|
Absolyut umuminsoniy qadriyatlarga quyidagilar kiradi
|
bet | 21/59 | Sana | 02.02.2024 | Hajmi | 296,16 Kb. | | #150387 |
Bog'liq Pedagogik-aksiologiya.Мардонов-ШAbsolyut umuminsoniy qadriyatlarga quyidagilar kiradi:
diniy-ma’naviy;
barcha mohiyat-e’tiborga molik kuch va individual qobiliyatlami rivojlantirishga imkon beruvchi;
ichki axloqiy erkinlik, burch va majburiyatli ongni tarkib toptirishga yordam beruvchi;
vijdon, sevgi, ishonch, burch, ziyolilik kabi ma’naviy poydevorga ega axloqiy individuallik va jamoaviylikni shakllantiruvchi;
intellektual mulk va jismoniy mehnatga doir qobiliyatni rivojlantiruvchi;
dunyoni axloqiy, estetik va ekologik idrok etish va anglashga imkon bemvchi.
Aniq tarixiy shart-sharoit va vaziyat bilan bog‘liqlikda mavjud bo‘Iuvchi vaqt bilan bog‘liq tarbiyaviy qadriyatlarga quyidagilar kiradi:
mafkuraviy va siyosiy qarashlar;
huquqiy va axloqiy ong va me’yor tizimi;
fuqarolik ongi, xulq-atvori va fazilati darajasi;
hayot va amaliy yo‘nalganlik istiqboli;
moda, etiketga yo‘nalganlik;
121
- kasbiy yo‘nalishIar.
Barqaror mental-etnik tarbiyaviy qadriyatlarga quyidagilar kiradi:
yaxlit milliy tarixiy-tajriba, ishlab chiqarishdagi o‘ziga xosliklar, milliy madaniyat, geografik shart-sharoitlar, xalqaro vaziyat asosida yuzaga keluvchi milliy xarakter xususiyatlari;
an'analar, urf-odatlar, xalq og‘zaki ijodi, xalq amaliy san’ati namunalari, obidalar, yodgorliklar;
ta’limiy an’analar (ta’lim mazmuni, shakl, metod va vositalari);
oilaviy an’analar va munosabatlardagi o‘ziga xosliklar;
xalq hunarmandchiligi;
milliy badiiy tasviriy san’at, musiqa, teatr, kinematografiya, poetik ijod;
diniy qarash va e’tiqoddagi o‘ziga xoslik.
Absolyut ijtimoiy ahamiyatga ega individual-shaxsiy qadriyatlarga esa, quyidagilar kiradi:
iroda erkinligi;
mustaqil fikrlash, xatti-harakatlardagi mustaqillik;
qonunlarga rioya etish va qonunlami takomillashtirishga qobiliyatlilik;
adolatparvarlik;
ziyraklik;
g‘amxo‘rlik;
go‘zallik va ezgulikka ishonch;
intizomlilik, o‘z-o‘zini takomillashtirish, o‘z-o‘zini bosh- qarish;
o‘zligini saqlab qolish, ichki insoniy borlig‘ini anglash.
0‘quvchiIarning axboriy madaniyatini shakllantirish yangi
ta’limiy qadriyat sifatida. Ta’lim tizimida yuz bergan innovatsion o‘zgarishlar jarayoni mutaxassislik ta’limi tizimining oldiga - boMajak tarbiyachilarni tayyorlashda turli xil o‘zgartirishlar kiritish, tarbiyachilarning axboriy madaniyatini shaklantirishda xilma-xil yangiliklarni kiritish kabi talablarni qo‘ya boshladi. Axboriy .. madaniyat mutaxassis shaxsini innovatsion faoliyatga axborot
122
texnologiyalari asosida rivojlantirishning shaxsiy, nazariy va amaliy birligini aks ettiradi. «Axboriy madaniyat» tushunchasi asosida shaxsning axboriy jihatdan shakllanganligining uchta asosiy dara- jasi ajratib ko‘rsatiladi: umumiy (bazaviy), professional (kasbiy) va yuksak (mazmunli-qadriyatli). Shaxsda axboriy madaniyatning shakllanganligini mazkur darajalari aniq mezonlarni tanlash va shaxsiy rivojlanganlik ko‘rsatkichlari bilan bog‘liq.
0‘quvchining axboriy madaniyat tizimidagi kognitiv- operatsion va tashkiliy tarkibiy qismlari universallik, axboriy faoliyatning fanlararo aloqadorligi, shuningdek, insonning turli xil faoliyat tizimidagi umumlashgan tavsifini aks ettiruvchi kompyuter savodxonligi bilan belgilanadi. Axboriy madaniyat mazkur holatda metodik jihat bilan bog‘liqlikda namoyon bo‘ladi.
Kasbiy (amaliy) tarkibiy qism o‘quvchi shaxsining mutaxassislik faoliyatida namoyon bo‘luvchi axboriy faoliyatning o‘ziga xosligi, mutaxassislik bilan bogMiqlikda axborotlarni izlab topish, tanlash va foydalanish kabi jihatlarni o‘zida aks ettiradi.
Kommunikativ va dunyoqarashga oid tarkibiy qismlar - integrativ, sintetik, informatsion faoliyatning ko‘p funktsionalligi; uning fanlararo va universalligi kabi mezonlar bilan aniqlanuvchi shaxsning yuqori axboriy madaniyat darajasini (mazmunli- qadriyatli) aniqlab beradi. Axboriy faoliyat mazkur holatda strategik jihat bilan bog‘liqlikda namoyon bo‘ladi.
asrda ta’lim tizimi oldida turgan eng dolzarb masalalardan biri shaxsning axboriy madaniyatini shakllantirishdan iborat. Aynan 1999 yilda XXI asr «Texnik-mutaxassislik ta’limi» kongressi tomonidan - «Bilimlar, axborotlar va tsivilizatsiya erasi» sifatida tan olindi.
Mazkur jarayonda o‘quvchilarning axboriy madaniyati tez o‘zgaruvchan axboriy jamiyatda muvafaqqiyatli moslashuv va samarali ta’sir ko‘rsatishga imkon beruvchi nazariy va amaliy bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashni shart qilib qo'yadigan shaxsning integrativ xususiyati sifatida ko‘rib chiqiladi. Ana shu nuqtai nazardan axboriy madaniyat o‘zida motivatsion, kognitiv va
123
operatsion tarkibiy qismlaming o‘zgaruvchan jarayonlarini namoyon etadi:
1-bosqich - o‘quvchi axboriy madaniyatining motivatsion tarkibiy qismini tarkib toptirishga yo‘naltirilgan. Ushbu bosqichning maqsadi - o‘quvchilarda yangi axborot texnologiyalarini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishni, ehtiyojni shakllantirish hisoblanadi. Ushbu bosqichning maqsadini amalga oshirish quyidagi vazifalami hal etishga qaratilgan bo‘ladi:
o‘quvchilarni asosiy tushunchalar («axboriy madaniyat, axborot texnologiyalardan foydalanishga tayyorgarlik) va mutaxassislikning o‘ziga xos xususiyatlari bilan tanishtirish;
o‘quvchilar bilan hamkorlikda ulami bo‘lajak mutaxassislik faoliyatidagi bilimlarini nazariy va amaliy jihatdan mukammal o‘rganib chiqishga yo‘naltirgan holda o‘quvchilar axboriy madaniyatining dastlabki darajasini ) aniqlash; o‘quvchilardagi axboriy madaniyatning shakllanganligini - kollejda muvvafaqiyatli o‘qish bilan birga bo‘lajak mutaxassislik faoliyatida o’z-o‘zini namoyon etish sifatida anglatish;
Ikkinchi bosqich - o‘quvchini axborotlashgan jamiyatda faoliyat ko‘rsatish va o‘z faoliyatini zamonaviylik bilan bogMiqlikda boshqara olishni to‘liq anglab olishini taqozo etadi. Bunday yondashuv - o‘quv axborotini tanlash, o‘quvchilar axboriy madaniyatini shakllantirishni faollashtirish va uning axborotlashgan jamiyatda kasbiy moslashuvni ta’minlash nuqtai nazaridan amalga oshiriladi.
Ikkinchi bosqichning maqsadi - o‘quvchilaming o‘quv-biluv va kasbiy faoliyatida axboriy madaniyatini shakllantirishga yo‘naltirilgan quyidagi analitik, prognostik, texnologik, shuningdek, tashkiliy ko‘nikmalar majmuini tarkib toptiradi:
avval tajribalarda egallangan nazariy, metodik, amaliy bilimlami mustahkamlash;
o‘quvchilarda jamiyatni axborotlashtirish sharoitida faoliyat maqsadi va vazifalarini aniqlay olish ko‘nikmalarini shakllantirish;
|
| |