• 0‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimini moderni- zatsiyalashning qadriyatli yo‘nalishlari.
  • Pedagogik aksiologiya




    Download 296,16 Kb.
    bet28/59
    Sana02.02.2024
    Hajmi296,16 Kb.
    #150387
    1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   59
    Bog'liq
    Pedagogik-aksiologiya.Мардонов-Ш

    138




    • fuqarolarning saylovlarda ongli tayyorgarlik darajasini oshirish zaruriyatini keltirib chiqaradigan siyosiy hayotda saylov imkoniyatlarining oshishi, jamiyatning demokratlashuvi;

    • o‘sib kelayotgan avlodda qadriyatli munosabatni shakllan- tirishni talab etadigan xalqaro muammolarning paydo bo‘lishi va o‘sishi.

    0‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimini moderni- zatsiyalashning qadriyatli yo‘nalishlari. 0‘zbekistonda ham ta’lim islohotlarining qadriyatli yo‘nalishlari qaror topib bormoqda. 0‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 41-moddasida «Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir», deb belgilab qo‘yilgan. 42-moddasida esa, «Har kimga ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi kafolatlanishi; davlat jamiyatning madaniy, ilmiy, texnikaviy rivojlanishiga g‘amxo‘rlik qilishi» ko‘rsatilgan.
    0‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonunining 4-moddasida bilim olish huquqi qadriyat sifatida quyidagicha ko‘rsatib qo‘yilgan: «Jinsi, tili, yoshi, irqiy, milliy mansubligi, e’tiqodi, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, xizmat turi, turar joyi, 0‘zbekiston Respublikasi hududida qancha yashaganidan qat’iy nazar, har kimga bilim olishda teng huquqlar kafolatlanadi».
    Bilim olish huquqi:

    • davlat va nodavlat ta’lim muassasalarini rivojlantirish;

    • ishiab chiqarishdan ajralgan va ajralmagan holda ta’lim olishni tashkil etish;

    • ta’lim va kadrlar tayyorlash davlat dasturlari asosida bepul o‘qitish, shuningdek, ta’lim muassasalarida shartnoma asosida to‘lov evaziga kasb-hunar o‘rgatish;

    • barcha ta’lim muassasalari bitiruvchilari keyingi bosqichdagi o‘quv yurtlariga kirishda teng huquqlarga ega bo’lishi;

    • oilada yoki o‘zi mustaqil ravishda bilim olgan fuqarolarga akreditatsiyadan o‘tgan ta’lim muassasalarida eksternat tartibida attestatsiyadan o‘tish huquqini berish orqali ta’minlanadi.


    139




    Boshqa davlatlarning fuqarolari 0‘zbekiston Respublikasida xalqaro shartnomalarga muvofiq bilim olish huquqiga ega.
    Respublikada istiqomat qilayotgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bilim olishda 0‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng huquqlarga ega».
    Bundan tashqari, mazkur hujjatning 3-moddasida ko‘rsatib berilgan ta’lim sohasida davlat siyosatining asosiy tamoyillari ham o‘zida muhim aksiologik yondashuvni aks ettiradi:
    -birinchidan, ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi;
    -ikkinchidan, ta’limning uzluksizligi va izchilligi;
    -uchinchidan, umumiy o‘rta, shuningdek, o‘rta maxsus, kasb- hunar ta’limining majburiyligi;
    -to‘rtinchidan, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining yo‘nalishini: akademik litseyda yoki kasb-hunar kollejida o‘qishni tanlashning ixtiyoriyligi;
    -beshinchidan, ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi; -oltinchidan, davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi;
    -ettinchidan, ta’lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashgan yondashuv;
    -sakkizinchidan, bilimli bo‘lish va iste’dodni rag‘batlantirish; -to‘qqizinchidan, ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg‘unlashtirish.
    1997 yilda qabul qilingan «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» maqsadining o‘ziyoq, uning qadriyatli yondashuvga asoslangan- ligidan darak beradi: «Dastuming maqsadi - ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o‘tmishdan qolgan mafkuraviy sarqitlardan to‘la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy tizimini yaratishdir».
    Ta’limiy qadriyatlar yuzasidan tadqiqotlar olib borgan olim Sh.Q.Mardonov «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da quyidagi ijtimoiy va shaxsiy xususiyatga ega ta’limiy qadriyatlaming mohiyati ochib berilganligini ta’kidlab o‘tadi:



    Download 296,16 Kb.
    1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   59




    Download 296,16 Kb.