Pedagogik aksiologiya




Download 296,16 Kb.
bet29/59
Sana02.02.2024
Hajmi296,16 Kb.
#150387
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   59
Bog'liq
Pedagogik-aksiologiya.Мардонов-Ш

140




Birinchidan, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ta’limning oliy qadriyati sifatida shaxs e’tirof etiladi. Mazkur qadriyat Milliy dastuming uzluksiz ta’lim, uning insonparvarlik va ijtimoiyla- shishga yo‘nalishi ko‘rsatmalarini muvaffaqiyatli amalga oshirishni ta’minlashi kerak.
Ikkinchidan, pedagogik jihatdan to‘g‘ri va samarali tashkil etilgan ta’lim-tarbiya jarayoni talabada mustaqil ta’lim olish, o‘z- o‘zini tarbiyalash, o‘z-o‘zini rivojlantirish layoqatlarini shakl- lantiradi. Bu jarayon bizning fikrimizcha, yangi ta’limiy qadriyatlarning yuzaga kelishiga sabab boMadi ».
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da axborot texnologiyalari zamonaviy ta’limning muhim qadriyati sifatida e’tirof etilgan. Bo‘lajak o‘qituvchilarga uzaytirilgan guruh tarbiyalanuvchilariga axborot texnologiyalari bilan ishlashga oid bilimlami berish, ulardan foydalanishga oid ko‘nikma va malakalar tavsiya etiladi. Sh.Mardonovning fikricha, ular quyidagi o‘quv manbalari asosida tashkil etiladi: lug‘at, entsiklopediya, mutafakkirlaming asarlari, xalq pedagogikasi g‘oyalari, maxsus teleko‘rsatuv, radioeshit- tirishlar hamda kompyuter ma’lumotlari.
Axborot texnologiyalari xizmatidan foydalanishga oid bilimlar quyidagi metodikalar asosida beriladi:

  • falsafa, psixologiya, pedagogika, etika, estetikaga oid lug‘atlar hamda entsiklopediyalar bilan ishlash; psixologik- pedagogik tushunchalaming mohiyatini yorituvchi ilmiy, ilmiy- metodik va ommabop adabiyotlardan foydalanish;

  • muqobil tushuncha va ifodalarni anglash (chunonchi, shaxs va uning rivojlanishi; kasbiy-pedagogik munosabatlar mazmunini ochib berish)ga yo‘naltirilgan ta’limiy mashg‘ulotlami tashkil etish.

Eng muhim tushunchalami aniqlash yo‘lida quyidagi harakatlami tashkil etish maqsadga muvofiq:

  • atamalar, tushunchalar, mashhur iboralar hamda shaxsiy mulohazalar bo‘yicha pedagogik ma’lumotnoma, lug‘atlar tuzib borish;

  • xalq pedagogikasini o‘rganish, xalq og‘zaki ijodi namunalari asosida didaktik qarashlardan iborat majmuani yaratish;



Download 296,16 Kb.
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   59




Download 296,16 Kb.