|
Pedagogik aksiologiya
|
bet | 32/59 | Sana | 02.02.2024 | Hajmi | 296,16 Kb. | | #150387 |
Bog'liq Pedagogik-aksiologiya.Мардонов-Ш145
hissiyotga boyHgi va maroqliligi, ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarga yordam bera olish imkoniyati va boshqalar);
pragmatik (amaliy) ehtiyojlarni qondirishga imkoniyat beruvchi qadriyatlar (davlat tomonidan kafolatlangan ish, ish haqi, ta’til, xizmat pog‘onasining oshib borishi va boshqalarga erishish).
Yuqorida keltirilgan pedagogik qadriyatlar ijtimoiy va kasbiy tarkibiy qismlami o‘z ichiga oladigan, predmetli mazmuniga ko‘ra farq qiluvchi shaxsiy va vositali ko‘rinishlarga ajraladi. Shaxsiy qadriyatlar - bu pedagog mehnatining ijodiy xarakterini, nufuzlilik, ijtimoiy ahamiyatlilik, davlat oldidagi mas’uliyat, o‘z-o‘zini namoyon qilish imkoniyati, bolalarga mehr va g‘amxo‘rlikni o‘z ichiga oluvchi maqsadli qadriyatlardir. Bu turga xos qadriyatlar o‘qituvchi, ta’lim oluvchilaming rivojlanishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Maqsadli qadriyatlar boshqa pedagogik qadriyatlar tizimida hal qiluvchi aksiologik funktsiyalar sifatida namoyon bo‘ladi. chunki uning maqsadida o‘qituvchi faoliyatining asosiy mazmun-mohiyati aks ettirilgan.
Pedagog pedagogik faoliyat maqsadlarini amalga oshirish yo‘llarini qidirar ekan, o‘zini va o‘zgalarni rivojlantirish yo‘lidagi o‘z kasbiy strategiyasini tanlab oladi. Binobarin, maqsadli qadriyatlar davlatning ta’lim siyosatini va pedagogika ilmining rivojlanish darajasini aks ettiradi. Bu qadriyatlar subyektlashgan holda pedagogik faoliyatning ahamiyatli omillariga aylanadi va vositali qadriyatlarga ta’sir ko‘rsatadi. Ular nazariya, metodologiya, pedagogik texnologiyalami egallash natijasida shakllanib, pedagogning kasbiy ta’limi asosini tashkil etadi.
Shaxs uchun zaruriy qadriyatlar quyidagi maqsadli qadriyatlarni o‘zida aks ettiradi: o‘qituvchi mehnatining ijodiy va serqirralilik tavsifi, uning nufuzi va ahamiyatliligi, jamiyat oldidagi yuksak mas’uliyat, o‘zini namoyon qilish, bolalarga mehr va boshqalar. Bunday qadriyatlar ta’lim oluvchi va ta’lim beruvchi * shaxsining, talabalar jamoasi va pedagogik jamoaning rivojlanishi bilan bog‘liq pedagogik faoliyatda o‘z ifodasini topadi.
Vositali qadriyatlar maqsadli qadriyatlarga erishishda vosita bo‘lib xizmat qiladi (mehnat natijalarining jamiyatda tan olinishi,
|
| |