Donli ozuqalarni tayyorlashni
mexanizatsiyalashtirish
Parrandalar tomonidan to‘yimdorlik moddalarini hazm qilishda ozuqalarni maydalash muhim ahamiyat kasb etadi. Ozuqalar mayda- langanda parrandalar ulami hazm qilish uchun kam energiya sarflaydi. Maydalangan ozuqalar aralashtirilib omuxta holida berilganda yuqori samaraga erishi ladi.
Donli ozuqalarning fizik-mexanik xususiyatlari. Donli ozuqalar quyidagi ko‘rsatkichlari bilan xarakterlanadi: o'lchami d mm; hajmli solishtirma massasi A (kg/m3, kg/dm3); zichligi p (kg/m3); namligi W (%).
Donli ozuqalarning asosiy o‘lchamlariga, qalinligi, kengligi va uzunligi kiradi. Qalinligi uning eng kichik o‘lchami va uzunligi uning eng katta oflchami hisoblanadi. Kengligi uning o‘rtacha o‘lchami bo‘lib d bilan belgilanadi.
Hajmli solishtirma massasi u (kg/m3) deb bir hajm birligidagi massasi aytiladi.
Zichligi (kg/m3), uning ming donasi massasining egallangan hajmiga nisbatan quyidagicha aniqlanadi:
1000
P-Tw5~’ kg/m3, (6.5)
1000
bu yerda: p = 1...1000; m = 1000 donasining massasi ^v,=1000 г, !'=1 donasining egallagan hajmi, nr •
G‘ovakligi deb, don namunasidagi havo bo‘shlig‘ining jami don namunasi egallagan hajmiga nisbati foiz hisobida aniqlanadi:
P=^--100,%, (6.6)
bu yerda: R - donning g‘ovakligi;
К - don namunasidagi havo egallagan hajm, m3;
V- don namunasining jami hajmi, m3.
Donli ozuqalar uchun R = 50...70% ni tashkil etadi.
Oquvchanligi deb, donli ozuqalarning bir-biriga nisbatan siljish xususiyatiga aytiladi. Oquvchanligi gorizontal tekislikka tushayotgan don uyumi bilan gorizontal tekislik orasidagi burchak bilan aniqlanadi.
Donli ozuqalarning namligi, uning tarkibidagi suvning miqdori bilan o‘lchanadi va bu miqdor doimo W< 16% bo‘lishi talab etiladi.
Donli ozuqalarga quyidagi asosiy talablar qo‘yiladi: Tozaligi. Bu ko‘rsatkich uning tarkibidagi organik va mexanik iflosliklar miqdori bilan o‘lchanadi. Donli ozuqalar tarkibidagi iflosliklar 2...3% dan oshmasligi lozim.
6.7-rasm. Donli ozuqalarni rnaydalash usullari:
a - erkin zarbali; b - toydirib rnaydalash; d bo‘laklab rnaydalash; e - ishqalab rnaydalash; f- ezib rnaydalash.
tozalash-maydalash-me’yorlash-bug‘lash-aralashtirish;
tozalash-maydalash-me’yorlash-aralashtirish-bug‘lash-briketlash (yoki granulalash).
Donli ozuqalarni rnaydalash uchun fermalarda turli xil mashinalar ishlatiladi. Bu mashinalaming ishchi organlari (6.7-rasm) ozuqalarni turli usulda maydalaydi. Fermalarda bolg‘achali maydalagichlar ko‘p ishlatiladi. Un kombinatlarida asosan valikli maydalagichlar ishlatiladi. Hozirgi kunda femier xo‘jaliklari uchun kichik ish unumli rotorli va diskli maydalagichlar ishlab chiqarilmoqda.
|