|
ВОВ.
PARRAND ACHILIK FERMALARIDA OZUQA TARQATISH
JARAYONINI MEXANIZATSIYALASHTIRISH
|
bet | 28/49 | Sana | 19.12.2023 | Hajmi | 246,9 Kb. | | #123161 |
Bog'liq Parrandachilik xo‘jaliklarini mexanizatsiyalashtirish. Mechaniza-hozir.orgВОВ.
PARRAND ACHILIK FERMALARIDA OZUQA TARQATISH
JARAYONINI MEXANIZATSIYALASHTIRISH
Fermadagi yuklar turi, hajmi va yuk tashish,
hisoblash va transport vositalari tasnifi
Fermadagi yuklar tasnifi. Chorvachilik va parrandachi lik ferma- larida katta hajmda yuklash-tushirish va tashish ishlari bajariladi. Bu fermadagi hayvonlarga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlar hajmining 40 foizini tashkil etadi.
Yuklar quruq yoki suyuq yuklarga bo‘linadi. Quruq yuklar sochi- luvchan, donador va hajm ko‘rinishida bo‘ladi. Sochiluvchan yuklarga donlar, sochiluvchan va donador omuxta yemlar, ildizmevalar, mineral qo‘shimchalar (mel, tuz), donador yuklarga esa konteynerlar (ozuqa qoldig‘i, parrandalar), bidonlar, gaz ballonlari, qoplar, yashiklar va boshqalar kiradi. Hajtnli yuklarni yashil massa, pichan, somon, silos, senaj va boshqa hajm zichligi 0,3-0,4 t/m' dan oshmaydigan mahsulotlar tashkil qiladi.
Yuklar xususiyati. Yuklash-tushirish va tashish mashina-jihozlari ish unumi va parametrlarini hisoblashda yuklaming fizik-mexanik xususiyatlarini bilish zarur. Yuklaming fizik-mexanik xususiyatlariga donadorlik o‘lchamlari, namligi, hajm zichligi, tabiiy qiyalik burchagi va yuklaming sirtga ishqalanish koeffitsiyenti kiradi. Donadorlik (granulometrik) tarkibi, olingan yuk namunasi turli diametrdagi g‘alvirdan o‘tkazilib aniqlanadi. Yuklaming fizik-mexanik xususiyatlari bo‘yicha ba’zi ma’lwnotlar 7.1-jadvalda keltirilgan.
To‘kiluvchi yukning namligi quyidagicha aniqlanadi:
W=(Gi-G2)/G2, (7.1)
bu yerda: G, - namunaning quritilganga qadar massasi;
G, - namunaning quritilgandan so‘nggi massasi. To‘qiluvchi yuklar 105 °C haroratda doimiy massagacha quritiladi.
Jadvalning davomi
|
| |