|
ASOSIY TUSHUNCHALARNING IZOHLI LUG‘ATI
|
bet | 44/59 | Sana | 02.02.2024 | Hajmi | 296,16 Kb. | | #150387 |
Bog'liq Pedagogik-aksiologiya.Мардонов-ШASOSIY TUSHUNCHALARNING IZOHLI LUG‘ATI
Aksiologiya yunoncha so‘z bo‘lib, axio - qadriyat, logos - ta’limot, so‘z, ya’ni qadriyatlar haqidagi ta’limot ma’nosini bildiradi. Aksiologiya tushunchasi qadriyat va qadriyatlar haqidagi ta’limotga qaraganda, keyinroq paydo bo‘lgan. Mazkur tushuncha XIX asming 2-yarmida nemis qadriyatshunosi Eduard Gartman va frantsuz olimi P.Lapilar tomonidan fanga kiritilgan.
Aksiologik ong - axloqiy-ma’naviy tarzda o‘z hayotiy faoliyati sohasi subyektlarini aniqlashga imkon beruvchi obyektiv borliqni aks ettirish shakli; ma’naviy qadriyatlar dunyosi sifatida borliqni aks ettirish asosida insonda dunyoni va o‘zining shaxsiy dunyosini anglashida faol ishtirok etuvchi psixik jarayonlar birligi.
Aksiologik dunyoqarash - ijtimoiy dunyoqarashning o‘ziga xos tarkibiy qismlaridan biri sifatida, kishilarning voqelikka qadriyatli munosabati va faoliyatining yo‘nalishini belgilaydigan aksiologik qarashlar, tamoyil va maslaklar majmuasi.
Aksiologik yondashuv - pedagogik voqelikni o‘rganishga doir ilmiy bilish usullaridan biri. Ilmiy bilishda olam, undagi narsa, voqea, hodisa va boshqalar qadriyatning inson ongida aks etishi, qadriyatni anglashning reallikka mos kelish qonunlari, daraja va imkoniyatlari, uning me’yor va mezonlarini aniqlash nihoyatda muhim.
Aksiologik munosabat - shaxsiy va ijtimoiy ahamiyatlilik- ning o‘zaro aloqadorligini aks ettiruvchi shaxsning ichki pozitsiyasi. Aksiologik munosabat faqat yakka, alohida shaxsgagina tegishli hodisa emas. Balki u ijtimoiy guruh, qatlam, millat, davlat, jamiyatga ham tegishli boMishi mumkin.
|
| |