Pedagogik aksiologiya




Download 296,16 Kb.
bet2/59
Sana02.02.2024
Hajmi296,16 Kb.
#150387
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59
Bog'liq
Pedagogik-aksiologiya.Мардонов-Ш

SO‘Z BOSHI


Zamonaviy pedagogika fanining asosiy tendentsiyasi — uning shaxsni «anglash», o‘z dunyoqarashiga asoslanishga e’tibor qarat- ganligidir. Bu esa, zamonaviy pedagogik amaliyotning muhim jihatiga aylandi. Pedagogika va inson amaliyotida insonparvarlik an’analarining rivojlanishi, uning hayotiy faoliyat jarayonida o‘z oldiga qo‘ygan muhim vazifalarni o‘zida aks ettiradi.
Inson hayoti har doim bo‘lib o‘tgan voqealarni baholash, vazifalarni qo‘yish, izlash, xulosalar qabul qilish, dunyoqarash vaziyatiarida kechadi. Bunda uning atrof-muhit bilan munosabatlari ikkita farq bilan o‘zaro bog‘liq: amaliy va abstrakt-nazariy (bilish).
Bundan kelib chiqadiki, pedagogika metodologiyasi ta’lim falsafasiga haqiqiy insonparvarlikning mohiyati, borliqning yangilanishi va pedagogik bilish haqidagi nazariy qoidalar yig‘indisi sifatida qaraydi. Bunday metodologiyaga muvofiq, fanlarning, shu jumladan, pedagogikaning insonparvarlik mohiyatidan kelib chiqadigan vazifasi o‘zida insonga bilish, muloqot, ijod subyekti sifatida yondashishni aks ettiradi.
Bizga ma’lumki, ilmiy bilish, shuning barobarida pedagogik bilish, faqatgina ijodkorliknigina emas, ijtimoiy ehtiyojlarni to‘la qondirish maqsadini ham ro‘yobga chiqaradi. Nazariy va amaliy bilish orasidagi «ko‘prik» vazifasini aksiologik yoki qadriyat sifatidagi yondashuv bajaradi.
Aksiologiya (yun. «axio» - qadriyat va «logos» - fan, ta’limot)

  • qadriyatshunoslik; qadriyatlar haqidagi fan. XIX asrning ikkinchi yarmida nemis qadriyatshunosi E.Gartman va fransuz olimi P.Lapilar tomonidan fanga kiritilgan.

Aksiologik yondashuv insonparvarlik pedagogikasining uzviy o‘ziga xosligi bo‘lib, barcha odam unda jamoaviy rivojlanishning maqsadi va jamiyatning oliy qadriyati sifatida qaraladi. Shuning uchun aksiologiyaga (tabiiy qadriyatlar haqidagi (nazariy) falsafiy




nazariyalar) yangi ta’lim falsafasi sifatida va zamonaviy pedagogika metodologiyasiga uyg‘un tarzda qaraladi.
Aksiologik fikrlash markazida dunyodagi voqea-hodisalaming o‘zaro ta’siri va o‘zaro bog‘liqligi konseptsiyasi turadi. U tasdiqlaydiki, bizning dunyo - bu butun insoniyat dunyosi, shuning uchun umumiylikni ko‘ra bilish lozim, faqatgina insoniyatni birlashtirib qolmay, balki har bir alohida shaxsni tavsiflaydi. Insondan tashqaridagi ijtimoiy taraqqiyotni qarash - uning insonparvarlik poydevoridan alohida fikrlashi demakdir. Aynan, ana shunday tarzdagi fikrlash zamonaviy jamiyat taraqqiyoti global tendensiyada insonparvarlik kasb etadi, umuminsoniy qadriyatlami ma’qullashi uning mazmunini tashkil etadi.
Pedagogik aksiologiya asosida inson hayoti, tarbiya va ta’lim, pedagogik faoliyatning inson hayotidagi ahamiyatini tushunish va qaror toptirish yotadi. Ta’limni inson turmushi uchun asosiy qadriyat, deb asoslash pedagogik bilimlar taraqqiyotini barcha bosqichlarida o‘z o‘rniga ega. U o‘zaro aloqadorlik - jamiyat va inson o‘rtasida muhim ahamiyat kasb etadi. Aynan, ular ta’limning qadriyat statusini belgilab berishadi. Ta’limni insonparvarlashuvi g‘oyasi, pedagogikada aksiologik yondashuvni qo‘llash esa, o‘zida katta falsafiy-antropologik, ijtimoiy-siyosiy xususiyatni aks ettiradi.


4


I BO‘LIM


PEDAGOGIK aksiologiyaning mazmuni VA MOHIYATI


  1. bob. PEDAGOGIK AKSIOLOGIYA - PEDAGOGIKANING MUSTAQIL SOHASI SIFATIDA

Tayanch tushunchalar:
pedagogik aksiologiya, madaniy rivojlanish, ta’lim, qadriyat, mazmun, funktsiya.
Pedagogik aksiologiya tushunchasi. Bizning davrimizda ta’limiy qadriyatlar, ularning tabiati, funksiyalari, o‘zaro aloqadorligi haqidagi pedagogikaning yangi sohasi - pedagogik aksiologiya rivojlanib bormoqda. Chunki zamonaviy jamiyat ta’limni o‘quvchilaming bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashining maqsadga yo‘naltirilgan jarayoni va natijasi sifatida tushunishdan uzoqlashdi. Ta’lim bu insonda insoniylikni tarkib toptirishdir. Uning asl mohiyati ham ana shunda.
Ta’limning ma’naviyatni tarkib toptirishdagi ahamiyati uni qadriyatli bilimlarni uzatish va uning asosida insonda qadriyatli munosabat, qadriyatli xulq-atvorni shakllantirishda ekanligini o‘z vaqtida Aflotun ham ta’kidlab o‘tgan edi. U davlatning asosini qolgan barchasi unga bog‘liq bo‘lgan yagona birlik aks ettiradi, deb hisoblagan. Bunday asos - oliyjanoblikdir. Olim yuksak oliyjanoblik sifatida hech narsa yaxshilik va yomonlik haqida unday ma’lumot bera olmaydigan bilimni e’tirof etadi. Bilimda qanchalik oliyjanoblik o‘z ifodasini topganligini esa ta’lim jarayonida o‘rganish mumkin.
Pedagogik aksiologiya inson va ta’limni qadriyat deb e’tirof etgan holda, ta’limiy qadriyatlarni muhokama etuvchi hamda ta’limga aksiologik yondashuvni amalga oshiruvchi pedagogik bilimlar sohasidir.


5




Pedagogik aksiologiyaning predmeti, maqsad va vazifalari.
Pedagogik aksiologiyaning predmetini shaxsning aksiologik ongi, aksiologik munosabati, aksiologik xulq-atvorini shakllantirish tashkil etadi.
Aksiologik muammolarga doir nazariy manbalardagi qadriyat tushunchasining mohiyatini tahlil etish asosida pedagogik aksiologiya qadriyat tushunchasiga shaxs va jamiyat faoliyatida ideal namuna va yo‘nalishlami aks ettiruvchi individual va ijtimoiy ongni tashkil etuvchi maxsus ta’lim sifatida qaraydi. Alohida shaxs yoki jamiyat yaxlitlikda qadriyatlami uzatuvchisi sifatida qaraladi, nihoyasi esa, insonning xulq-atvori va xatti-harakatini rag‘batlaydi. Xulq-atvor va xatti-harakatlarning tavsifi shaxsning atrof-muhitga, o‘z-o‘ziga munosabati haqida guvohlik beradi.
Falsafadan farqli ravishda pedagogik aksiologiya «qadriyat» va ulami aksiologik ong, munosabat, xulq-atvor deb nomlash orqali «aksiologik» tushunchalarga alohida-alohida qaraydi.
Uni tashkil etish va boshqarishga qadriyatli yondashuvning zaruriyat ekanligidan kelib chiqib, uzluksiz ta’lim maqsadlarining o‘zgarishi pedagogik aksiologiyaning muhim vazifalari sifatida quyidagilarni aniqlashga imkon beradi:

  • qadriyatlar nazariyasi nuqtai nazaridan pedagogika nazariyasi va ta’lim amaliyotining tarixiy rivojini tahlil etish;

  • uning aksiologik yo‘nalganligini aks ettiruvchi ta’limning aksiologik asoslarini aniqlash;

  • milliy ta’lim mazmuni va rivojlanish strategiyasini aniqlashga doir aksiologik yondashuvni ishlab chiqish.

N.A.Astonovaning «Pedagogik aksiologiyaning kontseptual asoslari» maqolasida pedagogik aksiologiyaning predmeti sifatida shaxsning madaniy munosabatini rivojlantirish e’tirof etiladi. Maqolada qayd etilishicha, ana shu jihat bilan pedagogik aksiologiyaning funktsiyalari uning o‘ziga xosliklarini belgilashga imkon beradi. Quyida ularni ko‘rib o‘tamiz:

  • mazmunli muvofiqlik (ta’limning mazmunli va protsessual jihatlarini birlashtirganligi sababli, intellektual tashabbusni rag‘- batlantiradi) - fikriy jarayon, obyektni aktuallashtirish, aniq dalil va


6




isbotlami belgilash, axborotni tanqidiy mushohada etish, ma’no- mazmunini tushunish, shaxsiy fikrning o‘sishi;

  • baholovchi - pedagogik jarayon ishtirokchilarida borliq va ma’naviy hodisalami adekvat baholashni rivojlantirishni aks ettiradi;

  • yo‘naltirish funktsiyasi - «qadriyatlar ierarxiyasi»ning ma’lum parametrlari asosida shaxsiy, kasbiy tavsifning muhim qoidalarini aniqlash imkoniyatlari bilan bog‘liq;

  • me’yoriy (normativli) - pedagog va tarbiyachining aksiosferasining tarkibiy qismlari, o‘zida qadriyat tarzini aks ettiruvchi ulaming o‘zaro munosabatlari tizimini «qonuniy- lashtiradi»;

  • boshqaruvchilik - insonparvar mazmunga ega milliy va umuminsoniy qadriyatlar oqimidagi tizim subyektlari. ta’lim tizimi rivojlanishini yo‘naltiradi, ta’lim sohasidagi o‘zaro zaruriy harakatni hosil qiladi;

  • nazorat qiluvchi - madaniy-tarixiylik kontekstida qadriyatning rivoji, shaxsda qadriyatga yo‘nalganlikni shakllantirish imkonini beradi.

Pedagogik aksiologiyaning mazmuni. Pedagogik aksiolo- giyaning mazkur vazifa va funktsiyalari ilmiylik, amaliylik, tajriba birligini ifoda etuvchi pedagogik aksiologiya mazmunini ochib beradi.
Ilmiy jihat (aspekt) boshqa barcha ijtimoiy jarayonlarni aniqlab beruvchi, asosiy qadriyat sifatida ta’limni ko‘rib chiqish asosida ta’limiy qadriyatlarni o‘rganuvchi pedagogikaning yangi ilmiy yo‘nalishi - pedagogik aksiologiyaning muammolari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar o‘tkazishni talab etadi. Bu yerda asosiy vazifalardan biri sifatida aniq shart-sharoitlarni hisobga olgan holda, ta’limni qadriyatli bashoratlashni ilmiy asoslash aks etadi. Aksiologik bilimlami tizimlashtirish maqsadida pedagogikadagi qadriyatli merosni o‘rganish va pedagogik aksiologiyaning kategorial apparatini aniqlash ham kam bo‘lmagan vazifa hisoblanadi.
Amaliy jihat o‘quv rejalari va dasturlari tuzish, darslik va o‘quv qo‘llanmalami yaratish, didaktik va metodik materiallarni ishlab chiqish, ta’lim va tarbiya kontseptsiyasini yaratishda ta’lim


7




sohasi xodimlarining aksiologik bilimlardan foydalana olishini tahlil etadi.
Tajribaviy(praktik) jihat o‘quvchi, talaba, o‘qituvchilaming aksiologik ongi, munosabati, xulq-atvorini shakllantirish, ularni aksiologik yo‘nalganligini rivojlantirishga doir aniq muammolarini hal etishga qaratilgan ta’lim muassasalari faoliyatini o‘z ichiga oladi. Ulaming vazifasi hozirgi vaqtda pedagogik aksiologiya nimani taqozo etsa, shularning barchasidan mohirona foydalanishni o‘zida aks ettira olishdir.
Amaliy j'ihatni amalga oshirish to‘liq ravishda aksiologik yo‘nalganlikning nazariy asoslarini aniqlab beradigan ilmiy jihatni rivojlanganligiga va ta’lim sohasi barcha bo‘g‘inlari faoliyati yo‘nalganligini shakllantirilganligiga bog‘liq bo‘ladi.
Nazorat uchun savol va topshiriqlar

  1. «Pedagogik aksiologiya» tushunchasiga ta’rif bering.

  2. Pedagogik aksiologiya fanining predmetini nima tashkil etadi?

  3. Pedagogik aksiologiya fanining maqsad va vazifalarini tushuntirib bering.

  4. Pedagogik aksiologiya mazmuni qanday jihatlarni o‘zida aks ettiradi?

Mustaqil o‘qish uchun adabiyotlar

  1. Общая педагогика / Под. ред. В.А.Сластенина. В. 2ч. - М.: Владос, 2003. -ч.1.

  2. Сластенин В.А., Чижакова Г.И. Введение в педагоги­ческую аксиологию - М.: Академия, 2003.

  3. Чужакова Г.И. Лекции по педагогической аксиологии - Красноярск, 1999.

  4. Ходжаев Б., Бекмуродова М. Педагогик х,одисаларни урганишда аксио логик ёндашув: мазмун ва мохдяти. - »Личностно-ориентированное обучение и воспитание на


8




Tadqiqot
sohasi

Obyekti

Predmeti

Funktsiyalari


























  1. topshiriq. «Pedagogik aksiologiya fanini o‘rganishning zaruriyati shundaki...» mavzusiga asoslangan esse yozing.

Topshiriqni bajarish tartibi:

  1. Mazkur mavzu yuzasidan o‘z nuqtai nazaringizni bayon

eting.

  1. Nuqtai nazaringizni asoslash uchun dalillar kiriting.

  2. Mavzu yuzasidan aniq xulosalar chiqaring.

  1. topshiriq. Quyida keltirilgan fikrlarni pedagogik aksio­logiyaning qaysi funktsiyasiga tegishli ekanligiga qarab turkumlang:

  1. pedagogik jarayon ishtirokchilarida borliq va ma’naviy hodisalami adekvat baholashni rivojlantirish;

  2. «qadriyatlar ierarxiyasi»ning ma’lum parametrlari asosida shaxsiy, kasbiy tavsifning muhim qoidalarini aniqlash;


9




  1. insonparvar mazmunga ega milliy va umuminsoniy qadriyatlar oqimidagi tizim subyektlari, ta’lim tizimi rivojlanishi orientatsiyasi;

  2. pedagog va tarbiyachining aksiosferasining tarkibiy qismlari, o‘zida qadriyat tarzini aks ettiruvchi ulaming o‘zaro munosabatlari tizimini me’yoriy asoslarini aniqlashtirish.


10


  1. bob. PEDAGOGIK AKSIOLOGIYANING ASOSIY TUSHUNCHALARI



Download 296,16 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59




Download 296,16 Kb.