-bob. Arizani ko‘rib chiqish va ariza to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’lon qilish




Download 177.4 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana31.08.2023
Hajmi177.4 Kb.
#79953
1   2   3   4
Bog'liq
PATENT EGASINING OCHIQ LITSENZIYAGA HUQUQ BERISH HAQIDAGI ARIZASINI KO‘RIB CHIQISH VA USHBU ARIZA TO‘G‘RISIDAGI MA’LUMOTLARNI E’LON QILISH QOIDALARINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA
10- ЎТКИР ТРОМБОЗ ВА ЭМБОЛИЯЛАР-АЗИЗ, Doc1, Презентация1, 5 topshiriq, MyTest
3-bob. Arizani ko‘rib chiqish va ariza to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’lon qilish 
10. Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar kelib tushgan kundan e’tiboran o‘n besh kunlik 
muddat ichida Vazirlik mazkur Qoidalarning 
2-bobiga 
muvofiq tegishli hujjatlarning mavjudligi va 
ularning mazkur Qoidalar talablariga muvofiqligini tekshiradi. 
11. Mazkur Qoidalarning 
2-bobiga
muvofiq tegishli hujjatlar mavjud bo‘lmaganda yoki 
hujjatlar mazkur Qoidalarda belgilangan talablarga rioya qilinmagan holda rasmiylashtirilganligi 
aniqlanganda, ariza beruvchiga shu kunning o‘zida Axborot tizimi orqali bildirishnoma yuboriladi. 
Bildirishnomada aniqlangan kamchiliklar ko‘rsatiladi va ariza beruvchiga bildirishnoma yuborilgan 
kundan e’tiboran uch oy ichida ushbu kamchiliklarni bartaraf etish (etishmagan yoki tuzatilgan 
ma’lumotlar yoxud hujjatlarni taqdim etish) taklif qilinadi. 
Bunda, arizani ko‘rib chiqish bo‘yicha belgilangan muddatning o‘tishi aniqlangan 
kamchiliklar to‘liq bartaraf etilgunga (etishmagan yoki tuzatilgan ma’lumotlar yoxud hujjatlar taqdim 
etilgunga) qadar, biroq ariza beruvchiga bildirishnoma yuborilgan kundan e’tiboran uch oydan ortiq 
bo‘lmagan muddatgacha to‘xtatib turiladi. 
12. Taqdim etilgan hujjatlar mazkur Qoidalar talablariga mos kelgan hollarda, Vazirlik ariza 
beruvchini uning arizasi qabul qilinganligi to‘g‘risida Axborot tizimi orqali xabardor etadi. Ariza 
to‘g‘risidagi ma’lumotlar qanday obyektga nisbatan topshirilganiga qarab, tegishli ixtirolar, foydali 
modellar, sanoat namunalari, o‘simlik navlari va hayvon zotlarining davlat reyestrlariga kiritiladi. 
13. Taqdim etilgan hujjatlar mazkur Qoidalar talablariga mos kelmagan, shuningdek 
aniqlangan kamchiliklar belgilangan muddatda to‘liq bartaraf etilmagan hollarda, Vazirlik ariza 
beruvchiga arizani qabul qilish rad etilgani to‘g‘risida asoslarini ko‘rsatgan holda bildirishnoma 
yuboradi. 
14. Rasmiy axborotnomada ariza to‘g‘risidagi quyidagi ma’lumotlar e’lon qilinadi: 
patent raqami; 
ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, o‘simliklarning yangi navi, hayvonlarning yangi 
zotining ro‘yxatga olingani to‘g‘risidagi ma’lumotlar e’lon qilingan rasmiy axborotnomaning soni va 
yili; 


Xalqaro 
patent 
klassifikatsiyasi 
(XPK) 

Sanoat 
namunalarining 
xalqaro 
klassifikatsiyasining (SNXK) indeksi (ixtiro, foydali model va sanoat namunasiga nisbatan 
ko‘rsatiladi); 
ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, o‘simliklarning yangi navi, hayvonlarning yangi 
zotining nomi; 
patent egasi; 
yozishma uchun manzil. 
15. Vazirlik ariza to‘g‘risidagi ma’lumotlar rasmiy axborotnomada e’lon qilingan kundan 
e’tiboran 3 kun muddatda ariza beruvchiga tegishli yozuv kiritilgan “Patentga ilova”ni yuboradi. 
Patent egasining ochiq litsenziyaga huquq berish haqidagi arizasini ko‘rib chiqish va ushbu ariza 
to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’lon qilish qoidalariga
ILOVA

Download 177.4 Kb.
1   2   3   4




Download 177.4 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-bob. Arizani ko‘rib chiqish va ariza to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’lon qilish

Download 177.4 Kb.
Pdf ko'rish