|
Pedagogik aksiologiya
|
bet | 4/59 | Sana | 02.02.2024 | Hajmi | 296,16 Kb. | | #150387 |
Bog'liq Pedagogik-aksiologiya.Мардонов-ШQadriyatli ustanovka. Shaxsning o’zining ichki pozitsiyasini anglashi va aniq qadriyatlar bilan bog‘liqlikda faoliyatga tayyorgarlikning mavjudligi qadriyatli ustanovka sifatida aniqlanadi. Attitude (ustanovka, munosabat) atamasi aynan inson faoliyatining yo‘nalganligi ma’nosida birinchi marotaba U.Tomas va
Znanetskiy tomonidan qo’llanilgan. Ustanovka shaxsning aniq faoliyatga tayyorlik holatini aks ettiruvchi yo‘naltirilganlik tavsifini egallaydi. Unda kognitiv (bilim, axborot) va affektiv (emotsiya, hissiyot) tarkibiy qismlar namoyon bo‘ladi.
P~ ' JIZZAXT 'I
17 I i W № ifjj-J tl -
[ AXBOROT 4ESUKS MARKAZI
Qadriyatli ustanovka - shaxsning o‘z ichki pozitsiyasini anglashi va aniq qadriyatlar bilan bog‘liqlikda faoliyatga tayyorlik darajasi.
Qadriyatli yo‘nalganlik. Qadriyatli yo‘nalganlik u yoki bu qadriyatlarga yo‘nalganlik sifatida tavsiflanadi. Yo‘naltirish jarayonining quyidagi bir-biriga tutash fazalari aniqlangan: shaxsiy qadriyatlami o‘zlashtirish; o‘zlashtirilgan qadriyatlar asosida shaxsni o‘zgartirish; shaxsning o‘z-o‘zini loyihalay va o‘z-o‘zini bashorat qila olishi.
Qadriyatga yo‘nalganlik shaxs yo‘nalganligining mazmunli tomonini, uning borliqqa munosabatini aks ettiradi. Shu bilan birga, qadriyatli yo‘nalganlik subyekt uchun shaxsiy ahamiyatga ega ijtimoiy qadriyatlar bilan bog‘liqlikda atrcf-borliqqa subyektning bahosi sifatida qaraladi.
Qadriyatga yo‘nalganlik maqsadni ochib beradi, qiziqish, ehtiyoj, shaxsning e’tiqodini tavsiflovchi ideallami aks ettiradi.
Qadriyatli yondashuv qiyosiy jihatdan avtonom(alohida)dir, sababi qadriyatlar haqidagi tasavvur dunyoqarashlarga tayanadi. Biroq, shakllangandan so‘ng, ular o‘z ta’sirini ko‘rsatadi: qiziqish, ehtiyoj, faoliyat maqsadi, shaxs hayotiy faoliyati va ijtimoiy tuzilmalarning har tomonlama rivojlanishi. Ushbu mexanizm jamiyat hayoti va ta’limning ijtimoiy fenomen sifatida insonparvarlashishini shart qilib qo‘yadi. Qadriyatli yondashuvda faqatgina shaxsning tajribasigagina emas, balki birinchi navbatda, odamzot tomonidan to‘plangan tarixiy tajribalarga tayaniladi. Bu esa, ma’lum bir me’yor va mezonlar tizimi bo‘lib, har bir shaxs foydalanishi mumkin bo‘lgan madaniy faoliyat chegaralarini belgilab beradi.
Qadriyatli yondashuvlar ahloqiy ideallarda o‘z aksini topadi, bular esa shaxs faoliyatida maqsadli ravishda oliy ko‘rinish hosil qiladi. Ideallar o‘zida belgilangan maqsadlarni namoyish etib, bu dunyoqarashlar tizimining oliy qadriyatidir. Ular ko‘p pog‘onali haqiqatni ideallashtirish jarayonini nihoyasiga yetkazadi.
Qadriyatli yondashuvlarni ahloqiy ideallar sifatida tushunish ijtimoiylik va shaxsiylik o‘rtasidagi ziddiyatni kuchaytiradi. Yuzaga
18
kelgan ziddiyatda o‘z navbatida, biri boshqasining o‘miga qurbon bo‘ladi. Biroq insonparvar kishi ahloqiy ideal talablari asosida ishni amalga oshiradi. Ahloqiy ideallar, o‘z navbatida, shaxs rivojlanish darajasini yutuqlarini shartlaydiki, bu esa aynan insonparvar kishining o‘zligiga to‘g‘ri keladi. Ular insonparvarlik qadriyat- larining birligini o‘zida aks ettiradi, aynan jamiyat rivojlanishi ehtiyojining rivojlanayotgan shaxs ehtiyojlariga to‘g‘ri kelishidadir. Ularda shaxsning va jamiyatning ilg‘or qiziqishlari birligi uyg‘un ravishda namoyon bo‘ladi, sababi ular birgalikda insonparvarlik dunyoqarashining ijtimoiy funktsiyasini namoyon etishadi.
Ahloqiy ideallar butun umrga aniq bir etalon sifatida berib qo‘yilmagan. Ular rivojlanadi, namuna sifatida takomillashadi, shaxs rivojlanishi istiqbollarini aniqlaydi. Rivojlanish insonparvar ahloqiy ideallar sifatida xarakterlanib namoyon bo‘ladi, shuning uchun ham ular shaxs takomillashishi motivi sifatida namoyon boMishadi. Ideallarni tarixiy davr va avlod bog‘lab turadi, eng yaxshi insonparvarlik an’analarini vorisiylik bilan egallab olinadi va birinchi navbatda bu ta’lim orqali amalga oshadi.
Ahloqiy ideallar shaxs motivatsion-qadriyatli munosabatining oliy mezoni sifatida namoyon bo‘ladi. U shaxsni jamiyat oldidagi burchi, mas’uliyatini anglab yetishi bilan tavsiflanadi. Shaxs munosabati insonning atrof-muhitdagi narsa-hodisa va boshqa insonlar obyektiv aloqasiga yo‘naltiradi va shaxsning subyektiv pozitsiyasini u yoki bu subyektga nisbatan nisbiy, shu bilan birga uning ahamiyatliligini baholaydi. Shu ma’noda «munosabat» bir vaqtning o‘zida ikki holatda namoyon bo‘ladi: profsessual tavsif sifatida (baholash aktini qo‘shadi) va barqaror shaxs ta’limi, bu esa shaxsni insonparvarlik qadriyatiarini (qadriyatli yondashuv) tashuvchisi sifatida namoyon qiladi. Shaxs bu holda borliq haqiqati bilan aloqador faol faoliyat ko‘rsatuvchi sifatida namoyon bo‘ladi, u tanlash imkoniyatiga ega bo‘lgan va uning asosida o‘zining rivojlanadigan faoliyati tabiatini yo‘naltiruvchisidir. Munosabatlar muhit va shaxsning o‘zaro aloqasi orqali amalga oshiriladi va mazmun jihatdan shaxs yo‘nalganligini aniqlaydi, subyektivlikning asosiy fenomeni(qarashlar, motiv, ehtiyoj, baholash, hissiyot,
19
ko‘nikish, qadriyatli munosabat)ni o‘zaro bog‘laydi va muvofiq- lashtiradi.
Biroq shaxs munosabatlarida uning faqatgina subyektivligi emas, balki obyektiv berilgan mazmun ham aks etadi, sababi unda obyektiv maqsadlar taqdim etiladi. Shaxs munosabatlarining obyektiv lahzalari sifatida uning ijtimoiy mavqei yuzaga chiqadi, u esa o‘zida aloqalaming majmuaviyligini namoyon etadi, bular esa shaxslararo munosabatlaming referent tizimida va ijtimoiy ahamiyatli faoliyatda yuzaga keladi. Shaxs munosabati mazmuni motivlarning obyekti va predmeti (qadriyatlari) bo‘la oladi, ular esa uning ongida o‘ziga xos ijtimoiy mavqeda namoyon bo‘ladi.
Jamiyat me’yor, talab, ideal, madaniy qadriyatlar shaxs tomonidan yakka va tanlangan holda qabul qilinadi va o‘zlashtiriladi. Shaxs qadriyatli munosabati shuning uchun ham har doim ham jamiyat tomonidan qabul qilingan va e’tirof etiladigan qadriyatlarga mos kelmaydi. Jamiyat qadriyatlari qachon stimul va faoliyat ko‘rsatishga uyg‘otuvchi kuch bo‘ladi, qachonki, inson tomonidan ongli ravishda qabul qilinsa va o‘zlashtirilsa hamda uning shaxsiy qadriyati, da’vati, ideali, maqsadiga mos kelsagina, maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Insonning shaxs sifatida shakllanishi insonparvarlik qadriyatlari tizimini o‘zlashtirishni nazarda tutadi, u esa o‘zida inson- parvarlik madaniyati asoslarini aks ettiradi. Ushbu qadriyatlami ta’lim jarayoniga joriy etish masalasi o‘zida katta ijtimoiy ahamiyatni ifoda etadi. Uning muvaffaqiyatli yechimi ko‘p hollarda ta’limning insonparvarlashishiga bog‘liqdir. Uning mazmuni shun- dan iboratki, shaxs tomonidan ongli ravishda madaniy qadriyatlar tanlovini ta’minlash va uning negizida mustahkam, inkor etmay- digan, insonparvar qadriyatli munosabatlar individual tizimini shakllantirishdir.
Qadriyatli mazmunga ega ta’limda shaxsning xulq-atvori mo‘ljalga olinadi, ular.esa uning insonparvarlikka yo‘nalganligini aniqlaydi va qadriyatli baholash asosi sifatida namoyon bo‘ladi. Dunyoqarash shaxs qadriyatli munosabatining kontseptual interpretatsiyasi konteksti sifatida maydonga chiqadi, imperativ
20
xulq-atvor - me’yor sifatida, qadriyatli munosabat - u yoki bu tizimga invariant sifatida namoyon bo‘ladi. Aynan mana shunday ko‘rinishda dunyoni bilish aksi va qadriyatli munosabat ma’naviy boshqarilishi ham yo‘naltiriladi hamda mazmunan shaxs faoliyati va xulq-atvorini tashkllashtiradi.
Shuning uchun tarbiya ijtimoiy-tashkillashtirilgan umumin- soniy qadriyatlar interiorizatsiyasi jarayoni sifatida ko‘rilishi mumkin. Hayotda esa qadriyat shaxsni faol faoliyatga, o‘z-o‘zini tarbiyalash va o‘z-o‘zini rivojlantirishga yonaltirishi uchun, insonning ongli ravishda tushunib yetishi hali kamdir. Qadriyat faoliyat motivini uyg‘otuvchi kuch sifatida qachonki, shaxs tomonidan interiorizatsiyalansa, ichki mavjudlikni zarur lahzalarini taqdim etsa, inson o‘z faoliyati maqsadini aniq shakllantira olsa, uning insonparvarlik ma’nosini ko‘ra olsa, maqsadlami amalga oshirishning samarali vositalarini topsa, to‘g‘ri va o‘z vaqtidagi nazorat, o‘z xatti-harakatini tuzata olsa va baholay olgandagina, aniq namoyon bo‘ladi.
U yoki bu qadriyat qachonki tashkillashtirish, obyekt tanlash va sharoit yaratish, maqsadli faoliyat amalga oshirilsa va u esa shaxs tomonidan baholash va o‘zlashtirish zaruriyatini uyg‘otsagina, shaxs ehtiyoj obyektiga aylanadi. Demak, ma’naviy qadriyatlar qachonki, tarbiya ulaming interiorizatsiyasi jarayoni sifatida tashkillashtirilsa, inson ehtiyoji obyektiga aylanadi.
Interiorizatsiya umuminsoniy qadriyatlaming shaxs oliy psixik funktsiyasiga aylanishiga olib keladi. Shaxs rivojlanishi mada- niyatining istalgan funktsiyasi ham interpsixik va interapsixik ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. Shu bilan birga interiorizatsiya eksteriorizatsiya bilan birga amalga oshiriladi - muhitni yangi obyektlami yaratish yo‘li bilan ijodiy o‘zgartirishdir. Oxirgisi yordamida ehtiyoj lami yaratish amalga oshiriladi, u esa shaxs aksiologik munosabati motivatsiyasi asosini tashkil qiladi.
Interiorizatsiyaning psixologik mexanizmi shaxs ma’naviy ehtiyoj lari dinamikasini tushunishga imkon beradi. Ma’lum bir sharoitda shaxs tomonidan amalga oshiriladigan faoliyat, yangi obyektlami yaratadi, ular esa yangi ehtiyojlami keltirib chiqaradi.
21
Bu chizmada quyidagicha ko‘rinishga egadir, 1,2,3,4 va h.k. raqamlarda ma’lum bir omillar (shart-sharoit, tamoyil, mazmun, metodlar)ni tashkiliy faoliyati taqdim etilgan. Masalan, uni tashkil etishning individual-ijodiy yondashuv tamoyili. Obyekt sifatida (01) g‘oyalar bo‘lishi, san’at asarlari, faoliyatni amalga oshirish usul va metodlari. Subyekt va obyekt o‘rtasidagi aloqa esa, ikki tomonlama tavsifga ega: interiorizatsiya va eksteriorizatsiya. U subyektda ehtiyojni (E 1) tug‘diradi, u esa o‘z navbatida subyektni yangi obyektga (O 2) yo‘naltiradi, yangi ehtiyoj kelib chiqadi (E 2). Bu esa cheksiz ravishda davom etadi (2-rasm).
Agar «o‘qituvchi-o‘quvchi» pedagogik tizimiga tarbiyachining faoliyatini boshqarish uchun ma’lum bir omillami olib kirsak, u ma’naviy ehtiyojlami shakllanishining kengaygan sharoitlarida mavjud bo‘ladi. Talaba kelajakdagi faoliyatini o‘zining ichki xatti- harakatini joy-joyiga qo‘yib, uni ijtimoiy talablarga mos ravishda bashorat qiladi va ichki holatiga transformatsiyalaydi. Tanlab olingan obyekt (O) ehtiyojlar (E)ga aylanadi, ya’ni interiorizatsiya mexanizmi ishga tushadi.
Umuminsoniy qadriyatlarning shaxs tomonidan interiori- zatsiyalanishi, aynan o‘quvchilar tomonidan baholash faoliyatini amalga oshirish jarayonida unga jamiyat etalonlari va belgilangan vazifaga muvofiq yangi faoliyatni loyihalashga yordam beradi. Faoliyatning yangi obyekti (Ol) yangi ehtiyojga (E 2)ga aylanadi - eksteriorizatsiya amalga oshadi, ya’ni ro‘y beradi. Ushbu jarayonning o‘ziga xos xususiyati va tavsifi, bu yerdagi o‘ziga xos faoliyat shaklida inkomi inkor qonuni ko‘zga tashlanadi: ya’ni bir ehtiyoj ikkinchisini inkor etadi.
U yoki bu ko‘rinishdagi faoliyatni baholash va egallashda aynan ehtiyojlami qondirish bilan bog‘liq xatti-harakat, yangi obyektlami yaratadi, u esa yangi, sifat jihatidan ancha murakkab ehtiyojlami keltirib chiqaradi va alohida motivatsion-qadriyatli munosabat darajasini tavsiflaydi. ^
Shaxs tomonidan interiorizatsiya va qabul qilish, u tomonidan umuminsoniy qadriyatlarni hamda shaxsiy o‘zining qadriyatli munosabatini «ichki reja» sifatida ishlab chiqish faqatgina anglash
22
(kognitiv) bosqichida amalga oshirilmaydi. Ushbu jarayonda hissiyotlar muhim rol o‘ynaydi. Interiorizatsiya jarayonining hissiyotga boy tabiati ko'pgina tadqiqotlarda o‘z isbotini topgan. Ularda ko‘rsatilishicha, ijtimoiy qadriyatlar faqatgina ong bilan, oqilona fikrlash bilan emas, balki birinchi navbatda hissiyot bilan qabul qilinadi. Xattoki, ijtimoiy ahamiyatli ekanligini tushunish faqatgina «kuzatilmaydi», balki hissiyot bilan «bezaladi».
Hissiyotlarning qatnashishi ushbu tushunchani shaxs tomonidan nafaqat real ravishda qabul qilinishini, balki oddiygina tushunishini belgilamaydi. Shuning uchun, qadriyatlar interio- rizatsiyasi kognitiv va hissiy, ratsional va amaliy (faoliyatga tayyorligi), ijtimoiy va shaxsdagi individuallikning dialektik birligini hisobga olinishini talab etadi.
|
| |