|
1
|
Ozuqa aralashmalari tayyorlashni
mexanizatsiyalashtirish
Ozuqa aralashmasi tayyorlashning ahamiyati va texnologiyalari. Parrandalarni oziqlantirishda ozuqalar bilan birga ma’lum miqdorda har xil vitaminlar va antibiotiklar qo’shib berilsa ulardan foydalanish darajasi yuqori bo‘lishi aniqlangan. Bir turdagi ozuqada hay von uchun kerakli bo‘lgan vitaminlar, mikroelementlar yetarli bo‘lmaydi, shuning uchun hayvonlami bir necha xil ozuqalardan tuzilgan ozuqa aralashmalari bilan oziqlantirish tavsiya etiladi. Ilmiy-tadqiqotlar va amaliy tajribalar orqali parrandalar to‘liq balansli omuxta yem bilan boqilganda mahsuldorlik 25...30% ga ortishi, ulami semirtirish vaqti
.20% ga kamayishi va bir birlik mahsulot uchun sarflanadigan ozuqa miqdori kamayishi aniqlangan.
Fermalaming biologik turi, ozuqa bazasi, oziqlantirish usulini hisobga olgan holda turli holatdagi ozuqa aralashmalari ishlatiladi: quruq holatdagi (namligi 10...15%) ozuqa aralashmasi, ya’ni omuxta yem; nam holatdagi (namligi 45...70%) ozuqa aralashmasi; suyuq holatdagi (namligi
.85%) ozuqa aralashmasi; quruq mono yoki ko‘p komponentli granula yoki briketli ozuqalar.
Ozuqa aralashmalariga o‘z navbatida, oqsilli-vitaminlar, oqsilli- vitaminli-mineralli qo‘shimchalar (BVMD), premikslar (mikroelementlar) ma’lum tartibda me’yorlangan holda qo‘shiladi.
Ozuqa aralashmalarini tayyorlashda BVMD qo‘shimchalarini 25% gacha premikslarini 1...2% gacha qo‘shish tasviya etiladi.
Ozuqa aralashmalarini tayyorlashning namunaviy texnologiyalari quyidagi jarayonlardan iborat.
buyerda: Q -г-o'lchashda me’yorlagichning ajratib uzatgan ozuqa miqdori,kg;
Qt - hisoblash bo‘yicha me’yorlagich ajratishi kerak bo‘lgan ozuqa miqdori, kg/s;
m - o‘lchashlar soni.
Me’yorlagichlarning yo‘l qo‘ygan xatosi variatsiya koeffitsiyenti orqali quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
c
v = ±=100%, (6.10)
Q
bu yerda: S -o'rtacha kvadrat xato;
Q -me’yorlagich ajratgan ozuqaning t o'lchashdagi o'rtacha arifmetik miqdori, kg.
O'rtacha kvadrat xato quyidagicha aniqlanadi:
j m
(6.11)
ш^-qY
I i=l
Me’yorlagichlar ozuqalarni ajratishiga qarab hajmli va massali; ishlash usuliga qarab to'xtovsiz va uyumlab; tuzilishiga qarab barabanli, tarelkali, diskali, tasmali, shnekli, bunkerli; ozuqalarning holatiga qarab suyuq, ho‘l va quruq ozuqalar uchun mo'ljallangan me’yorlagichlarga sinflanadi. 6.12-rasmda turli xil me’yorlagichlarning ishlash sxemalari ko'rsatilgan.
Ozuqa aralashmalari tayyorlanadigan sexlarda DD rusumdagi diskli, DS-15 rusumli shnekli, MTD-ZA rusumidagi tarelkali, BDK-F-70-20 rusumidagi bunkerli, DK-70 rusumidagi massali me’yorlagichlar ishlatiladi.
|