|
Pedagogik aksiologiya
|
bet | 31/59 | Sana | 02.02.2024 | Hajmi | 296,16 Kb. | | #150387 |
Bog'liq Pedagogik-aksiologiya.Мардонов-Ш142
Розов Н.С. Культура, ценности и развитие образования - М., 1992.
Сластенин В.А., Чижакова Г.И. Введение в педагогическую аксиологию. - М.: Академия, 2003.
Mustaqil ish topshiriqlari
topshiriq. Quyidagi chizmaga e’tibor qarating. Muammo yuzasidan fikr yuriting.
topshiriq. «O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimining afzalligi va o‘ziga xosligi shundaki...» mavzusiga asoslangan esse yozish.
Topshiriqni bajarish tartibi:
Mazkur mavzu yuzasidan o‘z nuqtai nazaringizni bayon
eting.
Nuqtai nazaringizni asoslash uchun dalillar kiriting.
Mavzu yuzasidan aniq xulosalar chiqaring.
topshiriq. Quyida keltirilgan jumlalarni davom ettiring.
0‘zbekiston Respublikasi hududida qancha vaqt yashayot- ganidan qat’iy nazar...
143
Davlat ta’lim standartlari...
Umumiy o‘rta ta’lim bosqichlari quyidagicha:...
4.0‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi o‘z ichiga quyidagilarni qamrab oladi:...
0‘zbekiston Respublikasida ta’lim quyidagi turlarda amalga oshiriladi:...
Tegishli ma’lumoti, kasb tayyorgarligi bor va yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan shaxslar...
Ta'lim muassasasini akkreditatsiyalash....
Yetim bolalarni va ota-onalarining yoki boshqa qonuniy vakillarning vasiyligisiz qolgan bolalarni o‘qitish va ularni boqish...
Davlat ta’lim muassasalarini moliyalash...
Nodavlat ta’lim muassasalariga qabul...
Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlariga quyidagilar kiradi:...
Ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida marketingni rivojlantirish yo‘li bilan...
IX bob. 0‘ QUVCHILARDA QADRIYATLAR TIZIMINI SHAKLLANTIRISH
«Qadriyatlar tizimi» tushunchasi va uning o‘ziga xosliklari.
Qadriyatlar tizimi g‘oyat murakkab va ko‘p qirrali ijtimoiy munosabatlar, aloqalar, jarayonlami o‘zida umumlashtirgan yaxlit tabiiy organizm - jamiyat bilan uzviy bogMiq. Fayiasuf olim Q.Nazarov ta’kidlaganidek, jamiyat taraqqiyotining muayyan davrida uning ijtimoiy tuzilishi mutanosiblikka ega bo‘ladi va uning bu davriga qadriyatlarning ham nisbatan barqaror va o‘zaro mutanosib umumiy tizimlari mos keladi. Bu barqarorlik va mutanosiblik qadriyat tizimlari o‘rtasidagi munosabatlarga ham xos bo‘lganidan, bir davrda mavjud bo‘lgan qadriyat tizimlaridan boshqa davrlarda mavjud bo‘lgan qadriyatlar tizimini ajratish, ular o‘rtasidagi farq va tafovutlarni o‘rganish mumkin.
Pedagogik qadriyatlarning individual-shaxsiy tizimi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
shaxsning ham jamiyatda, ham kasbiy muhitdagi o‘zini namoyon etishi bilan bog‘liq qadriyatlar (pedagog mehnatining ijtimoiy ahamiyatliligi, pedagog faoliyatining nufuzi, kasbning yaqin shaxsiy doiradagilar tomonidan tan olinishi va boshqalar);
muloqotga bo‘lgan ehtiyojlarni qondiruvchi va uning doirasini kengaytiruvchi qadriyatlar (bolalar, hamkasblar, mansabdor shaxslar bilan muloqot, bolalarga bo‘lgan mehr va g‘amxo‘rlik, ma’naviy qadriyatlar almashinuvi va boshqalar);
-shaxsning ijodiy individual I igini rivojlantirishga qaratilgan qadriyatlar (kasbiy-ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish imkoniyatlari, jahon madaniyatiga qo‘shilish, sevimli mashg‘ulot bilan shug‘ullanish, doimiy kamolotga intilib borish va boshqalar);
|
| |