Ozuqa aralashtirgichlar. Aralashtirish jarayoni deb tashqi kuch ta’sirida aralashmani tashkil etgan komponent zarrachalarini tekis taqsimlab, bir xil tarkibli aralashma hosil qilish jarayoniga aytiladi.
Aralashma tayyorlash uchun ishlatiladigan qurilmalarga aralashtirgichlar deyiladi.
Aralashtirish jarayoniga komponentlarning fizik-mexanik xususiyat- lari, aralashtirish tartibi, aralashtirgichning konstruktiv ko'rsatkichlari katta ta’sir ko'rsatadi, ayniqsa komponentlarning namligi, qovushqoqligi, shakli, yopishqoqligi, zichligi va boshqalar.
bu yerda: x - kontroldagi komponentning /-o‘lchovdagi miqdori;
x - kontroldagi /-komponentning o‘rtacha arifmetik miqdori; m-o‘lchovdagi na’munalar soni.
Aralashmaganlik darajasi v < 20 % bo‘lishi ozuqa sexlarida tayyor- lanadigan ozuqa aralashmalari uchun yetarli hisoblanadi. Ozuqa aralash- tirgichlari turli xil alomatlari orqali sinflanadi (6.3-jadval).
jadval
Ozuqa aralashtirgichlarni sinflanishi
№
|
Sinflanish alomatlari
|
Aralashtirgichlar
|
1
|
2
|
3
|
4 П
|
1
|
Ishlashi
|
To'xtovsiz
|
Davriy
|
-
|
-
|
2
|
Ish organlari
|
Shnekli
|
Parrakli
|
Barabanli
|
Kombina- tsiyalashgan
|
3
|
Aralashmaning holati
|
Quruq
|
Nam
|
Xamir holatida
|
Suyuq
|
4
|
Ishchi qismining holati
|
Gorizontal
|
Vertikal
|
Qiya
|
-
|
6.13-rasm. Ozuqa aralashtirgichlar:
a,b- shnekli va shnekli-kurakli; d -to‘xtab ishlovchi tik shnekli; e,f -kurakli to‘xtab ishlovchi; g - to‘xtab ishlovchi barabali; h - to‘xtab ishlovchi parrakli.
uzunlik 110 mm bo‘lib 30 mm gacha uzunlikda bo‘lgan poyalar umumiy massasining kamida 80% ni tashkil etishi lozim.
Agregatlar maxsus binoda yoki bostirma taglarida o‘matiladi. Ular granulalash va briketlash agregatlar komplekti tarkibida ham qo‘llaniladi.
Hozirgi vaqtda AVM-0,05; AVM-0,65; AVM-1.5A; AVM-3,0 hamda Polsha Respublikasining SB-1,5 agregatlari vitaminli o‘t uni ishlab chiqarishda Respublikamiz xo‘jaliklarida foydalanilmoqda. Ularning texnik ma’lumotlari 6.4-jadvalda keltirilgan.
6.4-jadval
O‘t uni agregatlarini texnik ma’lumotlari
№
|
Ko‘rsatkichiar
|
AVM-
0,65
|
AVM-
1,5A
|
AVM-
3,0
|
SB-1,5 (M804/0-l,5)
|
1
|
Ko‘k massa namligi 75%, urming namligi 10% bo'lganda ish unumdorligi, kg/soat
|
650
|
1600
|
3000
|
1500
|
2
|
Namligi 75% dan kam bo’lmagandagi bug‘latish qobiliyati, kg/soat
|
1690
|
4200
|
7800
|
4000
|
3
|
Yoqilg’i sarfi, kg/soat
|
150
|
320...450
|
780
|
330
|
4
|
Bir kg namlikni bug'latishni solishtirma yoqilg‘i sarfi, kDj/kg
|
3,34
|
3,34
|
3,34
|
3,01
|
5
|
Elektrodvigatellar quwati, kVt
|
103,4
|
232,1
|
450
|
250
|
6
|
Gabarit o’lchamlari, m: uzunligi
|
20,94
|
5,4
|
46,0
|
21,0
|
|
kengligi
|
8,22
|
13,6
|
18,0
|
7,0
|
|
balandligi
|
5,22
|
7.81
|
13,86
|
7,3
|
7
|
Massa, kg
|
16240
|
37270
|
78000
|
40000
|
8
|
Xizmat ko’rsatuvchilar: mashinistlar
ishchilar
|
1 1...2
|
1
2
|
1 2
|
1 4...5
|
AVM-0,65 agregati ikki variantda ishlab chiqariladi: AVM-0,65 J-suyuc yoqilg‘ida ishlaydigan apparatura bilan, AVM-0,65G- tabiiy gazda ishlash apparaturasi bilan jihoziangan. Agregat quritish agentini resirkulatsiya (qaytaishlatish) sistemasi bilan ham jihozlanishi mumkin. Umumiy holds agregat (6.14-rasm) ko‘k massani ta’minlagich va transportyor, issiqlil generatori, quritish barabani, quruq massa о lib ketish sistemasi, bolg‘al:
Omuxta yem tayyorlash texnologiyalari
va texnika tizinii
Omuxta yem tayyorlash korxonalari xomashyolami qabul qilish, belgilangan retsept bo‘yicha turli xildagi omuxta yem va ozuqa aralashmalari tayyorlash, ulami saqlash va iste’molchilarga shartnoma asosida tayyorlab berish uchun xizmat qiladi. Bu turdagi korxonalar tumanlardagi fermerlar uyushmasi tarkibida bo‘lib, o‘ziga qarashli fermer xo‘jaliklarini to‘liq balanslangan sifatli omuxta yem, ozuqa granulalari, ozuqa briketlari bilan ta’minlash uchun xizmat qiladi.
Xo‘jalik sharoitida kichik hajmli omuxta yem tayyorlash korxonasi va ishlab chiqarish texnologiyasi quyidagi jarayonlami o‘z ichiga oladi: donli ozuqalarni yuklovchi transportyorga uzatish; uzatilgan ozuqalarni (asosiy komponentlar) bunkerlargajoylashtirish; mineral qo‘shimchalami alohida-alohida bunkerlarga joylashtirish; asosiy komponentlami belgilangan retsept asosida me’yorlash; mineral qo‘shimchalarni belgilangan retsept asosida mikrome’yorlagichlarda me’yorlash; me’yorlangan asosiy komponentlar va mineral qo‘shimchalami aralashtirish; aralashmani maydalash va saqlovchi bunkerga uzatish; saqlash va iste’molga uzatish (6.15-rasm).
6.15-rasm. Omuxta yem tayyorlashning texnologik sxemasi.
Qishloq xo‘jaligi sharoiti uchun OKS tipidagi omuxta yem tayyorlash sexlarining texnika komplektlari ishlatiladi. OSK-4 (6.16-rasm) qurilma- lar komplekti ozuqa uchun ajratilgan don va sanoat asosida ishlab chiqilgan oqsilli-vitaminli-mineralli qo‘shinichalardan (BVMD) omuxta yem tayyorlash uchun xizmat qiladi.
OS-4 qurilmasida keltirilgan donni xomashyo mahsulotlarini qabul qiluvchi bunkerga transport vositalari tomonidan yuklanadi. Qabul qi- luvchi bunker shnegi orqali don mahsulotlari noriyaga uzatiladi va undan keyin magnitli kolonka va g‘alvir elakdan o‘tkazilib, shnek orqali saqlash bunkeriga joylashtiriladi. Bunkerda don avtomatik rejimda ta’minla- gichga, o'lchash bunkeriga va u yerdan maydalagichga o‘tkaziladi. Maydalagich donni unga aylantirib aralashtirgichga yuboradi.
Bu yerda har xil komponentlar va mineral qo‘shimchalar bilan boyitilib, noriya orqali tayyor mahsuiot saqlanadigan bunkerga yuboriladi. Omuxta yem tayyorlashdagi barcha jarayonlar mexanizatsiyaiashtirilgan va avtomatlashtirilgan holda boshqariladi. Qurilmaning unumdorligi 4 t/soat, elektr dvigatelning o‘matilgan quwati 75 kVt, bunkerlar soni 6 ta, ulaming umumiy hajmi 36 m3.
6.16-rasm. OSK-4 omuxta yem sexi:
1- qabul bunkeri; 2 -noriya; 3 - magnitli kolonka; 4 -saralagich; 5 - taqsimlovchi shnek; 6- don bunkerlari; 7 - maydalangan xomashyo bunkeri; 8- aralashma bunkeri; 9-tayyor mahsuiot bunkeri; 10 -aralashtirgich; 11 -maydalagich; 12 -maydalagich bunkeri 13 -pnevmatik ta’minlagich.
|