|
Parrandalarni polda va yarusli kataklarda saqlashda qo‘llani- ladigan ozuqa tarqatgichlar
|
bet | 30/49 | Sana | 19.12.2023 | Hajmi | 246,9 Kb. | | #123161 |
Bog'liq Parrandachilik xo‘jaliklarini mexanizatsiyalashtirish. Mechaniza-hozir.orgParrandalarni polda va yarusli kataklarda saqlashda qo‘llani- ladigan ozuqa tarqatgichlar. Zanjirli transportyorlar parrandachilikda quruq ozuqalami tarqatishda ishlatiladi. Ozuqani transportirovka qilish ishchi organi vazifasini tarnov ichida harakatlanadigan zanjir bajaradi.
Spiralli-prujinali transportyorlar yuritmasida dvigateldan ishchi organga harakatni uzatuvchi oraliq mexanizmlar yo‘q. Spiralli-prujinali ozuqa tarqatgichda shnekli tarqatgichga nisbatan harakatlanish tezligi yuqori. Ushbu sababli bir xil ish unumida zanjirli ozuqa tarqatgich zanjirli ozuqa tarqatgich konstruksiyasiga nisbatan tarqatgich konstruk- siyasi kompakt joylashgan va metall sig‘imi past. Spiralli-prujinali transportyor asosiy kamchiligi - katta uzunlikdagi spiralni yasash texnologik qiyinligi, u uning foydalanish ishonchliligini pasaytiradi.
Tros-shaybali (kanat-diskli) transportyorlar. Transportyorlar quruq ozuqalami cho‘chqachilik va parrandachilikda tarqatishga mo‘ljallangan. Kanatli-diskli konveyerlar sochiluvchan ozuqa materiallarini murakkab vertikal va gorizontal uchastkalarda transportirovka qiladi. Bunday transportyorlar zanjirdan yoki diskli (shaybali) trosdan, yuritma va ta- ranglatish stansiyasidan, burilish qurilmalari va quvurlar sistemasidan tuzilgan.
7.5. Ozuqa tarqatish jarayonlarini hisoblash
Fermalarda ozuqa tarqatish jarayonini mexanizatsiyalashtirish uchun kerakli ozuqa tarqatgichlarning turi va ularning sonini aniqlash talab etiladi. Bu jarayon quyidagi texnologik hisoblashlar orqali bajariladi. Fermada tarqatiladigan kunlik ozuqa miqdori Qk quyidagicha aniqlanadi
a = za = a.+a2+••■+a, kg, (7.3) 7=1
bu yerda: Qkl + Qkl + ... + Qk_ - fermada ishlatiladigan ozuqa turlarining kunlik sarfi, kg;
j = 1 ...z - fermada ishlatiladigan ozuqa turlari soni.
Fermada ishlatiladigan ayrim turdagi kunlik ozuqa Qk sarfi quyidagicha aniqlanadi
Qk/=tJmlq1=miq1+m2q2+...mnqn kg, (7.4)
i=l
bu yerda: i= l...n - fermadagi parranda guruhlari soni; mx - fermadagi guruhdagi parrandalar soni, bosh;
q. - i guruhdagi bir bosh parranda uchun kunlik ozuqa me’yori, kg/bosh.
|
| |