|
Pedagogik aksiologiya
|
bet | 48/59 | Sana | 02.02.2024 | Hajmi | 296,16 Kb. | | #150387 |
Bog'liq Pedagogik-aksiologiya.Мардонов-ШMunosabatli qadriyatlar - pedagogik jarayon ishtirokchi- larining munosabati, kasbiy-pedagogik faoliyatga munosabat.
Obyektiv-idealistik nazariya (neokantchilik, neotomizm, inti- vituizm) qadriyatni zamon va vaqtdan tashqaridagi narigi dunyodagi mavjudlik sifatida talqin etadi.
Pedagogik aksiologiya inson va ta’limni qadriyat deb e’tirof etgan holda, ta'limiy qadriyatlarni muhokama etuvchi hamda ta’limga qadriyatli yondashuvni amalga oshiruvchi pedagogik bilimlar sohasidir. Pedagogik aksiologiyaning predmetini shaxsning qadriyatli ongi, qadriyatli munosabati, qadriyatli xulq-atvorini shakllantirish tashkil etadi.
Pedagogik aksiologiyaning ilmiy jihati (aspekt) boshqa barcha ijtimoiy jarayonlarni aniqlab beruvchi, asosiy qadriyat sifatida ta’limni ko‘rib chiqish asosida ta’limiy qadriyatlarni o‘rganuvchi pedagogikaning yangi ilmiy yo‘nalishi - pedagogik aksiologiyaning muammolari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar o’tkazishni talab etadi.
Pedagogik aksiologiyaning amaliy jihati o‘quv rejalari va dasturlari tuzish, darslik va o‘quv qoMlanmalami yaratish, didaktik va metodik materiallami ishlab chiqish, ta’lim va tarbiya
166
kontseptsiyasini yaratishda ta’lim sohasi xodimlarining aksiologik bilimlardan foydalana olishini tahlil etadi.
Pedagogik aksiologiyaning tajribaviy(praktik)jihati o‘quvchi, talaba, o‘qituvchilaming qadriyatli ongi, munosabati, xulq-atvorini shakllantirish, ulami qadriyatli yo‘nalganligini rivojlantirishga doir aniq muammolarini hal etishga qaratilgan ta’lim muassasalari faoliyatini o‘z ichiga oladi. Ulaming vazifasi hozirgi vaqtda pedagogik aksiologiya nimani taqozo etsa, shulaming barchasidan mohirona foydalanishni o‘zida aks ettira olishdir.
|
| |