Pedagogik aksiologiya




Download 296,16 Kb.
bet7/59
Sana02.02.2024
Hajmi296,16 Kb.
#150387
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   59
Bog'liq
Pedagogik-aksiologiya.Мардонов-Ш

Qadriyat tushunchasi maxsus falsafiy lug‘atda XIX asming 60-yillarida paydo bo'lganligi ta’kidlab o‘tilgan. Falsafiy lug‘atning 5-jildida qadriyatga quyidagicha ta’rif berilgan: «Qadriyat falsafiy va sotsiologik tushuncha. U birinchidan, bir obyektning ijobiy va salbiy qimmatini, ikkinchidan, ijtimoiy ongning normativ belgilov- chi-baholovchi jihati (subyektiv qadriyatlar yoki ong qadriyatlari)ni ifoda etadi».
Qadriyatlar va ijtimoiy taraqqiyot» nomli ilmiy ishlar to‘plamida «Qadriyat deyilganda, inson va insoniyat uchun ahamiyatli bo‘lgan millat, elat va ijtimoiy guruhlarning manfaatlari va maqsadlariga xizmat qiladigan va shu tufayli ular tomonidan baholanib, qadrlanadigan tabiat va jamiyat ne’matlari hodisalari majmuini tushunmog‘imiz lozim», deb ta’kidlab o‘tilgan.
«Mustaqillik izohli ilmiy-ommabop lug‘at»da, «Qadriyatlar - jamiyatda kishilar o‘rtasida obro‘ga, e’tiborga, hurmatga, nufuzga, ahamiyatga ega kishilar, munosabatlar, holatlar, moddiy narsalar va ma’naviy boyliklar majmuasi» degan ta’rif berilgan.
Qiyomiddin Nazarov umumiy tahriri ostidagi «Falsafa: qomusiy lug‘at» (2004)da yana «Qadriyat - voqelikdagi muayyan hodisalaming, umuminsoniy, ijtimoiy-axloqiy, madaniy-ma’naviy ahamiyatini ko‘rsatish uchun qo'llaniladigan falsafiy-sotsiologik va aksiologik tushuncha», deb ta’rif berilgan.
O.Tohirov, B.Ochilovalaming ta’kidlashicha, «Qadriyat - bu tabiiy va ijtimoiy hayotda namoyon bo'ladigan, kishilar qadrlaydigan va ular uchun manfaatli, foydali, ijobiy ahamiyatli tabiiy, individual va ijtimoiy ehtiyojni qondirishga xizmat qiladigan, moddiy-iqtisodiy, madaniy-ma’naviy, mafkuraviy va siyosiy omillar yig’indisidir».
«Qadriyatlar, - deb yozadi O.Musurmonova, - inson tomonidan qadrlanadigan narsalardan iborat bo‘lib, kishilarning talabi, xohishi, qiziqishi va maqsadi asosida o‘zaro munosabat, o‘zaro ta’sir (atrof-muhit bilan, insonlar bilan) natijasida dunyoga keladigan holatdir».


4


27




Siyosatshunos olim N.Jo‘raevning ta’kidlashicha, «Qadriyat deyilganda, inson va insoniyat uchun ahamiyatli bo‘lgan millat, elat va ijtimoiy guruhlaming manfaatlari va maqsadlariga xizmat qiladigan tabiat va jamiyat hodisalari majmui tushunilishi lozim».
Qadriyat tushunchasining kelib chiqishi shuni ko‘rastadiki, unda uch asosiy belgi birlashadi: narsa va hodisalami baholashga doir insonning amaliy va emotsional munosabatini ta’riflash; insonning psixologik tavsifini aniqlovchi axloqiy kategoriyalami tavsif etish; odamlar orasidagi munosabatlami xarakterlovchi ijtimoiy hodisalami ta’riflash.
«Qadriyat» tushunchasining rivoji shartli ravishda qadriyat- larning turli ko‘rinish(iqtisodiy, psixologik, axloqiy, estetik, bilishga oid, ijtimoiy)larini ajratib ko‘rsatish, inson tabiati, uning bilishga intilish mexanizmlarini anglab yetish, bilish faoliyatining harakat- lantiruvchi kuchlarini aniqlashga imkon beradi.
Ilmiy-pedagogik va falsafiy adabiyotlarda qadriyatlami umumlashtirgan tarzda quyidagi o‘n bir guruhga tasnif etilgan:

  1. Ma’naviy qadriyatlar shaxsni axloqiy shakllantirishning asosiy omili bo‘lib, ular ilmiy-texnikaviy va intellektual, maorif, ta’lim-tarbiya, tibbiy xizmat, milliy meros, turli shakllarda namoyon bo‘ladigan madaniyat durdonalari, til, adabiyot, san’at, xalq hunarmandchiligi mahsulotlari, noyob tarixiy va madaniy arxitektura va hokazolar hisoblanadi. Shuningdek, o‘zbek xalqining milliy an’analari, bayramlari, udum va odatlari, 0‘zbekistonda o‘tgan mutafakkirlarning ma’naviy merosi, yozma asarlar, rivoyat va afsonalar, muqaddas joylar, tarixiy yodgorliklar, musiqa va qo‘shiqlari, cholg‘u asboblari, o‘yinlari, dehqonchilik va hunar- mandchilik kabilar ma’naviy qadriyatlaming asosini tashkil etadi. Ular kishilaming bir-birlariga, vatanga, oilasiga bo‘lgan munosa- batidagi axloq xulq-atvorida, odob va xatti-harakatida namoyon bo‘ladi.

  2. Milliy qadriyatlar - millat shaxsining tili, tarixi, urf- odatlari, an’analarida namoyon bo‘ladi. Milliy qadriyatlar negizida «millat», «o‘zbek» degan so‘zlar o‘z ifodasini topgan. «Millat» so‘zi arab tilida quyidagi uch ma’noni anglatadi. Birinchidan-


28




mazhab; ikkinchisi -ummat; uchinchisi -xalq, qavm. Millat so‘zi Qur’oni karimda ham qo‘llanilgan. Qur’onda har bir millat vakili o‘z milliy qadriyatlarini rivojlantirishi sababli o‘z millatidan, qavmidan kechib boshqa millatga o‘tib olish gunoh deb ta’riflangan. Yevropa adabiyotida qo‘llaniladigan «Naatsiya» so‘zi qabila, xalq degan ma’noni bildiradi, binobarin, bu ikki tushunchada ham muayyan etnik birlikning o‘ziga xosligini bildiruvchi ma’no yotadi.
Milliy qadriyatlar - millatga mansub bo‘lgan umumjahon taraqqiyoti qonuniyatlaridan biri hisoblanadi. Milliy qadriyatlar - o‘z millatidan, o‘z yurtidan faxrlanish, o‘zbek davlati fuqarosi ekanligidan g‘ururlanish kabilardir.

  1. Siyosiy qadriyatlar demokratiya yoki siyosiy jarayon bo‘libgina qolmay, shu bilan birga xalqning turmush tarzi va uning bugungi ruhiyati, an’analari, madaniyati, psixologiyasining xususiyatlarini ifoda etadi. Siyosiy qadriyatlar dunyodagi barcha millat va dinga mansub shaxslar uchun keng imkoniyatlar yaratishi bilan birga xalqaro clemokratik talablarga javob beradi. Unda inson huquqi, sha’ni, or-nomusi va himoyasiga qaratilgan barcha tamoyillar kafolatlanadi. Mamlakatimiz xavfsizligi, barqarorlik va millatlararo hamjihatlikni saqlash, kelajak avlodlarga obod va ozod Vatanni meros qoldirish mas’uliyatini oshiradi. Ichki va tashqi siyosiy muvozanatini saqlaydi. Siyosiy qadriyatlar insoniyat tomonidan yaratilgan barcha moddiy va .ma’naviy boyliklarni asrashda va mustahkamlashda hamda ulardan foydalanishda imkoniyatlar yaratadi.

  2. Huquqiy qadriyatlar - bu jamiyat va madaniyat, davlat va huquq yo‘nalishlarini o‘zida mujassam etib, har bir kishida huquqiy bilim, tafakkur va dunyoqarashni shakllantiradi. Huquqiy qadriyatlar - umuminsoniy qadriyatlar va jahon andozalari, huquqiy madaniyat bo‘yicha sharq falsafasi, o‘zbek milliy mafkurasi, tarixiy- huquqiy meros va tajriba asosida kamol topadi. Huquqiy qadriyatlar eng awalo umuminsoniy qadriyatlarga, umumjahon tsivilizatsiyasiga, bu sohada boshqa xalqlar erishgan tajribalarga, xalqaro huquqning me’yorlariga asoslanadi. Tenglik, erkinlik, birodarlik, xalqlar va millatlararo do‘stlik, insonning o‘z xohish-


29




irodasini erkin bildirishi hamda uni amalga oshirishi, barcha fuqarolaming teng huquqliligi, davlat va jamiyat boshqaruvida qonun ustunligi - huquqiy qadriyatlar hisoblanadi. Huquqiy qadriyatlar 0‘zbekistonda Konstitutsiya va qonunlar bilangina emas, balki xalqning o‘z ongi, uning ma’naviy-axloqiy dunyoqarashi va huquqiy tajribasi, mehr-shafqati bilan mustahkamlanadi.

  1. Mehnat qadriyatlari - tabiat bilan uyg‘unlikda yashash, undan ibrat olish, uning go‘zalliklaridan zavqlanish va tabiat qo‘ynida mehnat qilish kabilami tashkil etadi. Mehnat qadriyatlari - mehnat madaniyatining barcha elementlarini qamrab oladi. Har bir yosh avlod hayotga qadam qo‘yar ekan, o‘z ajdodlaridan faqat mehnat vositalarigina emas, balki mehnat madaniyatini ham meros qilib oladi. Shuning uchun ham mehnat qadriyatlari o‘quvchilaming qobiliyatlari, imkoniyatlari va haqiqiy kuchlarini namoyon etish va takomillashtirish imkoniyatini beradi. Mehnat qadriyatlarida hunarmandchilik, kasb-hunar egallash muhim o‘rin tutadi. Bunda zardo‘zlik, yo‘rmado‘zlik, bo‘zchilik, yog‘och o‘ymakorligi, zargarlik, gilamchilik, kashtado‘zlik, muqovasozlik, naqqoshlik, pichoqchilik, o‘ymakorlik kabi hunarlami o‘rganish - mehnat qadriyatlarining negizini tashkil etadi.

  2. Turmush qadriyatlari - tarixan muayyan ijtimoiy munosabatlar uchun xos boMgan hayot va faoliyat shakllari tizimi bo‘lib, ular bevosita hayot sharoitlarining o‘ziga xos xususiyatlarini ifodalaydi. Odamlaming xulq-atvori, yurish-turishi, muomalasi va tafakkur tarzi orqali namoyon bo‘ladi. Turmush madaniyatining ma’naviy-ahloqiy va huquqiy rivojlanishini qamrab oladi. Turmush, xulq-atvor madaniyati, fuqarolaming huquq va erkinliklari jamiyat a’zolarining ijtimoiy-huquqiy faolligi kabilar turmush qadriyatlari asosida namoyon boMadi.

  3. Diniy qadriyatlar - yolg‘iz diniy qoidalar, ko‘rsatmalar, tamoyillaridan iborat bo‘libgina qolmay, u kishilar o‘rtasidagi ma’naviy-ahloqiy, siyosiy, iqtisodiy, huquqiy va boshqa munosabatlaming ham ifodasidir. Islom dini jamiyatdagi ma’naviy barqarorlikni ta’minlash bilan birga, kishilami iymon-e’tiqodli


30




bo‘lib yashashga da’vat etadi. Chunki, iymonli odam xiyonat qilmaydi, qarindosh-urug‘lari, elu-xalqning or-nomusini himoya qiladi. Halol va pok yashashni o‘zining burchi deb biladi. Diniy qadriyatlarga suyanish, musulmonchilikning asl tamoyillarini rivojlantirish, ulami o‘quvchi yoshlar ongiga singdirish - shaxs kamolotida, uning dunyoqarashi, axloqi, faoliyati mazmunini belgi- lashda asosiy mezonlardan hisoblanadi. Diniy qadriyatlar xalqimiz turmush tarzi va hayotining negizini tashkil etadi. Diniy qadriyatlar barcha millat kishilari uchun muqaddas boylik bo‘lib, ularni ezgulikka, poklikka da’vat etadi. Diniy qadriyatlar nafaqat oxiratda, balki bu dunyoda ham baxt-saodatga erishish mumkinligini e’tirof etadi.

  1. Umummadaniy qadriyatlar tufayli xiyobonlar, sayilgohlar, o‘yingohlar, tomoshagohlar, san’at saroylari, ziyoratgohlar, maktablar, madrasalar, kutubxonalar, madaniyat markazlari kabi muassasalarda xalqaro ahamiyatga ega boMgan nufuzli tadbirlar, turli millat xalqlarini birlashtirgan anjumanlar o‘tkaziladi. Umummadaniy qadriyatlarga ega bo‘lgan har bir millat do‘st, mehmon, turist sifatida madaniy-ma’naviy yodgorliklarga o‘z hurmatini izhor qiladi. Xalqaro munosabatlarda qat’iyatlilik, donolik, uzoqni ko‘ra bilish, xorijda ishlayotgan, ta’lim olayotgan 0‘zbekiston vakillarining yurtimiz, halqimiz sha’niga-shan, shuhratiga-shuhrat qo‘shishi umummadaniylikning amaliy namoyon bo‘lishidir.

  2. Umuminsoniy qadriyatlar bu millatni, elatni tashkil fjiluvchi kishilaming milliy madaniyatini, merosini, qadriyatlarini, urf-odatlarini, an’analarini o‘zlashtirishdagi faoliyatini rivojlantirish bo‘lib, u milliy ong va milliy o‘zlikni anglashning subyektidir. Umuminsoniy qadriyatlar asosida shaxsni axloqiy shakllantirishda millatparvarlik, xalqparvarlik, vatanparvarlik, mehnatsevarlik, yuksak insoniylik, mehr-oqibat, iymon-e’tiqod, or-nomus, insof- diyonat kabi fazilatlardan foydalanish, shuningdek «ota-ona, qarindosh-urug‘laming hurmatini joyiga qo‘yish, oilaning muqaddasligi tuyg‘ularining barkamol bo‘lishiga erishish, o‘zaro


31




munosabatlarda yonma-yon yashayotganlar manfaatlarini hisobga olish» muhim ahamiyatga ega.
UnUiminsoniy qadriyatlar shaxsning umumiy, axloqiy, intellektual, irodaviy, emotsional xislatlarini o‘zida aks ettiradi.
Shaxsning umumiy xislatlariryoqimlilik, ko‘rkamlik, jozibadorlik, ozodalik, fusunkorlik, basavlatlik, salobatlilik, rivoj- langanlik, hurmatga sazovorlik, shoironalik, ruhlanganlik, ulug‘sifatlik, o‘ziga xoslik, yetuklik, jiddiylik, madaniyatlilik, tarbiyalanganlik...
Shaxsning axloqiy fazilatlari: insonparvarlik, do'stlik, g‘amxo‘rlik, jonkuyarlik, samimiylik, kuyunchaklik, odamiylik, bolajonlik, iymondorlik, fidokorlik, xushmuomalalik, baodoblik, iltifotlilik, ochiq yuzlik, kechirimlik, mehmondo‘st, xushaxloqlik, hamjihatlik...
Intellektual fazilatlari:zehnlilik, bama’nilik, xotirjamlik, sog‘lom fikrlilik, donishmandlik, sezgirlik, zakovatlilik, topqirlik, lo‘ndalik, notiqlik, tanqidiylik, dadillik, omilkorlik, savodxonlik, qiziquvchanlik, ishqibozlik...
Irodaviy xislatlari:faollik, qat’iyatlilik, tezkorlik, kuydi- pishdilik, jo‘shqinlik, zardalilik, sabotlilik, bir so‘zlilik, barqarorlik, botirlik, dovyuraklik, intizomlilik, erksevarlik, jiddiylik, nafsini tiyishlik, o‘zini yo‘qotmaslik, bosiqlik, o‘ziga talabchanlik, kamsuqumlik, odamoxunlik, o‘zini idora eta bilishlik...
Emotsional xislatlariixushchaqchaqlik, ko‘tarinkilik, tan- tanavorlik, kulib turishlik, hazinlik, ishonuvchanlik, xayolchanlik, kelajakka ishonch bilan qarashlik, ezgulik, kek saqlamaslik, mushfiqlik, olijanoblik, otashinlik, nozik tabiatlik, xayolilik, xijolatlilik, iffatlilik, xushfe’llilik va boshqalar.

  1. Badiiy qadriyatlar - san’at durdonalari boHib, insonda estetik hissiyotni dyg‘otadi, uni estetik jihatdan tarbiyalaydi. Badiiy qadriyat - mana shu qadriyat mezonlari talablariga javob beruvchi san’at asari, uning asosida go‘zallik o‘zining ko‘plab ko‘rinishlarida asosiy mezonlar belgisi hisoblanib, unda estetik va badiiy qadriyatlar ma’lum nisbatlarda bo‘ladi. Badiiy qadriyatlaming mazmunida u yoki bu san’at tili yordamida estetik mazmun va


32




badiiy obrazda berilgan «go‘zaIIik qonunlari bo‘yicha» aks ettirilgan va qayta yaratilgan borliq aks etadi.
Ijtimoiy-tarixiy rivojlanish, davrning dolzarb vazifalari, ishlab chiqilgan ma’naviy va badiiy qadriyatlar sababli 0‘rta Osiyo ko‘rgazmali badiiy san’ati - miniatyura san’ati o‘rta asrlarda yuksak rivojlanish darajasiga erishdi. Kitob rangtasvirida o‘rta asrlar jamiyatining odob-ahloq qoidalari va dunyoqarashi, estetik g‘oyalari, qahramonlik-vatanparvarlik dostonlari va xalq og‘zaki ijodi hamdalarining mahalliy badiiy an’analar bilan bog‘liqligi, ularda davrning ijtimoiy buyurtmasi va go‘zallik to‘g‘risidagi asrlar davomida shakllanib kelgan barqaror xalq tasavvurlari aks ettiriladi.
Firdavsiy, Nizomiy, Sa’diy, Jomiy, Navoiy, Dehlaviyning asarlari rassom-miniatyurachilar orasida eng mashhur bo‘lgan. Miniatyura rangtasvir syujetlari hukrndorning davlatni boshqarishi va uni ulug‘lash, uning mardligi, janglari, ov, donishmandlarning falsafiy suhbatlari va munozaralari, saroydagi katta bazmlar va tadbirlari ko‘rinishlaridan iborat. Miniatyura rangtasviri yo‘nalishlari o‘sha zamon xususiyatlari, ma’naviy qiziqishlari o‘quvchilaming tasavvurini shakllantirishga xizmat qiladi.
Dostonlar va qissalarda hayot tasvirlangani sababli miniatyuralarda nafaqat hukmdorlar, balki hayot mazmunini ifoda etuvchi hunarmand va boshqa kasb-kor egalari ham uchraydi. Hayot o‘zining barcha bo‘yoqlari, baxtli va tashvishli kunlari bilan aks ettiriladi. Miniatyuralarda jamiyat, xalq g‘oyalari, go‘zallik to‘g‘risidagi tasavvurlar o‘z ifodasini topadi, dunyoning go‘zalIigi ochib beriladi.
0‘rta Osiyo miniatyurasiga xos bo‘lgan xususiyatlar hayotga ishonch va quvonch bilan qarash; badiiy umumlashtirish; ko‘tarinki ruhda talqin qilish, ko‘p qirrali hikoya qilish; kinoyalilik; hayotni diqqat bilan kuzatish; ko'rinish, shakl go‘zalligi, yorqln manzaralarga intilish, dono mushohada, axloqiy mushohada, axloqiy xushmuomalalilik holatlarini ko‘rsatish kabilardan iborat.
XV-XVI asrlar - miniatyura san’ati rivolanishining cho‘qqisi bo‘lgan davrdir. Bunda mashhur musavvir-miniatyurachilar: Sulton


33




Ali, Abdulla Mahmud Muzaxxib, Muhammad Qosim va boshqalar faoliyat yuritganlar.
XV asrda iste’dodli musavvir, badiiy miniatyurachi Kamoliddin Behzod o‘zini namoyon qildi. Behzod tengi yo‘q mahoratga ega edi. U mukammallik cho‘qqisiga erishdi. Musavvir o‘z badiiy tamoyillarini gavdalantirdi.
Behzod ijodida Amir Temur fenomeni - «Zafamoma» asariga miniatyura-illyustratsiyalar katta o‘rin egallaydi. Musavvir jahonni zabt etgan sarkarda Temurning janglari va yurishlari syujetlarini tasvirlaydi. Uning ayniqsa egilgan shoxlari va olov kabi qip-qizil rangli barglari bilan qolgan daraxtlar, g‘aroyib tuzilishdagi xarsanglar bilan tog‘ bag‘irlaridagi janglar sahnalari qiziqtiradi.
Behzodning Nizomiy qalamiga mansub «Iskandamoma» dostoniga ishlagan miniatyuralari ajoyib, estetik to‘laqonli va badiiy ahamiyatli hisoblanadi. Misol uchun, «Iskandar va darvesh» miniatyurasi markazida siyrak o‘simliklar bilan ba’zi yerlarida daraxtlar qad ko‘tarib turgan baland qoya, pastki qismida(o‘ng tarafida) qorong‘u g‘or, unga kiraverishda Iskandar bilan soqollari o‘sgan, sochlari oqargan nuroniy yuzli, juda ozib ketgan, beligacha yalang‘och xudojo‘y ko‘rinishli donishmand suhbatlashib o‘tiribdi.
Darvesh oldiga kelgan yosh, gavdali, kelishgan, baquvvat, xushbichim kiyingan, och yashil to‘n kiygan, boshiga oq salla o‘ragan; hurmat bilan tiz cho‘kib o‘tirgan hukmdor diqqat bilan donishmandning so‘zlarini tinglamoqda. Qo‘llarining harakatlari, bir-biri tomon egilib o‘tirishlari, ulaming yuz ifodalaridan jiddiy suhbat borayotganini tushunib olamiz. Ular shoshilmay, puxta o‘ylab, juda muhim muammoni hal qilmoqdalar. Bu shunchaki oddiy suhbat emas, balki o‘zaro manfaatli muloqot, bu muloqot davomida birinchi qarashda donishmand bosh qahramonga o‘xshaydi, chunki Behzod uning ma’naviy ustunligini shunday tasvirlab beradi.
Miniatyurada Behzodning katta mahorati namoyon bo‘ladi, undagi barcha tasvirlar mazmun yaratadi va ko‘p ma’noga ega, har bir detal syujetning chuqur ichki mazmunini ochib beradi.


34




0‘tmish ta’Iimotiga ko‘ra, butun dunyo buyuk Kof tog‘ tizmasi bilan o‘rab olingan. Kof tog‘i - dunyoning markazi. U yovuzlik va tartibsizlik tomonini ezgulik, tartib va madaniyat tarafidan ajratib turadi. Tog‘ning narigi tomonida katta afsonaviy, insoniyat farovonligi yo‘lida mo‘jizalar yaratish kuchiga ega Semurg‘ qushi yashaydi.
Shunday qilib, tog‘lar - muqaddas, olijanob, ruhlantiruvchi, qora yulduzlarsiz osmon esa - yovuzlik, halokat alomati - musavvir tomonidan barchasi puxta o‘ylangan. Xuddi mana shu holat kartinaga alohida dramatizm ruhini beradi. Iskandaming boshi uzra qora kulfat yog‘ilmoqda. Bu uning davlati, xalqi hayotiga halokat olib kelayapti.
Qoyalar, togMar qatlamlarining aylanasimon tuzilishlari, chinor tanasining aylanasimon egilishi, g‘orga kirish qismining egik(oval) tuzilishi, hodisalar bo‘layotgan joyning aylanasimonligi, hatto Iskandar soqchilarining to‘planib turishlari doira atrofida birlashganliklarini eslatadi - bularning barchasi miniatyurada qandaydir tekis ichki harakatni yuzaga keltiradi. Chiziqlarning mana shu aylanasimon dinamikasi «dunyoning aylanishi» to‘g‘risida, unda barcha hodisalar aylana bo‘yicha sodir bo‘lishi, hayot - «tegirmon toshi aylanishi» ekaniga ishoradir. Musavvirning , iste’dodli ramziylik va metaforalardan foydalanish, kartinani detallashtirishlarda namoyon bo‘ladi.
Miniatyurada Behzodning iste’dodli - ilhomlanishi va ijodiy hayoli, Nizomiyning «Iskandarnoma» dostonini chuqur bilishi, zamonaviy hayotiy va tarixiy hodisalar, asrning muhim muammo- larini bilishini ko‘rsatadi.
Behzod takomillashib borayotgan dunyoning chuqur o‘zaro aloqadorligini, umuman yovuzlikning barbod etuvch kuch ekanini ko‘rsatib berishga, unga ma’naviy-axloqiy xususiyatlarni qarama- qarshi qo‘yishga erishgan. Musavvir butun vujudi bilan inson bo‘lgani sababli hayotning barcha ko‘rinishlarda tasvirlash va chuqur anglab yetishga tinimsiz intilish faoliyatining asosiy mazmuni bo‘lgan.


35




0‘rta Osiyo Uyg‘onish davri badiiy qadriyatlari quyidagilarda o‘z aksini topadi:

  • jihozlar, buyumlar, asosan turar joylar va maqbaralami bezatish uchun mahalliy manzaralar bilan devoriy rangtasvir (tabiiy va hatto kosmik motivlar; hukmdorlar portretlari, saroy va davlat hodisalari);

  • poetik tfsarlar va tarixshunoslik kitoblariga, shu jumladan, Temuming g‘alabalari,. «Zafamoma» kitobiga miniatyura badiiy - illyustrativ rangtasviri;

  • 0‘rta Osiyo miniatyurasi o‘ziga va o‘z xususiyatlariga ega (milliy koloritli va tarixiy);

  • XVI asr mashur musavvir-miniatyurachilari: Sulton Ali, Abdulla Mahmud Muzaxxib, Muhammad Qosim va boshqalar Navoiy, Nizomiy, Jomiy, Sa’diy, Dehlaviy, Firdavsiy va Sharqning boshqa shoirlari asarlariga illyustratsiyalar yaratganlar;

  • ajoyib musawir ajdodimiz Kamoliddin Behzodning ijodi, ayniqsa uning «Zafamoma» tarixiy kitobi va Nizomiyning «Iskandamoma» asariga chizgan illyustratsiyalari 0‘rta Osiyo miniatyura rangtasvirining gullab-yashnashiga asos bo‘ldi. Ushbu asarlarda nafaqat tarixiy hodisalar, balki chuqur tarixiy mazmun ham ochib berilgan.

0‘rta Osiyoda yuksak Uyg‘onish davri badiiy qadriyatIari(devorlarga surat chizish, badiiy-illyustrativ miniatyu- ralar) - so‘zsiz 0‘rta Osiyo 0‘rta asrlar badiiy madaniyatida Renessansning yuksalish omili, rangtasviming rivojlanishi, 0‘rta Osiyo va boshqa mamlakatlarda keyingi yillarda tasviriy san’atda yuksak badiiy qadriyatlar paydo bo‘la boshlashining tarixiy-badiiy asosidir.

  1. Tibbiy-ma’naviy qadriyatlar. Tibbiy-ma’naviy qadri­yatlar, ilmiy qarashlar hamda amaliy-tajribaviy salohiyatni o‘zida mujassam etadigan tibbiy madaniyat salomatlikni muhofaza qilish institutsional tuzilmasining shakllanishi, faoliyat yuritishi va jamiyat taraqqiyotiga mutanosib rivojlanishini ta’minlovchi, uni harakatga keltiruvchi o‘ziga xos ijtftnoiy mexanizmdir. Bu ikki tizim tabiiy va


36




ijtimoiy borliqdagi o‘zaro aloqador barcha murakkab tizimlar kabi izomorf mutanosiblik qonuniyati asosida rivojlanadi.
Ma’lumki, kishilik jamiyatidagi o‘zgarishlar bevosita inson ma’naviyatiga bog‘liq. Ma’naviy salohiyat davr ruhini anglash, unga monand faoliyat yuritish, ish natijalarini sarhisob qilish mezonidir. Demokratik jamiyatga xos ma’naviy yuksalish jarayonida insonning qadr-qimmati, huquq va erkinliklariga e’tibor kuchayishi salomatlikning yuksak ijtimoiy-madaniy qadriyatga, tibbiy madaniyatning esa zarur ijtimoiy muhofaza vositasiga aylanishiga ta’sir ko‘rsatadi.
Inson vujudida sihatni ta’minlovchi noyob muhofaza tizimi mujassam. Ammo bu tizim ma’naviy salohiyat negizida shakllangan tibbiy madaniyat bilan mushtaraklik kasb etsagina bexato ishlaydi. Butun yer yuzida ekologik muvozanat buzilgan hozirgi davrda sogiiqni muhofaza qilish masalasiga yondashuvni ham tubdan o‘zgartirish taqozo etilmoqda. An’anaga ko‘ra, salomatlik muhofazasi xastalikka chalingan bemorga tibbiy yordam ko‘rsatishni, tibbiy madaniyat esa ana shu faoliyatni yuksak saviyada tashkil etishni anglatadi. Profilaktik tibbiyot ustuvorlikka erishgan hozirgi davrda esa bu tushuncha insonga bevosita tibbiy yordam ko‘rsatish bilan birga sog‘lom hayot garovi bo‘lgan tibbiy va ijtimoiy muhitni asrash, kishi salomatligini ta’minlovchi barcha sharoitni yaratishni ham nazarda tutadi. Hozirgi davr voqeligi sog‘liqni saqlashni keng ko‘lamli ijtimoiy-muhofazaviy faoliyatga aylantirmoqda. Albatta, bunday muhofazaviy tizim jamiyatning butun moddiy va ma’naviy salohiyati bilan ta’minlamog’i lozim. Tibbiy-madaniy tizim salomatlik muhofazasi yuksak saviyada bo‘lishiga zamin hozirlaydi va tibbiy amaliyot jarayonida o‘zi ham takomillashib boradi. Bugungi kunda tizimning tibbiy-aksiologik, intellektual-kognitiv va funktsional tarkibiy qismlarida katta o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Bu jarayonlarda tibbiy-aksiologik qadriyatlar alohida o‘rin egallaydi. Bioetikaga taalluqli g‘oyalarga e’tibor kuchayishi bilan sog‘liqni saqlash institutsional tizimida yangi tuzilmalarning paydo bo‘ lishi ham buni tasdiqlaydi.


37




0‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi etika komiteti ana shunday yangi tuzilmalardandir.
Mamlakatimizda huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati shakllanishi tibbiy madaniyatning ham yangi taraqqiyot bosqichiga ko‘tarilishiga zamin yaratdi. Jumladan, tibbiy faoliyat doirasida ahloq me’yorlari bilan tartibga solinadigan munosabatlar huquqiy norma sifatida qonunlarda aks ettirilishi, tibbiy-iqtisodiy munosabatlami tartibga soluvchi qonun me’yorlarining yaratilishi tibbiy-madaniyatning ahamiyatini yanada oshirmoqda. Aholining kam ta’minlangan qismiga tibbiy yordam ko‘rsatishga oid huquqiy me’yorlar qonunlarda aks ettirilgan tibbiy-ma’naviy qadriyatlarning yanada mustahkamlanishiga xizmat qilmoqda.
Aksiologik kontseptsiyalar. Hozirgi vaqtda qadriyatning ta- biatini xilma-xil talqin etuvchi turli aksiologik yo‘nalishlar ko‘payib bormoqda. Shartli ravishda aksiologik kontseptsiyalarning quyidagi turlarini ajratib ko‘rsatish mumkin: obyektiv-idealistik, subyektiv-idealistik, qadriyatning naturalistik nazariyasi, transtsendental, ijtimoiy, dialektik-materialistik.
Obyektiv-idealistik nazariya (neokantchilik, neotomizm, intivituizm) qadriyatni zamon va vaqtdan tashqaridagi narigi dunyodagi mavjudlik sifatida talqin etadi. Obyektiv aksiologiya tarafdorlari fikricha:

  1. qadriyatlar obyektivdir, ular narsalar, voqelik shakllari yoki ularning mohiyati, mazmuni, ahamiyati bilan uzviy bog‘liq;

  2. qadriyatlar dunyosining o‘ziga xos yashash qonunlari bor, ularning amal qilishi inson irodasiga bo‘ysunmaydi;

  3. qadriyatlar voqelikning ahamiyati va mezoni sifatida mavjud boMganlari uchun amaliy faoliyatni belgilaydi, inson o‘z hayotini unga moslashtirishi shart.

Subyektiv-idealistik nazariya fmantiqiy pozitivizm, fenome- nologiya, emotovizim, etikadagi lingvistik tahlil, U.Erban, D.Proll, L.Lyuis va boshqalarning asab-iroda qadriyat nazariyasi) qadriyatni ong hodisasi sifatida talqin etadi, unda baholanayotgan obyektga insonning subyektiv munosabati, psixologik kayfiyatining namoyon bo‘lishini ko‘radi.


38



Download 296,16 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   59




Download 296,16 Kb.