• Vositali qadriyatlar
  • Diniy qadriyatlar
  • Ijtimoiy kontseptsiya
  • Ijtimoiy-pedagogik qadriyatlar
  • Pedagogik aksiologiya




    Download 296,16 Kb.
    bet46/59
    Sana02.02.2024
    Hajmi296,16 Kb.
    #150387
    1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   59
    Bog'liq
    Pedagogik-aksiologiya.Мардонов-Ш

    164




    qadriyat - mana shu qadriyat mezonlari talablariga javob beruvchi san’at asari, uning asosida go‘zallik o'zining ko‘plab ko‘rinishlarida asosiy mezonlar belgisi hisoblanib, unda estetik va badiiy qadriyatlar ma’lum nisbatlarda bo‘ladi.
    Vositali qadriyatlar - pedagogik muloqot, texnika va texnologiya, monitoring, innovatika, intuitsiya tizimi.
    Dialektik materialistik - qadriyatlar tizimiga jamiyatning tarixiy, iqtisodiy, ijtimoiy rivoji nuqtai nazaridan qaraydigan nazariya.
    Diniy qadriyatlar - yolg‘iz diniy qoidalar, ko‘rsatmalar, tamoyillaridan iborat bo‘libgina qolmay, u kishilar o‘rtasidagi ma’naviy-ahloqiy, siyosiy, iqtisodiy, huquqiy va boshqa munosabatlaming ham ifodasidir.
    Ijtimoiy kontseptsiya - ijtimoiy umumiylik bilan bog‘liqlikdagi qadriyatning nisbiyligini asoslashga doir nazariya.
    Ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar - ta’limning hamma uchun ochiqligi va bepulligi, millatidan qat’iy nazar, barcha fuqarolaming bilim olishdagi teng huquqliligi, o‘quvchilami va ota-onalarning ta’lim muassasasini tanlash erkinligi.
    Ijtimoiy-pedagogik qadriyatlar - turli ijtimoiy tizimlarda ish olib boruvchi va ijtimoiy ongda namoyon bo‘luvchi qadriyatlarning tavsifi va mazmunini aks ettiradi. Bu ta’lim sohasidagi jamiyat faoliyatini tartibga soluvchi g‘oyalar, tushunchalar, me’yorlar, qoidalar, an’analar majmuidir.

    Download 296,16 Kb.
    1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   59




    Download 296,16 Kb.