Pedagogik aksiologiya




Download 296,16 Kb.
bet17/59
Sana02.02.2024
Hajmi296,16 Kb.
#150387
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   59
Bog'liq
Pedagogik-aksiologiya.Мардонов-Ш

Tayanclt tushunchalar: ta’lim falsafasi, ta'lim falsafasi tarixi, pedagogik qadriyatlar, ta’limiy qadriyatlar, tarbiyaviy qadriyatlar, tarbiyaviy qadriyatlar manbalari.
Ta’lim falsafasi va uning mohiyati. XVII1-XX asrlardagi pedagog-olimlarining ilmiy izlanishlari shundan dalolat beradiki, amaliyoti dastlabki davrlardanoq falsafa maqsadidan kelib chiqqan zamonaviy maktab va ta’lim o‘zining rivojida, Ya.A.Komenskiy, U.G.Pestalotstsi, F.Frebelem, I.F.Gerbart, A.Disterverg, J.Dyui, Abdulla Avloniy, Flamza Hakimzoda Niyoziy va boshqa klassik pedagoglar tomonidan ilgari surilgan falsafiy-pedagogik g‘oyalar bilan boyib borgan. Ularning g‘oyalari ta’limning klassik modeli asosida yuzaga kelgan bo‘lib, o‘zining mazmunida avvalgi asoslami saqlab qolgan: ta’limning maqsadi va mazmuni, ta'limning shakl va metodlari, ta’lim muassasasi va ta'lim jarayonining tashkil etish usullari.
XX asrga kelib esa, bu g‘oyalar orasida ta’lim olganlik g'oyasi alohida ahamiyat kasb eta boshladi. Ta’lim olganlik - bilimlarni egallaganlik va uni amalda qo‘llay olish demakdir.
Bu davrdagi pedagogik g‘oyalar insonning imkoniyatlarini - oliy nerv faoliyati fiziologiyasidan pedagogik psixologiyagacha bo‘lgan kontseptsiyalarni ilgari surgani bilan xarakterlidir: «yaqin zonadan» rivojlanish (L.S.Vigotskiy), shaxs rivojlanishida nazariy bilimlaming hal qiluvchilik roli (L.V.Zankov), ta’lim shart- sharoitlari (S.L.Rubinshteyn), rivojlanishning ijtimoiy vaziyati (L.I.Bojovich), aqliy faoliyatning bosqichma-bosqich rivojlanishi (P.YA.Galperin), ta’limda onglilikni shakllantirish (V.V. Davidov).
XX asrning 60-yillarida pedagogikada madaniy dialog, hamkorlik, birgalikdagi harakat, boshqa qarashlami tushuna olish


103




zarur, shaxsga hurmat, uning huquqlari kabi g‘oyalar amaliy ta’limni inkor etmagan holda yuzaga keldi. Ular o‘rtasidagi bog‘liqIik shunda ko‘rinadiki, ta’limning klassik modeli jamiyat va zamonaviy ishlab chiqarish talablariga javob berishdan kelib chiqqan bo‘lsa, falsafiy-pedagogik g‘oyalarda imkoniyat yuzaga chiqadi. Ya’ni pedagogikaning yangi metodologiyasi an’anaviy ta’lim jarayonlarini intellektual qayta ishlangani, deyish mumkin.
Ta’lim falsafasining rivoji pedagogik amaliyotda muloqot an’anaviy tushunishning nazariy anglash shart-sharoitlari sifatida yuzaga chiqadi. Pedagogika fanidagi murakkab tizimlar va tushunchalar klassik ta’limning falsafiy g‘oyalariga asoslangan. Ulami nazariy idrok etish ta’limda boshqa falsafiy-dunyoqarashli tushunchalami keltirib chiqaradi.
Zamonaviy pedagogika fanining asosiy tendentsiyasi - uning shaxsni «anglash», o‘z dunyoqarashiga asoslanishga e’tibor qaratganligidir. Bu esa, zamonaviy pedagogik amaliyotning muhim jihatiga aylandi. Pedagogika va inson amaliyotida insonparvarlik an’analarining rivojlanishi, uning o‘z hayotida qo‘ygan muhim vazifalarini o‘zida aks ettiradi.
Inson hayoti har doim bo‘lib o‘tgan voqealami baholash, vazifalami qo‘yish, izlash, xulosalar qabul qilish, dunyoqarash vaziyatlarida kechadi. Bunda uning atrof-muhit bilan munosabatlari ikkita farq bilan o‘zaro bog‘liq: amaliy va abstrakt-nazariy (bilish).
Bundan kelib chiqadiki, pedagogika metodologiyasi ta’lim falsafasiga haqiqiy insonparvarlikning mohiyati, borliqning yangilanishi va pedagogik bilish haqidagi nazariy qoidalar yig‘ indisi sifatida qaraydi. Bunday metodologiyaga muvofiq, fanlarning, shu jumladan, pedagogikaning insonparvarlik mohiyatidan kelib chiqadigan vazifasi o‘zida insonga bilish, muloqot, ijod subyekti sifatida yondashishni aks ettiradi. '
Bizga ma’lumki, ilmiy bilish, shuning barobarida pedagogik bilish faqatgina ijodkorliknigina emas, ijtimoiy ehtiyojlami to‘la qondirish maqsadini ham ro‘yobga chiqaradi. Nazariy va amaliy bilish orasidagi «ko‘prik» vazifasini aksiologik yoki qadriyat sifatidagi yondashuv bajaradi.


104




Umumiy aksiologiya uchun uning o‘rganish obyekti sifatida aks etadigan xilma-xil qadriyatli ta’riflar xarakterlidir.
Chet el aksiologiyasida subyektivli yo‘nalganlik (emotivizm, ekzistentsializm, affektiv-iroda nazariyasi); subyektivistik yo‘nalganlik (neokantchilik, neotomizm); empirik maktab (ijtimoiy- psixologik nazariya, lingvistik tahlil, neonaturalizm) kabi malctab- laming ajralib chiqishi mazkur masalani yanada murakkablashtiradi.
Chet el falsafasida qadriyatlar tabiatini tahlil qilishga yondashuvlami umumlashtirish asosida M.A.Kisel qadriyatning manbaiga asoslanib, ulami ehtiyojli, ideal turmush, oliy qadriyatli voqelik, intuitsiya qadriyatlari tarzida tasnif etadi.
Qadriyatli tasnifda qadriyatlaming rivojlanib borishi turli nuqtai nazardan ko‘rib chiqiladi. Faqatgina umumiy aksiologiyacdagi barcha murakkab qadriyatli tizimlar real ta’limiy muammolarni hal etish bilan bevosita o‘zaro aloqador, deb ta’kidlash to^g^i bo‘lmaydi. Bir paytning o‘zida o‘zaro aloqadorlik ham ma’ lum bo‘ladi va u ko‘p jihatdan ta’lim falsafasiga asoslanadi.
«Ta’lim falsafasi» atamasi ham turlicha talqin etiladi. Britaniyada nashr etilgan entsiklopediyada ta’lim falsafasiga ta ’lim mohiyati, uning rivojlanish qonuniyatlarini ochib berishga doir muammolar bilan shug‘ullanuvchi bilim sohasi; ta’limning falsafiy nazariyasi sifatida ta’limning rivojlanish masalalarini ko‘rib chiquvchi turli yo‘nalishlar yig‘indisi sifatida ta’rif beriladi. Ta’lim falsafasining alohida tadqiqot yo‘nalishi sifatida ajralib chicqishi

  1. asming 40-yillarida Kolumbiya universitetida falsafa va pedagogika nazariyasi sohasi mutaxassislarining ilmiy jamiyatixiing yaratilishi bilan bog‘liqdir. Uning faoliyat maqsadi sifatida ta’limning falsafiy muammolarini tadqiq etish, ta’limiy dasturlarni falsafiy ekspertiza qilish, o‘quv kurslarini ishlab chiqish va o‘rta maxsus va universitetlar uchun kadrlar tayyorlash aks etadi.

Ta’lim falsafasi tarixi tushunchasi XX asming 60-yillarida R.Piters tomonidan ta’lim asosi sifatidagi asosiy manbalar: Madaniyat, Jamiyat, Individga asoslanib qabul qilindi.
Hozirgi vaqtda ta’lim falsafasi deganda, ta’limning qadriy'atli- mohiyatli qismi, uning rivojlanish qonuniyatlari va vazifalarini


105




ochib beradigan falsafiy bilimlar sohasi tushuniladi. U G‘arbiy "Yevropa mamlakatlarida muhim o‘rin egallaydi va ta’limiy cqadriyatlami umumiy qadriyatlar bilan taqqoslash asosida ta’limni asoslashga turlicha yondashuvni amalga oshiradigan qator >^o‘nalishlar(empirik-analitik, gumanitar, dialogli, ekzistentsial- germenevtik)ni o‘z ichiga qamrab oladi. Masalan, idealizm, ratsionalizm, konservatizm, diniy falsafa umumiy qadriyatlar sifatida axloqiy va diniy qoidalar, ijtimoiylik, shaxsiy oliyjanoblikni e’tirof etsa, ta’limda katta e’tibor o‘quvchilaming fikrlashini ж-ivojlantirishga qaratilishi kerakligini ta’kidlashadi. Madaniyat, germenevtika, analitik falsafada madaniyat obyektlari umumiy «qadriyat sifatida sanaladi. Ta’limiy qadriyatlar sifatida aql-zakovat, fcilimdonlik ajratib ko‘rsatiladi. Realizm, pozitivizm, empirizmda «qadriyatlar ijtimoiy va kasbiy mutanosiblik, fuqarolik ta’limiy cqadriyatlari bilan bog‘lanadi.
Pedagogik qadriyatlarni tasnif etishga turlicha yonda- shuvlar. «Pedagogik qadriyatlar - bu pedagogik faoliyatning shunday o‘ziga xosligiki, ular nafaqat pedagogik ehtiyojlami cqondirishga imkon beradi, balki uning ijtimoiy va kasbiy faolligini *no’ljalga olishga xizmat qiladi. Pedagogik qadriyatlar hayotda o‘z- «‘zidan tasdig‘ini topmaydi. Ular jamiyatdagi ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy aloqalarga bog‘liq».
V.A.Slastyoninning fikriga ko‘ra, «Pedagogik faoliyatga doir «qadriyatlaring interiorizatsiyasi boMajak o‘qituvchilaming kasbiy anadaniyatiga tamal toshini qo‘yadi».
0‘qituvchining ongida mustahkamlangan pedagogik qadriyat­lar uning shaxslararo muloqotida, ijodiy faoliyatida, bola shaxsining x*ivojlanishida, kasbiy hamkorlikda, ma’naviy qadriyatlar almashi- Miuvidagi kasbiy yo‘nalishlari tizimini hosil qiladi.
Olimlar tomonidan pedagogik qadriyatlaming ikki . jihati alohida tadqiq etilgan: .

  • o‘qituvchiga uning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini «qondirishiga imkon beruvchi va ijtimoiy ahamiyatli insonparvar mnaqsadlarga erishishga qaratilgan uning ijtimoiy va kasbiy


106


faolligida yo‘l ko‘rsatuvchi belgi bo‘lib xizmat qiladigan o‘ziga xos jihatlar;



  • pedagogik faoliyatni tartibga soluvchi me’yorlar va ta’lim hamda pedagogik faoliyat sohasidagi vujudga keladigan ijtimoiy dunyoqarash orasida vosita va bog‘lovchi bo‘g‘in bo‘Iib keluvchi bilish-faoliyat tizimi.

Pedagogik aksiologiyaga oid adabiyotlarda pedagogik qadriyatlarning xilma-xil tasniflari mavjuddir. Jumladan, Z.I.Ravkin pedagogik qadriyatlarni quyidagicha tasnif etadi:

  1. ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar: ta’limning hamma uchun ochiqligi va bepulligi, millatidan qat’iy nazar, barcha fuqarolaming bilim olishdagi teng huquqliligi, o‘quvchilarni va ota-onalarning ta'lim muassasasini tanlash erkinligi;

  2. intellektual qadriyatlar: bilishga ehtiyoj, bilishga qiziqish va faollik, o‘quvchilaming ijodiy faoliyati, fikrning go‘zalligi va so‘z bilish faoliyati vositasi sifatida;

  3. axloqiy qadriyatlar: o‘quvchining burch va shaxsiy majburiyatlari, uning pedagogik jarayonning subyekti bo‘lish huquqi, bilimlarni egallashdagi axloqiy rag‘batlar va motivlar, vatanparvarlik va fuqarolik, mehnat va boshqa kishilarning mehnatini hurmat qilish;

  4. kasbiy-pedagogik faoliyatga doir qadriyatlar: o‘qituvchi- tarbiyachini mehnat qilishga chorlash, tanlagan kasbiga mas’uliyat bilan yondashuv, pedagogning mahorati, uning izlanishli- tadqiqotchilik, innovatsion faoliyati, kommunikativ qobiliyati, o'quvchilar bilan muloqotdagi ijobiylik, pedagogik mahorat.

V.A.Slastyonin esa, kasbiy yo‘nalganlik tizimiga asoslangan holda, pedagogik qadriyatlarni quyidagicha tasnif etadi:

  1. maqsadli qadriyatlar: shaxsiy «Men» va kasbiy «Men» yig‘indisidagi bo‘lg‘usi o‘qituvchining shaxsiy kontseptsiyasi. Pedagog pedagogik faoliyat maqsadlarini amalga oshirish yo‘llarini qidirar ekan, o‘zini va o‘zgalarni rivojlantirish yo‘lidagi o‘z kasbiy strategiyasini tanlab oladi. Binobarin, maqsadli qadriyatlar davlatning ta'lim siyosatini va pedagogika ilmining rivojlanish darajasini aks ettiradi. Bu qadriyatlar subyektlashgan holda


107




pedagogik faoliyatning ahamiyatli omillariga aylanadi va vositali qadriyatlarga ta’sir ko‘rsatadi. Ular nazariya, metodologiya, pedagogik texnologiyalami egallash natijasida shakllanib, pedagogning kasbiy ta’limi asosini tashkil etadi. Shaxs uchun zaruriy qadriyatlar quyidagi maqsadli qadriyatlami o‘zida aks ettiradi: o‘qituvchi mehnatining ijodiy va serqirralilik tavsifi, uning nufuzi va ahamiyatliligi, jamiyat olididagi yuksak mas’uliyat, o‘zini namoyon qilish, bolalarga mehr va boshqalar. Bunday qadriyatlar ta'lim oluvchi va ta’lim beruvchi shaxsining, talabalar jamoasi va pedagogik jamoaning rivojlanishi bilan bog‘liq pedagogik faoliyatda o‘z ifodasini topadi;

  1. vositali qadriyatlar: pedagogik muloqot, texnika va texnologiya, monitoring, innovatika, intuitsiya tizimi. Vositali qadriyatlar maqsadli qadriyatlarga erishishda vosita boMib xizmat qiladi (mehnat natijalarining jamiyatda tan olinishi, shaxsning qiziqishlari va qobiliyatlarini pedagogik faoliyat tavsifiga muvofiqligi, kasbiy o‘sish va b.);

  2. munosabatli qadriyatlar: pedagogik jarayon ishtirok- chilarining munosabati, kasbiy-pedagogik faoliyatga munosabat;

  3. sifat qadriyatlari: shaxsning xulq-atvor, faoliyatga doir xilma-xil sifatlari.

  4. bilishga oid qadriyatlar. 0‘qituvchilik kasbining bilishga doir qadriyatlari nazariy darajada o‘quvchilaming o‘qituvchilik kasbiga doir qadriyatlami e’tirof etishi va qabul qilishi bilan bog‘liq.

N.M.Egamberdieva esa, talabalami shaxsiy va kasbiy ijtimoiylashtirish nuqtai nazaridan pedagogik qadriyatlami ikkita katta guruhga tasnif etishni taklif etadi: ijtimoiy-pedagogik va shaxsiy-pedagogik qadriyatlar.
Ijtimoiy-pedagogik qadriyatlar turli ijtimoiy tizimlarda ish olib boruvchi va ijtimoiy ongda namoyon boMuvchi qadriyatlaming tavsifi va mazmunini aks ettiradi. Bu ta’lim sohasidagi jamiyat faoliyatini tartibga soluvchi g‘oyalar, tushunchalar, me’yorlar, qoidalar, an'analar majmuidir.
Shaxsiy-pedagogik qadriyatlar ijtimoiy-psixologik ta’lim sifatida yuzaga chiqib, ularda o‘qituvchi shaxsining maqsadlari,


108




motivlari, ideallari va boshqa dunyoqarashga oid xususiyatlari aks etadi. Bu xususiyatlar majmui uning qadriyatlar yo‘nalishi tizimini tashkil etadi. Qadriyatlar yo‘nalishi sifatidagi aksiologik «Men» nafaqat kognitiv(bilishga doir) tarkibiy qismlami, balki insonning ichki yo‘nalganligida muhim o‘rin tutuvchi hissiy-irodaviy tarkibiy qismlami ham o‘z ichiga oladi. Unda ham ijtimoiy-pedagogik, ham pedagogik qadriyatlaming individual-shaxsiy tizimiga asos bo‘lib xizmat qiluvchi kasbiy-jamoaviy qadriyatlar o‘rin olgan.
Shuningdek, o‘z navbatida pedagogik qadriyatlami bunday xilma-xilligi ulami umumiy tarzda ta’limiy va tarbiyaviy qadri­yatlarga ajratishga imkon beradi.
Ta’limiy qadriyatlar - shaxs tomonidan individual qimmatining to‘g‘ri baholanishi, tan olinishi, shaxs sifatida namoyon bo‘lishi, shuningdek, o‘ziga xoslikning saqlanib qolishini ta’minlovchi sharoitlami yaratadi. Umuman aytganda, tabiiy imkoniyatlarini ochib berish, hayotiy vazifalarini amalga oshirish uchun sharoitlar yaratish lozim bo‘ladi.
Shunday qilib, shaxsning erkin rivojlanishini ta’minlash ta’limni insonparvarlashtirish va demokratlashtirish asosida ro‘y beradi.
Ta’lim ijtimoiy pedagogik tizim sifatida, talabalaming shaxsiy qiziqishlari, hayotiy maqsadlarini rivojlantiruvchi, erkin, individual ta’limni tashkil etish uchun sharoit yaratadi. Bu holat zarur darajada talabalarga bilimlar berishni yo‘lga qo‘yish bilan ta’minlanadi. Ushbu jarayonda shaxsning individualligi va takrorlanmasligini e’tibordan chetda qoldirish mumkin emas.
Demak shaxsni, uning rivojlanishini hamma bosqichlarida kuzatib borish zarur. Shaxsning rivojlanishi - ta’limning asosiy vazifalaridan biri bo‘lib u individual xususiyatlar negizida qaror topadi. Har bir talabaning o‘z rivojlanishi, shaxsiy yo‘lini tanlash huquqini tan olish (o‘qishning moslashtirilgan va variativ shakli, metod va vositalari bilan) lozim.
0‘qitishni individuallashtirishda talabalaming qobiliyatlari, iste’dodlari, qiziqishlari, qadriyatlari yo‘nalishi va shaxsiy


109




tajribasiga e’tibor qaratiladi. Talabaning o‘zlashtirishda va ta’lim olish faoliyatida namoyon eta olish imkoniyatlari hisobga olinadi.
Ta’lim mazmuni, uning metodlari, vositalari shunday qurilishi zarurki, talaba o‘quv materiallarini, uning turi va shaklini tanlab olish imkoniyatiga ega bo‘lsin (ta’lim berish individual dasturlari ishlab chiqilmoqda).
Ta’lim olish jarayonida talabalar shaxsning an’anaviy - axloqiy va intellektual sifatlarini yuzaga keltiruvchi ma’lum bilim, mahorat va qobiliyatlami egallaydilar. Ta’lim jarayonining asosiy maqsadi va natijalari ham ana shulardir.
Shunday qilib, ta’lim tizimini isloh qilish jarayonida yangi qadriyatlar shakllandi. Turli faoliyat yo'nalishlarida o‘zini idrok etish, o’zini namoyon etish uchun zarur sharoitlarni yaratish maqsadga muvofiq. Bu yo‘lda amalga oshiriluvchi to‘g‘ri yo‘l - bu pedagogikada hamkorlik, o‘zaro aloqalar, o‘z hissasini qo‘shish va o‘zaro yordamdan iboratdir. Xususan, zarur pedagogik vaziyatlar yaratishda hamkorlikda faoliyat yuritish tamoyili - demokratiya, ishonch, bir-birini tushunishga amal qilib va individual qiziqish- larini qabul qiladi. Ta’limiy qadriyatlar uni insonpar-varlashtirish, o‘quvchilaming qobiliyati va iste’dodlarini ochib berishga qaratilgan.
Ta’limni insonparvarlashtirish o‘quvchining bilimga intilishini kuchaytiradi, uning ijodiy izlanishi va imkoniyatlarini oshiradi.
Ta’limni insonparvarlashtirish - o‘quvchi uchun uning intellektual, ma’naviy-axloqiy imkoniyatlari, shaxsiy imkoniyatlarni ro‘yobga chiqarish yo‘llarini topish usuli, mexanizmidir. Ta’limni insonparvarlashtirish o‘quvchini erkin, mustaqil, tanqidiy fikrlovchi shaxsga aylantiradi.
Insonparvarlik g‘oyalari munosabatlami uyg‘unlashuvi uchun sharoit yaratibgina qolmay. balki o‘qituvchi (pedagog)ga tarbiyalanuvchi bilan shaxsiy aloqalar mazmunini tushunishga yordam beradi. Ta'limning yangi qadriyati - uni insonpar- varlashtirishdir.
0‘quvchilarda keng dunyoqarash, yuksak ma’naviyat, erkin fikrlash qobiliyatini shakllantirish lozim. Bu o'zini anglab yetish,


110




faoliyat jarayonida o‘zini o‘rganishga yo‘naltiradi hamda faoliyat usullarini izlash, ularning mohiyatini anglash va samarali bo‘lishini ta’minlaydi. Insonning o‘z «Men»i (g‘ururi) mazmuni qaror topadi. Shaxs, uning yagonaligi haqida tasavvur paydo bo‘ladi. Gumanizm va insonparvarlashtirishga asoslangan ma’lum ta’lim berish jarayoni, mutaxassis shaxsi, uning dunyoqarashi yaxlitligini ta’minlab, ijtimoiy-gumanitar fanlar va ixtisoslashtirilgan darslami o‘qitish odatiy vazifalarini ancha kuchaytiradi.
Ta’limiy qadriyat - ta’limning milliy yo‘nalganligi, uning milliy tarix bilan uyg‘unligi, 0‘zbekiston xalqlari madaniyatini asrash va boyitish, ta’limning milliy rivojlanishning muhim vositasi ekanligi, boshqa xalqlar tarixi va madaniyatini hurmat qilishdan iboratdir.
Pedagogik ta’limni munosabatlar madaniyati bilan boyitish zarur. Ta’limning tashkil etilishi va mazmunida o‘quvchi va o‘qituvchi o‘zaro munosabatlari tamoyili asos qilib olinishi kerak. 0‘qituvchi tarbiyalanuvchini ma’naviy himoya qilishi, turli salbiy hodisalardan asrashi borasidagi zarur ma’lumotlarga ega boMish maqsadga muvofiq (maxsus usul va tarbiyaviy texnologiyalar talab etuvchi pedagogik himoyalash). Jamiyatning ma’naviy yangilanishi kasb-hunar va hayotiy yo‘lini tanlash kabi ta’lim qadriyatini vujudga keltiradi. Bu yerda ta’lim haqiqiy sharoitlarida qadriyatlami taxmin qilish, asoslash va bulaming hammasini ijtimoiy kontekstda to‘g‘ri hal etish muhimdir.
Ta’limiy qadriyatlardan yana biri - shaxsni ijtimoiylashtirish va uning ijtimoiy-madaniy qadriyatlarini qayta tiklab, ijodiy faoliyatini tashkil etish, shuningdek, o‘quv yurti, jamiyat hayotida faol ishtirok etishini ta’minlashdan iborat. Bu qadriyatlar zamonaviy shaxsni shakllantirish maqsadiga qaratilgan jarayon orqali rivojlanib, yangi ijtimoiy qadriyatlaming shakllanishida asos bo‘lib xizmat qiladi.
Yangi ijtimoiy qadriyatlar ta’limiy dasturlami yaratish yoki amaldagilarini takomillashtirish, xalqning boy intellektual, ma’naviy-axloqiy merosi, umuminsoniy qadriyatlari, fan va texnika,


ill




texnologiya va madaniyatning ilg‘or yutuqlari asosida pedagogik va axborot texnologiyalarini yaratish zaruriyatini yuzaga keltiradi.
Ikki bosqichli oliy ta’lim (bakalavriat, magistratura) o‘qitish, mustaqil ta’lim olish, masofadan o‘qitish tizimini individuallashtirish, ta’limning insonparvarlikka yo‘nalganligini ta’minlashni ko‘zda tutadi.
Ta’limni rivojlantirish tizimining yangi yo‘li - bu xalqning boy, o‘ziga xos madaniy-tarixiy an’analariga, umuminsoniy qadriyatlarga, milliy va jahon pedagogika fani yutuqlariga, ma’naviy va madaniy qadriyatlariga murojaat etishdir.
Zamonaviy ta’lim — bu shaxsning ijtimoiy, shuningdek, ta’limiy qadriyatlarga ongli munosabatda bo‘lishi, kasbiy, ijodiy, ma’naviy-axloqiy va shaxsning jismoniy imkoniyatlarini shakllantirishga qaratilgan «innovatsion» ta’limdir.
Ta’limning yangi qadriyati - «innovatsion» ta’lim quyidagi masalalami hal etadi:

  • analitik qobiliyatini yuzaga keltirish; hodisalami oldin- dan ko‘ra bilish qobiliyatini tarbiyalash; shaxsning o‘z-o‘zini anglab yetishi, o‘z ijtimoiy-kasbiy faoliyat mohiyatini anglash; xulqi, ishonchi;

  • shaxsiy ehtiyojlardan boshlab umumbashariy muammo- lar darajasida ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan, kasbiy ahamiyatga ega boMgan muhim qarorlarini qabul qilish.

Shunday qilib, ta’limiy qadriyatlaming maqsadi nafaqat erkin, balki mas’uliyatli shaxsni shakllantirishdan ham iboratdir.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ta’limiy qadriyat sifatida fuqarolaming huquqiy madaniyatini shakllantirish, jamiyatda qonunlaming ustuvorligi g‘oyalari ilgari surilgan. Yuqorida qayd etib o‘tilgan fikrlarga tayangan holda ta’limiy qadriyatlami quyidagi turlarga ajratish mumkin:

  • global kontseptual-ta’lim qadriyatlari;

  • aniq-ta’lim qadriyatlari;

  • ta’limning individual-shaxsiy xarakterdagi qadriyatlari;

  • innovatsion pedagogik texnologiyalar - umumbashariy (global)-kontseptual ta’limiy qadriyatlar;


112


  • shaxsni shakllantirish;

  • ta’limning demokratik va gumanitar yo‘nalganligi;

  • insonparvarlik, shaxs dunyoqarashini shakllantirish (2-rasm).

Ta’limiy qadriyatlar o‘z mohiyatiga ko‘ra ma’naviy-axloqiy,
kasbiy hamda ijtimoiy qadriyatlar sifatida guruhlanadi hamda umummadaniy, ma’naviy-axloqiy, estetik, intellektual va ijodiy yo‘nalishga ega bo‘ladi.
Ta’limiy qadriyatlardan pedagogika oliy o’quv yurtlari hamda pedagoglami qayta tayyorlash va ulaming malakasini oshirish institut (fakultet, kurs)larida ulardan foydalanish shaxs (o‘qituvchi)ga jamiyatdagi o‘z o‘mi va mavqeini aniqlash layoqati, ijtimoiy faollik, ijtimoiy tajriba, ijtimoiy mas’uliyat, jamiyatda o‘zini tutishi, shuningdek, huquqiy madaniyat kabi sifatlarning shakllanishiga imkon beradi.
Ta’limiy qadriyatlar mazmunida shaxsiy-individual xususiyat- « . lar namoyon boMadi. Ana shu xususiyatlarga tayangan holda oliy
o‘quv yurtlari hamda pedagoglami qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimida ulardan o‘rinli hamda maqsadga muvofiq foydalanish taqozo etiladi.
Ta’limiy qadriyatlar ahamiyatlilik xususiyatiga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘linadi:

  • kontseptual-yo‘naltirilgan;

  • bazali, o‘quv-rejali;

  • shaxsiy qadriyatli va kasbiy-shaxsiylik;

  • nazariy-pedagogik;

  • nazariy-amaliy va protsessual-pedagogik, innovatsion- pedagogik texnologiyalar;

  • ilg‘or axborot texnologiyalari;

  • ta’lim jarayonida talabalarda ma’naviy-axloqiy sifatlarning tarbiyalanishiga alohida e’tibor berish;

  • o‘z-o‘zini takomillashtirish.


Download 296,16 Kb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   59




Download 296,16 Kb.