• bob. MILLIY PEDAGOGIKAMIZDA AKSIOLOGIK FIKRLARNING RIVOJLANISHI Tayanch tushunchalar
  • Xalq pedagogikasi - bebaho qadriyat.
  • Nazorat uchun savol va topshiriqlar
  • Mustaqil o‘qish uchun adabiyotlar
  • Mustaqil ish topshiriqlari
  • Pedagogik aksiologiya




    Download 296,16 Kb.
    bet15/59
    Sana02.02.2024
    Hajmi296,16 Kb.
    #150387
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   59
    Bog'liq
    Pedagogik-aksiologiya.Мардонов-Ш

    Manbalar

    Qadriyatli
    tasawurlar

    Qadriyatli ongning namoyon bo" Us hi

    Qadriyatli
    ustanovka-
    lar

    Qadriyatli
    orientatsiya-
    lar

    Avesto














    86




    Tasavvuf
    ta’limoti













    Arab
    musulmon
    olami
    Uyg‘onish
    davri
    mutafakkirlari














    1. topshiriq. «Fozil odamlar shahri»ga xayoliy ekskursiya uyushtiring, Ekskursiya davomida quyidagi jihatlami o‘rganishga e’tibor qarating:

    1. Shahar atrofi va ko‘rinishi.

    2. Shaharning tozaligi va ozodaligi.

    3. Shahar odamlarining kiyinishi va o‘zini tutishi.

    4. Shahar odamlarining bir-birlariga munosabati.

    5. Shahar odamlarida mavjud fazilatlar majmui.

    1. topshiriq. Ekskursiya nihoyasiga yetgach, guruhlarga bo‘lining. «Fozil odamlar shahri» mavzusida loyiha tayyorlang Loyihani taqdimot ko‘rinishida taqdim eting.

    2. topshiriq. Quyida ikki qismli kundalik taqdim etilgan bo‘lib, uning birinchi qismida Ahmad Yassaviyning hikmatlaridan misollar berilgan, ikkinchi qismida esa, har bir hikmatning mazmuniga doir o‘z munosabatingizni yozing.

    Nafsdan kechib qanoatni pesha




    qilg‘on,




    Har ne topsa, rozi bo‘lib, bo‘yin




    sung‘on,




    Yaxshilarga xizmat qilib, duo




    olg‘on,




    Andoq oshiq mashxar kuni armoni




    yo‘q





    87




    Nafs yo‘liga kirgan kishi rasvo bo‘lur,
    Yo‘ldan ozib, toyib, to‘zib, gumro bo‘lur




    Xayru sano qilg‘onlar, yetim kcfnglin olg‘onlar,
    Chahor yorlar hamrohi, kavsar labinda ko‘rdim
    Andog‘ olim joyini dorusssalomda ko‘rdim.
    Mufti bo‘lg‘on olimlar, nohaq fatvo berg‘onlar,
    Andog‘ mufti joyini sirot ko‘frugda ko‘rdim.




    Oqil ersang, eranlarga xizmat qilg’il,
    Amru maruf qilg‘onlami izzat qilg‘il





    1. topshiriq. Quyida berilgan ma’naviy-axloqiy mavzudagi hikmatlarga doir:

    F - fikringizni bayon eting.
    S - fikringizning bayoniga sabab ko‘rsating.
    M - ko‘rsatgan sababingizni isbotlab misol keltiring.
    U - fikringizni umumlashtiring.

    1. Bir kalima shirin so‘z qilichni qinga tiqar (Amir Temur).

    2. Qanoat chashmadurkim, suvi olmoq bilan qurimas (Alisher Navoiy).

    3. Bori elga yaxshilik qilg‘ilki, mundin yaxshi yo‘q, Kim degaylar dahr aro qoldi falondin yaxshilig1 (Zahiriddin Muhammad Bobur). ^

    4. Bilim yorug‘likdir, nodonlik qorong‘ulikdir (Ismatulla Raxmatullaev).*

    5. Ilmsiz aql - yengsiz kiyim (Saidrasul Aziziy).


    1. bob. MILLIY PEDAGOGIKAMIZDA AKSIOLOGIK FIKRLARNING RIVOJLANISHI


    Tayanch tushunchalar: xalq pedagogikasi, xalq og‘zaki ijodi, ilk yozma manbalar, tosh bitiglar, ta’lim islohotlari
    Xalq pedagogikasi - bebaho qadriyat. Agar insoniyat tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak u bir necha million yillik davmi o‘zida aks ettiradi. Insoniyat rivojining dastlabki davrlarida - ibtidoiy jamoa tuzumi davridayoq tarbiya jamiyat rivojining asosi sifatida qabul qilingan. Ma’lumki, ibtidoiy kishilar mehnat faoliyati jarayonida o‘z ehtiyojlarini qondirgan va bu jarayon yosh avlodda ham mehnat qilish, amaliy faoliyatni yo‘lga qo‘yish borasidagi nazariy bilim, ko‘nikma va malakalami hosil qilishga zamin hozirlagan. Mehnat faoliyatini tashkil etish jarayoni dastlabki davrlarda butun ijtimoiy hayotni yo‘lga qo‘yish negizida amalga oshirilgan bo‘lsa, keyinchalik tarbiya inson faoliyatining asosiy jihati, ijtimoiy ongni shakllantirishning muhim omiliga aylandi. Dastlabki urug‘chilik jamiyatidan oldin ham inson yashash uchun kurashgan, mazkur davrda urug‘ning barcha a’zolari jamoa bo‘lib harakat qilganlar. Keyinroq kishilar mehnat faoliyatini jamoa a’zolarining yosh jihatiariga ko‘ra qo‘yidagicha tashkil etganlar:

    1. bolalar va o‘smirlar;

    2. ijtimoiy hayot va mehnatda to‘la ishtirok etuvchilar;

    v) keksalar.
    Yuqoridagilarda ma’lum bo‘ladiki, eng qadimgi davrlardayoq otalar o‘z o‘g‘illariga ov qilish, mehnat quroli yasash sirlarini o‘rgatgan bo'lsalar, ayollar o‘z qizlariga olovni saqlash, ovlab kelingan hayvonni boqish sirlarini tushuntirib borishgan. Bunday tushuntirishlar avloddan-avlodga o‘tib borib, o‘ziga xos hikmatli so‘zlarga aylana borgan. Demak, xalq pedagogikasining asoschisi - bu ijodkor xalqdir.


    89




    «Bizning ajdodlarimiz, xalqimiz qadim-qadimdan o‘troq yashagan. millatimizning iligi o‘troq madaniyat sharoitida qotgan. Xalqimizning «iligi to‘q, baquvvat» demoqchiman. Yana tilimizda «tagli-tugli», «palagi toza» degan iboralar ham bor. Bu bir joyda muqim yashagan, o‘z turmush tarziga, axloq-odob mezonlariga, aqidalari va tafakkur tarziga ega bo‘lgan xonadonlarga nisbatan aytiladi. Butun ommani, bir necha yuz minglab, millionlab aholini birlashtirgan aqidalarga, mezon va qoidalarga ega boigan xalqni qanday izohlash va ta’riflash mumkin?! Ana shu hayotiy va ij'timoiy mantiqdan kelib chiqsak, ta’rif va izoh bitta bo‘ladi - milliy borlig‘imiz, madaniyatimiz ildizi, tomiri o‘troq bo‘lgan», deydi
    I.A.Karimov.
    Prezident o‘z fikrini davom ettirib, «Biz xalqni nomi bilan emas, balki madaniyati, ma’naviyati orqali bilamiz, tarixining tag- tomirigacha nazar tashlaymiz», - deb yozadi. Demak, ana shu moddiy boylik va madaniyat yaratuvchi xalq qanchalik qadimiy bo‘lsa, uning pedagogik tajribasi ham shunchalik qadimiydir, shuning uchun ham o‘sha xalq yaratgan topishmoq, maqol, matal, qo‘shiq, ertak va dostonlarda aks ettirib kelindi. Xalqimiz ma’naviyatining noyob durdonalari bo‘lgan xalq pedagogikasining eng taraqqiyparvar va noyob fikr-mulohazalari o‘z qimmatini hech qachon yo‘qotmagan. Ana shu xalq pedagogikasi tufayli kamolotga erishgan ajdodlarimiz uzoq asrlar davomiaa butun jahon madaniyatiga o'z hissalarini qo‘shib kelgan.
    Ikkinchidan, xalqimizning ko‘p qirrali tarixiy va boy madaniyatining ajralmas qismi bo‘lgan xalq pedagogikasini o‘rganish orqaii milliy tarbiyamizning o‘ziga xosliklarini o‘rganish imkoniyati paydo bo‘ladi. Chunki har bir xalqda umuminsoniy fazilatlar bilan birga, hech kimnikiga o‘xshamagan alohida qadriyatlari mavjud boMadi. Bunday qadriyatlar o‘z-o‘zidan paydo bo‘lib qolmaydi. Ular tarixan shakllanib, rivojlanib boradi. Aynan o‘zbek xaiqining yosh avlodni tarbiyalashdagi o‘ziga xosliklari (bolani «siz»iab gapirish. kattalar gapirganda «хо‘р» deyish va sh.k.) u tomonidan yaratilgan pedagogik g‘oyalarda o‘z ifodasini topgan.


    90




    Uchinchidan. xalq og‘zaki ijodi manbalari asosida o‘zbek xalqi pedagogikasini o‘rganish - pedagogika fani tarixiy taraqqiyotining obyektiv qonuniyatlarini aniqlash, belgilash uchun g‘oyat muhim ahamiyatga egadir.
    Shunday qilib, xalqning o‘z zamonasiga mos, kutilgan maqsaddagi kishilami tarbiyalab yetishtirishdagi g‘oyalari, ta’lim- tarbiyaning maqsad va vazifalariga bo‘lgan qarashlari, yoshlarni o‘qitish ham ma’lumotli qilishning mazmuni hamda yoshlarga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishda qoMlaniladigan usul va vositalar qadim zamonlardan beri davom etib kelmoqda.
    0‘rta Osiyo xalqlari, shu jumladan, o‘zbek xalqi ham juda qadimiy va boy madaniyatga egadir. Xalqimiz qanchadan-qancha buyuk daholami tarbiyalab voyaga yetkazganki, ularning ilm-fan, san’at va adabiyot sohasidagi durdonalari jahon madaniyati xazinasidan munosib o‘rin olgan. • .
    Xalqimizning uzoq tarixiy davrlar davomida shakliangan va ko‘p qirrali madaniy poydevori bo‘lmaganda, Muso al-Xorazmiy, Ahmad al- Farg‘oniy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Forobiy, Imom al-Buxoriy kabi ilm-fanning ulug‘vor siymolarining yetishib chiqishi mumkin bo‘lmagan bo‘lar edi. Demak, o‘zbek xalqi mehnat jarayonida orttirgan turmush tajribalari asosida yosh avlodni jismoniy va axloqiy, aqliy jihatdan yetuk hamda estetik did va zavqi baland kishilar qilib yetishtirishda o‘ziga hos, ajoyib milliy tarbiya tizimiga ega bo‘lib kelganlar. Bu tizim ilmiy pedagogika yaratilishidan ko‘p asrlar ilgari yaratildi va u xalq bilan birga xalq ommasining bola tarbiyasidagi eng demokratik va chuqur insoniy orzu-umidlarini amalga oshirishdagi yagona tarbiya tizimi bo‘lib qoladi.
    Xalq ommasining turmush faoliyati jarayonida to'plagan tarbiya borasidagi tajriba va bilimlari xalq pedagogikasming mazmunini ifodalaydi. Ya’ni xalq pedagogikasi - xalq donishmandligining zamona yoshlarini kutilgan maqsadga muvofiq kishilar qilib yetishtirishdagi tarbiyaning maqsad va vazifalariga bo’Igan qarashlari hamda xalq ommasi tomonidan ta’lim-tarbiya ishlarini amalga oshirib borishda qo‘llanib kelingan usul, vosita, ko‘nikma va


    91




    malakalar birligini ifodalovchi, tajribalar asosida to‘plangan bilim va ma’lumotlar yig‘indisidir. Boshqacha qilib aytganda, xalq pedagogikasi xalq ommasining og‘zaki tarzda yaratgan va avloddan avlodga o‘tib kelayotgan tarbiya haqidagi ma’lumotlar - pedagogik ijodlari yig‘indisidir.
    Xalq pedagogikasi tarbiya yuzasidan to‘plangan empirik tarzdagi hammabop bilim, ko‘nikma va malakalami o‘zida mujassamlashtiradi. Shuningdek, xalq pedagogikasi jamiyat a’zolarining ma’naviy taraqqiyotidagi muayyan bir davr pedagogik bilimlarini aks ettirishi bilan pedagogika fanining yaratilishi, ham rivojining asosi bo‘lib xizmat qilgan. Xalq pedagogikasi ma’lum bir shaxs tomonidan ishlangan, muayyan bir tizimga tushirilgan hamda tugallangan, yaxlit pedagogik yodgorlik emas.
    U xalq ommasining tabiat va jamiyat haqidagi boshqa bilimlari qatorida, o‘sha bilimlar jumlasidan o‘rin olgan alohida-alohida maydalangan (yaxlit bo‘lmagan) empirik bilimlar yig‘indisidir. Lekin bundan xalq orasidan chiqqan xalq pedagoglari bo‘lmagan degan fikr kelib chiqmaydi, albatta. 0‘zbek xalqi tarixida ajoyib donishmand pedagoglar bo‘lgan. Buni juda ko‘p ertak va dostonlarda uchraydigan enaga, murabbiy, otaliq, ustoz, o‘qituvchi (mulla, domla, muallim)lar orqali ham tasavvur qilish mumkin. Biroq ular ham o‘z pedagogik faoliyatlarini va qarashlarida xalq ommasining hayotiga singib ketgan tarbiya borasidagi g‘oyalari, orzu-umidlariga amal qilgan holda ish ko‘rganlar. Ulaming pedagogik g‘oyalari ham tarbiyaviy faoliyatda qo‘llaniladigan usul va vositalari o‘zlari tomonidan yozib qoldirilmaganidek, o‘zgalar tomonidan ham yozib olinmagan. Shu tariqa qanchadan-qancha ajdodlarimiz hayoti davomida yashab o‘tgan minglarcha o‘zbek xalqining iste’dodli pedagoglari merosi ham xalqimizning umumiy pedagogik dahosidan o‘rin ola borgan. Xalq pedagogikasi tom ma’noda umuminsoniy, xalqchil pedagagikadir. Xalq pedagogikasida fnsoniylik, demokratlik yetakchi o‘rin egallaydi.
    Xalq pedagogikasi keng insonparvarlik tarbiyasi sohasini qamrab olgan bo‘lib, uning milliy an’analarimiz, qadriyatlarimiz, faoliyat yo‘nalishini qamrab olganligini ta’kidlab o‘tish zarur.


    92


    Yuqoridagilami umumlashtirib, shunday xulosalarga kelish mumkin:



    1. muayyan bir xalq va unga mansub xalq pedagogikasi, uning mazmuni va xarakterida o‘sha xalq yashab turgan sharoit, doimo o‘zgarib turadigan iqtisodiy ahvol va ijtimoiy-siyosiy vaziyatning xususiyatlari belgilanadi. Shu boisdan xalq pedagogikasi davr hamda uning barcha murakkabliklari va ziddiyatlari to‘la aks etadi. Har qanday tarixiy davr va uning ta’lim-tarbiya tizimiga, jumladan, yoshlami insonparvarlik ruhida tarbiyalash jarayoniga o‘z ta’sirini o‘tkazib, o‘z «izi»ni qoldirar ekan, bu narsa ota-onalar orqali ulaming bolalami tarbiyasida ham yaqqol ko‘rinadi;

    2. o‘zbek xalq pedagogikasida yoshlami insonparvarlik ruhida tarbiyalashda ko‘p asrlar davomida xalqimiz tomonidan amaliyotda qo‘llangan hikmatli so‘zlarida, urf-odatlarida, an’analarida taraqqiyparvar g‘oyalar mujassam;

    3. xalq pedagogikasida insonparvarlik pedagogikasining tarkibiy qismi bo‘lgan millatning o‘tmishi, buguni va kelajagi, ona- Vatan tarixi, taqdiri, o‘lka go‘zalligi, yurt farovonligi o‘zining ifodasini topadi. Shu bilan birga o‘zbek xalqining mehnatsevarligi, mehmondo‘stligi, jasorat va matonati, oddiyligi va soddaligi kuylanadi.

    Insoniyat qadim-qadimdan hayotdagi sinalgan pedagogik qarashlami avloddan-avlodga o‘tkazib kelgan. Ular turmush, ijtimoiy va mehnat faoliyati hamda hokazolar bilan bog‘liq bo‘lib, asta-sekin an’anaviy tus olgan, keyingi avlodlar uchun hayot sabog‘i vazifasini o‘tay boshlagan. Chunki xalq og‘zaki ijodiyoti turkumiga kiruvchi barcha janrlar, miflar, afsonalar, rivoyatlar, ertaklar, latifalar, loflar, xalq qo‘shiqlari, termalar, dostonlar, maqollar, topishmoqlar va boshqalar donishmandlik manbai hisoblanadi. Zero, xalqning tarixiy tajribasi, turmush saboqlari natijasida ta’lim-tarbiya haqidagi fikrlar, qarashlar tarkib topadi. Ularda xalqning zukko va donoligi namoyon bo‘lgan.
    Avlodlar vorisligi sifatida otadan bolaga o‘tib kelgan va muayyan tarzda tartibga tushirilgan. Shu bilan birga tarixiy taraqqiyotni davom etishi bilan boyib, sayqallanib borgan va


    93




    chinakamiga xalq pedagogikasiga aylanib ketgan. Albatta, O’rta Osiyodagi insonparvarlik tarbiyasi haqidagi qarashlaming zamirida xalq og‘zaki ijodiyoti, shuningdek, amaliy tajribalar, udumlar, marosimlar, an’analar yotadi. Taniqli olim Y.Jumaboev shunday yozadi: «Mifologik va afsonaviy qahramonlarning obrazlari, xalq xotirasida asrlarcha yashab va qayta o‘zgartirib keldiki, ularning aks sadolari hozirgi kunga qadar 0‘rta Osiyo xalqlarining badiiy ijodida saqlanib kelgan «Kitobi Jamshid», «Er Xo‘bba afsonasi» kabi o‘zbek ertaklari, folklor asarlari, afsonalar, rivoyatlar bunga misol bo‘la oladi. Bu rivoyatlarda Vatanga va ozodlikka bo‘lgan qizg‘in muhabbat tarannum etiladi; ularda or-nomus, do‘stlarga va safdoshlarga sadoqat kabi eng ezgu, insoniy tuyg‘ular o‘z ifodasini topadi», degan fikri yuqoridagilaming isboti bo‘la oladi.
    Xalq pedagogikasida insonparvar g‘oyalar ijtimoiy va shaxsiy hayotning turli sohalarida va boshqa insonlar bilan aloqalarida shaxsning xarakteri va xulq-atvoriga nisbatan xalq ommasi orasida tarkib topgan insonparvarlik munosabatlarining ifodalanishidir. Xalq pedagogikasi manbalarida insonning Vatanga, mehnatga, moddiy ne’matlarga, oilaga, boshqa kishilarga hamda o‘ziga munosabati ifodalanadi.
    Xalq pedagogikasi asosan, xalq og‘zaki ijodiyotida, uning barcha janrlarida o‘z ifodasini topgan. Demak, xalq og‘zaki ijodi qadim zamonlardan buyon jahon xalqlarining, shu jumladan, o‘zbek xalq pedagogikasining ham muhim tarbiya vositasi bo‘lib kelgan. Yoshlami insonparvarlik ruhida tarbiyalashda maqollar, afsona va rivoyatlar, ertak va dostonlar, masallar katta ahamiyatga ega.
    Xalq pedagogikasi shaxsni shakllantirishning muhim vositalaridan biridir. 0‘zbek xalqining urf-odatlari bu millatga mansub kishilarning ma’naviyatini tarkib topdirishda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Xalqimiz ruhiyatida mavjud bo‘lgan yoshlar tomonidan kattalarga oldin salom berilishi, ularning yoMini kesib o‘tilmasligi, kattalardan oldin ovqatga qo‘l uzatilmasligi, yoshi ulug‘lar oldida cho‘zilib yotilmasligi, kattalaming gapini bo‘lish odobsizlik ekanligi, keksalarga yordam berish, ularning aytganlarini qilish shartligi singari jihatlar millatning xulqiy tarzlarini qaror


    94




    toptirishda muhim o‘rin tutadi. 0‘qituvchi mana shu jihatlarga e’tibor qaratishi lozim. Chindan ham hayotda ulug‘ yoshli odamlaming ko‘rgan-bilganlarini kichik yoshlilar bilmaydi va bu hoi ulaming fikrlarini xolisligiga, qaroru xulosalarining to‘g‘riiigiga ham ta'sir etadi. Shuning boisikim xalqimizda «bitta ko‘ylakni ortiq yirtgan» odamga ham hurmat ko‘rsatish, uning fikrlarini inobatga olish talab etiladi.
    Xalqqa xos turli-tuman marosimlar ham o‘ziga xos tarbiyaviy vositalardir. Ulami bilish, tizimga solish va to‘g‘ri foydalanish didaktik tadbirlaming, tarbiyaviy ishlaming samaradorligini oshirishda qo‘l keladi. Inson yaratilgan dastlabki davrlarda, tarbiya bilan shug‘ullanish alohida tuzilmalarning emas, ota-ona va oilaning ichki ishi bo‘lgan qadimgi zamonlarda turli marosim hamda an’analar el-ulusning hayotini muayyan me’yorlariga solib turishning vositasi bo‘lgan. To‘ylar, o‘limga doir marosimlar, o‘yinlar, gap-gashtaklar, jo‘ravozliklar xalqimizda jamoachilik, hamdardlik, o‘zgalaming tashvishi bilan yashash, ko‘pchilikning qarashlari bilan hisoblashish singari sifatlami qaror toptirishda o‘ziga xos o‘rin tutgan.
    Ilk yozma manbalarda aksiologik munosabatning namoyon boMishi. Dastlabki davrlardanoq ulugMangan pedagogik qadriyatlar xalq og‘zaki ijodini va xalqning ezgu maqsadlarini o‘zida mujassam etgan yozma yodgorliklarda o‘z aksini topgan.
    XI asrda yashagan ulug‘ olim Mahmud Qoshg‘ariy tomonidan yaratilgan «Devonu lug‘otit turk» asari ilk yozma manbalardan biridir. Jumladan, xalq og‘zaki ijodining muhim janrlaridan biri hisoblangan maqollar dastlab yozma holatda Mahmud Qoshg‘ariyning «Devoni lug‘otit turk»dagi maqollarda qo‘shiqlardagi kabi do‘stlik, o‘zaro hamkorlik, mehnatga muhabbat, ilm olish va kasb-hunar egallashga nisbatan ehtiyoj va ishtiyoq, vatanparvarlik va qon-qardoshlik tuyg‘usiga ega bo‘lish, tejamkorlikning ahamiyati va isrofgarchilikning oldini olish, adolat va adolatsizlik, yaxshilik va yomonlikning oqibatlari, axloq-odob qoidalari, sihat-salomatlikni saqlashga oid o‘gitlar o‘z ifodasini topgan.


    95




    Buni «Devon»da keltirilgan bir qancha maqollar mazmunida ko'ramiz: «Odamning olasi ichida -yilqiniki tashqi(sirti)da» maqolida esa ayrim kishilaming yomon niyatlari, o‘y-fikrlari, dilida boshqalarga nisbatan yuzaga kelgan xiyonatni yashirib, kishilarga zo‘rma-zo‘raki ravishda kulib qarashi, ulaming xatti-harakatlarini maqtashi, o‘zini go‘yoki, ularning yutuqlaridan quvonadiganday ko‘rsatishiga aytiladi. «Ho‘kizning oyog‘i boMguncha, buzoqning boshi bo‘lgan yaxshiroq» maqolida mustaqillikni mutelik va tobelikdan, o‘zgalar irodasiga bo‘ysunishdan afzalligi, ayrim harakatlami amalga oshirishda tashabbuskor, faol, ilg‘or, tashkilotchi bo‘lish maqsadga muvofiq ekanligiga urg‘u beriladi. «Odobning boshi - til» maqolida esa xushxulqqa ega bo‘lganlarga nisbatan qo‘yiladigan talablardan biri - shirin so‘zli, xushmuomalali bo‘lish ekanligi ta’kidlanadi. Shirinso‘z, xushmuomala kishi el orasida tezda izzat-ikrom topadi, yuqori martabalarga erishadi. Shu bois yoshlami yoshlikdanoq shirin so‘zli, xushmuomalali, bir so‘z bilan aytganda insonparvar bo‘lishga o‘rgatish maqsadga muvofiqdir, deya ta’kidlanadi. Xalq orasida g‘iybatchi kishilarga nisbatan «lion o‘zining egriligini bilmay, tuyaning bo‘ynini egri deydi» qabilidagi maqol qo‘llanilgan.
    Maqollarda yomonlik qilgan kishining o‘ziga yomonlik qaytishi mumkinligi «Ko‘kka suzsa yuzga tushar» - osmonga tupurgan kishining tupugi o‘zining yuziga tushadi, tarzida ifodalangan.
    Demak, maqollarda bilimlilik, kasb-hunarga ega bo‘lish, axloqiylik, sadoqat, xushxulqlik, ezgulik, kamtarlik, jasorat, shirinsuxanlik, poklik, vafodorlik, do‘stlik, mardlik, mehnatsevarlik kabi insonparvar xususiyatlar ulugManadi. Aksincha, bilimsizlilc, nodonlik, manmanlik, nomardlik, vafosizlik, ikkiyuzlamachilik kabi xislatlar qoralanadi.
    Qo‘shiqlar qadimdan xalq orasida keng tarqalgan. Ular asosan kuyga solinib ijro etilgan. Qo‘shiq aslida keng ma’noli tushuncha bo‘lib, o‘z ichiga bir qancha turlami oladi. Ular orasida mehnat va marosim qo‘shiqlari, hunarmandchilik, chorvachilik, dehqonchilik


    96


    bilan bog‘liq qo‘shiqlar, mavsum qo‘shiqlari, lirik qo‘shiqlar va boshqalar bor.


    Qo‘shiqlarda alohida kishilarning shodlik va g‘ami, his- hayajoni, tuyg‘ulari, fikr-mulohazalari ifodalansa-da, ularda asosan, keng xalq ommasining orzu-umidlari, o‘y-xayollari, ijtimoiy munosabatlari, urf-odatlari, dunyoqarashi mujassamlashgan.
    Qo‘shiq atamasi ham ilk marta Mahmud Qoshg‘ariy tomonidan qayd etilgan bo‘lib, muallif unga she’r, qasida deb izoh bergan.
    Mahmud Qoshg‘ariyning «Devoni lug‘otit-turk» asaridan olingan quyidagi parchada qo‘ni-qo‘shnilarga yaxshilik qilish, ularning hurmatini joyiga qo‘yish targ‘ib etiladi:
    Qo‘ni-qo‘shni qarindosh Ko‘rsin sendan yaxshilik Ne-ne sovg‘a qilishsa Yaxshirog‘in qil tortiq.
    Yana bir qo‘shiqda inson faqat o‘zini o’ylamasligi, o‘zga!ar manfaati uchun ham harakat qilishi lozimligi ta’kidlanadi:
    Ko‘rklik to‘ning o‘zingga,
    Tortiq oshing o‘zgaga.
    Qo‘noqqa ko‘rgaz izzat,
    Yozsin sha’ning uzoqqa.
    VII-VIII asrlarda qabr toshlariga turk-runiy yozuvida o‘yib bitilgan «Urxun-Enasoy» bitiklarida ham bolalami vatanparvar, xalqparvar, tadbirkor, uddaburon, oqil qilib tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Jumladan, Qultegin bitigida turk xalqini uzoqni ko‘ra olmaganligi natijasida Tabg‘ach eliga qaram bo‘lib qolganligi, kelgusi avlodlar bunday xatoliklarni takrorlamasliklari zarurligi quyidagicha uqtiriladi: «So‘zimni tugal eshitgil, keyindagi
    inim, urug‘im, xalqim bu so‘zlami yaxshilab eshit, diqqat bilan
    tingla.... Tabg‘ach xalqining so‘zi shirin, ipak kiyimi nafis....ekan. Shirin so‘zi, ipak kiyimi bilan aldab, yiroq xalqni shu holda birlashtirar ekan... Yaxshi dono kishini, yaxshi alp kishini yo‘latmas ekan. Biror kishi adashsa, urug‘i, xalqi, uyi, yopinchig‘igacha qo‘ymas ekan. Shirin so‘ziga, nafis ipagiga aldanib, ey turk xalqi, oMding».


    97




    Pedagog olima A.S.Kaldibekovaning fikricha, bu bitigtoshlarda bolalami baynalmilallik ruhida tarbiyalash masalasiga ham e’tibor qaratilgan. Bitigtoshlarda turk xalqining Tabg‘ach xonligiga qarshi olib borgan urushlari ham ifoda etilgan. Biroq turk xonlari (To‘nyuquq, Qultegin, Bilga hoqon, Eltarish hoqon) Tabg‘ach xonlarining botirligi, siyosatdonligi, ishbilarmonligi, vatanparvar hamda elsevarligini inkor etmaydi. Ayni shu jihatlami turk xalqida mujassam bo‘lishini chin dildan istaydi. Shu bilan birga Tabg‘ach xonlarining boshqa xalqlar ozodligi, iqtisodiyoti, madaniy hayotiga xavf solayotgani oshkora ko‘rsatib berilgan. Agar ular bu qusurlami bartaraf etishsa, ular bilan har tomonlama aloqalarni yo‘lga qo‘yish foydali ekanligi ta’kidlanadi.
    0‘rta asrlar pedagogikasidagi aksiologik yondashuvlan 0‘rta asrda, Yaqin va 0‘rta Sharqda diniy o‘quv muassasalari - madrasalar ta’lim va fan markazlari bo‘lgan. 0‘zbekistonlik, rossiyalik va chet el sharqshunos tadqiqotchilari tomonidan madrasa turidagi o‘quv muassasalari aynan Markaziy Osiyoda yuzaga kelgani va shu yerdan boshqa mamlakatlarga tarqalgani isbotlangan.
    Somoniylar davrida (X asr) faqat Samarqandning o‘zida 20 ga yaqin madrasalar mavjud bo‘lgan. Abu Ali ibn Sino (980-1037) o‘zining «Donishnoma» («Bilimlar kitobi») nomli asarida mazkur madrasalarda faqat musulmonchilikka oid bilimlar berilibgina qolmay, balki dunyoviy ilmlar ham o‘rganilganligi, ilmiy tadqi- qotlar olib borilganligi, ulaming negizida ilmiy maktablaming yuzaga kelganligi qayd etiladi.
    0‘z davrida madrasalarda o‘qitilishi yoiga qo‘yilgan fanlami Abu Ali Ibn Sino quyidagi tizimlar bo‘yicha ajratadi: odob (xulq etikasi), astronomiya, tibbiyotshunoslik, til va uning grammatikasi, fikh (musulmon qonunchiligi).
    Alloma tomonidan taklif etilgan tarbiya turlari esa quyida- gilardan iborat:

    1. aqliy tarbiya; ’

    2. jismoniy sog‘lomlashtirish;

    3. estetik tarbiya;

    4. ma’naviy tarbiya;


    98


    1. hunarga o‘rgatish.

    Abu Ali Ibn Sino tomonidan taklif etilgan tarbiya turlari Markaziy Osiyoda, Uyg‘onish davrida (IX-X asr) ta’limning insonparvarlik va shaxsning barkamol rivojlanishi borasidagi g‘oyalarga asoslangan edi deyishga imkon beradi.
    Sharq Uyg‘onish davri mutafakkirlari - Muhammad Muso al- Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniylar o’zlarining ta’limiy qarashlarida birinchi o‘ringa inson shaxsini qo‘yadilar hamda bolalami har tomonlama, jismoniy va estetik kamolotga erishishlari, shuningdek, tillarni bilishlarini zarur, deb hisoblaydilar. Aqliy ta’limni tashkil etuvchi fanlar sirasiga matematika, astronomiya, mexanika va tabiatshunoslik kabi tabiiy- ilmiy fanlami kiritadilar.
    Allomalar bolaga hurmat bilan munosabatda bo'lish g‘oyasini ilgari suradilar, sxolastik o’qitish va qattiq intizomga qarshi chiqadilar. Ulaming fikricha, o‘qish bolada bilimlarga qiziqishni uyg‘otishi kerak.
    Muhammad Tarag‘ay Ulug‘bekning (1394-1449 yillar) Samarqanddagi faoliyati XIV-XV asrlarda madrasalarning fanlar rivojini ta’minlovchi markazlari vazifasini bajarganligini ko‘rsatadi. Muhammad Tarag‘ay Ulug‘bek Samarqandning hukmdori boMishi bilan birga, astronom, matematik va tarixchi sifatida mashhur bo’lgan. Shuningdek, allomaning mohir pedagog ham bo‘lganligini tarixiy dalillar qayd etadi. Chunonchi, alloma ko‘plab iste’dodli yoshlarni tarbiyalagan. U odamlar, ayniqsa, yoshlarning ilmiy bilimlarni o‘rganishlariga katta ahamiyat bergan.
    Alloma o‘z davlatida ta’lim sohasida jiddiy islohotlami tashkil etdi. U madrasalami davlat ta’minotiga o‘tkazdi, mudarris (o‘qituvchi)larga oylik ish haqi belgilagan, shogird (talaba)larga stipendiya ajratgan.
    Muhammad Tarag‘ay Ulug‘bek madrasa o‘quv rejasiga quyidagi fanlar: arab tili, adabiyot, Qur‘on, Hadis, ritorika, mantiq, falsafa, fikh (qonunchilik), metafizika, matematika, astronomiya, tibbiyot, geografiya, tarix kabi fanlarni kiritadi.


    99




    Mutafakkir tomonidan barpo etilgan hamda o‘zi bevosita ta’lim bergan madrasalarda o‘qish quyidagi bosqichlardan iborat bo‘lgan:

    1. «Anda» (kichik) - o‘qish muddati 2 yil.

    2. «Aust» (o‘rta) - o‘qish muddati 3 yil.

    3. «A’lo» (oliy) - o‘qish muddati 3 yil.

    Bunday yondashuvda, bugungi kun nuqtai nazaridan aytganda, bakalavriat va magistratura ko‘zga tashlanadi. Ayni vaqtda ular o‘rta asr evropa universitetlari uchun ham xos bo‘lgan.
    Buyuk iste’dod egasi sifatida alloma o‘z davridan bir necha asrlarga o‘zib ketgan. Deyarli 600 yil avval Muhammad Tarag‘ay Ulug‘bek quyidagi aksiomani ilgari surgan: «Bilim olishga intilish davlat ravnaqiga yo‘l demakdir». Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlaming hozirgi tajribasi mazkur fikrni to‘la tasdiqlaydi.
    Nazorat uchun savol va topshiriqlar

    1. Xalq pedagogikasining muhim qadriyatlar manbai sifatidagi ahamiyati nimalarda namoyon bo‘ladi?

    2. Xalq pedagogikasida qanday milliy va umuminsoniy qadriyatlar aks etgan?

    3. 0‘rxun-Enasoy yozma yodgorliklari mazmunida ifoda etilgan qadriyatga doir yondashuvlaming mohiyatini yoritib bering.

    4. Mahmud Qoshg‘ariyning «Devonu lug‘otit-turk» asarida yoritilgan aksiologik g‘oyalar haqida ma’lumot bering.

    5. Muhammad Tarag‘ay Ulug‘bekning ta’lim islohotlarida aks etgan aksiologik jihatlami izohlang.

    Mustaqil o‘qish uchun adabiyotlar

    1. Тохтаходжаева М., Нишонова С., Мадиярова С., Калдыбекова А. ва бошкалар. Педагогика. - Т.: Иктисод-молия нашриёти, 2008.

    2. Нишонова С. Эзгулик йули. - Т.: Маънавият, 2001.


    100




    1. Калдыбекова А. Урхун-Енисей ёзма ёдгорликларини укитиш жараёнида талабаларни байналмилаллик рух,ида тарбиялаш. // «Педагогик таълим» журнали, 2006 йил, 4-сон.

    2. Х,ошимов К., Нишонова С ва бошкалар. Педагогика тарихи - Т.: Укитувчи, 1996.

    3. Узбек педагогикаси антологияси - Т.: Укитувчи, 1995.

    Mustaqil ish topshiriqlari


    1. Download 296,16 Kb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   59




    Download 296,16 Kb.