|
Pedagogik aksiologiya
|
bet | 3/59 | Sana | 02.02.2024 | Hajmi | 296,16 Kb. | | #150387 |
Bog'liq Pedagogik-aksiologiya.Мардонов-ШTayanch tushunchalar: aksiologik ong, aksiologik dunyoqarash, aksiologik yondashuv, aksiologik baholash, aksiologik munosabat, qadriyatli xulq-atvor, qadriyatli ustanovka.
Pedagogik aksiologiyaning asosiy tushunchalari qatoriga quyidagilar kiradi: qadriyat, aksiologik ong, aksiologik dunyoqarash, aksiologik baholash, aksiologik munosabat, qadriyatli xulq- atvor, qadriyatli ustanovka, aksiologik yo‘nalganlik, ta’lim, tarbiya.
Qadriyatlar qachonki, insonda aksiologik ong, aksiologik munosabat va ustanovkalar shakllantirilgan sharoitdagina, uning faoliyati va xulq-atvorini moijalga olishga imkon beradi. Aksiologik yo‘nalganlik yaxlitlikda shaxsning faoliyat va xulq- atvordagi aniq qadriyatlarga yo‘nalganligini aks ettiradi, har bir aniq vaziyatlarda esa shaxs qadriyatli ong va qadriyatli munosabatlarga rahbarlik qiladi.
Aksiologik ong. «Ong», «munosabat», «xulq-atvor» kategoriyalarini psixologiya va falsafa o‘rganadi. Ijtimoiy ong, ijtimoiy xulq-atvorni shakllantirish metodlarini esa pedagogika aniqlab beradi.
Falsafada ong odatiy usullar bilan tushuntirish va tadqiq etish mumkin bo‘lmagan muhim obyekt sifatida qaraladi. Ong biologik substantsiyani aks ettirmaydi; u insonga hayotiy faoliyatni jismu joni doirasida amalga oshirishga imkon beradi; bevosita aloqasiz xilma-xil faoliyat turlariga kirishish, odamlar, madaniy qadriyatlar bilan o‘zaro harakatida yuzaga chiqadi. Ya’ni, ong tufayli inson nafaqat aniq, balki mavhum muhitda ham yashay oladi.
Keng ma’noda «ong» inson hayotining muammosi va ijtimoiy jarayonlarning muammoliligini aks ettirish usullari sifatida izohlanadi.
11
f
Aniqroq qilib aytganda esa, ong deganda faqat insonga xos obyektiv borliqni aks ettirishning oliy shakli; uning dunyoga va o‘z- o‘ziga munosabat usuli; insonning obyektiv dunyo va shaxsiy hayoti mazmunini anglashida faol ishtirok etuvchi psixik jarayonlar birligi tushuniladi. .
Inson falsafada ong tashuvchisi sifatida qaraladi. Inson hayotining maqsadi shaxsiy ongni yaratish, ya’ni o‘z dunyosini anglashni aks ettiradi. Ong o‘zida yuksak qadriyatni aks ettiradi. «Ong» tushunchasi (lotinchadan tarjima qilinganda conscire - bilish, xabardor bo’lish degani) ongsiz va ong osti holatdan farqli ravishda, o‘zida ruhning o‘mini anglash uchun qo‘llaniladi.
Falsafada ijtimoiy ong va individ ongi farqlanadi. Ijtimoiy ong deganda, uning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy hayotini aks ettiruvchi jamiyat rivojining ma’naviy natijasi tushuniladi. Individ ongi esa, o‘zida uning ichki ma’naviy dunyosini aks ettiradi. Bundan tashqari, u individning o‘zidagi ijtimoiy aloqalami ham qayd etadi (soznanie)
Aksiologik ong - axloqiy-ma’naviy tarzda o‘z hayotiy faoliyati sohasi subyektlarini aniqlashga imkon beruvchi obyektiv borliqni aks ettirish shakli; ma’naviy qadriyatlar dunyosi sifatida borliqni aks ettirish asosida insonda dunyoni va o‘zining shaxsiy dunyosini anglashida faol ishtirok etuvchi psixik jarayonlar birligi.
Aksiologik ong ijtimoiy ongning maxsus shakli bo‘lib, pedagogik voqelik va hayotni qadrlash tuyg‘usi asosida o‘ziga xos tarzda aks etadi. Unga asoslangan munosabat, yondashuv, amaliyot va faoliyat ham boshqalardan farq qiladi.
Aksiologik ong o‘z navbatida aksiologik hissiyot, idrok, qadrlash tuyg'usi, aksiologik kechinmalar, qadriyat mazmunini ifodalaydigan tushuncha, xulq-atvor va tafakkur bilan uzviy bog‘liq. Kimdadir aksiologik idrok va qadrlash tuyg‘usi boshqalardan ko‘ra kuchli bo‘lsa, uning qalbida qadrlash tuyg‘usi bilan bog‘liq hissiyot ko‘proq namoyon bo‘lishi mumkin. Bunday kishida muayyan qadriyatni qadrlash bilan bog‘liq mas’uliyat va unga asoslangan faoliyat ham boshqalarga qaraganda yaqqolroq ko‘zga tashlanib turishi tabiiy.
12
Aksiologik bilishda qadrlash tuyg‘usi va aksiologik idrok muhim ahamiyat kasb etadi. «Qadrlash tuyg‘usi» aksiologik ongning eng asosiy komponentlaridan biri bo‘lib, tabiiy va ijtimoiy hodisalarning qadrini anglash, zavq olish, lazzatlanish, mas’uliyat hissini sezish kabilarda namoyon boMadigan tushunchadir. Olam va odam o‘z ahamiyati bilan qadrlidir. Olamdagi voqea, hodisa va jarayonlar odamlar uchun qadrlash tuyg‘usini uyg‘otuvchi asosdir.
Shu ma’noda, obyektiv voqelikka, uning namoyon bo'lish shakllari, ko‘rinishlariga bevosita va bilvosita bog‘liq bo‘lmagan qadrlash tuyg‘usi hamda uning mutlaq subyektiv xususiyat ekanini e’tirof etish qiyin. Zero, qadrlash uchun qadrlanadigan «nimadir», ya’ni moddiylik yoki ma’naviylik bo‘lmog‘i, qadrlash tuyg‘usini uyg‘otish uchun esa ana shu tuyg‘uning vujudga kelishi uchun sabab boMadigan «obyekt» bo‘lmog‘i lozim. Shu ma’noda, olam, odam va hayot deb atalmish serqirra ma’volar qadrlash tuyg‘usini shakllantiradigan asosiy mezonlardir.
Aksiologik dunyoqarash - ijtimoiy dunyoqarashning o‘ziga xos tarkibiy qismlaridan biri sifatida, kishilaming voqelikka qadriyatli munosabati va faoliyatining yo‘nalishini belgilaydigan aksiologik qarashlar, tamoyil va maslaklar majmuasi. Dunyoqarashning aksiologik shakli qadriyatli yondashuv, aksiologik munosabat, aksiologik baholash kabilami qamrab oladi.
Aksiologik yondashuv. Pedagogik voqelikni o‘rganishda ilmiy bilishning boshqa usullari bilan birga aksiologik yondashuv ham katta ahamiyat kasb etadi. Ilmiy bilishda olam, undagi narsa, voqea, hodisa va boshqalar qadriyatning inson ongida aks etishi, qadriyatni anglashning reallikka mos kelish qonunlari, daraja va imkoniyatlari, uning me’yor va mezonlarini aniqlash nihoyatda muhim.
Bunga umumiy bilish nazariyasi (gnoseologiya) bilan bir qatorda ijtimoiy va tabiiy fanlaming ma’lumotlariga, ayniqsa, valeologik va aqliy faoliyatning dalillariga, mantiq, tilshunoslik kabi fanlaming yutuqlariga tayaniladi. Qadriyatlami anglash, o‘rganishda hissiy va aqliy bilishning uyg'unligi, hukm, xulosalaming tushuncha, atama va belgilami umumlashtirishi, tabiiy va ijtimoiy
13
voqelikdagi aksiologik jarayonlarni tahlil qilish, ularga tayanib amaliy faoliyat yuritish bir-biri bilan bog‘liq uzviy jarayonni anglatadi.
Pedagogik hodisalarga ijtimoiy-sotsiologik yondashilganda voqea va jarayonlar orasidagi o‘zaro bog’liqlik, tarixiy aloqadorlik, sabab va oqibat bog‘lanishining ifodasi bo‘lgan uzluksizlikning ahamiyati ortadi. Bunday yondashuv qadriyatlarga, ular bilan bog‘liq jarayonlarga nisbatan qo’l lan Uganda ijobiy ilmiy va amaliy natija beradi.
Bunda pedagogik qadriyatlar tartibsiz namoyon bo‘ladigan va bir-biri bilan bog‘lanmagan ijtimoiy hodisa sifatida emas, balki u yoki bu davr, ijtimoiy subyekt va boshqalar bilan bog‘langan aksiologik tizimlar hamda ularning elementlari sifatida namoyon bo‘ladi. Qadriyatlarga bunday yondashishda ijtimoiy fanlaming yutuqlari, tarix, etnografiya, demografiya va sotsiologik tadqiqot- larning natijalariga tayanish yaxshi natija beradi.
Ammo qadriyatlarni o‘rganishda faqat ana shular bilan chegaralanib qolish yaramaydi. Balki reallik, uning namoyon boMish shakllari, voqea-hodisa va jarayonlaming qadri, ijtimoiy ahamiyatini anglash ham nihoyatda muhim. Bunda ularning ijtimoiy funktsiyalari, o‘ziga xos tashqi ta’sirni anglash katta ahamiyat kasb etadi. Faqat aksiologik yondashuv asosida qadriyatlaming ilmiy kategoriya sifatidagi mohiyati, boshqa tushunchalardan farqi, obyektiv asoslari va subyektiv anglab olinishi, namoyon boMish shakllari haqida to‘g‘ri ma’lumotlar olish mumkin.
Bunda narsa, voqea-hodisalar, kishilar va ularning faoliyatiga qadr hamda qadrlanish darajasi nuqtai nazaridan qaraladi. Mazkur qarashda foydalilik, qiymat va ularni ifodalaydigan iqtisodiy baho emas, balki qadrning ahamiyati asosiy o‘rin tutadi. Bunda qadr va baho bir-biriga mos kelmaydigan, narsa yoki obyektning qadri uning iqtisodiy qiymatidan bir necha marta salmoqliroq bo‘lishi ham mumkin bo‘lgan hollar ko‘p uchraydi. Masalaning bu jihatini o‘rganish axloqshunoslik, estetika, huquqshunoslik, madaniyat- shunoslik, siyosatshunoslikning dalillari va ma’naviyatning ijtimoiy qirralariga tayanadi. Bunda, ayniqsa, iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy
14
faoliyat va jarayonlaming jamiyat hamda ijtimoiy subyektlar uchun ahamiyati, hayotning turli qirralarini aks ettiradigan muammolar hamda ularning yechimlarini ifodalaydigan qarashlar, g‘oyalar, ta’limotlar, talab va ehtiyojlarning real jarayonlar uchun qadr- qimmatini aniqlash katta ahamiyat kasb etadi.
Demak, olamni o‘rganish va voqelikning qonuniyatlarini tavsiflashda gnoseologik, sotsiologik va aksiologik yondashuv- laming uyg‘unligi, zarur bo'lganda ulardan foydalanishda kompleks munosabat lozim. Koinotdagi hodisalaming sayyoramiz hayotiga, Yer yuzida ro‘y berayotgan jarayonlaming odamlar umri va turmush tarziga ta’siri, ekologik halokat va urush xavfi natijasida insoniyatni saqlab qolish ehtiyojlari, odam zoti va tiriklikning eng qadrli ma’volar sifatidagi ahamiyatini to‘g‘ri anglash uchun aksiologik yondashuvga tayangan ma’qul.
Aksiologik munosabat. Falsafada munosabat deganda, undagi yashirin xususiyatlami aniqlash va amalga oshirish sharti sifatida hayotiy narsa-hodisalarga aloqadorlik usuli tushuniladi. Munosabat narsada aks etmaydi va narsalaming xususiyatlarini ham aks ettirmaydi, u nimanidir qilishda ishtirok etish shakli sifatida, nimanidir ahamiyatini ochib beradi. Munosabat ikkinchisi uchun birinchisining ahamiyatini tavsiflovchi narsa-hodisalar va subyekt orasidagi aloqalami ko‘rsatib beradi. Falsafada «qadriyat» tushunchasi «ahamiyat» tushunchasi bilan yaqin. Qachonki, subyekt obyekt bilan harakatga kirishganda, inson faoliyatining moddiy va ma’naviy dunyosini qamrab olganda obyektning yoki uning xususiyatlarining aniq ahamiyati namoyon bo‘ladi. Faqat faoliyat- dagina qadriyat o‘zining muhim mavjudlik maqomini oladi.
Aksiologik munosabat - shaxsiy va ijtimoiy ahamiyat- lilikning o‘zaro aloqadorligini aks ettiruvchi shaxsning ichki pozitsiyasi.
Olamda aksiologik munosabat shakllanishi har bir kishining yetuk inson sifatida voyaga yetishi jarayonining tarkibiy qismidir. Kishi kamolot sari borar ekan, o‘zi, o‘zgalar, tashqi muhit, olam, umr, vaqt, davr va boshqalarning haqiqiy qadrini anglayveradi. Bu foniy dunyoning o‘tkinchiligi, umr mazmuni, yashashning maqsadi,
15
olamning abadiyligi qarshisidagi lahzalar qadriga yetishni o‘rgana boradi. Bu esa mazkur kishida aksiologik munosabat shakllanishining shaxsiy jarayonini anglatadi.
Aksiologik munosabat faqat yakka, alohida shaxsgagina tegishli hodisa emas. Balki u ijtimoiy guruh, qatlam, millat, davlat, jamiyatga ham tegishli bo‘lishi mumkin. Shu ma’noda, aksiologik yondashuv va qadriyatli munosabatning individual hamda ijtimoiy namoyon bo‘lish darajalarining alohida, xususiy va umumiy shakllarini ajratib ko‘rsatish mumkin.
Aksiologik baholash. Voqelikka, undagi narsa va hodisalarga nisbatan qadriyatli munosabat hamda ulami qadrlash tuyg‘usi asosida shakllangan hukm va xulosalar aksiologik bahoda aks etadi. Aksiologik baho iqtisodiy qiymatdan farq qiladi, unda qadrlash tuyg‘usi asosiy ahamiyat kasb etadi. Shu nuqtai nazardan olganda, aksiologik baholash narsa, hodisa yoki jarayonning iqtisodiy qiymatini, foydaliligini belgilash orqali emas, balki uning subyekt ma’naviy olami uchun qanday ahamiyat kasb etishini aniqlash orqali amalga oshadi.
Ikkinchi tomondan esa, aksiologik baholashni narsa va voqealaming iqtisodiy qiymati bilan mutlaqo aloqasi yo‘q, deb bo‘lmaydi. Aslida, voqelikni namoyon bo‘lish shakllarining iqtisodiy qiymatini aniqlash, ularning ijtimoiy zarurligini, keraklilik darajasini belgilash, ularga axloqiy-estetik yondashish va aksiologik baholash bir-biri bilan uzviy bog‘ langan hodisalardir.
Pedagogik voqelikni aksiologik baholash istalgan ijtimoiy voqelikni baholashdan o‘ziga xos jihati bilan farq qiladi. Bunda ta’limning maqsadi, mazmuni, pedagogika nazariyasi va amaliyotining so‘nggi yutuqlari kabilar e’tiborga olinadi, voqelikni baholash va unga nisbatan munosabatni tahlil qilganda ta’lim oluvchi shaxsiga qadriyat nuqtai nazaridan yondashuv ustuvor boMadi.
Muayyan pedagogik hodisaga aksiologik yondashuv asosida baho berilganida uning muayyan bir davrda ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishdagi ahamiyati, qadr-qimmati nuqtai nazaridan ajralib turishi, o‘ziga xosligiga e’tibor beriladi. Bunda
16
mazkur davming yutuqlari, pedagogik fikrlar taraqqiyotidagi hissasi, ulaming keyingi davrlar uchun qay darajada qadrli bo‘lgani hisobga olinadi. Bu ayniqsa, pedagogik fikrlar, nazariya va yondashuvlarga aksiologik baho berganda yaqqol ko‘rinadi.
Pedagogik jarayonni aksiologik baholashda nafaqat o‘quvchining iqtidori, qobiliyati, iste’dodi, uning bilish imk- oniyatlari, balki «noyob hodisa (fenomen)» sifatida qarash ustuvor bo‘ladi. Bunda quyidagi4ar e’tirof etiladi:
shaxs pedagogik jarayonning obyekti emas, subyekti sifatida aks etadi;
. - shaxs - qandaydir tashqi maqsadlarga erishish vositasi emas, ta’lim tizimi maqsadi;
har bir ta’lim oluvchi qobiliyatli, ко‘plab ta’lim oluvchilar iqtidorli;
shaxsning muhim sifatlari sifatida yuksak axloqiy qadriyatlar (yaxshilik, sevgi, mehnatsevarlik, vijdon, qadr-qimmat, fuqarolik va boshqalar) aks etadi;
pedagogik muhabbat, ta’lim oluvchilar taqdiriga qiziqish bilan qarash;
ta’lim oluvchiga yuksak ishonch bilan qarash;
hamkorlik, muloqot mahorati;
to‘g‘ridan-to‘g‘ri majburlashdan voz kechish;
ijobiy rag‘batlantirishning muhimligi;
ta’lim oluvchi shaxsiga ta’lim subyekti, faollik va erkin tanlash sohibi sifatidagi munosabat.
|
| |