Pedagogik aksiologiya




Download 296,16 Kb.
bet36/59
Sana02.02.2024
Hajmi296,16 Kb.
#150387
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   59
Bog'liq
Pedagogik-aksiologiya.Мардонов-Ш

150




uning uchun noto‘g‘ri bo‘lsa (ya’ni kattalarga tik qarab gapirsa) yana bitta barmog‘ini bukadi va h.k. Jami o‘nta gap aytilganidan so‘ng kimningdir barmoqlaridan birortasi yoki bir nechtasi bukilmasdan qolgan bo‘lsa, o‘sha yutadi. 0‘qituvchi o‘quvchilarni aytilayotgan fikrlar reallikka mos boMishi va barmoqlarni adolatli bukish lozimligi haqida ogohlantirib boradi. 0‘yin shu tarzda barcha ishtirokchilar bittadan gap aytgunlariga qadar davom ettiriladi.
«Mumkin emas...» o‘yini.Mazkur o‘yin qadriyatlar tizimini to‘g‘ri tahlil eta olish maqsadida amalga oshiriladi. Buning uchun guruh ikkiga boiib olinadi. Birinchi guruh o‘z xohish-istaklarini bayon qilishi, ikkinchi guruh esa bunga rad etish mazmunidagi javobni berishlari so‘raladi. 0‘n daqiqadan keyin guruhlar o‘z o‘rinlarini almashadilar. 0‘yinda quyidagi fikrlardan foydalanish mumkin:

  • Men baribir o‘z maqsadimga erisha olmayman.

  • Yo‘q, unday dema. Yaxshi niyat qilib, yaxshi fikrlar o‘ylasang, u albatta amalga oshadi.

  • Ba’zi o‘qituvchilarimizni hurmat qilmayman, chunki bilimlari sayoz.

  • Yo‘q, bunday qilishing to‘g‘ri emas. Alisher Navoiy aytganlar: «Haq yo‘lida kim sanga bir harf o‘rgatmish ranj ila, Aylamak bo‘lmas ado oning haqin yuz ganj ila».

-Menga ahamiyati yo‘q, bugun boshqa odam bilan, ertaga boshqa odam bilan do‘st bo‘lib keta olaman.

  • Bunday qilishing xato. Chunki bu dunyoda ikkiyuzlamachi bo‘lgan odamning qiyomatda o‘tdan yasalgan ikki tili bo‘ladi.

  • Men har doim o‘zim xohlagan fikmi ayta olaman.

  • Sen buni qila olishing mumkin, lekin bu ish senga doim kulfat olib keladi. Chunki «Qora bosh yag‘isi qizil til turur, Necha bosh edi u, yana ham yeyur» va boshqalar.

0‘yindan so‘ng fikrlarni rad qilish uchun qo‘llanilgan dalillar, ularning sabablari va mazmuni tahlil qilib chiqiladi.



Download 296,16 Kb.
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   59




Download 296,16 Kb.