|
-rasm. 0‘quvchiIarning axboriy madaniyatini shakllantirish
|
bet | 23/59 | Sana | 02.02.2024 | Hajmi | 296,16 Kb. | | #150387 |
Bog'liq Pedagogik-aksiologiya.Мардонов-Ш3-rasm. 0‘quvchiIarning axboriy madaniyatini shakllantirish
tizimi
0‘quvchilarda axboriy madaniyatni shakllantirish imkoniyati o‘quvchilarning mustaqil ishlari va auditoriya ishlari bilangina chegaralanib qolmaydi. Darsdan tashqari faoliyatda axboriy madaniyat nafaqat o‘quvchilami bilish faoliyatini oshiradi, balki axborot texnologiyalami chuqur o‘rganish xohishini ham shakllantirib, shuningdek, axboriy madaniyat ilmiy orientatsiyaga doir malakalarini ham shakllantirib boradi. Axboriy madaniyatni shakllantirish jarayoni, agarda qulay sharoitlar yaratib berilsagina, muvafaqqiyatli tarzda amalga oshishi mumkin.
Pedagogika kolleji o‘quvchilarida axboriy madaniyatni shakllantirish tizimi aniq o‘quv fanlari orqali amalga oshirilishi mumkin. Dastlabki asosiy va eng muhim bosqich informatika, matematika kabi fanlar yordamida amalga oshirilishi mumkin. Kompyuterdan foydalanish malakalarini shakllantirish, algoritmlar turlarini bilish va ulardan foydalana olish ko‘nikmasi, shuningdek, axborotlashtirish muammosi bo‘yicha asosiy tushunchalarni
126
o‘zlashtirish jarayoni barcha o‘quvchilar tomonidan amalga oshirilishi lozim.
Ikkinchi bosqich informatsion texnologiyalar haqida bilimga ega bo‘lish bilan tavsiflanadi. Ushbu bosqichni amalga oshirish maxsus kurslar va mutaxassisliklar orqali amalga oshiriladi.
Uchinchi bosqich nafaqat bilimlami o‘zlashtirishga, balki olingan bilimiarni mutaxassislik faoliyatida ijodiy tarzda qoMlashni o‘zida mujassamlashtiradi. 0‘quvchidagi axboriy madaniyatning ushbu jihatlarini shakllantirishga pedagogik amaliyotning barcha turlari, kurs ishlarini tayyorlash, shuningdek bitiruv malakaviy ishlarini tayyorlash kabilar ham yo‘naltiriladi.
Texnologik yondashuv - kontseptual ta’limiy qadriyat. Ta’limni texnologiyalashtirish - bu o‘qitish jarayoniga texnologik yondashish asosida ta’lim maqsadlariga erishishning eng maqbul yoMlari va samarali vositalarni tadqiq qiluvchi va qonuniyatlarni ochib beruvchi pedagogik yo‘nalishdir. Ta’limga texnologik yondashish - bu ma’lumot va ta’lim mazmunini atroflicha tahlil qilish yo‘Ii bilan o‘quv-tarbiya jarayonining umumiy, xususiy maqsadlarini tahlil qilish, o‘qituvchi va talaba maqsadlarining uchrashgan nuqtalarida (o‘qitish maqsadi, o‘qish maqsadi) ta’limning didaktik maqsadini belgilash asosida ta’limni loyihalash va amalga oshirish yoMlari bilan mo‘ljaldagi etalonga erishishdir.
Umuman, ta’lim texnologiyasi haqida gap ketganda o‘zaro daxldor quyidagi hodisalarni bir-biridan farqlashga ehtiyoj tug‘iladi:
ta’limni didaktik loyihalash;
loyihani amalga oshirish;
ta’limning joriy va oraliq natijasiga ko‘ra didaktik loyihaga tuzatish va o‘zgartirishlar kiritish;
ta’limni takrorlash va yakuniy nazoratdan iborat.
Bu hodisalarning birinchi va ikkinchisi an’anaviy ta’lim- tajribasida ham uchraydi. Ta’lim texnologiyasining an’anaviy ta’lim tizimidan farqi shundaki, ta’lim natijasi va uning etalon darajasida bo‘lishi doimo o‘qituvchi hamda talabaning diqqat markazida turadi. 0‘qituvchi ta’lim natijasini tez-tez tekshirib, talabalami o‘zlari erishgan yutuqlardan ogoh qilib turadi va talabalar o‘zlari
127
erishgan yutuq va kamchiliklarni anglab, yutuqlarini yanada ko‘paytirishga, kamchiliklarini esa bartaraf etishga harakat qiladi. Talabalar ta’limning zaruriyligini, ular ta’lim jarayonining haqiqiy subyektiga aylangan paytida sezishadi.
So‘nggi vaqtlarda «texnologiya» tushunchasini metodikadan ustun qo‘yishga urinishlar yuzaga kelmoqda. Aslida «metodika» tushunchasi texnologiyadan yuqori turadi. Chunki metodika - bu metatexnologiya. Agar mazkur tushunchani o‘quv jarayoniga tatbiq etadigan bo‘lsak, o‘quv jarayoni, maqsadi, vazifalari, mazmuni, shakl, metod va vositalarini belgilashga doir umumiy talablar mavjud. Har bir o‘quv mashg‘ulotini amalga oshirish ma’lum belgilangan algoritmik ketma-ketlikka asoslanadi. Metodika ana shu algoritmik ketma-ketlikning umumiy va xususiy qoidalariga asoslanishni talab etadi. 0‘qituvchi o‘quv maqsadi bilan bog‘liqlikda mashg‘u!otni o‘tkazish texnologiyasini erkin tanlashi mumkin. Aniqroq aytganda, har bir mashg‘ulotda kutiladigan natijaga mos holda o‘quv bosqichlarini alohida-alohida loyihalash, har bir bosqichda qo‘llaniladigan shakl, metod va vositalami tanlab olish imkoniyati yuzaga keladi.
Ayrim holatda «metodika» va «texnologiya» tushunchasini farqlashda o‘qituvchi va talaba faoliyatini asos qilib ko‘rsatishga harakat qilinadi. Ya’ni metodikada o‘qituvchining dars jarayonidagi faoliyati yoritib berilsa, texnologiyada talabalaming o‘quv harakatlari oydinlashtiriladi, degan mulohaza bayon qilinadi. Biroq bunday yondashuvni ma’qullab bo‘lmaydi.»Metodika» ham, «texnologiya» ham o‘qituvchi-talaba faoliyatini yaxlitlikda tahlil etadi. Texnologiya metodikadan farqli ravishda har bir bosqichda o‘qituvchi-talaba faoliyati mazmunini alohida-alohida oydinlashti- radi. Har bir bosqichda erishilgan natijalami tahlil etib, o‘z vaqtida korrektsiyalash imkonini beradi. Ana shu jihat ta’limga texnologik yondashuvning eng asosiy xarakterli tomonidir.
«Metodika» va «texnologiya» tushunchalarining bahs doirasi bilan ham bog‘liqlikda ayrim farqli jihatlami ajratib ko‘rsatish mumkin. Jumladan, metodik tizim «Qanday o‘qitish?», «Nima uchun o‘qitish?», «Nimaga o‘rgatish?» kabi savollarga javob
|
| |