• Qayta
  • Bilaman
  • Pedagogik aksiologiya




    Download 296,16 Kb.
    bet26/59
    Sana02.02.2024
    Hajmi296,16 Kb.
    #150387
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   59
    Bog'liq
    Pedagogik-aksiologiya.Мардонов-Ш

    Ifodali
    (atamali)
    qadriyatlar

    Aso­
    siy
    tartib

    Qayta
    tartib-
    lash

    Amaliy
    (harakatga
    yo‘naltiruvchi)
    qadriyatlar

    Aso­
    siy
    tartib

    Qay-
    ta
    tar­
    tib
    lash

    Jo‘shqin hayot

    1




    Tartiblik
    (intizom)

    1




    Hayotiy tajriba

    2




    Axloqiylik

    2




    Salomatlik

    3




    Hayotiy ehtiyoj

    3





    131




    Qiziqarli kasbiy faoliyat

    4




    Quvnoqlik

    4




    Tabiat (san’at) go‘zalligi

    5




    Mustaqillik

    5




    Muhabbat
    (sevgi)

    6




    0‘ziga va o‘z- galar harakat- lariga nisbatan tanqidiy yondoshuv

    6




    Iqtisodiy
    farovonlik

    7




    Bilimlilik

    7




    Haqiqiy do‘stga ega bo‘lish

    8




    Javobgarlik

    8




    Jamoada o‘z o‘rniga ega bo‘lish

    9




    0‘z-o‘zini nazorat qilish

    9




    Keng tafakkur

    10.




    0‘z fikriga egalik

    10.




    Ma’naviy
    jihatdan
    kamolotga
    erishish

    11




    Kuchli iroda

    11




    Keksalik
    huzur-halovati

    12




    Ratsionalizm

    12




    Erkinlik

    13




    Sabrlilik

    13




    Baxtli oilaviy hayot

    14




    Dunyoqarash
    kengligi

    14




    Mustaqillik

    15




    Vijdonlilik

    15




    Yaqinlaming
    baxti

    16




    Odillik

    16




    Ijod

    17




    Ish unumdorligi

    17




    0‘ziga
    nisbatan
    ishonch

    18




    Sinchkovlik

    18





    132




    Bilaman

    Biltnoqchiman

    Bilib oldim











    133


    Ill BO’LIM


    PEDAGOGIK AKSIOLOGIYANING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISH OMILLARI


    1. bob. JAHON MIQYOSIDA VA 0‘ZBEKIST0NDA TA’LIM-TARBIYA SOHASINI AKSIOLOGIZATSIYALASHNING ASOSIY YO‘NALISHLARI

    Tayanch tushunchalar: paradigma, qadriyatli paradigma, aksiologizatsiya, tendentsiya, modernizatsiya.
    Ta’limning qadriyatli paradigmasi.Bugungi kunda ta'lim tizimining rivojlanishidagi asosiy yo‘nalishlardan biri qadriyatli paradigmaga o‘tish jarayoni ro‘y bermoqda. Mazkur yondashuvga yo‘nalganlik qarashlarning kontseptual tizimlari, an’anaviy va innovatsion jarayonlarning qadriyatli asoslarini yaqinlashuvini obyektiv jihatdan talab etadi. Ana shu sababdan pedagogik hodisalami o‘rganishda aksiologik yondashuvning tarixiy ildizlarini, shakllanish va rivojlanish omillarini hamda mazmun-mohiyatini to‘la anglab olish o‘ta muhimdir.
    Aksiologik muammolar bilan mil. av. VI-V asrlardayoq qadimgi yunon olimlari - Geraklit, Demokrit, Suqrot, Aflotun, Aristotellar shug‘ullana boshlashgan. Ular asosiy aksiologik savollarni shakllantirishga harakat qilganlar: oliy baxtga erishish mumkinmi? Hayot mazmuni nimada? Haqiqat bormi? Go‘zallik nima?
    Sharq mutafakkirlaridan Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Yusuf Xos Xojib, Alisher Navoiylar inson hayoti, uning ta’lim va tarbiya olishi muhimligini o‘z asarlarida ko‘rsatib berish orqali pedagogik aksiologiyaning tamal toshini qo‘yganlar.


    134




    Uzoq vaqtlar nazariy-pedagogik masalalar mustaqil tadqiqot sohasi sifatida emas, falsafa doirasida qarab kelingan. Biroq Sharq mutafakkirlarining g’oyalari ta’lim, tarbiya, ta’lim metodikasi bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, pedagogik fikrlar rivojida hal qiluvchi rol o‘ynagan. Misol uchun, X asrda al-Xorazmiy tomonidan qo‘llanilgan kuzatilgan voqea va hodisalami tushuntirishda muntazamlilik, ketma-ketlik tamoyilini XIX asr oxirida Abdulla Avloniyning pedagogik asarlarida uchratish mumkin.
    Shaxsga yo‘naltirilgan qadriyatli bilimlar ikki jihatga qaratilgan: ichki - shaxsiy muvaffaqqiyatga erishish vositasi sifatida (Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Abu Nasr Forobiy, Alisher Navoiy, Jaloliddin Davoniy) va tashqi - o‘z-o‘zini anglash va o‘z- o‘zini takomillashtirish vositasi sifatida (Yusuf Hamadoniy, Xoja Hasan Andoqiy, Xoja Abdulloh Barraqiy (Barqiy), Xoja Ahmad Yassaviy, Xoja Abdulxoliq G‘ijduvoniy Xojagon, Bahouddin Naqshband ).
    Qadimgi va o‘rta asrlarda shakllangan an’analar Sharq uyg‘onish davriga kelib, o‘ziga xos ahamiyatga ega bo‘ldi. Ta’lim va tarbiya masalalari qaytadan ko‘rib chiqila boshlandi va ulami hal qilishning yangi yo‘llari izlab topildi. Insonparvarlik yo‘nalishiga ega bo‘lgan ta’lim mazmuniga qo‘yi!adigan talablar o‘zgardi. Ustoz va ta’lim oluvchi o‘rtasidagi munosabatlar o‘zgardi, faollik, o‘rganish jarayonida ta’lim oluvchilaming mustaqilligi qadriyati o‘sib bordi. Ta’lim oluvchining bilishga qiziqishini shakllantirish g‘oyasi rivojlandi. Mazkur davrda pedagogik g‘oyalar markazida bolaning individual rivojlanishi qo‘yilsa-da, biroq shaxs jamiyatga qarama-qarshi qo‘yilmagan. Bu bilan bogMiqlikda ta’lim ijtimoiy taraqqiyot sharti sifatida belgilangan.
    Buyuk olim va davlat arbobi Mirzo Ulug‘bek esa, «bilim olishga intilish davlat ravnaqiga yo‘l demakdir», degan aksiomani ilgari surib ta’limning aksiologik qadriyat statusini aniq belgilab bera olgan edi.
    Keyinchalik ma’rifatparvar pedagog olimlar - Zavqiy, Avaz 0‘tar, Dilshodi Bamo, Furqatlarning, jadid pedagog olimlari - Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla


    135




    Avloniy, Hamza Hakimzoda Niyoziylar ta’limning davlat-jamiyat- shaxs rivojidagi integratsiyasini o‘z qarashlari orqali ochib berishgan.
    Faqatgina XX asrning boshlaridan boshlab aksiologiya dastlab falsafaning alohida yo‘nalishi sifatida o‘rganila boshlandi. Bu harakatni 1902 yilda nemis olimi P.Lapi boshlab bergan. Shundan so‘ng Yevropa faylasuflari mazkur masalaga jiddiy e’tibor qarata boshladilar. Biroq sobiq sovet davlatida XX asrning 60-yillarigacha mazkur masalaga idealistik yo‘nalish sifatida qaralib, tadqiq etilmagan. Ana shu davrdan boshlab rus olimlaridan B.G.Ananyev, V.A.Vasilenko, O.G. Drobnitskiy, B.G.Kuznetsov, N.M.Kuznetsov,

    1. A.Ruchka, V.P.Tugarinov, V.A.Yadovlar qadriyat muammosini tadqiq eta boshlaganlar. 0‘zbek olimlaridan J.T. Tulenov birinchilardan bo‘ lib, qadriyatlar falsafasini tadqiq etgan. Keyinchalik faylasuf olimlardan E.Yusupov, S.Kornilova, I.Karimov, Q.Nazarov, S.Valieva. M.Rustamova, K.Tulenovalar aksiologiyaning turli jihatlarini yoritishga harakat qilganlar.

    XX asrning 80-yillaridan boshlab pedagogik aksiologiya ta'lim falsafasi sifatida tadqiqotlar sohasiga aylandi (B.S.Gershunskiy, V.M.Rozin, Yu.B.Tupalov, M.I.Fisher, P.G.Shedrovetskiy). Ta’lim­ning insonparlashuvi sharoitida o‘quvchilarning bilish faoliyatiga motivatsion-qadriyatli munosabat tadqiq etildi (B.I.Dodonov,

    1. G.Kuznetsov, E.A.Mamchur, V.B. Mironov va boshqalar). Pedagogik faoliyatning aksiologik tavsifi B.Z.Vulfov, V.A.Slastyonin, E.N.Shiyanovlarning ishlarida o‘z aksini topgan.

    0‘zbekistonda J.G‘.Yuldaskev, R.H.Jo‘raev, F.R. Yuzlikaev, Sh.Q. Qurbonov, R.Axliddinov, M.Q. Quronov, R.Ibragimov,
    S.Madiyorova, R.Qodirova, A.Kaldibekova, Sh.Q. Mardonov, T.Toshlonov, I.Reves, N.M. Egamberdieva, A.Muxsieva, N.Djami- Iovalar o‘z tadqiqotlarini pedagogik aksiologiya nuqtai nazaridan yoritishga harakat qilganlar.
    Bugungi kunga kelib esa, pedagogik aksiologiyaning jadal rivojlanayotganligi namoyon bo‘lmoqda. Buning asosiy sababi jamiyat ehtiyojlardan kelib chiqqan holda, shaxsning ma’naviy imkoniyatlariga bo‘lgan talablaming oshib borayotganligidadir.


    136




    Davriy nashrlarda ta’limning rivojlanishining aksiologiyaga asoslangan strategiyasi; qadriyatlarga tarbiya maqsadining asosi sifatida qarash; o‘quvchilaming qadriyatga yo‘nalganligini shakllantirishning amaliy tajribasini tahlil etish, ta’limni qadriyatli tashxis etishning vazifalarini shakllantirish kabi uning insonpar­varlik mohiyatini aks ettirishi ko‘zga tashlanadi (V.I.Ginetsinskiy,

    1. F.Isaev, N.D.Nikandrov, Z.I.Ravkin, N.S.Rozov, V.A.Slastenin, E.N.Shiyanov, Sh.Q. Mardonov, T.Toshlonov, Yu.Ismoilova, B.X.Xodjaev va boshqalar).

    Umuman olganda, pedagogik aksiologiyaning shakllanish va rivojlanishi jarayonida quyidagi muhim natijalar qo‘lga kiritilgan:

    1. ta’lim va tarbiyaga shaxsning ijtimoiy va kasbiy ijtimoylashuvini aniqlab beruvchi asosiy qadriyat sifatida qarash;

    2. qadriyatli fikrlashdan kelib chiqadigan individuallik;

    3. shaxsning individual rivojlanishi jarayonida uning umuminsoniy qadriyatlarga oshno etish orqali shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv; *

    4. inson tomonidan shaxsiy erkinlik, burch, majburiyat kabi qadriyatlarni anglab olinishi lozimligi;

    5. shaxsiy erkinlik, burch, majburiyat kabi qadriyatlarni har bir insonning o‘zi va u yashayotgan jamiyatdagi odamlar tomonidan tan olinishi, ya’ni har bir inson uchun qadriyatga aylanishi;

    6. ta’lim va tarbiyaga aksiologik yondashuv, qadriyatli ong, munosabat, xulq-atvomi shakllantirishda katta ahamiyatga egaligi.

    Ta’Iimga qadriyatli yondashuvning dolzarbligini aniqlovchi omillar. Turli resurs manbalarida pedagogik aksiologiya XX asrning 80-yillaridan boshlab, bilimlaming mustaqil sohasiga aylangani, 90-yillardan boshlab, uning jadal shakllanishi va rivojlanishi sodir boiganligi ta’kidlanadi. Buning asosiy sababi jamiyat ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, shaxsning ma’naviy imkoniyatlariga birdaniga talablaming o‘sganligidir.
    Davriy nashrlarda ta’limning rivojlanishining aksiologiyaga asoslangan strategiyasi; qadriyatlarga tarbiya maqsadining asosi sifatida qarash; o‘quvchilaming qadriyatga yo‘nalganligini shakl­lantirishning amaliy tajribasini tahlil etish, ta’limni qadriyatli tashxis



    Download 296,16 Kb.
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   59




    Download 296,16 Kb.