|
Ta’limning kasbiy-shaxsiy qadriyatlari
|
bet | 19/59 | Sana | 02.02.2024 | Hajmi | 296,16 Kb. | | #150387 |
Bog'liq Pedagogik-aksiologiya.Мардонов-ШTa’limning kasbiy-shaxsiy qadriyatlari:
ijtimoiy-shaxsiy daraja sababli-qadriyatli omil;
pedagogik faoliyatga nisbatan emotsional munosabat (boMajak, hozirgi);
kasb-hunar ta’limining shaxsiy mazmuni va ijtimoiy ahamiyatga ega ko‘rsatmalar: unga qiziqish, unga talab;
pedagogik tashabbus, qat’iylik, javobgarlik, intizom;
pedagog shaxsining o‘zini qadrlash ustunliklari, uning tan olinishi. «0‘quv va ijtimoiy faoliyatida individual yondashish» sharti bilan;
114
individuallik, ijodkorlik layoqatiga egalik, shaxsiy qiziqishlari, qobiliyati hamda hayotiy ehtiyojlari;
biror-bir faoliyatda o‘zini o‘rganish, o‘zini anglash, o‘zini ifoda etish, kasbiy va shaxsiy faoliyatni faollashtirish, erkin fikrlash inikoniyatiga egalik;
o‘ziga baho berishda «Men» kontseptsiyasidan foydalanish.
Nazariy-pedagogik qadriyatlar:
pedagogik ta’limning yangi yo’nalishlari;
ta’limning modifikatsiyalashtirilgan, yangilangan maqsad va vazifalari;
Bazali O'quv-rejali
Nazariy-pedagogik qadriyatlar Nazariy-amaliy qadriyatlar Innovatsion-pedagogik Pedagogik texnologiyalar Axborot texnologiyalari
2- rasm. Ta’limiy qadriyatlar tizimi
115
zamonaviy pedagog kadrlarga qo‘yiluvchi talablar;
pedagog kadrlarni tayyorlash mazmunining yanada takomillashtirilishi;
kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalariga qo‘yiluvchi yangi talablar;
zamonaviy ta’limning nazariy-pedagogik qonuniyatlari;
nazariy ta’limning amaliy yo‘nalganligi;
idrok etish, mustaqil ta’lim olish faoliyati, uni faollashtirish;
intellektual-ijodiy va ilmiy tadqiqotchilik ishlari, o‘qitish va rivojlanishdagi nisbatlar, zamonaviy o‘quvchi shaxsini shakllantirish va tarbiyalash;
innovatsion ta’lim masalalari, ijodiy analitik va muqobil fikrlash, tahmin qilish, kutish (ijtimoiy-kasbiy), shaxsiy fikrlarni himoya qilish, muhim qarorlarga kelish.
Ta’lim sohasida nazariy-amaliy qadriyatlarning umumiy mohiyati quyidagilardan iborat:
Pedagog kadrlarni nazariy-amaliy tayyorlash va takomil- lashtirishning asosiy jihatlari, pedagogik texnologiyalarning tarkibiy tuzilmasi.
2.0‘quv jarayoni, uning qonuniyatlari, tamoyillari, uni tashkil etishga qo‘yiluvchi talablar:
nazariya bilan amaliyotning uzviy bog‘liqligi;
pedagogikadagi yangiliklar, interfaol metod va yangi vositalar;
o‘quvchilaming kasbiy-pedagogik sifatlari, xislatlari va qobiliyatlarini shakllantirishga yordam beruvchi omillar, sharoitlar;
o‘quvchilarni faollik va erkin fikrlashga yo‘naltiruvchi ma’ruza, bahs-munozaralar, ishchanlik va didaktik o‘yinlar, intellektual, ijodiy va ilmiy tadqiqotchilik ishlari.
Protsessual-pedagogik, innovatsion-pedagogik texno- logiyalar:
o‘qituvchilar va o‘quvchilar faoliyati tizimida namoyon bo‘layotgan yangiliklar;
zamonaviy mashg‘ulot texnologiyasi; .
116
o‘quvchining idrok etish faoliyatining faolligini muvofiqlashtiruvchi yangi texnologiyalar ustunligi (keys-stadi, o‘quv loyihasi, rolli o‘yinlar);
mustaqil idrok etish faoliyatini shakllantirish, shu jumladan, ilmiy tadqiqotchilik texnologiyasi.
|
| |