Pedagogik aksiologiya




Download 296,16 Kb.
bet24/59
Sana02.02.2024
Hajmi296,16 Kb.
#150387
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   59
Bog'liq
Pedagogik-aksiologiya.Мардонов-Ш

128




izlaydi, texnologiya esa, «Qanday tarzda samarali o‘qitishga erishish mumkin?» degan savolni markazga qo‘yadi. Metodika o‘quv jarayonini qanday tarzda tashkil etish lozimligini nazarda tutsa, texnologiya qay yo‘sinda o‘quv jarayonini eng qulay, maqbul tarzda amalga oshirishga diqqat-e’tibomi qaratadi.
Real ta’lim amaliyotida e’tibor qaratish lozim bo‘lgan yana bir muhim masala «metod» va «texnologiya» tushunchalarini bir xil mazmunda qo‘llanilayotganidir. Bu borada faqat amaliyotchi- pedagoglarni aybdor deyish ham o‘rinli emas. Sababi pedagogik texnologiyaga doir adabiyotlarda «metod» tushunchasining o‘rniga «texnologiya» so‘zini qo‘yib ishlatilish holati juda ko‘p uchraydi. Metod - maqsadga erishish yo‘li sifatida yaxlit ta’lim jarayonining alohida elementi hisoblanadi. Agar interfaoi metodlarni «texnologiya» so‘zi bilan ifoda etayotgan mutaxassislar ularni qo‘llash bosqichma-bosqich amalga oshirilishini nazarda tutib, shunday yondashuvga asoslanayotgan bo‘lsalar bunday nazariy- metodologik asos didaktik nuqtai nazardan mutlaqo xato. Chunki texnologik jarayon ikki - loyihalash va rejalashtirish bosqichlaridan tashkil topadi.
Ta’lim loyihasi ma’lumot mazmunini davlat standartlari talablari asosida tahlil etishdan boshlanadi. Tahlil ma'lumot mazmuni elementlari (bilim, ko‘nikma va malakalar, ijodiy faoliyat tajribasi, munosabatlar) dasturlarda qanday berilganligi, darsliklarda qanday aks ettirilganligiga qaratiladi. Kevin ta’lim mazmuni o‘rganiladi u yoki bu mavzuni o‘rganishdan ko‘zda tutilgan maqsad, ta’limning didaktik maqsadi, o‘qituvchi va talabalar maqsadi, maqsadlarni amalga oshirish va hisobga olish varaqalari, beriladigan uy ishlari miqdori, mavzular bo‘yicha o'tkaziladigan test savollari, reyting nazorati bosqichlari, etalon darajasida o‘zlashtirish shakl, metod va vositalari oldindan belgilab qo‘yiladi. Bu ishlarning barchasi ta’lim modelini yaratishga olib keladi. Rejalashtirish mashg‘ulot bosqichlarini loyihalash, har bir bosqichda professor- o‘qituvchi va talabalar faoliyatini oydinlashtirish, qadamlar ketma- ketligini aniqlashtirishni talab etadi. Natijada mashg‘ulotning texnologik xaritasi yaratiladi.


129




Yuqoridagi fikrlami umumlashtirib aytganda, ta’lim texnolo- giyasi o‘qitish metodikasi asosida qurilib, uning qonuniyatlari, tamoyillari, shakl, metod va vositalariga asoslangan holda, kutila- digan natijalarga asoslangan holda o‘qitish jarayonining har bir bosqichini alohida-alohida loyihalash, loyihaga muvofiq o‘qituvchi va talaba faoliyatini aniq belgilangan ketma-ketlikda amalga oshirishning samarali texnikasidir.

Download 296,16 Kb.
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   59




Download 296,16 Kb.