|
Ilg‘or axborot texnologiyalari
|
bet | 20/59 | Sana | 02.02.2024 | Hajmi | 296,16 Kb. | | #150387 |
Bog'liq Pedagogik-aksiologiya.Мардонов-ШIlg‘or axborot texnologiyalari:
axborot texnologiyalari haqida tushunchalar: kompyuter xizmatidan foydalanishni bilish, uning vazifalari; matn va grafika bilan ishlash; fayllami kompyuter xotirasiga kiritish; tayyor dasturli va pedagogik vositalar, ma’lumotlarni jo‘natish va ulami qabul qilib olish; pedagogik dasturli tizimidan foydalanish, undan o‘qitish jarayonida foydalanish; ‘
kompyuterlashtirilgan mashg‘ulot metodikasi haqida tasavvurga ega bo‘lish.
Ta’lim jarayonida tarbiyalash:
inson omiliga e’tiborli bo‘lish, shaxs, uning individualligini hisobga olish;
yaxlit, maqsadga yo‘naltiriIgan tizimda tarbiyalash;
tarbiyaning insonparvarlik yo‘nalishini kuchaytirish;
ruhiy, ma’naviy, badiiy-estetik, milliy va umuminsoniy qadriyatlardan foydalanish;
ma’naviy-axloqiy tarbiyaning muhimligi;
ijodiy, ijtimoiy faol shaxsni tarbiyalash;
Sharq mutafakkirlari va xalq pedagogikasi g‘oyalaridan unumli foydalanish;
ijtimoiy yo‘naltirilgan, tarbiyaning yangi pedagogik va axborot texnologiyalari;
ta’limning obyekti va subyekti, o‘z-o‘zini takomillashtirish.
0‘z-o‘zini takomillashtirish:
o‘z-o‘zini takomillashtirishga yangicha yondashuv, mustaqil ta’lim olish;
mustaqil bilim olish, shaxsiy qobiliyatlami namoyon eta olish, ijtimoiy-kasbiy mustaqillik;
mustaqil bilim olish strategiyasi, rejalashtirish va o‘zini boshqarish, o‘zini tarbiyalash;
117
o‘z-o‘zini kasbiy-shaxsiy jihatdan takomillashtirish;
mustaqil bilim olish manbalari, shakli, metod, usul va vositalari, ulaming turli-tumanligi, ulardan samarali foydalanish;
ma’lum tizimda pedagog kadrlar tayyorlash va malakasini oshirishda foydalaniladigan ta’limiy qadriyatlarini aniqlash.
Ta’limiy qadriyatlar asosini quyidagilar tashkil etadi:
ta’limning zamonaviy metodologiyasi;
milliy va umuminsoniy qadriyatlar, milliy va umumbashariy madaniyat;
xalq an’analari, urf-odatlari;
xalq pedagogikasi g‘oyalari;
pedagogik gumanizm;
shaxsga yo‘naltirilgan pedagogika;
pedagogik madaniyat;
talabalarning individual qiziqishlari asosida shakllantirilgan hamkorlik, o‘zaro aloqalar va bir-birini tushunish, ishonch, o‘zaro yordam, munosabatlarni uyg‘unlashtirish pedagogikasi;
innovatsion pedagogik texnologiyalar - ta’limiy qadriyatlar sifatida;
innovatsion ta’lim, ijodiy fikrlash; analitik qobiliyatlar; oldindan ko‘ra bilish va tahlil qilish; muqobil fikrlash; o‘z faoliyatiga nisbatan ishonch, dunyoqarashning kengligi, ijtimoiy ahamiyatli qarorlarni qabul qilish, mas’uliyatni his etish.
Ta’limiy qadriyatlar Davlat ta’lim standartlari, ta’lim, o‘quv dasturlari va rejalari, darslik, o‘quv metodik adabiyotlar mazmuni, shuningdek, yangi pedagogik texnologiyalar mohiyatida o‘z ifodasini topa olishi zarur. Ta’lim jarayonida shaxsni, eng avvalo, milliy va umuminsoniy qadriyatlar bilan tanishtirish, uning rivojlanishi uchun sharoit yaratib berish talab etiladi. Shu bois mustaqil ta’lim olish, o‘z-o‘zini tarbiyalash, o‘z-o‘zini rivojlantirish va ijtimoiylashtirishni birga olib borish taqozo etiladi.
Rivojlanishning zamonaviy bosqichida jamiyat tomonidan uzluksiz ta’lim tizimi oldiga pedagogik faoliyat mazmuni, uning asoslari, ta’lim-tarbiya natijalariga nisbatan jiddiy talablarni qo‘ymoqda.
118
Tarbiyaviy qadriyatlar deganda esa, ijobiy tarzdagi obyektiv- ijtimoiy shart-sharoitlar, munosabatlar orqali tarbiyalanuvchi shaxsiga samarali ta’sir ko‘rsatuvchi moddiy va ma’naviy voqelik tushuniladi. Tarbiyaviy qadriyatlar o‘zida ota-onalar va pedagoglar tarbiyalanuvchi shaxsida tarkib toptirishni xohlaydigan, fuqarolik jamiyati uchun foydali, mazkur ijtimoiy sharoitda muhim va zaruriy ahamiyat kasb etuvchi fazilat, sifat, xohish-istak, intilish kabilami aks ettiradi.
Tarbiyaviy qadriyatlar to‘rt asosiy o‘zaro uyg‘un manbaga
ega:
genetik, psixosomatik, individual-shaxsiy;
tabiiy;
sotsiumga doir;
ijtimoiy-kosmik.
Quyida mazkur tarbiyaviy qadriyat manbalariga alohida- alohida to‘xtalib o‘tamiz:
Genetik, psixosomatik, individual-shaxsiy tarbiyaviy qadriyat manbalari. Genetik tarbiyaviy qadriyat manbalariga instinkt, psixik jarayonlar, individning energetik resurslari kabi tabiiy-genetik fenomenlar kiradi. Aynan instinkt asosida shaxs xulqida iroda, sog‘lom turmush tarzi, ehtiyotkorlik kabi tarbiyaviy qadriyatlar shakllanadi.
Muhim ahamiyatga ega organizmning sog‘lomligi, uning barcha intellektual va jismoniy mohiyatga ega kuchlami rivojlantirishga potentsial imkoniyati tarbiyaviy qadriyati psixosomatik jarayonlar natijasida paydo bo‘ladi. Psixosomatik jarayonlar o‘z navbatida individning jismoniy sog‘lomligi, erki, irodasi, maqsadga yo‘nalganligi, mehnatga ishtiyoqi, o‘ziga ishonch kabi individual- shaxsiy sifatlari haqida gapirishga imkon beradi. Barcha mazkur energetik-psixosomatik hodisalar mustiqillik, o‘z-o‘zini boshqarish, o‘z-o‘zini anglash, o‘z-o‘zini takomillashtirish, o‘z-o’zini namoyon etish, ijtimoiy faollik kabi yuksak amaliy faoliyat bilan bog‘liq qadriyatlami yuzaga keltiradi.
Tarbiyaviy qadriyatlaming yana bir asosiy manbai - bu tabiat dunyosidir. Inson tabiatning ajralmas qismi va uning tabiat
119
bilan o‘zaro munosabati ko‘p jihatdan har bir individning insoniyligi, yaxlitligini belgilab beradi. Tabiat bilan me’yoriy o‘zaro harakat insonda qator tarbiyaviy qadriyatli munosabatni yuzaga keltiradi. Eng avvalo, tabiat inson uchun tarbiyaviy, jismoniy- sog‘lomlashtiruvchi va ma’naviy qadriyat sifatida aks etadi. Tabiatdagi har bir narsa-hodisa individni tarbiyalaydi.
Tarbiyaviy qadriyatlarning tabiiy manbasi shaxsda tabiat, inson va jamiyatga nisbatan muhim qadriyatli munosabatni shakllantiradi. Tabiat insonda moddiy borliq, uning paydo boMishi, moddiy borliq shakl va qonunlari birligi haqidagi falsafiy dunyoqarashni hosil qiladi. Insonda tabiatga tarbiyaviy-qadriyatli, ilmiy-bilishga doir munosabatni rivojlantirish, unda ilmiy, bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash; real moddiy hayot harakat qonunlarini bilish; moddiy hayot mohiyatini falsafiy jihatdan tushunib yetish; tabiat qonunlari bilan bog‘liqlikda tabiiy boyliklami o‘zlashtirishdagi amaliy harakatga intilishni rag‘batlaydi.
Bundan tashqari tabiat tarbiyaviy qadriyat sifatida obyektiv go‘zallik hodisasidir. Tabiat shaxsda estetiklikni, badiiy-estetik ongni; dunyo go‘zalligini idrok etish va yaratish qobiliyatini shakllantiradi.
Tarbiyaviy qadriyatlar manbai sifatida sotsium ham alohida ahamiyat kasb etadi. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish zarurki, inson nafaqat tarbiyaviy qadriyatlami yaratadi, balki uning o‘zi ham mohiyatiga ko‘ra tabiiy va muhim tarbiyaviy qadriyatdir. Katta avlod vakillari, ayniqsa, ota-onalar va pedagoglar, davlat va jamoat arboblari, fan va san’at namoyondalari o‘zlarida tarbiyalanuvchilarga yorqin va kuchli ta’sir etuvchi shaxs fazilatlari va xususiyatlari, uning faoliyati va xulq-atvori namunasini aks ettiradi. Har qanday ma’naviy yetuk, keng tafakkurli, ijodkor, yaratuvchan, mas’uliyatli inson o‘zida ma’naviy ustoz maqomini ifoda etadi.
Nihoyat, yana bir muhim tarbiyaviy qadriyat sifatida Kosmos: insonning u haqidagi o‘y-fikrlari, tasawurlari, farazlari, afsonalari aks etadi. Chunki Kosmos insonga kosmik fazoga xayolair intilishni, uni o‘zlashtirish ishtiyoqini, inson va
120
insoniyatning abadiy mavjudligi haqidagi ta’limotni, astrofizik vs astronavtik apparatlami loyihalashni taqdim etdi. Eng asosiysi ^ Kosmos insonga hayot mazmunini anglab yetishga katta ta’si*r o‘tkazdi.
Yuqorida bayon etilgan manbalar tahlilidan ko‘rinadiki^ tarbiyaviy qadriyatlar ijtimoiy hayot va inson ongida xilma-xil muddatlarda mavjud boMishi; mazkur qadriyatlarning barcha jamiyatlar uchun bir xil ahamiyatga ega bo‘Imasligi; tarbiyaviy tizimlarda mavjud bo‘Ia olishi va pedagogik samaradorlikni belgilashga xizmat qiladi. Ana shu bilan bog‘liqlikda tarbiyaviy qadriyatlar absolyut - shu jumladan, genetik manbadan yuzaga keluvchi umuminsoniy qadriyatlar; vaqt bilan bog‘liq (vaqtinchalik)
aniq-tarixiy; barqaror - mental, etnik; individual-shaxsiy kabi turlarga bo‘linadi.
|
| |