Pedagogik aksiologiya




Download 296,16 Kb.
bet45/59
Sana02.02.2024
Hajmi296,16 Kb.
#150387
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   59
Bog'liq
Pedagogik-aksiologiya.Мардонов-Ш

Aksiologik baholash - voqelikka, undagi narsa va hodisalarga nisbatan qadriyatli munosabat hamda ularni qadrlash tuyg‘usi asosida shakllangan hukm va xulosalar. Pedagogik voqelikni aksiologik baholash istalgan ijtimoiy voqelikni baholashdan o‘ziga


163




xos jihati bilan farq qiladi. Bunda ta’limning maqsadi, mazmuni, pedagogika nazariyasi va amaliyotining so‘nggi yutuqlari kabilar e’tiborga olinadi, voqelikni baholash va unga nisbatan munosabatni tahlil qilganda ta’lim oluvchi shaxsiga qadriyat nuqtai nazaridan yondashuv ustuvor bo‘ladi.
Ahloqiy ideallar shaxs motivatsion-qadriyatli munosabatining oliy mezoni sifatida namoyon bo‘ladi. U shaxsni jamiyat oldidagi burchi, mas’uliyatini anglab yetishi bilan tavsiflanadi. Shaxs munosabati insonning atrof-muhitdagi narsa-hodisa va boshqa insonlar obyektiv aloqasiga yo‘naltiradi va shaxsning subyektiv pozitsiyasini u yoki bu subyektga nisbatan nisbiy, shu bilan birga uning ahamiyatiiligini baholaydi.
Aksiologik psixologizm - qadriyatning manbai sifatida insonning subyektiv dunyosi - uning maqsadi, hissiyoti, irodasi, ehtiyoj va ustanovkasini ko‘rib chiqadigan nazariya.
Aksiologik normativizm qadriyatning manbai sifatida ko‘pchilik odamlarning ijtimoiy madaniy faoliyatini olg‘a suruvchi nazariya. Bu yerda ijtimoiy-madaniy muhitning o‘zgarishini ta’minlaydigan me’yor, qoida, baho qadriyat sifatida aks beradi.
Aksiologik transtsendentalizm odamlarni oliy maqsadga erishishga yo‘naltiruvchi qandaydir o‘zaro aloqador ideal mohiyatni qadriyat manbai hisoblaydigan nazariya.
Aksiologik trantsdentalizm- qadriyatni inson ishtirok etishi mumkin bo‘lgan (yoki mumkin bo‘lmagan) mavjudlikning mustaqil sohasiga ega ideal sifatida talqin etadigan nazariya.
Aksiologik ontologizm - uning yordamida hayot qadriyat sifatida anglanadigan yuqori ratsional intuitsiyaning qadriyat manbai.
Axloqiy qadriyatlar - o‘quvchining burch va shaxsiy majburiyatlari. uning pedagogik jarayonning subyekti bo‘lish huquqi, bilimlarni egallashdagi axloqiy rag‘batlar va motivlar, vatanparvarlik va fuqarolik, mehnat va boshqa kishilarning mehnatini hurmat qilish.
Badiiy qadriyatlar - san’at durdonalari bo‘lib, insonda estetik hissiyotni uyg‘otadi, uni estetik jihatdan tarbiyalaydi. Badiiy



Download 296,16 Kb.
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   59




Download 296,16 Kb.