|
Bilimga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonining afzalliklari
|
bet | 6/59 | Sana | 02.02.2024 | Hajmi | 296,16 Kb. | | #150387 |
Bog'liq Pedagogik-aksiologiya.Мардонов-Ш
topshiriq. «Inteorizatsiya va eksteriorizatsiya haqida nimalami bilaman?» mavzusida besh daqiqa mobaynida o‘z fikrlaringizni daflarga yozing. 0‘ylagan fikrlaringizni hech qanday to‘xtovsiz bayon eting.
Erkin yozish ustida ishlashga doir ko‘rsatma:
Talabalardan besh daqiqa mobaynida, berilgan mavzu bo‘yicha o‘z fikrlarini yozish so‘raladi.
Besh daqiqa tugagach, vaqt tuganganligi ma’lum qilinadi. Biroq bir minut sukut saqlab turiladi. Chunki odatda eng yaxshi fikrlar inson tang holatda qolgan vaziyatda tug‘iladi.
Talabalardan ayrimlarining fikrlari tinglanadi. Uch-to‘rt talaba o‘z yozganlarini o‘qib bergach, o'qituvchi qolgan talabalardan aytilganlariga o‘xshamaydigan fikr kimda bo‘lsa bildirishlarini so‘raydi.
25
Ill bob. QADRIYAT G‘OYASI VA UNING UMUMIY AKSIOLOG1YADAGI RIVOJI
Tayanch tushunchalar: aksiologiya, qadriyat, ma’naviy qadriyatlar, moddiy qadriyatlar, siyosiy-huquqiy qadriyatlar, diniy qadriyatlar, umuminsoniy qadriyatlar, milliy qadriyatlar, badiiy qadriyatlar, aksiologik kontseptsiyalar, qadriyat manbalari.
Aksiologiya va qadriyat tushunchasi.Aksiologiya
falsafaning mustaqil sohalaridan biridir. Mazkur tushuncha adabiyotlarda turlicha talqin etiladi. Aksiologiya yunoncha so‘z bo‘lib, axio - qadriyat, logos - ta’limot, so‘z, ya’ni qadriyatlar haqidagi ta’limot ma’nosini bildiradi.
T.Frolova tahriri ostidagi falsafiy lug‘at(1986)da aksio- logiyaga qadriyatlar tabiatini falsafiy jihatdan tadqiq etish, deb ta’rif beriladi. Aksiologiya G‘arb falsafasida XIX asr oxiri - XX asming boshlarida umumiy «qadriyatlar muammosi»ning ba’zi murakkab masalalarini hal etishga urinish sifatida yuzaga keldi.
Qiyomiddin Nazarov umumiy tahriri ostidagi «Falsafa: qomusiy lug‘at»(2004)da «aksiologiya»ga aksiologik ong, qadrlash tuyg‘usi, aksiologik bilish, qadriyatli yondashuv va boshqalar asosida to'plangan qadriyatlar to‘g‘risidagi bilimlar sistemasi sifatida ta’rif berilgan.
V.E.Kemerov umumiy tahriri ostidagi zamonaviy falsafiy lug‘at(1998)da «aksiologiya» tushunchasi insonda kelajakka bo‘lgan o‘zining hayotiy intilishlari, mavjud hayot uchun mo‘ljalni ola bilish, o‘tmish, «boshqa», umumahamiyatlilikni oqlash yoki ayblashni qadriyatli loyihalash shakl va usullari haqidagi ta’limot sifatida ta’rif beriladi.
Aksiologiya tushunchasi qadriyat va qadriyatlar haqidagi ta’limotga qaraganda, keyinroq paydo bo‘lgan. Mazkur tushuncha XIX asrning 2-yarmida nemis qadriyatshunosi Eduard Gartman va
26
frantsuz olimi P.Lapilar tomonidan fanga kiritilganligini ta’kidlagan edik.
|
| |